Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2399-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2399, 2012-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 45-son, 518-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 38-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2399-1, 2015-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 44-son, 567-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-iyul,
99-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 24-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 766-modda)