1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xom ashyo, ilmiy-texnikaviy va mehnat salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlar va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarni yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyatida 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarorning 1-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga, biznes-rejani bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash shartlari bajarilgan taqdirda mulk huquqini taqdim etgan holda, uzoq muddatli ijaraga 10 yil muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nol stavkada belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida yer uchastkalarini ajratish elektron onlayn auksion orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida joylashgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R. G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari M. Azimov, iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari S. Bekenov, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M. Abdurahmonov zimmasiga Toshkent viloyatida KSZ barpo etish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlarini barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Toshkent viloyati hokimligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi KSZ direksiyasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ direksiyasi tashkil etilmagan taqdirda, KSZ doirasida shartnomalar tuzish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatlar tuman (shahar) hokimiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qarori bilan Toshkent shahri kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZga ajratilgan qism chegarasigacha uning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligining budjeti mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AKning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari tarkibiga ularning hududida joylashgan yoki tutash bo‘lgan xususiy mulk obyektlari o‘z biznes-rejalarini taqdim etgan holda va ular asosida loyihalarni amalga oshirish sharti bilan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki obyektlarini Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga o‘tkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rib chiqilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘ztransgaz” AK (A. Mustafoyev) rahbarlari va Toshkent viloyati hokimligi (Sh. Boboyev) zimmasiga KSZ ishtirokchilarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafoyev) ikki oy muddatda Toshkent viloyati KSZlarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 50 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi. Kafolat jamg‘armasi. Taraqqiyot jamg‘armasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kredit liniyasi mablag‘lari import uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarni so‘ndirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘ndirish sanasidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada, to‘lov jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Boboyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Sh.A. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari (KSZ)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bekobodyo‘lsanoat” ishlab chiqarish korxonasi maydoni
36,8
TIF Milliy bank
2.
Bekobod tumani KSZ
Sobiq ta’mirlash-mexanika korxonasining garaji binosi
3
3.
Ohangaron tumani KSZ
Sobiq “O‘zbekiston” jamoa xo‘jaligining garaji bino va inshootlari
2,2
“Ipotekabank” ATIB
4.
Olmaliq shahar KSZ
Sobiq DSKning ishlab chiqarish maydoni
7,2
5.
Yuqori Chirchiq tumani KSZ
Tuman shifoxonasi akusher majmuasining sobiq tug‘uruq bo‘limi binosi
2,5
6.
Yangiyo‘l tumani KSZ
“2503-Yangiyo‘l avtokolonnasi”
5,6
“Qishloq qurilishbank” ATB
7.
Angren shahar KSZ
Sobiq “Rezinatexnika” AJning qozonxona binosi
1,5
8.
Oqqo‘rg‘on tumani KSZ
“Oqqo‘rg‘on MTP”ning bo‘sh turgan bino va inshootlari
2,4
“Agrobank” ATB
9.
O‘rta Chirchiq tumani KSZ
“Toshkent temir-beton buyumlar zavodi” MCHJ bino va inshootlari
10,0
10.
Quyi Chirchiq tumani KSZ
“Do‘stobod tajriba mexanika zavodi” MCHJ bino va inshootlari
3,7
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
11.
Chirchiq shahar KSZ
Qurilishi tugallanmagan “Suvoqava” DUK obyekt
3,4
“Chirchiqselmash” zavodi ishlab chiqarish maydonining bir qismi
17,4
12.
Bo‘ka tumani KSZ
“Bo‘ka MTP”ning bo‘sh turgan bino va inshootlari
2,3
“Savdogarbank” AK
13.
Pskent tumani KSZ
“Pskent MTP”ning bo‘sh turgan bino va inshootlari
4,7
AKB
“Mikrokreditbank”
14.
Bo‘stonliq tumani KSZ
“G‘azalkent-oyna” AJning bino va inshootlari
14,4
“O‘zenergoindustriya” DBning bino va inshootlari
9,55
15.
Qibray tumani KSZ
Qurilishi tugallanmagan sanatoriy –profilaktoriy binosi
3,4
Asakabank
16.
Parkent tumani KSZ
“Parkent MTP”ning bo‘sh turgan bino va inshootlari
4,0
17.
Chinoz tumani KSZ
“Qishloq xo‘jalik mahsulot ta’minot bazasi” DUKning foydalanilmayotgan bino va inshootlari
6,15
Xalq bank
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davergeodezkadastr, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlik kiritilishi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 805-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)