Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002 19.02.1992 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-sonli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 18-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda respublikaning ilmiy-texnika va axborot imkoniyatidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ) davlat ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, ixtirochilik faoliyatini, patent xizmatini va ilmiy-texnika axboroti tizimini rivojlantirish boʻyicha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, ilmiy tashkilotlar faoliyatini, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuklatilgan vazifalarga va faoliyatining yoʻnalishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognozlarni, tarmoqlararo yirik ilmiy-texnik dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini, tarmoq fanlar akademiyalarini, Oʻzbekiston ixtirochilari va ratsionalizatorlari jamiyatini, ilmiy-texnika jamiyatlarini, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologiya tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlarini va boshqa muassasalar, birlashmalar va korxonalarni, shuningdek, alohida olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning respublika uchun ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha idoralararo ilmiy, muvofiqlashtirish kengashlari, shuningdek, ilmiy-texnika komissiyalari, ekspert va ishchi guruhlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo yirik ilmiy-texnika muammolarini hal etish, xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan, yangi texnika, texnologiya va materiallar ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda fan va texnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnika loyihalari va dasturlarining davlat ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda qatnashish va respublika Hukumatining topshiriqlariga muvofiq davlatlararo ilmiy-texnika hamkorligi masalalari boʻyicha shartnomalar va bitimlarni imzolash, ilmiy kadrlarni oʻqitish, stajirovka va ishlash uchun chet elga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va davlatlararo ilmiy-texnika konferensiyalari, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarni tashkil etish, Oʻzbekiston vakillarini respublikadan tashqarida oʻtkaziladigan shunga oʻxshash tadbirlarda qatnashish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro uchun talabnomalarni koʻrib chiqishga qabul qilish, ular yuzasidan ekspertiza oʻtkazish, kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa sanoat mulki obyektlari uchun qoʻriqlash hujjatlari berish, xalq xoʻjaligiga fan-texnika yutuqlari qanday joriy qilinayotganligini nazorat qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklardan, idoralardan, Fanlar akademiyasidan va tarmoq akademiyalaridan, konsernlardan, uyushmalardan, korxonalardan, tashkilotlar va muassasalardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent-litsenziya ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish, ilmiy-texnika axboroti tizimini shakllantirish va samarali foydalanish boʻyicha umumiy metodologik rahbarlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquq doirasida meʼyoriy hujjatlar qabul qilish, ilmiy-texnik va maslahat tashkilotlari, qoʻshma ilmiy-qidirish va tadqiqot jamoalarini va korxonalarini taʼsis etish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisiga zarur boʻlganda markaziy apparat tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va unga qarashli ilmiy tashkilotlar xodimlari soni va cheklangan mablagʻlar hisobidan 50 nafar qilib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga Raisning 2 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishiga ruxsat berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabrdagi 570-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tugatilgan SSSR Davlat ixtirolar qoʻmitasi patent xizmati koʻrsatish Butunittifoq markazining Toshkent filiali qayta tashkil etilsin. Uning funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi FTDQning respublika fan-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi (OʻzFTPA)ga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat ichida respublika fan-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi (OʻzFTPA) faoliyatini tashkil etishga doir qaror loyihasini, Qoʻmita va OʻzFTPA toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning ikkinchi choragida ixtirochilik, patent-litsenziya faoliyati, sanoat mulki obyektlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari loyihalarini tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi X. Sulaymonova koʻchasi, 2-uyga Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini beligilash qoʻmitasining Hisoblash markazi boʻlgan sobiq Iqtisodiyot va normativlar ilmiy-tadqiqot instituti binosiga joylashtirilsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 419-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi OʻzFTPA bilan birgalikda Respublika fan-texnika va patent-litsenziya axboroti markazini joylashtirish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davkooptaʼminot”, Avtomobil transporti vazirligi va Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga muvofiq zarur mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari, transport va aloqa vositalarini ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 19-fevraldagi 71-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT QOʻMITASI MARKAZIY APPARATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnikaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yirik fan-texnika dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan-texnika kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy potensialni rivojlantirish va mualliflik huquqlarini himoya qilish, kashfiyotlar va ixtirolar boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi huzuridagi tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika fan-texnika kutubxonasi boʻlgan Respublika fan-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi (OʻzFTPA).