08.11.2005 yildagi PQ-217-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi eksportini kengaytirish va optimallashtirish, uni sotish samaradorligini oshirish, kontraktlar tuzishning shaffof mexanizmini ta’minlash maqsadida hamda I Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasini o‘tkazish natijalarini inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” AJ, jahonning yetakchi o‘zbek paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarining Toshkent shahrida har yili Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlovchi xorijiy kompaniyalarni va paxtaning yakuniy iste’molchilarini jalb etishni hisobga olgan holda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek paxta tolasini sotish bo‘yicha tan olingan xalqaro savdo standartlarini joriy etishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli asosda paxta tolasini davlat tomonidan xarid qilishga buyurtmani shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon paxta tolasi bozorining rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va ko‘rib chiqish, global miqyosda paxta tolasini ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda xalqaro forum o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2006-yil yanvar — iyul davrida paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini tayyorlashda I Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasi natijalarini hisobga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” AJ Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi va “Cotton Outok” jurnali, shuningdek, To‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasining xalqaro maqomini saqlab qolish va uni oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida jahon paxta va to‘qimachilik tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hamda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi yarmarka qo‘mitasi tarkiblari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi yarmarka qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka savdolariga qo‘yiladigan paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlari hajmlari bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka ishi davrida savdolarni tayyorlash va o‘tkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida tuzilgan yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama kampaniyasini o‘tkazish hamda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi faoliyati bilan bog‘liq materiallarning xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining asosiy tadbirlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqish va kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi savdo kompaniyalari bilan birgalikda 2005-yilgi hosilning qolgan hajmini kontraktatsiya qilsin va uning belgilangan tartibda sotilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-217-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Vakolatli organlarda kontraktlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish

2005-yil noyabr

Tashqi savdo kompaniyalari,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

Asaka bank,

Davlat bojxona qo‘mitasi

2.

Bo‘nak to‘lovini qaytarish bo‘yicha bank kafolatlarini rasmiylashtirish va berish

2005-yil noyabr  — 2006-yil yanvar

Tashqi savdo kompaniyalari,

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

Asaka bank

3.

Paxta tolasini ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga yuklab jo‘natish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga buyurtmanoma berish

2005-yil noyabr  — 2006-yil may

Tashqi savdo kompaniyalari,

TIAISV

4.

Paxta tolasini sertifikatlash va yuklab jo‘natish partiyalarini shakllantirish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

O‘zbekiston “Sifat” markazi,

“Paxtasanoat” AJ

5.

Paxta tozalash korxonalari tomonidan paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga jo‘natish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

“Paxtasanoat” AJ,

“Paxtasanoat” HAB,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

“O‘rta Osiyo Trans” MAK,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

6.

Ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarining yarmarkada tuzilgan kontraktlarga muvofiq xaridorlarga jami 656,85 ming tonna paxta tolasini yuklab jo‘natish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

Tashqi savdo kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari,

“O‘ztashqitrans” DAK,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

v tom chisle:

290,3

2005-yil IV chorak

265,7

2006-yil I chorak

100,9

2006-yil II chorak

7.

Yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish

doimiy

Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasining yarmarka qo‘mitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sh.M. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi

V.A. Golyshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri

R.S. Azimov

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

S.U. Ismoilov

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri

S.B. Raximov

Moliya vaziri

E.M. G‘aniyev

Tashqi ishlar vaziri

B.M. Mustafayev

Adliya vaziri

B.A. Matlyubov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

A.D. Xo‘jayev

“O‘zbektelevideneradiokompaniyasi” boshqaruvi raisi

Ya.S. Xidirov

“O‘zpaktasanoat” AJ bosh direktori

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A.X. Quldoshev

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

A.X. To‘xtayev

Toshkent shahri hokimi

T.R. To‘xtaboyev

O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi raisi

R.A. G‘ulomov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

U.I. Barnoyev

Vazirlar Mahkamasi departamenti boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita kotibi