Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017 05.05.2000 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Rejim va Kadrlar bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Ekspert Kengashi to‘g‘risida Nizomning 8-bandidagi “birinchi” so‘zi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ davlat soliq organlari haqida” 1991-yil 12-avgustdagi 217-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori 4-bandining ikkinchi xat boshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-maydagi 180-son qaroriga
3 ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma deb ataladi)ning vazifalari, funksiyalari, huquqi va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ysunuvida bo‘ladi. Bosh boshqarma tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning mintaqaviy bo‘linmalari Davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga va Davlat soliq qo‘mitasi raisining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadilar.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Quyidagilar Bosh boshqarma va uning mintaqaviy bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kadrlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlash va joyi-joyiga qo‘yish tadbirlarini ularning axloqiy hamda ishchanlik fazilatlariga, amaliy ish tajribalariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlash bilan bog‘liq ishlarning samarali shakllari va ustunlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tizimidagi rahbarlik lavozimlari uchun malakali zaxirani shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy tayyorgarlik va huquqiy ongning yuqori darajasiga erishish maqsadida soliq organlari xodimlarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining barcha bo‘linmalarida axloqiy muhitni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan ish olib borishni nazarda tutuvchi oldini olish-profilaktika tadbirlari tizimi tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining asosiy funksiyalari va vazifalariga muvofiq soliq organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish tizimini doimo takomillashtirib borish, soliq organlari tizimi ta’lim komplekslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasining o‘quv tuzilmalarini soliq organlarining va boshqa vazirliklar hamda idoralarning yetakchi mutaxassislaridan iborat yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tizimiga qiruvchi o‘quv muassasalari uchun ilmiy asoslangan o‘quv dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tarkibi bilan ishlash uchun ma’lumotlarning normativ, axborot kompyuter bazasini yaratish va kadrlarni shakllantirish, o‘qitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) ishlari bo‘yicha barqaror, izchil, uzluksiz jarayonni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rejim, xavfsizlik, shuningdek, soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari faoliyati xavfsizligi shuningdek, ularning xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarayotganlarida g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari ayrim mansabdor shaxslarining soliq to‘lovchilarga konunga xilof ravishda ta’sir qilishlari mexanizmlarini o‘rganish va ularni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida korrupsiya faktlarini aniqlash, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularni tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining korrupsiyalashuviga olib keluvchi g‘ayriqonuniy harakatlarga barham berish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat soliq xizmati organlarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari va ularning moliya-xo‘jalik faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda huquq buzilishlarining oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining moliya-xo‘jalik faoliyati va ularning o‘z funksional vazifalarini bajarishlari ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bosh boshqarmaning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Bosh boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kadrlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatining hududiy organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar, mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga maxsus unvonlar berish uchun materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining rahbar kadrlari bilan ish olib boradi, ularni to‘g‘ri tanlashni va joy-joyiga qo‘yishni, axloqiy hamda ishchanlik fazilatlarini o‘rganishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tuman soliq inspeksiyalari rahbarlarini almashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, belgilangan tartibda rahbarlik ishlariga ko‘tarish uchun kadrlarning joriy va istiqbol zaxirasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarini kadrlar bilan to‘ldirish va xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtiradi, bo‘linmalarni mutaxassislar bilan to‘ldirish manbalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashda soliq kollejlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, o‘quv jarayonida soliq xizmati rahbarlar tarkibi va yetakchi mutaxassislarining qatnashishlarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining o‘quv bo‘linmalariga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, xodimlarni o‘qitishning ma’no-mohiyatini, shakllari va usullarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatida axloqiy darajani oshirish va mehnat intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, xodimlarni vatanparvarlik ruhida, huquqiy, ma’naviy va ma’rifiy ruhda tarbiyalash ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar qo‘nimsizligi va ularning almashinuvini kamaytirish, mutaxassislarning ishda joylashib kelishini ta’minlash chora-tadbirlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rejim va xavfsizlik, shuningdek, soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari ayrim mansabdor shaxslarining soliq to‘lovchilarga qonunga xilof ravishda ta’sir qilishlari mexanizmlarini o‘rganadi va ularni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida korrupsiya faktlarini aniqlash, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil qiladi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, profilaktika tadbirlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor axborotning asosliligini tekshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari binolariga yoki davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshiruv olib borilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan binolarga hech qanday to‘siqlarsiz kirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vazifalarining sovuqqonlik bilan bajarilishi hollarini aniqlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibdagi tekshirishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlar olishni ta’minlaydi, mazkur tizimda korrupsiyaga olib keluvchi voqealar yoki soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari to‘g‘risidagi axborotlar ustida ishlaydi va ularni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, berilgan huquqlar doirasida davlat soliq xizmati organlari xavfsizligini, soliq organlari xodimlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining chet ellarga jo‘nab ketayotgan, shuningdek, xorijiy davlatlarning vakillari bilan ishlayotgan xodimlari bilan rejim tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari saqlanishini ta’minlash, maxfiylik rejimiga rioya qilish, xizmat axborotini va kompyuter tarmoqlarini himoya qilish tadbirlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tizimida obyektning ichki rejimini mustahkamlash tadbirlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tavsiya qilinayotgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi, korrupsiyalashgan va jinoyatchi elementlarning, o‘zlarining axloqiy va ishchanlik sifatlari bilan Davlat soliq qo‘mitasi tizimida ishlashga noloyiq shaxslarning soliq organlariga kirib qolishlariga barham berish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyi soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari va ularning moliya-xo‘jalik faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi soliq organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini, smeta maqsadlaridagi hisob-kitoblarning asoslanganligi, smetalarning bajarilishi, mablag‘lardan o‘z o‘rnida foydalanilishi, mablag‘larning tejab-tergab sarflanishi va ularning saqlanishi, moliya intizomiga rioya qilinishi va buxgalteriya hisobini yuritishning hamda budjet bo‘yicha hisobot tuzishning to‘g‘riligi masalalarini taftish qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi soliq organlarida o‘tgan taftish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek, davlatga yetkazilgan moddiy zararni qaytarish chora-tadbirlarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi soliq organlari tomonidan moddiy resurslar va pul resurslaridan oqilona foydalanish, xo‘jasizlik, davlat mablag‘larini talon-toroj qilish, o‘rinsiz va maqsadsiz sarflash, smeta intizomi buzilishlari hollariga barham berish va ularning oldini olishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi soliq organlarida dastlabki va buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tashkil etish, hisobga olishni mexanizatsiyalash, buxgalteriya hisobotini yuritishning to‘g‘riligini hamda ishonchliligini takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarida soliq qonunchiligi hujjatlarini qo‘llashda qonuniylikni ta’minlash va ularga rioya qilinishi bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bosh boshqarmaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining ham barcha tizimiga ham ayrim tarkibiy bo‘linmalariga, hududiy organlariga daxldor masalalarni Davlat soliq qo‘mitasi raisiga va Hay’atga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va ular ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomini mustahkamlash maqsadida boshqaruv ish uslubi va usullarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati telekommunikatsiya vositalariga va kompyuter texnologiyalariga ularni muhofaza qilish tadbirlarini ta’minlash uchun kirish huquqiga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suiiste’molliklar va boshqa huquqbuzarlik hollari to‘g‘risidagi shikoyatlarni, xatlarni, ommaviy axborot vositalarida berilgan xabarlarni tekshirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining mansabdor shaxslaridan ma’lumotnomalar, tushuntirish xatlari va xizmatga oid boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa idoralar, muassasalar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining, xizmat faoliyatlari masalalari bo‘yicha axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy axborot tarmoqlaridan foydalanish va o‘z ma’lumotlar bazasini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishga soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga, shuningdek, budjet mablag‘larini hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larini sarflashga aloqasi bo‘lgan har qanday hujjatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lish;
(4.1-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar hamda taftishlar materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilardagi hujjatlarni qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftishlar va tekshirishlar o‘tkazishda aniqlangan huquqbuzarliklar va kamchiliklar bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari rahbarlaridan va mutaxassislaridan tushuntirish xatlari olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Bosh boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbariyat topshiriqlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlamaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni boshqacha tarzda buzganligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Bosh boshqarma tuzilmasi va xodimlari soni Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi;
(6.1-bandining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik va davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining maxsus nazorat-taftish boshqarmasidan tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari, Kadrlar bo‘limlari va nazorat-taftish ishlari maxsus bo‘limlari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Bosh boshqarma Davlat soliq boshqarmalari tegishli mintaqaviy bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bosh boshqarma, mintaqaviy bo‘linmalar faoliyati Davlat soliq qo‘mitasi rejalariga va markaziy apparatda Davlat soliq qo‘mitasi raisining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari hamda joylarda Davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Bosh boshqarma boshlig‘i va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Bosh boshqarmaning mintaqaviy bo‘linmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(6.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi bilan shug‘ullanish, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy va ijodiy faoliyat, o‘qituvchilik faoliyati bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Bosh boshqarma o‘zining funksional vazifalarini Davlat soliq qo‘mitasining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan hamkorlikda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-maydagi 180-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bosh
nazorat-taftish boshqarmasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma deb ataladi) faoliyatiga tegishli bo‘lgan vazifalarni, funksiyalarni, huquq va mas’uliyatni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Bosh boshqarma tuzilmasi va uning shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(1.3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan nazorat-taftish bo‘linmalariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Bosh boshqarma xodimlarini tayinlash, lavozimga ko‘tarish va boshqa lavozimga o‘tkazish Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Hukumat qarorlari bilan nazorat soliq organlariga yuklangan masalalar bo‘yicha nazorat tartibidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni (keyingi o‘rinlarda soliqlar deb ataladi) hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(2.1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa doir huquqbuzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqbolli rejalarini tayyorlash, tekshirishlar o‘tkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish jarayoni hamda tartibi ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha darajadagi soliq organlariga) amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar yakunlari bo‘yicha budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qo‘shimcha hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va shu kabilarning undirilishi) ustidan nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida, va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa faktlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bosh boshqarmaning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligiga rioya qilinishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va soliq qonunchiligi sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning hududiy nazorat-taftish bo‘linmalarining, soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalarining hujjatlari asosida hamda nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, ishlarni ular bilan hamkorlikda olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda, Davlat soliq qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, banklar bo‘linmalarining, shuningdek, mulkchilik shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, boshqa xo‘jalik yurituvchi moliya-xo‘jalik faoliyatini hujjatlar asosida kompleks va nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etadi hamda o‘tkazadi, ularning natijalari bo‘yicha tegishli axborotlar va ma’lumotnomalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, soliq qonunchiligini qo‘pol ravishda buzayotgan va soliq organlarida hisobda turishdan va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida sodir etilgan operatsiyalarning qonuniyligini va to‘g‘riligini, hujjatlarning aslligini, ulardagi hisob-kitoblarning arifmetik jihatdan to‘g‘riligini, hujjatlarning hisobot va buxgalteriya hujjatlarining belgilangan shakllariga mosligini aniqlash uchun nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning amalda sodir etilganligini, hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning amalda olinganligini yoki berilganligini, ishlar, xizmatlarning amalda bajarilganligini yoki ko‘rsatilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni buxgalteriyada hisobga olishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalarda moddiy boyliklarni korxonalar hududiga keltirish va uning hududidan olib ketishda ruxsatnoma tizimi ishini tashkil etishning ahvolini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, soliq organlariga taqdim etilgan hisob-kitoblarni buzib ko‘rsatuvchi qo‘shib yozishlar va har turli xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisobotlari va balanslarini schyotlar bo‘yicha tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish qilinayotgan tashkilotda mavjud bo‘lgan yozuvlarni, hujjatlar va ma’lumotlarni pul mablag‘lari, moddiy boyliklar va hujjatlar olingan yoki berilgan tashkilotlardagi tegishli yozuvlar, hujjatlar va ma’lumotlar bilan solishtirib chiqqan holda belgilangan tartibda muqobil tekshirishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida taftish qilinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan to‘lov hujjatlari nusxalarini mazkur topshiriqni bajargan bank muassasasida saqlanayotgan asl to‘lov hujjatlari bilan solishtirib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‘radi va o‘lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to‘g‘riligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulot to‘liq kirim qilinishini mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishdan tabiiy yo‘qotishlar normalari to‘g‘ri belgilanishini aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko‘radi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va davlatga soliq to‘lashdan, savdo va xizmatlar ko‘rsatish, aksiz solig‘i solinadigan alkogolli hamda tamaki mahsulotlarini sotish va markalash qoidalariga rioya qilishdan bo‘yin tovlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlash yuzasidan nazorat tariqasida tekshirishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa apparatlarini qo‘llashga doir qonun hujjatlariga rioya qilinishi, nazorat-kassa apparatlaridan foydalangan holda olingan naqd pul mablag‘larining to‘liq kirim qilinishi ustidan doimiy va amaliy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va tegishlicha daromad hajmlarini yashirish, sotilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko‘rsatish, moddiy xarajatlarni asossiz ravishda hisobdan chiqarish yoki sun’iy ravishda ko‘paytirish yoxud moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari sarfi normativlari (limitlari) va amortizatsiya hisobini noto‘g‘ri qo‘llash mexanizmlarini o‘rganadi va aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan hisobga olinmagan (ya’ni, tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan) mahsulotlar (tovarlar)ni sotish mexanizmlarini o‘rganadi va aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning soliq inspeksiyalarida hisobga turishdan bo‘yin tovlayotgan mexanizmlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)ga hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar olib borilayotganda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)ni hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijalari bilan tanishtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligi buzilishlari to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning nazorat-taftish bo‘linmalari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy ishlarni olib boradi, hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar materiallarini umumlashtiradi va aniqlangan o‘ziga xos soliq buzishlar bo‘yicha ularni bartaraf etish va bundan keyin ularga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasining tegishli xizmatlari bilan birgalikda Bosh boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kasbiy o‘qishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-taftish ishlari bo‘yicha statistika ma’lumotlarini yig‘ish va mukammallashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarda ishtirok etish uchun Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarining boshqa xodimlarini Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati bilan kelishgan holda jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan ishlar nomenklaturasiga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan qilingan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam umumlashtirib boradi va ularni har chorakda tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bosh boshqarmaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchilardagi moliya hujjatlarini, shartnomalar (kontraktlar), biznes-rejalar, smetalar, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni, soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda tekshirish (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq subyektlardagi hujjatlarni muqobil tekshirish), tekshirishlar chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur tushuntirish xatlari, ma’lumotnomalar va ma’lumotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida yuridik va jismoniy shaxslardan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar) faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, hujjatlar olish va ulardan nusxalar olish;
(4.1.-bandining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va boshqa kredit-moliya muassasalaridan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa xil schyotlarida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlaridan va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan import-eksport operatsiyalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar) haqidagi boshqa axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)dan daromad (foyda) va soliq olishining boshqa obyektlari, shuningdek, huquq buzishlar yashirilganligidan dalolat boruvchi hujjatlarni, shuningdek, huquqni buzish ashyolarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda kassalarni va kassa xonalarini, omborlarni, arxivlarni muhrlab qo‘yish, qalbakiliklar va boshqa suiiste’molliklar aniqlanganda hujjatlarni olib qo‘yish, tekshirilayotgan xo‘jalik subyektlari rahbarlaridan asosiy vositalarni, tovar-moddiy boyliklarni, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar namunalarini, shuningdek, hujjatlarni tekshirishlar, tadqiqotlar va ekspertizalar o‘tkazish uchun olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar) (shu jumladan, alohida rejimda ishlaydigan (korxonalar)ning daromad (foyda) ko‘rish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa joylarini va o‘rinlarini, ular joylashgan joydan qat’i nazar, tekshirish, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida o‘lchash va tovar-moddiy boyliklarni xatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)dan aniqlangan qonun buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)ning ular hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazishga yoki tekshirish uchun davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarini daromad (foyda) ko‘rish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq xonalar va joylarga kirishiga to‘sqinlik qilgan, davlat soliq organlariga hamda ularning mansabdor shaxslariga tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni taqdim etmagan (yoki taqdim etishni rad etgan) hollarda ularning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob va boshqa schyotlar bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga murojaat qilish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno);
(4.1.-bandining o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, montaj, tuzatish va boshqa ishlarni nazorat tariqasida o‘lchash uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sohalardagi jinoyatchilikka qarshi kurashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilmiy-texnika vositalari va usullaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan huquq buzilishlar faktlari bo‘yicha tushuntirishlar olish uchun soliq xizmati organlariga mansabdor shaxslar, fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati soliq organlari tizimidagi istalgan hujjatdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya vositalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy axborot tarmoqlaridan foydalanish va o‘z ma’lumotlar bazasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining barcha tizimi kabi ayrim tarkibiy bo‘limlariga, hududiy organlariga ham taalluqli bo‘lgan masalalarni Davlat soliq qo‘mitasi raisi va hay’at ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish va ular ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma vakolatiga tegishli materiallarni umumlashtirish, tegishli soliq organlarining rahbariyatiga ularning tashkiliy amaliy faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Bosh boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbariyat topshiriqlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha zarur nazoratni ta’minlamaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi soliq solish bazasini kamaytirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari normalariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni boshqacha tarzda buzganligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Bosh boshqarma xodimlari tomonidan o‘z xizmat vakolatlarining oshirib yuborilishi, shuningdek, ularga yuklangan funksional vazifalarning bajarilmasligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Bosh boshqarma tuzilmasi va uning shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh boshqarma quyidagilardan tashkil topadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar bo‘yicha tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi;
(6.1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari natijalarini tahlil qilish bo‘limi.
(6.1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining boshlig‘i belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(6.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Bosh boshqarma o‘z ishini Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Bosh boshqarma mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar, boshqa qo‘shimcha haqlardan iboratdir va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
(6.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi bilan shug‘ullanish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy va ijodiy faoliyat, o‘qituvchilik faoliyati bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni Davlat soliq qo‘mitasining boshqa boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-maydagi 180-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida
xizmatni o‘tash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi soliq organlarida xizmatga qabul qilish tartibini va mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatini o‘tash shart-sharoitlarini, ularning mas’uliyatini, shuningdek, ularga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mansabdor shaxslarning ularning soliq organlaridagi xizmati bilan bog‘liq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi ta’riflardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik lavozimlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi, raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar boshliqlari, boshqarmalar, bo‘limlar boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va bo‘limlarining, davlat soliq inspeksiyalarining, davlat soliq inspeksiyalari bo‘limlarining boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va bo‘limlarining” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlarining boshliqlari va o‘rinbosarlari.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspektorlar tarkibi lavozimlari — davlat soliq xizmati barcha darajalardagi organlarining soliq xizmati inspektorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliq organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I darajali inspektori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II darajali inspektori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining III darajali inspektori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining inspektori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlari mansabdor shaxslari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlarida xizmatga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’i nazar, o‘zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus darajadan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisos bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslardan tashqari, rahbarlik lavozimlari oliy iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov sinovlari o‘tkazish va xizmatga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlar tarkibi oliy iqtisodiyot ma’lumotiga hamda soliq organlari nazorat xizmatlarida, Markaziy apparat xodimlari uchun— kamida 5 yil va mintaqaviy bo‘linmalar xodimlari uchun— kamida 3 yil, umumiy ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardan butlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlangan, uni o‘tamagan yoxud Qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda mehnatga layoqatsiz yoki mehnatga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qonunchiligiga muvofiq ilgari ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra soliq organlaridan bo‘shatilgan (Mehnat kodeksi 100-moddasi 2-qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan hollar bundan mustasno) shaxslar soliq organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tegishli soliq organi xizmat qilayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq organlarida xizmat qilish to‘g‘risidagi namunaviy mehnat shartnomasi shakli Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga muvofiq uch oy sinov muddati bilan tayinlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq organiga xizmatga qabul qilingan shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xizmatni o‘tash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq organlarida shtatdagi lavozimga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining mansabdor shaxsi vazifani asosiy yoki turdosh ixtisos bo‘yicha olingan ma’lumotga muvofiq yoxud mavjud ish tajribasiga muvofiq bajarishi kerak. Boshqa ixtisos bo‘yicha vazifalarni bajarish zarurati bo‘lganda ular qayta tayyorlash va tajriba orttirishdan o‘tadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar yanada yuqori rahbarlik lavozimiga tasdiqlangungacha ushbu lavozimni bajarib turuvchi etib tayinlanishlari mumkin, bunda ularning vazifalarni bajarib turish uzluksiz muddati uch oydan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindosh bo‘lgan yoki yaqin qarindoshligi bo‘lgan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) soliq organlari mansabdor shaxslarining, agar ularning xizmati bir-biriga bevosita bo‘ysunish yoki nazoratda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lsa, aynan bir soliq organida xizmatni o‘tashiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mansabdor shaxslarni xizmat bo‘yicha ko‘tarish ularning amaliy ishda namoyon qilgan kasbiy, axloqiy va ishchanlik sifatlariga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchanlik va axloqiy sifatlarini, kasb bo‘yicha xizmatga layoqatini baholash hamda shaxsiy qobiliyati va ish tajribasiga muvofiq oqilona joylashtirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari attestatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qaroriga binoan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan o‘tkazish asoslari va tartibi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Soliq organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq organlarining mansabdor shaxslari Davlat soliq qo‘mitasi o‘quv yurtlarida yoki boshqa o‘quv yurtlarida, kurslarda, seminarlarda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda va shart-sharoitlarda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik hamda malaka oshirishdan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining mansabdor shaxslarini jismoniy tarbiya-sport bo‘yicha tayyorlash ularning xizmat joylarida yoki Davlat soliq qo‘mitasi o‘quv yurtlarida, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llanishi mumkin. Rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralari turlari, ularni qo‘llash tartibi, shuningdek, soliq organlari boshliqlarining xizmat intizomini saqlash bo‘yicha huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq organlarining mansabdor shaxslarini boshqa lavozimlarga o‘tkazish mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliq organlarining mansabdor shaxslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formali kiyim-bosh kiyib yurishga majburdirlar. Kiyim-bosh bilan ta’minlash normalari va ularni kiyib yurish, farqlovchi belgilarni taqib yurish muddatlari Respublika soliq organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soliq organlarining mansabdor shaxslari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash (ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofotlar yoki xizmatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlar, tanishlar va boshqa chet shaxslar iltimosiga ko‘ra amaldagi qonun hujjatlariga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashlar, siyosiy manifestatsiyalar va yurishlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida spirtli ichimliklar iste’mol qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika soliq organlari sha’niga dog‘ tushiruvchi shaxslar bilan munosabat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida uchinchi shaxslar ishi bo‘yicha ishonchli vakillar yoki vakillar bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika va axborot bilan ta’minlash, moliya vositalaridan, davlatning boshqa mol-mulkidan, shuningdek, xizmat axborotlaridan lavozim vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda, konferensiyalarda hamda ish (xizmat) tusidagi boshqa uchrashuvlarda olingan 200 AQSh dollariga teng miqdordan ortiq qimmatbaho sovg‘alar belgilangan tartibda budjet daromadiga o‘tkaziladi, ularning musobaqalarda, ijodiy va kasb bo‘yicha tanlovlarda olgan shaxsiy sovrinlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soliq xizmati mansabdor shaxslariga mehnat ta’tillari berish tartibi mehnat qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofotlar, kompensatsiyalar, moddiy yordamlar berish tartibi va ularning manbalari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari xizmat faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tan jarohatlari olganda yoki halok bo‘lganda bir yo‘la beriladigan nafaqalar to‘lash tartibi va miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tarkib mansabdor shaxslarining va ular oila a’zolarining hayoti, salomatligi, sha’ni va qadr-qimmatini ushbu shaxslar tomonidan xizmat burchini bajarishi, munosabati bilan jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Soliq organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardligi va jasorati, xizmat vazifalarini namunali ado etganligi uchun qonunchilikka muvofiq davlat mukofotlariga taqdim etilishi va rag‘batlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Soliq organlarining mansabdor shaxslari boshliqlarining qasddan berilgan noqonuniy tusdagi buyruqlarini bajarmaslik huquqiga egadirlar. Bu holda ular yuqori turuvchi boshliqlar buyrug‘ini bajarmaganlik sabablaridan yuqori organlarni xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soliq organlarining mansabdor shaxslari mansabdor shaxslarning ularga nisbatan intizomiy tanbehlar, lavozimdan chetlatish yoki bo‘shatish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlari yuzasidan yuqori tashkilotlarga va sudlarga shikoyat berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmat vazifalarini yoki xizmat burchini bajarish munosabati bilan soliq organlarining mansabdor shaxsi mol-mulkiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘laridan to‘lanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Soliq organlarining mansabdor shaxslari ushbu Nizom hamda xizmatni o‘tash va Kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga aniq rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Soliq organlarining rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarni xizmat uchun xavfsiz, maqbul shart-sharoitlar bilan ta’minlashga, ularning soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikda, boshqa hujjatlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan huquqlarini muhofaza qilishga, ularga xizmat bo‘yicha ko‘tarilish va madaniy hordiq uchun imkoniyatlar yaratishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat soliq organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish va ularni maxsus unvonlardan mahrum qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat soliq xizmati organlarining malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslariga, attestatsiyadan ijobiy o‘tishgan taqdirda, shtatlar ro‘yxati bo‘yicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, tadrijiy tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va unga qarashli ta’lim muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shtatdagi lavozim*‎‎

Maxsus unvon‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi‎‎ Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi‎‎
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎‎ Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi‎
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎‎ Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi‎
Bosh boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari‎ Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi‎
Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining o‘rinbosarlari, bosh boshqarmadagi boshqarma boshlig‘i, mustaqil bo‘lim boshlig‘i, yuridik bo‘lim boshlig‘i, rais kotibiyati mudiri, raisning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, soliq qonunchiligi bo‘yicha bosh ekspert, rais huzuridagi kotibiyat referenti, navbatchi qism boshlig‘i‎‎ Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi‎
Bosh boshqarma yoki boshqarma bo‘limi boshlig‘i, mustaqil yoki boshqarmadagi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, rais yordamchisi, raisning birinchi o‘rinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining o‘rinbosari, bosh davlat soliq inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shu’ba mudirlari, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis‎‎ Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi‎
Mustaqil bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, yetakchi mutaxassis, fuqaro muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassis, katta davlat soliq inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, bosh yurist-konsultant, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, soliq kollejlarining katta o‘qituvchilari‎‎ Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi‎
Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, navbatchi qism navbatchisining yordamchisi, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining o‘qituvchilari‎ Soliq xizmatining I darajali inspektori‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari apparati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shtatdagi lavozim*‎‎

Maxsus unvon‎‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari‎‎ Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining boshqarma boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari‎‎ Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi‎
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mustaqil bo‘limlari va shu’balari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, shaharlar, viloyatlar markazlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tezkor xodimlari, bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari‎‎ Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi‎
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining bo‘lim va shu’ba boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari bo‘limlari boshliqlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori, bosh surishtiruvchilar‎ Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mutaxassislari, Soliq akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, katta surishtiruvchilar‎ Soliq xizmatining I darajali inspektori‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar‎‎ Soliq xizmatining II darajali inspektori‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq uchastka inspektorlari, yetakchi mutaxassislari‎‎ Soliq xizmatining III darajali inspektori‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I toifali mutaxassislari‎‎ Soliq xizmatining inspektori‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Davlat soliq xizmati organlarida ishlaydigan, lavozimi ushbu jadvalda ko‘rsatilmagan shaxslarga maxsus unvonlar egallab turgan lavozimi bo‘yicha tenglashtirilgan maqomiga muvofiq beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi, soliq xizmatining 1 darajali inspektori unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori unvonlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvonlar davlat soliq organlaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davrida maxsus unvonlar tegishli maxsus unvonlar berish uchun zarur bo‘lgan muddatlar o‘tgandan keyin ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbarining tavsiyasiga asosan beriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mansabdor shaxslar maxsus unvonda xizmat qilishining quyidagi muddatlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi — 4 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi — 4 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi — 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining I darajali inspektori — 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining II darajali inspektori — 2 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining III darajali inspektori — 2 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmatining inspektori — 1 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi uchun maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri maxsus unvonlar olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan tshldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxsus unvonda xizmat qilish muddati unvon berish to‘g‘risidagi buyruq chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning pasaytirilgan maxsus unvonda bo‘lgan vaqti tiklangan unvondagi xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Rahbarlik lavozimiga yangi qabul qilingan mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozimi bo‘yicha sinov muddati tugagandan keyin beriladi, inspektor maxsus unvoni bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga, yanada yuqoriroq unvon beriladigan lavozimga o‘tkazilganda va tayinlanganda, unga navbatdagi maxsus unvonni, yangi lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, va navbatda va muddatlarga rioya qilmasdan olish huquqi beriladi, lekin mazkur unvon uning maxsus unvonidan ikki darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Soliq organlarining intizomini jazo olgan yoxud unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan yoki qonunchilikni yoki xizmat intizomini buzganlik fakti bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan mansabdor shaxslarini navbatdagi maxsus unvonlarni berishga yoki rag‘batlantirishga tavsiya etish intizomiy jazo olib tashlangungacha yoxud jinoiy ish ozod qiluvchi asoslar bo‘yicha to‘xtatilgungacha yoki xizmat tekshiruvi tugagungacha amalga oshirilmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Istisno tartibida, soliq organlarining vakolatli mansabdor shaxslari navbatdagi maxsus unvonlarni muddatidan oldin yoki egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha belgilangandan bir daraja yuqori unvonni quyidagi mezonlar bo‘yicha berishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat burchini bajarish vaqtida ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va mardligi uchun — egallab turilgan maxsus unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini vijdonan bajargani va ishdagi yuksak yutuqlari uchun — maxsus unvon bo‘yicha belgilangan xizmat muddatining kamida yarmi o‘tgandan keyin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha belgilangandan bir daraja yuqori unvon soliq organlaridagi xizmatning butun davri mobaynida faqat bir marta berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Soliq organi rahbari o‘z xodimlarining maxsus unvondagi xizmat muddati tugagach navbatdagi unvon berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvon berishga taqdim etish asossiz ravishda kechiktirilgan taqdirda, soliq organi rahbari mehnat qonunchiligiga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga berilgan maxsus unvonlar ularda umrbod saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ilgari berilgan maxsus unvonlar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar egallab turilgan lavozim yanada yuqoriroq unvonni taqozo etsa, u holda ushbu unvon sinov muddati tugagach beriladi va u ilgarigi maxsus unvondan ko‘pi bilan ikki daraja yuqori bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar egallab turilgan lavozim pastroq maxsus unvonni taqozo etsa, u holda xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ularning ilgari berilgan maxsus unvoni saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mansabdor shaxslarga navbatdagi maxsus unvon berishga tavsiya etishni kechiktirish, maxsus unvonni bir darajaga pasaytirish Davlat soliq qo‘mitasining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, tegishli darajadagi boshqarma rahbarlari taqdimnomasiga binoan, xizmat burchini buzganlik, xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganlik uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining maxsus unvoni pasaytirilgan mansabdor shaxslari ilgarigi maxsus unvoniga Davlat soliq qo‘mitasining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishli darajadagi boshqarmalar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan tiklanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslarning ilgarigi maxsus unvonga tiklangunlarigacha ularga navbatdagi unvon berilishiga yoki ularning maxsus unvoni takroran pasaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Soliq organlarining mansabdor shaxslari maxsus unvondan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim o‘z nomiga isnod keltiruvchi qilmishlari uchun davlat soliq organlaridan bo‘shatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlik uchun — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Soliq organlarining maxsus unvonlarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga har oyda maxsus unvoni va uzoq yillar xizmat qilganligi uchun ustama haq to‘lanadi. Maxsus unvon uchun (maxsus unvon berilgan vaqtdan boshlab to‘lanadigan) va uzoq yillar xizmat qilganligi uchun (ish stajiga ko‘ra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlar bilan (mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq yillar xizmat qilganlik uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Soliq organlarining Soliq akademiyasiga va soliq kollejlariga ishga o‘tkazilgan mansabdor shaxslarida ularning ilgarigi maxsus unvoni, shuningdek, maxsus unvon va uzoq yillar xizmat qilganlik uchun ustamalar to‘lash tartibi saqlanib qoladi. Soliq akademiyasida va soliq kollejlarida ishlagan vaqt, soliq organlariga xizmatga qaytib kelinganda, maxsus unvondagi xizmat muddatiga qo‘shiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xizmatdan bo‘shatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Soliq organlarining mansabdor shaxslarini xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jinoyat sodir etganlik uchun sud tomonidan jazolangan mansabdor shaxslar, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin soliq organlaridan bo‘shatiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vafot etgan, halok bo‘lgan yoki belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan mansabdor shaxslar soliq organlarining xodimlar tarkibidan chiqariladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat
soliq organlarida xizmatni o‘tash
to‘g‘risida Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining
lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maxsus unvon nomi‎

Lavozim maoshiga qo‘shimcha haq miqdori (koeffitsiyent hisobida) ‎

Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi‎

0,65‎

Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi‎

0,60‎

Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi‎

0,55‎

Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi‎

0,5‎

Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi‎

0,45‎

Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi‎

0,40‎

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi‎

0,35‎

Soliq xizmatining I darajali inspektori‎

0,30‎

Soliq xizmatining II darajali inspektori‎

0,25‎

Soliq xizmatining III darajali inspektori‎

0,20‎

Soliq xizmatining inspektori‎

0,15‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat
soliq organlarida xizmatni o‘tash
to‘g‘risida Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari mansabdor
shaxslarining lavozim maoshlariga uzoq yillar xizmat
qilganlik uchun har oylik ustama haq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish staji‎ ‎

Lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida) ‎ ‎

3 yildan 5 yilgacha‎

0,05‎

5 yildan 7 yilgacha‎

0,15‎

7 yildan 10 yilgacha‎

0,20‎

10 yildan 12 yilgacha‎

0,25‎

12 yildan 15 yilgacha‎

0,30‎

15 yildan 20 yilgacha‎

0,35‎

20 yildan ortiq‎

0,40‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri lavozim maoshiga har oylik ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 23-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 5-son, 20-modda;13-son, 88-modda; 2004-y., 7-son, 80-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 31-32-son, 323-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda)