1-ILOVA
|
T/r |
Tugatilayotgan akademik litseylar nomi |
Tashkil etilgan yili |
Oʻquvchilar kontingenti |
|
1. |
Andijon tibbiyot instituti huzuridagi 2-son akademik litsey |
2006-yil |
547 |
|
2. |
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzuridagi 2-son akademik litsey |
2006-yil |
173 |
|
3. |
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti huzuridagi 2-son akademik litsey |
2006-yil |
300 |
|
4. |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzuridagi akademik litsey |
1999-yil |
307 |
2-ILOVA
|
Hududlar |
Kasb-hunar kollejlariga aylantiriladigan akademik litseylar soni |
Shu jumladan oʻquv yillari boʻyicha | |||
|
2017/2018 |
2018/2019 |
2019/2020 | |||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
5 |
1 |
2 |
2 |
|
2. |
Andijon viloyati |
6 |
2 |
2 |
2 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
4 |
2 |
1 |
1 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
2 |
1 |
0 |
1 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
4 |
1 |
1 |
2 |
|
6. |
Namangan viloyati |
5 |
1 |
2 |
2 |
|
7. |
Samarqand viloyati |
3 |
1 |
1 |
1 |
|
8. |
Sirdaryo viloyati |
2 |
1 |
1 |
0 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
4 |
1 |
1 |
2 |
|
10. |
Toshkent viloyati |
5 |
2 |
2 |
1 |
|
11. |
Fargʻona viloyati |
7 |
3 |
2 |
2 |
|
12. |
Xorazm viloyati |
3 |
1 |
1 |
1 |
|
13. |
Toshkent shahri |
4 |
1 |
2 |
1 |
|
Jami |
54 |
18 |
18 |
18 | |
3-ILOVA
|
Tadbirning nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochi | |
|
1. |
Akademik litseylarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarida ish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. Nizom quyidagilar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va kuchaytirishni nazarda tutadi: akademik litseylar oʻquvchilari va oʻqituvchilarining biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining moddiy va axborot resurslaridan keng foydalanishini taʼminlash (aniq mexanizmi); oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini akademik litseylarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb etish; akademik litseylardagi oʻquv jarayonini ilmiy-metodik olib borish; har bir akademik litseyda oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirishga koʻmaklashuvchi, har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlar olish boʻyicha mustaqil faoliyat koʻnikmasini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi taʼlim sifatini tubdan yaxshilashni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron taʼlim resurslarini va multimedia oʻqitish tizimlarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi taʼlim muhitini yaratish; akademik litseylar oʻqituvchilarini oliy taʼlim muassasalarining kafedralariga va tajribali oʻqituvchilariga biriktirish yoʻli bilan ular ustidan patronajni tashkil etish; oliy taʼlim muassasalari Kengashlari majlislarida oʻquvchilarning oʻzlashtirishi masalalarini tanqidiy tahlil qilish va akademik litseylarda taʼlim jarayonini takomillashtirish. |
2017-yil aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maxsus, |
|
2. |
Oʻquv jarayonini tashkil etishda oliy taʼlim muassasalarining akademik litseylarga koʻmaklashishi samaradorligi monitoringini olib borish va baholash mezonlari tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlash, bunda: biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari moddiy va axborot resurslarining akademik litseylar taʼlim jarayoniga jalb etilganligi darajasi; oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining akademik litseylarning oʻquv jarayonida ishtiroki darajasi; akademik litseylar oʻqituvchilarining sifat tarkibini takomillashtirish; taʼlim jarayonining sifatini oshirish; oʻquvchilarning joriy oʻzlashtirishi hamda pirovard natijalari (olimpiadalar, tanlovlarda qatnashish natijalari, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi koʻrsatkichi va shu kabilar). |
2017-yil aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maxsus, |
|
3. |
Akademik litseylar oʻqituvchilarining professional va pedagogik mahoratini oshirish va ularning faoliyatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlash, bunda: taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha trening va seminarlar oʻtkazish; oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan mahorat darslari oʻtkazilishi; akademik litseylarning oʻqituvchilariga amaliy ilmiy-metodik yordam berish; yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish — 2017-yil may Amalga oshirish 2017 — 2021-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maxsus, |
|
4. |
Akademik litseylarda taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini takomillashtirishga va oʻquvchi yoshlar orasida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning natijalarini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlash. |
Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish — 2017 may Amalga oshirish 2017 — 2021-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, |
|
5. |
Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish boʻyicha takliflar kiritish: 2017/2018 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey; 2018/2019 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey; 2019/2020 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey. |
Har yili 10-martgacha |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maxsus, |
|
6. |
Akademik litseylarni oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlash va akademik litseylarni nomlashni (raqamlashni) har yili ularning bir qismini kasb-hunar kollejiga aylantirgandan keyin muvofiq holatga keltirish. |
Har yili 1-sentabrgacha |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, |
|
7. |
Tugatilayotgan 4 ta akademik litseyning binolari, inshootlari va yer uchastkalaridan keyinchalik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi ehtiyojlari uchun foydalanish yuzasidan takliflar kiritish. |
Har yili 1-avgustgacha |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari |
4-ILOVA
|
Taʼlim yoʻnalishi |
Mutaxassisliklar nomi |
|
Aniq fanlar |
1. Maʼlumotlar bazasi operatori 2. Elektron hujjatlarni qayta ishlash, raqamlash va saqlash boʻyicha mutaxassis 3. Xorijiy matn bilan ishlovchi mashinistka 4. Texnik-dasturchi 5. Texnik-tizimli maʼmur 6. Ruxsatnomalar byurosi inspektori |
|
Tabiiy fanlar |
1. Laborant (yoʻnalishlar boʻyicha) 2. Ofis-menejer 3. Texnik-kimyogar 4. Dezinfektor 5. Ruxsatnomalar byurosi inspektori 6. Ish yurituvchi kotiba |
|
Ijtimoiy-gumanitar fanlar |
1. Arxivarius 2. Ish yurituvchi 3. Ofis-menejer 4. Kutubxonachi (oʻrta malakali) 5. Navbatchi maʼmur 6. Ruxsatnomalar byurosi inspektori 7. Kotiba 8. Ish yurituvchi kotiba |
|
Xorijiy tillar |
1. Turagent (turizm boʻyicha mutaxassis) 2. Xorijiy matn bilan ishlovchi mashinistka 3. Ofis-menejer 4. Ish yurituvchi 5. Navbatchi maʼmur 6. Ruxsatnomalar byurosi inspektori 7. Kotiba 8. Ish yurituvchi kotiba |
|
Madaniyat va sanʼat |
1. Orkestr artisti 2. Xor artisti 3. Akkompaniator 4. Duxovoy orkestr artisti 5. Xalq cholgʻu asboblari orkestri artisti 6. Simfonik orkestr artisti 7. Vokal-instrumental ansambl artisti |
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash, ularning qobiliyat va isteʼdodi, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuygʻularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari barpo etildi.
Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik boʻyicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan boʻlib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili oʻrtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini koʻrsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi taʼlim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlarini tubdan yaxshilash boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo boʻlmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror akademik litseylarda oʻquv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda taʼlim berish uchun umumtaʼlim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning oʻzlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga boʻlgan orzu-intilishlariga erishmogʻi uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
bugungi kunda moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy taʼlim muassasalaridan uzoqda joylashgan, taʼlim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;
investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi oʻquv ustaxonalari qurish uchun mablagʻlar ajratishga alohida eʼtibor qaratiladi;
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich oʻquvchilari oʻqishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, taʼlim yoʻnalishi oʻxshash boʻlgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;
oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi oʻqituvchilik faoliyatiga soatbay haq toʻlash miqdori oliy taʼlim muassasalarida mehnatga soatbay haq toʻlash miqdoriga tenglashtiriladi;
taʼlimning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli oʻquvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari bilan akademik litseylar oʻrtasida oʻzaro taʼsirchan hamkorlik mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi.
Akademik litseylarda taʼlim sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron taʼlim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
oʻquv guruhlari tarkibi 26 nafar oʻquvchidan ortiq boʻlmagan tarzda shakllantiriladi;
chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari guruhlarga boʻlingan tarzda, yaʼni ikkita kichik guruhda oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi;
pedagoglar tarkibi oliy maʼlumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan malakali oʻqituvchilar orasidan tanlov asosida shakllantiriladi.
Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, akademik litseylar direktorligi uchun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda.
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab akademik litseylar oʻquvchilarini umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ijara tizimi asosida amalga oshiriladi. Kam taʼminlangan oilalar farzandlari umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar bilan budjet mablagʻlari hisobidan bepul taʼminlanadi.
Yana bir muhim jihati shundaki, qarorda akademik litseylar bitiruvchilariga aniq mutaxassisliklar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berish koʻzda tutilgan boʻlib, taʼlim jarayoni yakuniga yetganidan soʻng ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Qarorda taʼlim jarayoni sifatini oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unda:
akademik litsey oʻquvchilarining biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari va boshqa moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;
har bir akademik litseyda oʻquvchilarning individual qobiliyatidan kelib chiqib, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron taʼlim resurslari, oʻquvchilarning ijodiy va mustaqil izlanishlariga yoʻnaltirilgan dasturlarni ishlab chiqish;
oliy taʼlim muassasalarining tajribali professor-oʻqituvchilarini akademik litseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktirish;
oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga baho berishda ular tomonidan taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha akademik litseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratish nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar tashkil etish, taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, xorijiy tillarni oʻzlashtirish, tajribali professor-oʻqituvchilar ishtirokida doimiy mahorat darslarini oʻtkazish, akademik litsey oʻqituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi masalalar qamrab olingan.
Bundan tashqari, qarorda akademik litseylar negizida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uchun zarur ustaxonalarni barpo etish va jihozlash, shuningdek, soatbay asosida akademik litseylarda faoliyat koʻrsatuvchi professor-oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish uchun Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Bir soʻz bilan aytganda, qarorda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida akademik litseylarda oʻqitish sifati va samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va maqsadli taʼlimga yoʻnaltirish, farzandlarimizning tanlangan mutaxa?sisliklarni puxta egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga keng imkoniyatlar ochiladi.