Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2023 28.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2864
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2864]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 7-mh-sonli “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3444, 05.07.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 50-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2562, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 9-son, 100-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini majburiy tartibda tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tayinlash va undan ozod etishga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash, shuningdek yuridik xizmat xodimlarini noqonuniy ta’sir ko‘rsatishdan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi va ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga adliya organlari bilan kelishilib lavozimga tayinlangan xodimlar kelgusida ushbu tashkilotning yuridik xizmatidagi lavozimi o‘zgarsa adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi, yuridik xizmat rahbari va uning o‘rinbosari lavozimi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) asosan davlat organlari va tashkilotlari o‘n kun muddatda tegishli ma’lumotni adliya organiga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab bir yil davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga o‘tganda adliya organlari bilan suhbatdan o‘tkazilmasdan kelishilishiga yo‘l qo‘yiladi, yuridik xizmat rahbari va uning o‘rinbosari lavozimlari bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmat xodimlari hamda ular bilan kelishib lavozimga tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 77-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-3, 26.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/2864-3/2679-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalalarini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma’lumotnomasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini ko‘rib chiqishda nomzod bilan suhbat o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi. Komissiyalar tarkibi tegishli adliya organi rahbari tomonidan kamida besh kishidan, ya’ni rais, uning o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning soha bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri va adliya boshqarmasi boshlig‘i komissiya raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar ishchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi va uning bo‘limlari tegishli komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kelishish hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin suhbat o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hujjatlarni ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishda ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar takroran taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning a’zosi ish joyida bo‘lmagan taqdirda uning o‘rniga uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etib boriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya a’zolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari nomzodni boshqa lavozimga tayinlash haqida tavsiya berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar Komissiyaning ishchi organini yozma xabardor qilishlari lozim. Komissiyaning ishchi organini suhbatga kela olmasligi to‘g‘risida yozma xabar bergan nomzodlar Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida suhbatga qo‘yiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbatga kelmagan va komissiya ishchi organini yozma xabardor qilmagan nomzodlar suhbatdan o‘tmagan deb topiladi va bu haqda ishchi organ tomonidan nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga ma’lum qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Suhbat natijalariga ko‘ra nomzodning suhbatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi holati bo‘yicha ishchi organ uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar bir oydan so‘ng, umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga suhbatdan uch marotaba o‘ta olmagan nomzodlar uch oydan so‘ng umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimidan ozod etishni kelishish uchun davlat organi va tashkiloti tomonidan adliya organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti rahbarining yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomasi, ushbu taqdimnomada xodimni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat xodimining arizasi — mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish sabablarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish mazkur Nizomda belgilangan yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish tartibida amalga oshiriladi. Bunda xodim bilan suhbat ishchi organ tomonidan zarur deb topilgan hollardagina o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan bo‘lsa, mazkur masalaning komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishning kelishilganligi yoki kelishilmaganligi (sabablari ko‘rsatilgan holda) haqida tegishli adliya organi tomonidan davlat organi va tashkiloti yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zarur hollarda, adliya organlari tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish masalasiga doir qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi hamda yuridik xizmat xodimi bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat xodimining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqmaydigan ishlarni bajarmaganligi yoki uni o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarganligi uchun ta’qib qilinganligi holati aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizomning 26-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat organi va tashkilotida tegishli adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan holat o‘z isbotini topganda, tegishli adliya organi davlat organi va tashkilotining aybdor mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 7-bandiga muvofiq yuridik xizmat xodimi lavozimidan ozod etilganda hamda yuridik xizmat shtat birligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilganda yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
(281-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini yuridik xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa lavozimga o‘tkazish mazkur Nizomning 23 — 27 bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish bilan bog‘liq barcha hujjatlar tegishli adliya organida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MA’LUMOTNOMA

3x4 sm o‘lchamli fotosurat uchun joy

Azizov Aziz Azizovich

2021-yil 14-sentabrdan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti

Tug‘ilgan yili:
22.10.1982

Tug‘ilgan joyi:
Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

Millati:
o‘zbek

Partiyaviyligi:
yo‘q

Pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti:

AA 0445566, 27.11.2012 Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani IIB

Ma’lumoti:
oliy

Tamomlagan:
2015-y. O‘zbekiston Milliy universiteti (kunduzgi)
2017-y. Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)

Oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom haqidagi ma’lumotlar (diplom seriyasi, raqami, berilgan vaqti va oliy ta’lim muassasasining nomi:

B № 050898, 11.06.2015,
O‘zbekiston Milliy universiteti

Ilmiy darajasi:
yo‘q

Ilmiy unvoni:
yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:
rus va ingliz tillari

Harbiy (maxsus) unvoni:
2-darajali yurist

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo‘q

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

2011-2015-yy.

-

O‘zbekiston Milliy universitetining talabasi

2015-2017-yy.

04.09.2015-y
22.05.2017-y

-

Toshkent davlat yuridik universitetining magistranti

Toshkent davlat yuridik universitetining kotib ish yurituvchisi

22.05.2017-y
29.03.2018-y

-

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi

29.03.2018-y
14.04.2018-y

-

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik departamenti katta yuriskonsulti

14.04.2018-y
10.07.2020-y

-

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh yuriskonsulti

10.07.2020-y
05.10.2021-y

-

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Yuridik byuro boshlig‘i

05.10.2021 — h.v.

-

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning yaqin qarindoshlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

F.I.O.‎

Qarindoshligi‎

Tug‘ilgan yili va joyi‎

Ish joyi va lavozimi ‎

Yashash joyi‎



‎‎‎Yaqin qarindoshlarimning ro‘yxatini to‘liq va to‘g‘riligini tasdiqlayman:
‎‎Nomzod: _____________________________________________________

‎‎(F.I.O., imzo)

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son bo‘yrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864-4, 07.04.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 140-modda, 10.01.2018-y., 10/18/2864-1/0539-son, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son; 26.02.2019-y., 10/19/2864-3/2679-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)