01.08.2017 yildagi 566-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2992-son qarorini bajarish hamda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil qilishning sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, yong‘in xavfsizligi mustahkamligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2992-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va moliyaviy ta’minlash tartibini belgilaydi.
4. Yong‘in xavfsizligi xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(11-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)