Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
 LexUZ sharhi

“TASDIQLAYMAN”

________________________________

(davlat organi yoki tashkilot rahbari)

________________________________

________________________________


20__ yil “____” _______________

Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatinining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar
REJASI

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

1.

Normativ-huquqiy hujjatlar, axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali)ni tizimdagi barcha idoralargaelektron shaklda yuborish.

Normativ-huquqiy hujjat kelib tushgan kuni

Tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi

2.

Qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘z rasmiy veb saytlariga joylashtirish.

Bir kun ichida

Davlat boshqaruvi organi

3.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma
va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun markaziy va hududiy matbuot anjumanlarini o‘tkazish.

Ikki kun ichida

Davlat boshqaruvi organi

4.

Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy idoralarida “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlarini joriy etish, malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjat va axborot-tahliliy materiallarning o‘qib o‘rganilishini tashkil etish.

Har haftaning juma kuni

Davlat boshqaruvi organi

5.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha hududiy va respublika, huquqiy targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va tasdiqlash.

3 kun ichida

Davlat boshqaruvi organi

6.

Normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha konferensiya, seminar, davra suhbatlarining Konsepsiyasi, dasturi va kalendar rejasini tayyorlash va tasdiqlash.

3 kun ichida

Davlat boshqaruvi organi

7.

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish, bunda mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini nazarda tutuvchi media-reja ishlab chiqish adliya organlari bilan kelishish va tasdiqlash.

Bir haftada

Davlat boshqaruvi organi

8.

Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish va aholiga tushuntirish bo‘yicha risolalar va ularning elektron nusxalarini tayyorlash hamda tarqatish.

Ikki hafta ichida

Davlat boshqaruvi organi

9.

Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallar tayyorlash, uning matnini rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish, keng foydalanuvchilar uchun “Jahon” axborot agentligiga yetkazish.

Ikki hafta ichida

Davlat boshqaruvi organi

10.

Qabul qilingan qonun hujjatlarining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan maqola, material va ekspertlarning sharhlarini “uz” domenida davlat ro‘yxatiga olingan veb-saytlarda joylashtirish.

Bir hafta ichida

Davlat boshqaruvi organi

11.

Targ‘ibot tadbirl�rida aholi tomonidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va tegishliligi bo‘yicha kiritish (zarur hollarda, belgilangan tartibda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish).

Doimiy

Davlat boshqaruvi organi

12.

Qabul qilingan qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo‘llanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish.

Doimiy

Davlat boshqaruvi organi

13.

Mazkur chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish, umumlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot kiritib borish.

Har chorakda

Davlat boshqaruvi organi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi