Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2399-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-iyuldagi 99-sonli “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2399-2, 28.07.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2399, 2012-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 518-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-oktabr,
38-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 38-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tibbiyot muassasalarida nefrologiya ixtisosligida gemodializ muolajasi amalga oshirilishi mumkin.”.
2. 7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faqat davlat muassasalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan tibbiy ekspertizalarni, shu jumladan tibbiy-mehnat, harbiy-tibbiy, sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sanitariya-gigiyena ekspertizalarini oʻtkazish;”.
3. Ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“keratoplastika.”.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 5-oktabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 567-modda)