28.08.2017 yildagi 677-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar Dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
677-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2021-yillarda davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Sarf-xarajatlarning hisoblangan

summasi*
(mlrd so‘m)

Ajratiladigan mablag‘larni o‘zlashtirish hajmi va muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

Kapital qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash

1.

Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini rekonstruksiya qilish.**

(jami 11 ta obyekt, yiliga 2 ta obyektdan, shu jumladan 2017-yilda — Sirdaryo viloyati DSB va
Qo‘shrabod tumani DSI)

40,1

2017-yilda — 7,4 mlrd so‘m,

2018-yilda — 8,0 mlrd so‘m,

2019-yilda — 8,0 mlrd so‘m,

2020-yilda — 8,2 mlrd so‘m,

2021-yilda — 8,5 mlrd so‘m

Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari deb ataladi)

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Davlat soliq qo‘mitasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.**

(xodimlar uchun xizmat turar joyi sifatida yotoqxona binosi, fuqarolarni qabul qilish binosi va isitish qozonxonasi)

4,0

2017-yil oxirigacha

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini kapital ta’mirlash.**

(Jami 68 ta obyekt, har yili 13 tadan obyekt
hisobida)

49,7

2017-yilda — 9,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 9,5 mlrd.so‘m,

2019-yilda — 10,5 mlrd so‘m,

2020-yilda — 10,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 10,5 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Hududiy davlat soliq boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari uchun xizmat uy-joylari qurish.

(DSB uchun 13 ta uy;

DSI uchun 182 ta uy)

35,6

2017-yilda — 18,0 mlrd so‘m,

2018-yilda — 17,6 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash

6.

Hududiy soliq organlari uchun mebel sotib olish.

(yiliga 3 ta DSB va 36 ta DSI uchun)

12,9

2017-yilda — 1,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 2,4 mlrd so‘m,

2019-yilda — 3,0 mlrd so‘m,

2020-yilda — 3,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 3,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, SSP,

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi

7.

Xizmat avtomashinalarini xarid qilish.

(jami 69 ta avtomashina)

5,5

2017-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2018-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2019-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 4,3 mlrd so‘m,

2021-yilda — 0,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AK

8.

Muqobil energiya manbalari — quyosh batareyalarini va energiya tejaydigan zamonaviy qozonxonalar o‘rnatish.

13,2

2017-yilda — 1,1 mlrd so‘m,

2018-yilda — 0,2 mlrd so‘m,

2019-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 11,6 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

9.

Axborot tizimlari va axborot resurslarini takomillashtirish.

(10 dasturiy mahsulot va 34 avtomatlashtirilgan axborot tizimi)

5,1

2018-yilda — 1,2 mlrd so‘m,

2019-yilda — 1,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 1,3 mlrd so‘m,

2021-yilda — 1,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uskunalari va serverlarini yangilash va ularning hisoblash quvvatini oshirish.

(server va boshqa hisoblash uskunalari majmuasi)

26,5

2019-yilda — 26,5 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Kompyuterlar va kommunikatsiya uskunalarini yangilash.

(2018-yilda 1176 ta kompyuter, 210 ta skaner va 1000 ta printer.

2020-yilda 1562 ta kompyuter.

2021-yilda 1562 ta kompyuter va 220 kommunikatsiya uskunalari to‘plami)

37,5

2018-yilda — 10,5 mlrd so‘m,

2020-yilda — 10,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 17,0 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘quv muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiya va AKTni joriy qilish.

30,0

har yili 6,0 mlrd. so‘mdan

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Soliq akademiyasi, Toshkent, Buxoro va Farg‘ona soliq kollejlari

Jami:

275,8

2017-yilda — 52,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 66,4 mlrd so‘m,

2019-yilda — 55,9 mlrd so‘m,

2020-yilda — 54,4 mlrd so‘m,

2021-yilda — 46,9 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari — 7,9 mlrd so‘m,

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari — 267,9 mlrd so‘m

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xarajatlar summasi narxlarning amalda shakllanishidan hamda Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi hajmidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibidagi Maxsus nazorat boshqarmasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 28-dekabrdagi 595-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibida valyuta tushumlarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 26-apreldagi 191-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-2-son, 10-modda) 2-ilovaning 44-pozitsiyasi va 3-ilovaning 81-pozitsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 25-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 21-maydagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 24-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 13-dekabrdagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 85-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 13-modda) ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 29 va 99-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2016-yil 25-maydagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 44-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)