30.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1528
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida (keyinchalik matnda “banklar”) moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (keyinchalik matnda “MHXS”) muvofiq holda yuritish tartibini belgilaydi.
7. Banklar moliyaviy aktivlarni mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan toifalarda tasniflaydi.
50. Agar so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlarning katta miqdorda sotilishi yoki qayta tasniflanishi 7-bandda ko‘rsatilgan shartlardan birortasiga ham javob bermasa, u holda barcha qolgan so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlar “sotish uchun mavjud” toifaga o‘tkaziladi va haqqoniy qiymatiga tenglashguncha qayta baholanadi. Qayta baholashdagi haqqoniy qiymatni to‘g‘rilash alohida 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymati o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” kapital hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
51. So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlarning katta miqdordagi sotilishi yoki qayta tasniflanishi 10-bandda ko‘rsatilgan birorta ham shartga javob bermaydigan har bir holatda, keyinchalik 24 oy ichida sotib olinadigan barcha qimmatli qog‘ozlar “oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” yoki “sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlar” toifasida tasniflanishi lozim.
52. Banklar o‘z maqsadi va imkoniyatlari o‘zgarishi natijasida yoki 10-bandda qayd etilgan o‘tgan ikkita moliyaviy yillarda o‘tkazilgan so‘ndirish muddati qayd etilgan moliyaviy aktivlarini “sotish uchun mavjud” toifadan “so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga o‘tkazishlari mumkin.
2) yangi amortizatsiyalangan qiymat bilan so‘ndirilishi lozim bo‘lgan summa o‘rtasidagi har qanday farq ham 12-ilovaga muvofiq ravishda, samarali foiz stavkasi uslubini qo‘llagan holda qolgan foydali xizmat muddati davomida amortizatsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Banklar moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha mazkur bo‘limda belgilangan qoidalardan foydalangan holda, shuningdek Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) va ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasini baholaydilar. Banklar ko‘rsatilgan tartib asosida aniqlangan katta miqdordagi zararga teng bo‘lgan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni baholashni aks ettiradi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 10-oktabrdagi 29/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1528-1, 20.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar, moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashda Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) belgilangan talablarga rioya etishlari shart. Mazkur ilova esa MHXSlariga muvofiq moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishini baholash uslubini umumlashtiradi. Bu hujjatlarda qo‘llanilgan uslublarning bir-biridan kichkina farqi bo‘lsada, mazkur ikkala hujjatdagi asosiy tamoyillar bir xil. Ushbu ikkala uslubga asosan baholangandagi zararlar summasi unchalik farq qilmasligi lozim va banklar katta zarar summalarini aks ettiradilar.
(13-ilovaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 10-oktabrdagi 29/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1528-1, 20.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 543-modda)