23.05.2017 yildagi PQ-2992-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda izchil amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida aholi hayoti va sogʻligʻi, davlat mulki, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini taʼminlaydigan yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin yongʻin xavfsizligi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlariga qaramay, bugungi kunda mamlakatimizda aholi, tadbirkorlar, davlat organlarining yongʻinlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalariga tegishli munosabat shakllanmadi, shu bilan birga, ichki ishlar organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasidagi nazorat faoliyatining shakl va usullari zamon talablariga javob bermaydi. Xususan, quyidagilar bu boradagi tizimli kamchiliklar sirasiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi inspektorlarining oʻz funksional majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgani, malakasiz xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyayotgan holatlari kuzatilmoqda, ushbu lavozimlarga tegishli oliy maʼlumoti yoʻq xodimlarni qabul qilish tizimi paydo boʻlgani, inspektorlar aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan toʻlaqonli hamkorlik qilmayotgani bunga sabab boʻlmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimga, shu jumladan, shoshilinch xizmatlar bilan hamkorlik qilish va yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-aprelda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda barcha darajadagi boʻgʻinlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyekt va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazishi, ular doirasida oʻziga qarashli obyekt va hududlarning yongʻinga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi inspektorlarining javobgarligini oshirish maqsadida ularning har biriga xizmat hududi doirasida muayyan sektorni biriktirish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYOXX yongʻin texnikasi parki va maxsus jihozlarini uzluksiz yangilash maqsadida har yili 38 ta asosiy yongʻinni oʻchirish avtomobili, strelasining uzunligi 35 metrgacha boʻlgan 6 ta yongʻin avtonarvoni, 1000 ta yongʻinni oʻchirish yenglari komplekti, nafas olish aʼzolarini himoya qiladigan 300 ta apparat va boshqa yongʻin-texnika mulkini xarid qilish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYOXX texnika xizmatining hududiy boʻlinmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning maxsus texnikasi va jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va diagnostika xizmatlari koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida.
(4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boshqarmalari (markazlari, boʻlimlari, boʻlinmalari) namunaviy tuzilmalari 8, 9, 10-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8 — 10-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilansin va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tashkilotlar va taʼlim muassasalari oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish, favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilikni keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ularning yakunida favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar holati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda sodir boʻlgan yirik va oʻziga xos xususiyatli favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning sabablarini, ular vujudga kelishiga olib kelgan shart-sharoitlarni hamda tegishli hududlardagi obyektlarning holatini chuqur va tanqidiy tahlil qilishni tashkil etish, uning yakunida ularning oldini olish va bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga ega hamda yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni mustahkamlash, ularning rahbarlari bilan yongʻin-taktik oʻquv va mashgʻulotlar, tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmogʻida favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar, ularning oldini olish va sodir boʻlganda qanday harakat qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishgan holda markaziy va hududiy telekanallarda favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar bilan bogʻliq voqealarni, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bagʻishlangan maxsus axborot koʻrsatuvi, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan tayyorlanadigan hodisa sodir boʻlgan joylardan ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor reportajlarni efirga uzatish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7 — 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan va ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, texnika, aloqa tizimlari va vositalari, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnik vositalar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2992-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ichki ishlar organlarining yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Ushbu hujjatga muvofiq yongʻin xavfsizligini barcha darajada taʼminlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyektlar va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi;

yuqorida qayd etilgan mansabdor shaxslar har chorakda oʻzlariga qarashli obyekt va hududlardagi yongʻinga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishi zarurligi belgilandi.

Qarorda haftaning har chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilandi va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:

barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda yuz bergan katta yongʻinlar sabablari va ularning paydo boʻlishiga olib kelgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy tahlil qilish va ushbu tahlil yakunlari boʻyicha yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan “Yoʻl xaritalari” tasdiqlanadi;

davlat ahamiyatiga ega alohida obyektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, yongʻin-taktik oʻquv mashgʻulotlar va ushbu obyektlar rahbarlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar oʻtkazish;

markaziy va viloyat telekanallarida yongʻinlar bilan bogʻliq hodisalarni yoritish boʻyicha maxsus axborot koʻrsatuvlarini, shuningdek, yongʻin sodir boʻlgan joylardan va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida tezkor reportajlar tayyorlab efirga uzatish.

Mazkur qarorga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar tashkil etilishini alohida taʼkidlash zarur.

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻin sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, yongʻinlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq joylarda va olis aholi punktlarida koʻngilli yongʻin boʻlinmalarini tashkil qilishga koʻmaklashish va ularni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirish komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.