14.09.2017 yildagi 726-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmonini bajarish yuzasidan, isteʼmolchilar hisob raqamlaridagi mablagʻlarning nazorat qilinishi, koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblarning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni shakllantirish va isteʼmolchilarga taqdim etishning shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining isteʼmolchining birxillashtirilgan yagona shaxsiy raqamidan foydalangan holda Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini (keyingi oʻrinlarda Yagona billing tizimi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish boʻyicha Tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Yagona billing tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda kommunal xizmatlar deb ataladi) yetkazib beruvchilarning amaldagi tariflarga muvofiq isteʼmolchilarga hisobni berish va hisob raqamlaridagi mablagʻlarni nazorat qilish, hisobga oʻtkazish va hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyalashuv inobatga olingan holda butun respublika boʻyicha kommunal xizmatlar isteʼmolchilarining yagona reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlardan foydalanish holatini onlayn rejimida tizimli hamda shaffof monitoringini olib borish va tahlil qilish hamda tegishli hisobotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga kommunal xizmatlar koʻrsatishni faollashtirish yoki toʻxtatib qoʻyish yuzasidan elektr energiyasi, gaz, ichimlik va issiq suvni taqsimlash hamda yetkazib berish tarmogʻining yakuniy uskunasini (hisoblagichlarni) boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida interfaol xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, elektron toʻlov tizimlaridan keng foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati kompaniyasi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustgacha Yagona billing tizimini ishlab chiqsin hamda ishga tushirsin. Bu borada “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bazasida zarur telekommunikatsiya infratuzilmasi tashkil etilishini, kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan belgilangan tartibda tegishli shartnomalar tuzilishini, shuningdek, unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvargacha — elektr va gaz taʼminoti boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvargacha — ichimlik suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti boʻyicha axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi ulanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi bazasida Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator (keyingi oʻrinlarda Yagona integrator deb ataladi) tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona integrator Yagona billing tizimining ishini va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini muvofiqlashtirish uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tegishli ravishda elektr energiya, gaz, ichimlik va issiq suv isteʼmolini nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar isteʼmolchilari haqidagi maʼlumotlar faqat “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazasi orqali shakllantiriladi hamda ulardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yagona billing tizimini tashkil etish loyihasi boʻyicha loyihaoldi hujjatlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishiga qarab, ushbu loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablagʻlari hamda texnik koʻmaklashish mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Yagona billing tizimining barqaror ishlash qobiliyatini taʼminlash, uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, bu boradagi tegishli funksiyalarni yanada rivojlantirish hamda kengaytirish mexanizmlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va boshqa kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan birgalikda kommunal xizmatlar isteʼmoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona billing tizimiga uzatishni avtomatlashtirish uchun elektron hisobga olish priborlarini joriy etish hamda oʻrnatish loyihalari amalga oshirilishini tezlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
726-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1006-modda)