Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2006 04.03.2002 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILMIY-TADQIQOT FAOLIyaTINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazining, shuningdek Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashining tuzilmasi va shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi to‘g‘risidagi nizomlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini tashkil etish va mablag‘ bilan ta’minlashning grantli tizimini amalga kiritishni ta’minlash maqsadida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq bo‘lgan innovatsiya loyihalari dasturlarini shakllantirish, taqdim etish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibiga doir normativ hujjatlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori maqomi, moddiy va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha vazirga, Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi rahbari hamda Markaz direktorining o‘rinbosari esa vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi ta’minoti uchun zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tugatish komissiyasi tuzsin va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi balansida bo‘lgan asosiy fondlar, mol-mulklar va moddiy boyliklarni Fan va texnologiyalar markaziga hamda Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashiga berishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashining yangi tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini ikki oy muddatda yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fan va texnologiyalar markaziga aspirantlar va magistrant talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlash funksiyasi yuklansin. Nomzodlarni ko‘rib chiqish va stipendiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son va 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarorlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi tasarrufida ilmiy muassasalar bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda ilmiy muassasalar tomonidan bajariladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni shakllantirish va mablag‘ bilan ta’minlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublikada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlarni tushuntirish yuzasidan bir oy muddatda Fanlar akademiyasida, tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida, shuningdek ilmiy muassasalarda keng ko‘lamdagi ishlarni tashkil etsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida qo‘shimcha ravishda 4 shtat birligi ajratilgan holda Fanni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘limi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi Toshkent shahar, X. Sulaymonova ko‘chasi, 29-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda Toshkent shahar, X.Sulaymonova ko‘chasi, 29-uyda joylashgan binoni Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat patent idorasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga berilishi munosabati bilan uning nomi, rekvizitlari va normativ hujjatlariga belgilangan tartibda ikki hafta muddatda zarur o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 19-fevraldagi 71-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 360-son, 1992-yil 9-sentabrdagi 419-son va 1992-yil 8-dekabrdagi 570-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi o‘rinlarda “Muvofiqlashtirish Kengashi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtirish Kengashi O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika faoliyati sohasidagi yuqori muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqlashtirish Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINING ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalarning, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish strategiyasi bilan bog‘lagan holda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalarning mamlakat manfaatlariga va iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ularning ekspertizasini tashkil etish hamda ular bo‘yicha ekspert xulosalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq bo‘lgan yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarining har yilgi davlat dasturini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion g‘oyalarni yaratuvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi va ularni mamlakat manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun jamlovchi iste’dodli olimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINING TARKIBI VA TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtirish Kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi uning raisi — O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi tarkibiga rais o‘rinbosarlari hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seksiyalarda ishlaydigan Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi Kengash doirasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi seksiyalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratik davlatning tashkil topishi va rivojlanishining, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asoslari seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida jamiyatni ma’naviy va axloqiy yangilash seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning mineral — xomashyo resurslari salohiyatini rivojlantirish va undan oqilona foydalanish yo‘nalishlari seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini oshirish, cho‘llanishga qarshi kurashning yuqori texnologiyalari, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ko‘paytirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori samarali navlari va mollar zotlari, genetika, fizika-kimyo biologiyasi, biotexnologiyalar, tibbiyot va sog‘liqni saqlash seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish va ularni ko‘paytirish, mamlakatning energetika mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash seksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda seksiyalar soni va ularning yo‘nalishi Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari har qaysi seksiyaning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq, mamlakatning yetakchi olimlari va mutaxassislaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seksiyalar rahbarlari Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga ko‘ra uning a’zolari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Muvofiqlashtirish Kengashining tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni mablag‘ bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, innovatsiya faoliyatiga vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘larini, xorijiy homiylar badallarini hamda xalqaro grantlarni jalb etish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi huzurida Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShI VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtirish Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi takliflarini tahlil qilish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq bo‘lgan yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish ustuvorliklari va strategiyasidan kelib chiqqan holda Ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarining har yilgi davlat dasturini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalarning mamlakat manfaatlariga va iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish davlat ustuvorliklariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ularning ekspertizasini tashkil etadi hamda ular bo‘yicha ekspert xulosalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion g‘oyalarni yaratuvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi va ularni mamlakat manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun jamlovchi iste’dodli olimlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli vazifalari masalalarini hal etish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Muvofiqlashtirish Kengashi ish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolari orasidan uning seksiyalari rahbarlarini, shuningdek seksiyalarning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash, Muvofiqlashtirish Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni hal etish uchun Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ekspert kengashlar tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilm-fani va texnologiyalari rivojlanishining ilg‘or tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’ruzalarni tinglaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtirish Kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining ijro etuvchi organlari hisoblanadigan Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirishlarni tasdiqlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnika taraqqiyoti tendensiyalarini hisobga olgan holda Muvofiqlashtirish Kengashida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha seksiyalar tashkil etish, shuningdek muhimligini yo‘qotgan yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi xulosalari asosida ilmiy dasturlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashga (uni to‘xtatishgacha) o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatli va xolisona ekspertizani ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda ekspert kengashlari tarkibini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining ijro etuvchi organlari tuzilmasiga ular xodimlarining tasdiqlangan soni doirasida o‘zgartirishlar va ularning rahbarlari lavozimiga nomzodlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish vazifalariga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida respublikaning barcha vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlari uchun bajarish majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralardan hamda idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ilmiy tashkilotlardan tahliliy materiallarni hamda o‘z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlarni so‘rab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShI IShINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtirish Kengashi raisi uning faoliyatiga rahbarlik qiladi va Muvofiqlashtirish Kengashiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi raisi bo‘lmaganda uning funksiyasini o‘rinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muvofiqlashtirish Kengashi faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muvofiqlashtirish Kengashi majlisi unda Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchiligi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi majlisida protokol yuritiladi, uni Muvofiqlashtirish Kengashi raisi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muvofiqlashtirish Kengashi majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalar tayyorlanishiga ko‘ra, biroq har yarim yillikda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muvofiqlashtirish Kengashi majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash Muvofiqlashtirish Kengashi raisi va rais o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvofiqlashtirish Kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan a’zosi o‘z fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning fikri majlis protokoliga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muvofiqlashtirish Kengashi qarori ijro etish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markaziga hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashiga, shuningdek manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolari o‘z ishlarini jamoatchilik asosida olib borishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muvofiqlashtirish Kengashi o‘z nomi yozilgan blankga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77 -son qaroriga
2-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashining
T U Z I L M A S I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatdagi xodimlar soni - 17 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N I Z O M

1. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni mablag‘ bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, ularning natijalaridan amaliyotda foydalanishning samarali mexanizmini ta’minlash, shuningdek mamlakatning ilmiy-texnik sohasi bilan hamkorlikda iqtisodiyotning real sektorini innovatsiya faoliyatiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi o‘rinlarda “Muvofiqlashtirish Kengashi” deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) maxsus hisob raqamida jamlanadi. Markaz Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha mablag‘larni joriy tezkor boshqarishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI VA ULARDAN FOYDALANISh YO‘NALIShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori bilan 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mamlakatimiz homiylarining badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik hisobidagi tuzilmalarning mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli maqsadli kreditlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat budjeti mablag‘lari Jamg‘armaga har oyda, Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar davlat dasturiga muvofiq innovatsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari yillik hajmining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida alohida satrda ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori bilan 5-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlandi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy va mamlakatimiz homiylarining badallari Jamg‘armaning hisob raqamiga Markazning xalqaro tashkilotlar va mamlakatimiz tashkilotlari bilan tuzgan bitimlari va ahdlashuvlari natijalari bo‘yicha tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro grantlar Jamg‘armaning hisob raqamiga hukumatlararo bitimlarga muvofiq, shuningdek Markazning xalqaro tashkilotlar bilan ahdlashuvlari bo‘yicha tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari Jamg‘armaning hisob raqamiga ularning ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarini bajarishga bergan buyurtmalariga muvofiq ularning Markaz tomonidan mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish shartlarida tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli maqsadli kreditlari Jamg‘armaning hisob raqamiga rentabelli ilmiy va texnologik ishlanmalarni amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari bilan tuzgan qarz bitimlariga muvofiq tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armada jamlanadigan mablag‘lardan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘z vaqtida va to‘liq mablag‘ bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy-gumanitar sohadagi innovatsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish uchun grantlar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni ko‘plab talab qiladigan ishlab chiqarishlarni, shu jumladan kichik biznes sohasida tashkil etish maqsadida innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar sifatida grantlar ajratish.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov asosidagi fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni mablag‘ bilan ta’minlash, shuningdek innovatsiya loyihalariga grantlar ajratish Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy-gumanitar sohadagi ilmiy faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va topshiriqlar bo‘yicha viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalarining buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarishga ilmiy muassasalar, ilmiy jamoalar, alohida olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tanlov tashkil etish yo‘li bilan Markaz tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fanni ko‘plab talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar sifatidagi grantlarni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish mablag‘ni qaytarish asosida amalga oshiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari loyihaning hisoblangan umumiy qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘armaning homiylar va xalqaro moliya institutlaridan olingan mablag‘lari bitimlar va ahdlashuvlarning tegishli shartlari bilan belgilangan tartibda Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘naltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘armaning moliyaviy yili oxirigacha foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga qat’iy ravishda yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh YuZASIDAN MARKAZNING FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz Jamg‘arma mablag‘larini joriy tezkor boshqarish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalarining tanlov asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan berilgan buyurtmalarining mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyoti manfaatlari yo‘lida davlatning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga tanlov o‘tkazish uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobining asoslanganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish uchun viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalari tomonidan taklif etilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya topshiriqlarining texnik-iqtisodiy asoslanishini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashiga ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish shartlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga moliyaviy mablag‘lar ajratuvchi homiylar va xalqaro moliya institutlarini izlaydi va ularni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar amalga oshirilishining va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashiga va Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilganligi to‘g‘risida davriy hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni bajaruvchi ilmiy muassasalar va jamoalardan davriy hisobot olish, loyihalarning amalga oshirilishini baholash va monitoring olib borish uchun boshqa zarur axborotlarni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi va loyihani amalga oshirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan chetga chiqish hollari aniqlangan taqdirda Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish yuzasidan homiylar va xalqaro moliya institutlari bilan bitimlar va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashish va kreditlar olish uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini o‘rganib chiqishga mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. JAMG‘ARMANING DAROMADLARI VA XARAJATLARI KO‘RSATKIChLARINI KO‘RIB ChIQISh VA TASDIQLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz har yili 1-sentabrgacha bo‘lajak yilga Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari yo‘nalishining prognoz parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Muvofiqlashtirish Kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. Prognoz parametrlari quyidagilar hisobga olingan holda ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar va xalqaro tashkilotlarning Jamg‘armaga jalb etiladigan mablag‘larining, hukumatlararo grantlar, kreditlar va budjetdan tashqari boshqa mablag‘ bilan ta’minlash manbalarining rejalashtirilayotgan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosidagi amaldagi fundamental va amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan amalga oshiriladigan tanlov asosidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalariga xarajatlar miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtirish Kengashi Jamg‘armaning bo‘lajak moliyaviy yilga daromadlari va xarajatlari prognozini ko‘rib chiqadi, uning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi hamda bo‘lajak yil davlat budjeti loyihasiga kiritishni ko‘rib chiqish uchun joriy yilning 15-sentabrigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha bo‘lgan muddatda Muvofiqlashtirish Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bajarilishi to‘g‘risidagi yillik hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlashtirish Kengashi Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bajarilishi bo‘yicha yillik hisobotni ko‘rib chiqadi va uni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. JAMG‘ARMA MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANILIShI BO‘YIChA NAZORAT VA JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ilmiy muassasalarning Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishini tezkor nazorat qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘armaning Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida o‘z vaqtida va to‘liq mablag‘ bilan ta’minlanishi uchun javob beradi hamda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan yillik nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun Markazning Direktori va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 40-modda; 11-12-son, 93-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda)