23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2894
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining Qarori, 23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2894
Кучга кириш санаси
27.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2894]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2795, 2016-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 23-son, 276-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) — muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi ko‘rilish jarayonida bo‘lgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ishi — talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya bajarilgan muassasa — ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-texnik jihatdan baholash;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy rahbar — ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy konsultant — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya — ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga farmatsevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — farmatsevtika sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda);
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ixtiro yoki seleksiya yutuqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasi olinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq mavzular bo‘yicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor o‘z dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori OAKning fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish bo‘lishi va unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan nazariy-metodologik va uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini o‘z ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan bo‘lishi hamda talabgorning shaxsan fanga qo‘shgan hissasini aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘lib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy rahbar (konsultant) ko‘rsatiladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham ko‘rsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so‘ng dissertatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, izlanuvchining xohishiga ko‘ra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o‘zining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zganing materialidan uning muallifi va manbasini ko‘rsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda ko‘rilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo‘yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo‘lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan va xizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar), preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan ma’ruzalarning e’lon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari — ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga berilgan patentlar shu fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida e’lon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat bo‘lgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan 3 ta (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab bo‘yicha e’lon qilingan monografiya bundan mustasno.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgor tomonidan dissertatsiya bo‘yicha avtoreferat tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar ro‘yxati xronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bo‘limda — ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bo‘limda — dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to‘liq yozilishi va maqolalar e’lon qilingan jurnal yoki to‘plamlarning sahifalari aniq ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrga topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo‘lsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o‘z dissertatsiyasida qisman yoki to‘la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasaning (muassasalarning) tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-texnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil ko‘chirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanadi, muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi e’lon qilgan ilmiy ishlarda nechog‘lik to‘liq bayon etilganligi o‘z ifodasini topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan e’tiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha 2 oy ichida va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha 3 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari xulosaning sifati, xolisligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Izlanuvchi dissertatsiyasini o‘z xohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi bo‘lgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Kengashda himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng uni ko‘rib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha Ilmiy kengash bo‘lmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib, dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash bo‘lmaganda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga o‘zlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik, idoralarning rahbarlariga o‘z tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bog‘liq masalalar OAK tomonidan hal etiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki ko‘rib chiqish, himoyaga qabul qilish va dissertatsiyaning oshkora himoyasini o‘tkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Talabgor dissertatsiyani ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir, o‘zga materiallardan ularning muallifi va manbaini ko‘rsatmasdan foydalanganligini Ilmiy kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish to‘g‘risidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Talabgor o‘z dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni so‘rab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga ko‘rsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining bir nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dissertatsiya himoyasi natijalari bo‘yicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Axborot-resurs markazi fondidan olib qo‘yiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida saqlanadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya bo‘yicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-ma’lumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy bo‘lganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy o‘tgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. OAKda attestatsiya ishini ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli bo‘limlari tomonidan qabul qilib olinadi va ilmiy ekspertizadan o‘tkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini o‘tkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan bo‘lsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishini ko‘rib chiqishni to‘xtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ekspert kengashi attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazib, tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. OAK Rayosati attestatsiya ishi bo‘yicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish muddati, qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha 2 oydan va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha esa 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan o‘tkazish qo‘shimcha o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishini ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ilmiy daraja berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Diplomlarni rasmiylashtirish va berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va talabgorga bir ish kunida ilmiy daraja diplomi rasmiylashtirib beriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 28-fevraldagi 312/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-5, 07.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/2894-5/0185-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazining ma’lumotnomasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa).
(48-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 28-fevraldagi 312/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-5, 07.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/2894-5/0185-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ilmiy daraja berilgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasiga muvofiq diplom qayta rasmiylashtirilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ko‘chirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis o‘tkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaxsning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash bo‘yicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning ilmiy darajani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar ilmiy darajani berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari yoki ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellyatsiya berishi mumkin.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Apellyatsiya bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellyatsiya bo‘yicha Ilmiy kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani ko‘rib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani ko‘rib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi xulosalari ko‘rib chiqiladi va apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. OAK Rayosatining apellyatsiya bo‘yicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellyatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Ilmiy kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi).
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti v. v. b. B. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk agentligi bosh direktori A. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 569-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son, 12.06.2019-y., 10/19/2894-2/3276-son; 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son; 07.03.2022-y., 10/22/2894-5/0185-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)