18.05.2017 yildagi PQ-2973-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar doirasida Toshkent shahrida Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida kichik sanoat zonalari barpo etilgani va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani, ularning hududida toʻqimachilik, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari, mebel, zamonaviy qurilish materiallari hamda ichki va tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 513 ta kichik korxonalar faoliyat yuritayotgani qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning oʻzida ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, 140 mln AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi tovarlar eksport qilindi, 11 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalar rivojlanishini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilma bilan taʼminlangan alohida hududlarda toʻplanishini taʼminlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatni mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrida 1-ilovada keltirilgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik ijara muddatini yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan (loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan) ijara toʻlovining quyidagi imtiyozli stavkalari asosida beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maydonlari uchun — ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan, davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari uchun — qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan, Toshkent shahridagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan yer soligʻining eng kam stavkasi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga davlat xizmatlari KSZ hududlarida tashkil etiladigan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga ular mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashish maqsadida KSZ hududida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vakolatxonalari tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish uning chegarasiga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonalari tomonidan toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda KSZ tashkil etish maqsadida bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, davlat mulki obyektlarining belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazilishini, shuningdek tarkibida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZ barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin va ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish tashkilotlarini jalb qilgan holda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan KSZdan tashqaridagi zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, tegishli infratuzilmani barpo etish, shaharsozlik, sanitariya, yongʻinga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablariga soʻzsiz rioya etishni nazarda tutadigan tegishli loyiha-reja hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi (balansda saqlovchi nomidan) va KSZ hududida xizmat koʻrsatish shartnomasining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda KSZ hududida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklarining KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga bank xizmatlari koʻrsatishi uchun Toshkent shahridagi KSZ hududida 2-ilovaga muvofiq, mini-banklar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzstandart” agentligi KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga standartlashtirish, metrologiya, sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish, mahsulotni sertifikatlashtirish, markirovkalash, qadoqlash masalalarida belgilangan tartibda amaliy koʻmak koʻrsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11 — 13-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PF-5214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 06/17/5214/0174)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idora va xoʻjaliklar birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan shakllantirilgan KSZda ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilishi uchun tavsiya qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati tadbirkorlik subyektlariga yetkazishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda KSZda oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqarishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar, boʻshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tahlil natijalari asosida taqdim etilgan asoslangan takliflar asosida ushbu qarorning 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2973-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kichik sanoat zonalarining nomi

Hudud va maydonlar nomi

Maydoni

(ga)*

Bino, inshootlar maydoni (ming kv. m.)*

1.

Mirzo Ulugʻbek kichik sanoat zonasi

Sobiq “TTZ” zavodi hududining bir qismi**

38,8

117,15

2.

Olmazor kichik sanoat zonasi

“ONIKS” AJ ishlab chiqarish hududi***

14,1

82

3.

Uchtepa kichik sanoat zonasi

“Aoks plyus biznes” MCHJ (sobiq “Signal” IIB) ishlab chiqarish hududi

5,1

25,6

4.

Chilonzor kichik sanoat zonasi

“Sovplastital” MCHJ “2-sonli ishlab chiqarish va omborxonalar” binolari (bino qismlari) va inshootlari

2,6

21,4

“Rele va avtomatika” AJ ishlab chiqarish hududining bir qismi

1,0

5,5

5.

Bektemir kichik sanoat zonasi

Sobiq “Motor zavodi” AJ 2-hududidagi bino va inshootlar

5,0

29

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Yergeodezkadastr” qoʻmitasi tomonidan aniqlashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Topshirayotgan obyektlar va hududlar “Oʻzagrotexsanoatxolding” bilan aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Elektr texnika va kompozit materiallar yoʻnalishida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun topshirilayotgan hududlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Norasmiy tarjima. 1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 872-sonli qarori tahririda. Rus tili matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari hududida ishtirok etuvchi tashkilotlarga bank xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etiladigan mini-banklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kichik sanoat zonasining nomi

Tijorat bankining nomi

1.

Mirzo Ulugʻbek kichik sanoat zonasi

“Ipoteka-bank” ATIB “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

2.

Olmazor kichik sanoat zonasi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

3.

Mirobod kichik sanoat zonasi

“Kapitalbank” ATB

4.

Chilonzor kichik sanoat zonasi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

5.

Bektemir kichik sanoat zonasi

AT “Xalq banki”

6.

Yakkasaroy kichik sanoat zonasi

“Asaka” ATB

7.

Yunusobod kichik sanoat zonasi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

8.

Sergeli kichik sanoat zonasi

“Asaka” ATB

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 384-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/806/0074; 24.10.2017-y., 06/17/5214/0174; 25.10.2017-y., 09/17/872/0176; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)