Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 117-son “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlarda bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
8. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to‘lov shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota-onalar bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi va bu bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi yoki maktab-internatida bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi. Bunda to‘lov amalga oshirilmaganligi bolaning maktab-internatda ta’lim olishini to‘xtatishga asos bo‘lmaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi