03.02.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2652
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 03.02.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2652
Кучга кириш санаси
09.02.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2652]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 3-iyundagi 01/11-14/18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/2652-3/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais D. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/27-26/30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS)
“Koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish” (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 3-iyundagi 01/11-14/18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/2652-3/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur standart maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion — shartnoma tuziladigan talabgor musobaqalashish asosida aniqlanadigan savdo shakli boʻlib, unda koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlarga eng yuqori narxni taklif qilgan ishtirokchi shartnoma tuzish huquqini oladi. Auksionlar ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionchi — rieltorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narx — koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarni savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli vakil — ishtirokchi (talabgor) tomonidan ishonchnomaga asosan buyurtma berish hamda auksionda va tanlovda ishtirok etish uchun vakolat berilgan shaxs yoki qonuniy vakillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq auksion — sotuvchi tomonidan oldindan belgilangan mezonlar asosida maxsus taklif qilingan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻlgan auksion turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq tanlov — sotuvchi tomonidan oldindan belgilangan mezonlar asosida tanlab olingan, maxsus taklif qilingan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — tanlov yoki auksionda ishtirok etishga kiritilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq auksion — koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritish niyati toʻgʻrisida maʼlum qilgan istalgan yuridik va/yoki jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin boʻlgan auksion turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq tanlov — koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritish hamda tanlov shartlarini bajarish niyati toʻgʻrisida maʼlum qilgan istalgan yuridik va/yoki jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov turi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi — koʻchmas mulk obyektining mulkdori yoki koʻchmas mulk obyektiga doir mulkiy huquqning egasi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilishni amalga oshiradigan rieltorlik tashkiloti;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 26-maydagi 01/14-11/39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-4, 09.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 10/25/2652-4/0501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — koʻchmas mulk obyektining mulkdori yoki mulkiy huquq egasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — savdolarda qatnashish niyati toʻgʻrisida maʼlum qilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov — shartnoma tuziladigan talabgor tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga ishtirokchilar tomonidan muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlanadigan savdo shakli. Tanlovlar ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda shartnoma tuzishga boʻlgan taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlari — tanlovni oʻtkazish qoidalari, tanlov takliflarining shakllarini oʻz ichiga olgan, koʻchmas mulk obyektining va unga boʻlgan huquqlarning texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻgʻrisida dastlabki axborotni, shuningdek savdolar tashkilotchisi tomonidan talabgorlarga taqdim qilinadigan tanlov shartlari va tartibotlarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlari — sotuvchi tomonidan belgilanadigan tanlov oʻtkazish tartibi va joyi, taklif narxi, koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlari, miqdori va hajmi, cheklovlari hamda ishtirokchilarga boʻlgan boshqa talablar boʻyicha shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Standartning maqsadi savdolar tashkilotchilari tomonidan koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish, shu jumladan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning shartlari va tartibini belgilab berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Standartning vazifasi koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda rieltorlik xizmatlari isteʼmolchilari uchun lozim darajadagi sifatni taʼminlab beradigan yagona talablarni belgilab berish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Standart koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda savdolar tashkilotchilari uchun qoʻllashga majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standart Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solingan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning koʻchmas mulklarini realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshiriladi, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 26-maydagi 01/14-11/39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-4, 09.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 10/25/2652-4/0501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdolar tashkilotchisi auksion oʻtkazish jarayonini, tanlov takliflari boʻlgan konvertlarni ochishni hamda ularni baholash jarayonini videotasvirga oladi. Savdolar tashkilotchisi videotasvirlarni yonmaydigan seyfda ular tayyorlangan vaqtdan boshlab uch yil davomida saqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdolarni tashkil qilish va oʻtkazish savdolar tashkilotchisi tomonidan uning mablagʻlari hisobiga sotuvchi va savdolar tashkilotchisi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlarni auksionda sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auksion oʻtkazish uchun sotuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi bilan koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlarni sotishga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi, unda quyidagilar boʻlishi shart: tomonlarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdolar tashkilotchisi va sotuvchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va axborot bilan taʼminlash boʻyicha, hisob-kitoblar tartibi va tomonlarning javobgarligi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionning sanasini va turini (ochiq yoki yopiq) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdolar tashkilotchisi sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga va sotuvchining tasarruf etuvchi hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionda ishtirok etish uchun buyurtmalar berish muddatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq auksion oʻtkazish sanasidan oʻttiz kun oldin respublika va mahalliy gazetalarda, shuningdek oʻzining veb-saytida ochiq auksion toʻgʻrisida xabarnoma chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning auksionda ishtirok etishga buyurtmalarini roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnomalarni tarqatadi va ushbu xabarnomada koʻrsatilgan yuridik hamda jismoniy shaxslardan buyurtmalarni oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi va ularni rasmiylashtirish boʻyicha yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur standartga muvofiq talabgorlar ichidan auksion ishtirokchilarining roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq auksion toʻgʻrisida xabarnoma chop etilishi bilan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovlari boʻyicha sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida qoʻshimcha axborotni taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq auksion natijalari toʻgʻrisida axborotni muqaddam ochiq auksion toʻgʻrisida xabarnoma chop etilgan ommaviy axborot vositalarida, shuningdek oʻzining veb-saytida auksion oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining vakillari hamda savdolar tashkilotchisi xodimlaridan iborat besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda doimiy yoki vaqtinchalik auksion komissiyasini shakllantiradi. Auksion komissiyaga sotuvchining vakili boshchilik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auksion komissiya oʻz reglamentini mustaqil ravishda tasdiqlaydi. Komissiya qarori komissiyaning jami aʼzolari sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda auksion komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion komissiya qarorlari uning yigʻilishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Auksion toʻgʻrisida xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni, telefaks, elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlarining nomi, miqdori, tavsifi hamda ularning joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoni oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok qilishni rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zakalat miqdori, kiritish muddati va tartibi, uni kiritish uchun bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha axborot olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa telefoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yopiq auksionni oʻtkazishda sotuvchi oldindan yuridik va jismoniy shaxslarning roʻyxatini belgilaydi, savdolar tashkilotchisi ularga auksion boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yopiq auksion toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. Yopiq auksion toʻgʻrisida xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi hamda auksion taklif etilgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Auksionda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili auksion toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda shaxsan yoki aloqa vositalari orqali savdolar tashkilotchisiga auksionda qatnashishga ikki nusxada buyurtmani taqdim qiladi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, buyurtmani vakolatli vakil topshirganda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilingan holda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, buyurtmani vakolatli vakil topshirganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma yoki qonuniy vakilligini tasdiqlovchi hujjat, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilingan holda.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 3-iyundagi 01/11-14/18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/2652-3/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-2, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/2652-2/2940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdolar tashkilotchi hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan buyurtmaning ikkinchi nusxasida topshirilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida sanasi va vaqtini koʻrsatib belgi qoʻyadi, uni talabgorga yoki vakolatli vakilga topshiradi yoki aloqa vositalari orqali yuboradi. Olingan buyurtmalar tartib raqamlari qoʻyilgan sahifali, ip oʻtkazib tikilgan maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Auksionni oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati oʻtib ketgandan keyin kelib tushgan yoki mazkur standartning 12-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan buyurtmalar savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning kelib tushgan sanasi savdolar tashkilotchisining roʻyxatga olish belgisi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar boʻyicha buyurtmani qabul qilishni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Savdolar tashkilotchisi qabul qilmagan buyurtmalar shu kunning oʻzida ularni talabgorga yoki uning vakolatli vakiliga tilxat orqali topshirish bilan yoki koʻrsatilgan hujjatlarni pochta bilan (buyurtma xat topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan) yuborish orqali qabul qilishni rad etish sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Auksionda ishtirok qilish uchun talabgor zakalat toʻgʻrisida shartnoma tuzishi va xabarnomada koʻrsatilgan muddatda koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich narxining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda majburiyatlarni bajarishni taʼminlashning kafolati sifatida zakalat kiritishi shart. Zakalatning aniq miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auksionda ishtirok qilishga savdolar tashkilotchisi tomonidan buyurtmalari qabul qilingan va xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda zakalatni kiritgan talabgorlarga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni auksion ishtirokchilari deb topish toʻgʻrisidagi auksion komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada barcha qabul qilingan, chaqirib olingan va rad etilgan buyurtmalarning roʻyxati keltiriladi, talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi) hamda tegishli asoslantirishlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Auksion oʻtkaziladigan kunda ishtirokchilarga ularning raqamlari hamda auksionga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning nomi koʻrsatilgan auksion ishtirokchisining bileti hamda auksion davomida foydalaniladigan maxsus raqamli belgilar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Auksion ishtirokchisi oʻzining buyurtmasini auksion oʻtkazishning belgilangan sanasiga qadar savdolar tashkilotchisini yozma xabardor qilgan holda qaytarib olishi mumkin. Savdolar tashkilotchisi koʻrsatilgan xabarnomani uning kelib tushgan kuni roʻyxatga olishi shart. Bu holda auksion ishtirokchisidan kelib tushgan zakalat xabarnoma kelib tushgan sanadan besh bank kunidan kechiktirmagan muddatda qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Auksionda ishtirok qilishga buyurtmalarni qabul qilish auksion toʻgʻrisida xabarnoma chop etilgan kuni boshlanadi va auksion toʻgʻrisida xabarnomada belgilangan kunda va vaqtda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Agar buyurtmalarni qabul qilish yakunlanadigan sanada birorta ham buyurtma kelib tushmasa yoki faqat bitta buyurtma tushsa, auksionga faqat bitta ishtirokchi kelsa yoki hech kim kelmasa, auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda savdolar tashkilotchisi bu haqda auksion komissiyani, sotuvchini va bitta buyurtmani bergan ishtirokchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Auksion boshlangʻich narxni bosqichma-bosqich oshirgan tarzda savdolashish koʻrinishida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Auksionni savdolar tashkilotchisi tomonidan tayinlanadigan auksionchi oʻtkazadi. Auksion auksionchi tomonidan savdo predmeti, koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning nomi, qisqacha tavsifi va boshlangʻich narxini, uni oshirish bosqichi (auksion bosqichi) eʼlon qilingan holda boshlanadi. Bunda ishtirokchilar koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarni ushbu narxda sotib olishga tayyorliklarini oʻz maxsus raqamli belgilarini koʻtargan holda xabar qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Auksionning boshlangʻich bosqichi auksion komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boshlangʻich narxda ishtirokchilarga hisob-kitob uchun qiyinchilik tugʻdiradigan raqamlar boʻlgan holda auksionchiga boshlangʻich narxni uning bir foizidan oshmagan summaga koʻtarib yaxlitlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Auksion davomida har uchta bosqichdan keyin auksionchi auksion bosqichini oshirish tomonga oʻzgartirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bir nechta ishtirokchilar biletni koʻtarganda auksionchi biletni koʻtargan bitta ishtirokchi qolgunga qadar auksion bosqichiga mos tarzda keyingi narxni eʼlon qiladi. Agar bilet koʻtargan bitta ishtirokchi qolsa, auksionchi navbatdagi eʼlon qilingan narxni uch marotaba qaytaradi. Bunda, agar ushbu narx uchinchi marotaba eʼlon qilingunga qadar ishtirokchilardan birortasi oʻz biletini koʻtarsa, auksionchi auksion bosqichiga mos tarzda narxni oshirib navbatdagi narxni eʼlon qiladi. Agar ushbu narxni uch marotaba eʼlon qilgunga qadar ishtirokchilardan birortasi ham oʻz biletini koʻtarmasa, savdolar yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionchi oxirgi narxni eʼlon qilgan paytda biletini koʻtargan holda qolgan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi. Auksionchi auksion savdolariga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyekti yoki unga boʻlgan huquqlar sotilganligini, auksion savdolari gʻolibining narxi va uning bilet raqamini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auksionda yutib chiqqan shaxs va savdolar tashkilotchisi auksion oʻtkazilgan kunda auksion natijalari toʻgʻrisida bayonnomani imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion natijalari toʻgʻrisida bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion komissiyaning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasini imzolash muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Koʻchmas mulk obyektlarini va ularga boʻlgan huquqlarni tanlovda sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlov oʻtkazish uchun sotuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi bilan koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlarni sotishga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi, unda tomonlarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdolar tashkilotchisi va sotuvchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va axborot bilan taʼminlash boʻyicha, hisob-kitoblar tartibi va tomonlarning javobgarligi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar boʻlishi shart;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning sanasi, sharti va turini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq va sotuvchining tasarruf etuvchi hujjatlariga muvofiq savdolar tashkilotchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlarni qidirishni tashkil qiladi va talabgorlarning sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va ularga boʻlgan huquqlar bilan tanishishi uchun sharoit yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok qilish uchun buyurtma berish muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov takliflari boʻlgan konvertlar ochiladigan sanadan oʻttiz kun oldin respublika va mahalliy gazetalarda hamda oʻzining veb-saytida ochiq tanlov oʻtkazilishi haqida xabarnoma chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha konkurs hujjatlarini taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok qilish uchun talabgorlarning buyurtmalarini roʻyxatga oladi va ularning maxfiyligi hamda saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma tarqatadi hamda ushbu xabarnomada koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmalarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarni taqdim qilinadigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi va ularni rasmiylashtirish boʻyicha yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq tanlov natijalari toʻgʻrisida axborotni muqaddam ochiq tanlov toʻgʻrisida xabarnoma chop etilgan ommaviy axborot vositalarida, shuningdek oʻzining veb-saytida tanlov oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar yopiq tanlov oʻtkazish orqali sotilganda uning ishtirokchilarini yopiq tanlov natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining vakillari hamda savdolar tashkilotchisi xodimlaridan iborat besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda doimiy yoki vaqtinchalik tanlov komissiyasini shakllantiradi. Tanlov komissiyaga sotuvchining vakili boshchilik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlov komissiyasi oʻz reglamentini mustaqil ravishda tasdiqlaydi. Komissiya qarori komissiyaning jami aʼzolari sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda auksion komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi qarorlari uning yigʻilishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi talablarning yagonaligini va tanlov natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning xolisligini taʼminlaydi hamda oddiy va aniq, ikki xil talqin qilish mumkin boʻlmagan tilda tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni tanlov ishtirokchilari deb topish toʻgʻrisidagi tanlov komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada barcha qabul qilingan, chaqirib olingan va rad etilgan buyurtmalarning roʻyxati keltiriladi, talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi) hamda tegishli asoslantirishlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tanlov toʻgʻrisida xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, telefoni, telefaks, elektron pochta manzili va veb-sayti (agar mavjud boʻlsa);
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-2, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/2652-2/2940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlarining nomi, miqdori, tavsifi hamda ularning joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotiladigan koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoni oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok qilishni rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasini tuzishning oxirgi muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zakalat miqdori, kiritish muddati va tartibi, uni kiritish uchun bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha axborot olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa telefoni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnomaga sotuvchi tomonidan qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(32-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yopiq tanlovni oʻtkazishda sotuvchi oldindan yuridik va jismoniy shaxslarning roʻyxatini belgilaydi, ularga savdolar tashkilotchisi tanlov takliflari boʻlgan konvertlar ochilishi belgilangan sanadan kamida oʻttiz kun oldin yopiq tanlov toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. Yopiq tanlov toʻgʻrisida xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi hamda tanlovga taklif etilgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda shaxsan yoki aloqa vositalari orqali tanlovda qatnashishga ikki nusxada buyurtmani taqdim qiladi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, buyurtmani vakolatli vakil topshirganda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilingan holda;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, buyurtmani vakolatli vakil topshirganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma yoki qonuniy vakilligini tasdiqlovchi hujjat, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilingan holda;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 3-iyundagi 01/11-14/18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/2652-3/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan bekitilgan konvertlarda ikki nusxada tanlov takliflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2652-2, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/2652-2/2940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tanlovda ishtirok qilish uchun talabgor zakalat toʻgʻrisida shartnoma tuzishi va tanlovda qatnashishga buyurtmalarni topshirishning belgilangan muddatida koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich narxining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda majburiyatlarni bajarishni taʼminlashning kafolati sifatida zakalat kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Savdolar tashkilotchisi hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan buyurtmaning ikkinchi nusxasiga topshirilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida sanasi va vaqtini koʻrsatib belgi qoʻyadi, uni talabgorga yoki vakolatli vakilga topshiradi yoki aloqa vositalari orqali yuboradi. Olingan buyurtmalar tartib raqamlari qoʻyilgan sahifali, ip oʻtkazib tikilgan maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati oʻtib ketgandan keyin kelib tushgan yoki mazkur standartning 34-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan buyurtmalar savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi. Pochta orqali yuborilgan hujjatlarning kelib tushgan sanasi savdolar tashkilotchisining roʻyxatga olishi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Savdolar tashkilotchisi qabul qilmagan buyurtmalar shu kunning oʻzida ularni talabgorga yoki uning vakolatli vakiliga tilxat orqali topshirish bilan yoki koʻrsatilgan hujjatlarni pochta bilan (buyurtma xat topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan) yuborish orqali qaytariladi. Bunda kiritilgan zakalat besh bank kuni ichida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tanlovda ishtirok qilishga savdolar tashkilotchilari tomonidan buyurtmalari qabul qilingan va xabarnomada belgilangan miqdorda zakalatni kiritgan talabgorlarga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Talabgor oʻzining buyurtmasini konvertlar ochilishi belgilangan sanaga qadar savdolar tashkilotchisini yozma xabardor qilgan holda qaytarib olishi mumkin. Savdolar tashkilotchisi koʻrsatilgan xabarnomani uning kelib tushgan kuni roʻyxatga olishi shart. Bu holda talabgordan kelib tushgan zakalat xabarnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh bank kunidan kechiktirmagan muddatda qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ochiq tanlovda ishtirok qilishga buyurtmalarni qabul qilish ochiq tanlov toʻgʻrisida xabarnoma chop etilgan kuni boshlanadi va ochiq tanlov toʻgʻrisida xabarnomada belgilangan kunda va vaqtda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasida birorta ham buyurtma kelib tushmasa yoki faqat bitta buyurtma tushsa, tanlov boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda savdolar tashkilotchisi bu haqda tanlov komissiyasini, sotuvchini va bitta buyurtmani bergan ishtirokchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, agar rieltorlik xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomada boshqacha belgilanmagan boʻlsa, tanlov komissiyasi tanlovni takroran tashkil qilish va oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tanlov takliflari boʻlgan konvertlarning birinchi ekzemplyarlarini ochishni tanlov komissiyasi amalga oshiradi. Konvertlarning ikkinchi ekzemplyarlari savdolar tashkilotchisida seyfda saqlanadi va tanlov takliflarining mazmuni boʻyicha nizo kelib chiqqan taqdirda ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bitta ishtirokchining tanlov takliflari boʻlgan konvert ochilmaydi. Bunday konvert ishtirokchiga (uning vakolatli vakiliga) tanlov oʻtkazilgan kundan uch kundan kechiktirmasdan tilxat orqali topshiriladi yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov ishtirokchilari va ularning vakolatli vakillari konvertlarni ochishda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tanlov takliflari boʻlgan konvertlarni ochishda tanlov komissiyasi tanlovda qatnashishning shartlari va tartibotlariga amal qilinganligini, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Konvertlarni ochish natijalari boʻyicha kelib tushgan tanlov takliflari hamda ularning tanlov shartlari va tartibotlariga muvofiqligi koʻrsatilgan bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib va gʻolibdan keyin eng yuqori ballarga ega boʻlgan ishtirokchilarning nomlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov komissiyasining tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning tanlov takliflarining jamlama jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasini imzolash muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma tanlov komissiyasining qatnashayotgan aʼzolari tomonidan va tanlovda yutib chiqqan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tanlov takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash tanlov komissiyasi tomonidan baholashning har bir mezoni boʻyicha ball qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tanlovning turidan qatʼi nazar tanlov gʻolibini aniqlash tanlov komissiyasining ochiq yigʻilishida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tanlov takliflari tanlov shartlariga eng koʻp toʻgʻri keladigan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ikki va undan ortiq tanlov takliflarining tengligida savdolar tashkilotchisi tomonidan taklifi oldinroq roʻyxatdan oʻtkazilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tanlov natijalari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida savdolar tashkilotchisi tanlov natijalari haqida uning ishtirokchilarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Auksion va tanlov komissiyasining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Auksion va tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur standart yoki boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilganda, tanlov/auksion jarayonini buzadigan auksion/tanlov ishtirokchilari oʻrtasida til biriktirish va boshqa oldindan bilib boʻlmaydigan holatlar aniqlangan taqdirda auksion/tanlov oʻtkazilishini toʻxtatish hamda auksion/tanlovni takroran oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda asoslantirgan holda auksion yoki tanlovni boʻlmagan deb eʼtirof etish hamda auksion yoki tanlovni takroran oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari ochiq tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida, shuningdek oʻzining veb-saytida tegishli axborotni chop etgan holda (ilgari yopiq tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborotni yuborgan holda) va ishtirokchilarni, ular mavjud boʻlganda, yozma ravishda xabardor qilgan holda, xabarnomada belgilangan tanlov oʻtkazish sanasini ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga kechroqqa koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari ochiq auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida, shuningdek oʻzining veb-saytida tegishli axborotni chop etgan holda (ilgari yopiq auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborotni yuborgan holda) va ishtirokchilarni, ular mavjud boʻlganda, yozma ravishda xabardor qilgan holda auksionni oʻtkazish sanasini bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga kechroqqa koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holatlarida auksion yoki tanlovni oʻtkazishni bekor qilish hamda bu haqda sotuvchini va ishtirokchilarni tegishli asoslantirishlarni koʻrsatgan holda xabardor qilish hamda auksion yoki tanlovni oʻtkazishning yangi sanasi va vaqtini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Auksion yoki tanlov natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Auksion yoki tanlov savdolarining natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma shartnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Savdo natijalari toʻgʻrisidagi imzolangan bayonnomaning nusxalari sotuvchiga va gʻolibga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Gʻolib bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va gʻolib tomonidan taklif etilgan narxdan bir bosqich past narxni taklif etgan ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzishni taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va taklifi tanlov shartlariga eng koʻp muvofiq boʻlgan tanlovning navbatdagi ishtirokchisi bilan oldi-sotdi shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu ishtirokchi ham shartnomani imzolashni rad etsa, auksion yoki tanlov komissiyasi savdolar natijalarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda, agar sotuvchi va savdolar tashkilotchisi oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha belgilanmagan boʻlsa, auksion yoki tanlov komissiyasi auksionni yoki tanlovni takroran tashkil qilish va oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Auksion yoki tanlov gʻolibi bayonnomani va (yoki) shartnomani imzolashni rad etgan holda u tomonidan toʻlangan zakalat summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda belgilangan qoidalar buzib oʻtkazilgan auksion yoki tanlov manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish auksion yoki tanlovda gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 26-maydagi 01/14-11/39-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2652-4, 09.06.2025-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 10/25/2652-4/0501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mazkur standart Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi ijrochi direktori A. ALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 31-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda; 2017-y., 30-son, 753-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/2652-2/2940-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.06.2022-y., 10/22/2652-3/0538-son; 10.06.2025-y., 10/25/2652-4/0501-son)