1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.10.00 Xalqaro koʻrgazmalar, savdolar, kimoshdi savdolari, yarmarkalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari yetkazib berishni yanada optimallashtirish, ular eksporti geografiyasini diversifikatsiyalash, paxtani qayta ishlaydigan xorijiy kompaniyalar va pirovard isteʼmolchi boʻlgan jahondagi yetakchi tashkilotlarni jalb etishni hisobga olgan holda, uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimiz paxta va toʻqimachilik sanoati erishgan soʻnggi yutuqlar bilan ishbilarmon doiralarni keng koʻlamda tanishtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PP-217-sonli qarori bilan tashkil etilgan Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasining Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasining 2016-yil 12-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish va uning doirasida xalqaro konferensiya tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasining Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasining Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasi (A. Kamolov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning 5-avgustiga qadar — paxta va toʻqimachilik yarmarkasining asosiy tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning 10-sentabriga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yarmarka savdolariga qoʻyiladigan paxta tolasining hajmlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish bilan bogʻliq reklama kampaniyasi oʻtkazilishini hamda u bilan bogʻliq materiallarning xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi zimmasiga XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish borasidagi barcha zarur tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2016-yilning 10-sentabriga qadar muddatda “Kotton Autluk” xalqaro nashriyotini jalb etgan holda respublikamiz paxtachiligida, paxta va toʻqimachilik sanoati erishgan soʻnggi yutuqlar va rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan maxsus jurnal tayyorlanishi va chop etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ bilan birgalikda XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi doirasida mamlakatimiz toʻqimachilik sanoatining salohiyati, shu jumladan, berilgan imtiyoz va preferensiyalar, qulay investitsiya muhiti, yuqori malakali kadrlar, xomashyo resurslari, rivojlangan ishlab chiqarish, moliya-bank, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjudligini yuqori darajada taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasiga XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida paxta va toʻqimachilik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar jamlash maqsadida belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada vaqtinchalik hisobvaraqlarni ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tomonidan XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi qatnashchilari oʻrtasida tarqatish uchun olib kelinadigan 500 nusxadan iborat “Kotton Autluk” axborot-maʼlumotnoma jurnallari (TN VED kodi 4902 90 000 0) boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJdagi koʻrgazma maydonlari XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi qatnashchilariga tasdiqlangan normativ narxlarga nisbatan 50 foizli chegirmani hisobga olgan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi qatnashchilariga kirish vizalarini belgilangan tartibda, zarur hollarda — Toshkent shahri aeroportiga kelishganida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining ishi va yakunlari ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamda yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PP-217-sonli qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2544-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8iyundagi PQ-2544-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.S. Kamalov
—
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi, yarmarka qoʻmitasining raisi
I.U. Haydarov
—
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisi, yarmarka qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
A.I. Maqsudov
—
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, yarmarka qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Sh.A. Toʻlaganov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
S.B. Shermatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
M.O. Saliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Y.S. Xidirov
—
“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori
A.J. Ramatov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” boshqaruvi raisi
A.O. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi qi�loq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
J.D. Qodirov
—
“Oʻzpaxtaeksport” AJ bosh direktori
I.K. Ergashev
—
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ boshqaruvi raisi
S.Sh. Tojiyev
—
“Oʻzpaxtaeksport” AJ bozor konyunkturasini va paxta tolasiga istiqboldagi talabni oʻrganish boshqarmasi boshligʻi, yarmarka qoʻmitasi kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-iyundagi PQ-2544-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PP-217-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qaror sarlavhasidagi “oʻzbekpaxta” soʻzlaridan keyin “va toʻqimachilik” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari hamda oʻzbek paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari isteʼmolchilarining Toshkent shahrida har yili Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazib turish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Xalqaro paxta boʻyicha Konsultativ qoʻmitasi va “Cotton Outlook” jurnali, shuningdek Xalqaro toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining xalqaro maqomini saqlab qolish hamda uni oʻtkaziladigan jahon paxta va toʻqimachilik tadbirlarining har yilgi jadvaliga oktyabr oyining ikkinchi oʻn kunligiga kiritish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi, ikkinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “oʻzbek paxta” soʻzlaridan keyin “va toʻqimachilik” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi xatboshidagi “paxta tolasi” soʻzlaridan keyin “va toʻqimachilik mahsulotlari” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarini jalb etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sarlavhadagi “oʻzbek paxta” soʻzlaridan keyin “va toʻqimachilik” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Zikriyoyev E.Z. — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvchi raisi” soʻzlari “Xidirov Y.S. — “Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 264-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)