Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 21.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1318-4
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1318-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band “bojxona omboriga” degan so‘zlardan keyin “yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) muvofiq elektron yoki bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) belgilangan qog‘oz blankasida yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BYuD bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (bojxona ko‘rigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 10-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “bojxona yuk deklaratsiyasi” degan so‘zlar “BYuD” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 24-band “omborda” degan so‘zdan keyin “va bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Bojxona ombori rejimida saqlanayotgan va bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yukni yetkazib berish nazorat kitobchasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning bojxona ko‘rigi amalga oshirilgandan so‘ng va keyinchalik saqlanadigan bojxona omboriga amalda joylashtirilgandan so‘ng, ushbu ombor joylashgan hududda faoliyat ko‘rsatuvchi bojxona posti xodimi BYuDning 49-katagiga qo‘shimcha ravishda tovarlar joylashtirilgan bojxona omborining litsenziya raqami va sanasini ko‘rsatadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizomning 1-ilovasidagi “S-ustun. “Jo‘natuvchi/eksport qiluvchi” degan so‘zlar “S-ustun” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 20-son, 266-modda)