O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 20-oktabrda 1528-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 19/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1528, 2005-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 363-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-oktabr,
29/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 10-oktabrdagi 29/2-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 58-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Banklar moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha mazkur bo‘limda belgilangan qoidalardan foydalangan holda, shuningdek Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) va ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasini baholaydilar.”.
2. 13-ilovaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar, moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashda Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) belgilangan talablarga rioya etishlari shart.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 42-son, 543-modda)