Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 04.08.2017 yildagi PQ-3172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi 5497-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-son Farmonini ijro etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 130 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” Respublika boshqarmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan tashkilotlari roʻyxati 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarishda buyurtmachi funksiyasini amalga oshiruvchi “Suv qurilish invest” DUKlar roʻyxati 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari hamda uning idoraviy mansub va hududiy tashkilotlarining yangilangan shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi budjet tashkilotlarining rahbar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlarining shtat normativlari hamda mehnatga haq toʻlash shartlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, bunda amaldagi koeffitsiyentlar, ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlarini saqlab qolish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Quyisirdaryo, Quyiamudaryo, Zarafshon, Sirdaryo-Zarafshon, Quyizarafshon va Amudaryo chap qirgʻoq irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini tuzish, shuningdek irrigatsiya tizimlari boshqarmalarini qayta tashkil etishni nihoyasiga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining asosiy fondlarining bir qismi, limitlari, moddiy-texnika resurslari, mexanizmlari, avtotransport vositalari, shtat birliklari, budjetdan ajratiladigan mablagʻlarini yangidan tashkil etilayotgan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga va tuman irrigatsiya boʻlimlariga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining yangidan tashkil etilgan tuzilmalarining shtat jadvallari va xarajatlar smetalarini 2017-yil 1-avgust holatiga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari haqidagi namunaviy nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari haqidagi namunaviy nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman irrigatsiya boʻlimlari haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonsavdo” DUKni — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKning ustav jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi “MMTP Agrointexnika” DUKni, Sirdaryo viloyatidagi “MMTP YuKO” DUKni — “Oʻzagrotexsanoatxolding” XKning ustav jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biosifat” Respublika markaziy laboratoriyasini — “Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav jamgʻarmasiga davlat ulushini oshirish hisobiga balans qiymatida berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PQ-2878-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3172-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 797-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son)