Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1337-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 347-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1337-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 563-son qarori (roʻyxat raqami 1337, 2004-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 182-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-iyun,
12/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 6-iyundagi 12/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-son “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit (keyingi oʻrinlarda — kredit) berish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib bermaydigan fermer xoʻjaliklarini kreditlash Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2546, 2013-yil 27-dekabr) asosida amalga oshiriladi.”.
3. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl);”.
4. 8-banddagi “10 ish kunidan” degan soʻzlar “3 ish kunidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 6-iyun
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 6-iyun
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 6-iyun
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2015-yil 6-iyun
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2015-yil 6-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 324-modda)