O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2562]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-sonli “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2864, 28.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) asosan buyuraman:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (M. Ishbekov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-fevral,
50-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 50-mh-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (bundan buyon matnda hokimlik deb yuritiladi) yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Hokimliklarning yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularni tavsiya etilgan lavozimga layoqatliligi va kasbiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan, tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.
3. Hokimliklar tomonidan yuridik xizmat lavozimiga kelishish uchun bir va undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
4. Hokimliklar nomzodni kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
hokimning nomzodni lavozimga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi anketasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumot;
oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi yoki oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun. Agar nomzod xorijda ta’lim olgan bo‘lsa, xorijda o‘qishni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat va ushbu hujjatning O‘zbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma, agar mavjud bo‘lsa.
Hokimlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
II bob. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish
5. Nomzodni kelishish u bilan suhbat o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan hokimliklarning yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
7. Komissiyalar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan kamida besh kishidan, ya’ni rais, uning o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli o‘rinbosari, hududiy adliya organlarida esa, hududiy adliya organi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.
8. Komissiya faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda adliya organlarining tegishli tarkibiy bo‘linmasi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
9. Suhbat hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida o‘tkaziladi.
10. Ishchi organ hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida ularda kamchiliklar borligi aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan hokimlikka suhbat o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida yozma ravishda xabar beradi.
11. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar borligi aniqlangan taqdirda, ishchi organ tomonidan uch ish kuni ichida nomzodni suhbatga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda xabar beriladi.
12. Suhbatga qo‘yishni rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan hujjatlar takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
13. Komissiya ishida a’zolarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
14. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
15. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat varaqasida aks ettiriladi. Suhbat varaqasida komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarning javobi “to‘g‘ri”, “noto‘g‘ri”, “to‘liq emas” yoki “javob berilmadi” shaklida baholanadi.
16. Komissiya a’zolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Uzrsiz sabablarga ko‘ra suhbatga kelmagan nomzodlar komissiya tomonidan suhbatdan o‘tmagan deb topiladi.
17. Suhbat natijalariga ko‘ra nomzodning suhbatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi holati bo‘yicha tegishli ishchi organi uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda javob berishi lozim.
18. Suhbatdan o‘tgan deb topilgan nomzodlar ikki hafta davomida tegishli adliya organlarida stajirovka o‘taydi.
19. Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar uch oydan so‘ng, umumiy asoslarda ushbu lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
III bob. Yakuniy qoidalar
20. Nomzodlarni kelishish bilan bog‘liq to‘plangan barcha hujjatlar tegishli komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| |
Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning |
|
3 x 4 sm o‘lchamli fotosurat uchun joy | ||
| | | ANKETASI | | | |
| 1. Familiyasi ________________________________________________ | | ||||
| Ismi ______________________________________________________ | | ||||
| Otasining ismi ___________________________________________ | | ||||
| 2. Tug‘ilgan sanasi (kun, oy va yil) _______________________________ | � | ||||
| 3. Pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi: | |||||
| ________________________________________________________________________ | |||||
| 4. Yashash joyi | | | | ||
| viloyat _______________ | shahar (tuman) | ______________________ | |||
| ko‘cha ________________ | uy, kvartira raqami ___________________ | ||||
| telefon _____________ | faks _______________________________ | ||||
| 5. Ma’lumoti ______________________ | | | | ||
| Ta’lim muassasasining nomi | ____________________________________ | ||||
| Mutaxassisligi __________ | Tamomlagan yili ______________________ | ||||
| 6. | Mehnat faoliyati | | | | |
| T/r | Oy va yil | Lavozimi (tashkilot ko‘rsatilgan holda) | Tashkilot joylashgan yer | ||
| ishga kirgan vaqti | ishdan bo‘shagan vaqti | ||||
| | | | | | |
| | | | | | |
| 7. | Yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat faoliyati | | |||
| T/r |
Oy va yil | Lavozimi (tashkilot ko‘rsatilgan holda) | Tashkilot joylashgan yer | ||
|
tayinlangan vaqti |
ozod qilingan vaqti | ||||
| | | | | | |
| | | | | | |
| | To‘ldirilgan sanasi________ | Shaxsiy imzo ____________ | | ||
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning | |||||
| | |
MA’LUMOT |
| | |
| | | | | | |
| T/r | F.I.O. | Qarindoshligi | Tug‘ilgan yili va joyi | Ish joyi va lavozimi | Yashash joyi |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | Yaqin qarindoshlarining ro‘yxatini to‘liq va to‘g‘riligini tasdiqlayman: | ||||
| | | | | | |
| | Nomzod: ______________________________ | | | ||
| | | (F.I.O., imzo) | | ||
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati | |||
| 1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________________ | |||
| 2. Tug‘ilgan yili (sanasi) _______________________________________________________ | |||
| 3. Ma’lumoti ___________________________________________________________ | |||
| 4. Mutaxassisligi _______________________________________________________ | |||
| 5. Umumiy ish staji _____, shu jumladan yuridik mutaxassislik bo‘yicha ___________ | |||
| 6. Boshqa ma’lumotlar: _________________________________________________________ | |||
| ____________________________________________________________________________ | |||
| 7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari: _______________________________ | |||
| ____________________________________________________________________________ | |||
| ____________________________________________________________________________ | |||
| 8. Nomzodning e’tirozlari va takliflari: | |||
| ___________________________________________________________________________ | |||
| ___________________________________________________________________________ | |||
| 9. Ovoz berish natijalari: | | | |
| yoqlaganlar ______________ | | | |
| qarshilar _______________ | | | |
| 10. Suhbat o‘tkazilgan sana:___________________________________ | | ||
| 11. O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha xulosa:____________________________________ | |||
| ____________________________________________________________________________ | |||
| Komissiya raisi ___________________________________ | | ||
| |
(F.I.O., imzo) |
| |
| Komissiya raisining o‘rinbosari ____________________ | | ||
| |
(F.I.O., imzo) |
| |
| Komissiya a’zolari: | | | |
| 1. ______________________________ | | | |
|
(F.I.O., imzo) |
| | |
| 2. ______________________________ | | | |
|
(F.I.O., imzo) |
| | |
| 3. ______________________________ | | | |
|
(F.I.O., imzo) |
| | |
| Ishchi organ mas’ul xodimi __________________________________ | | ||
| | | (F.I.O., imzo) | |
| Suhbat varaqasi bilan tanishdim: ________________________________________________ | |||
| | |
(sana va nomzodning imzosi) | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 9-son, 100-modda)