Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIELTORLIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 23-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2026-yil 7-avgustdagi OʻRQ-1163-sonli “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2026-yil 8-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Rieltorlik faoliyati
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bogʻliq xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatidir.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan tijorat tashkilotidir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 40-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan rieltorlik tashkilotining rahbari boʻlishi kerak.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti oʻz faoliyatini oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega boʻlgan va rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaxsdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻida vositachilik xizmatlari koʻrsatishi mumkin.
(5-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kamida ellikta rieltorlik tashkilotining va rieltorning aʼzoligiga asoslangan, rieltorlarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishining tizimli ravishda monitoring qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolari tomonidan ushbu Qonun talablariga, rieltorlik xizmatlarining milliy standartlariga, Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga, rieltorlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun rieltorlik tashkilotlarini va rieltorlarni aʼzolikdan chiqaradi, vakolatli organga qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan rieltorlar malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining axborot-uslubiy taʼminotini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarning hamda vakolatli davlat organi komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlar malakasini oshirish tizimi monitoringini taʼminlaydi hamda rieltorlarga taʼlim beruvchi oʻquv markazlarida rieltorlarning malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqidagi axborotni yil yakunlari boʻyicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va toʻlov tariflarining miqdorlari ular aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari rieltorlik tashkilotining taʼsischilari boʻlishga, rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki rieltor sifatida ish yuritishga, rieltorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga, shuningdek rahbarlarga, rieltorlarga yoki rieltorlik tashkilotlarining boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yigʻilish kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi organ rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
(51 va 52-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda malaka imtihonini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (roʻyxat raqami 2257, 2011-yil 24-avgust).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining reyestrini yuritadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxsning arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maʼlumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan koʻp qonunchilikni buzish sodir etilganligi;
(7-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(7-modda toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Malaka sertifikatini bekor qilish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(8-moddaning toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Rieltorlik xizmatlarining turlari va ularni koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Rieltorlik xizmatlarining turlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik (koʻchmas mulkning oldi-sotdisi, ijarasi, garovi, ayirboshlanishi, hadya etilishi, rentasi, koʻchmas mulkdan tekin foydalanilishi va umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq harakatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rieltorlik tashkiloti mazkur bitimlarning bevosita tarafi boʻlishi mumkin emas.
(10-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik buyurtmachini ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq axborot bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish savdoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi va uning yakunlari haqidagi xabarnomalarni tayyorlash hamda eʼlon qilishni, savdoga qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilishni, savdoda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish va hisobga olishni, zakalat toʻgʻrisida kelishuvlar tuzishni, savdoni oʻtkazishni, oʻtkazilgan savdo yakunlariga doir bayonnomani rasmiylashtirishni, sotuvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi hisob-kitob uchun shart-sharoitlar yaratishni hamda qonunchilikda belgilangan boshqa xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
(11-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat rieltorlik tashkilotiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish shartnomasi asosida berilgan koʻchmas mulk obyektlarini rieltorlik tashkiloti tomonidan oʻz nomidan haq evaziga muayyan muddat davomida boshqaruv muassisining yoki u koʻrsatgan shaxsning (foyda oluvchining) manfaatlarini koʻzlab boshqarishning amalga oshirilishidir. Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(12-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 49-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan koʻrsatiladi.
(13-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi, koʻchmas mulk bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda prognoz qilish haqidagi, mazkur bozorning konyunkturasi, koʻchmas mulk bozori sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek koʻchmas mulk obyektlari reklamasining tarqatilishini tashkil etishni, bitim taraflarini tanlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rieltorlik tashkilotlari, rieltorlar hamda buyurtmachilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Rieltorlik tashkiloti va rieltorning huquqlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va rieltor quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida rieltorlik xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz rieltorlik xizmatlarini va buyurtmachining koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlari buyurtmachi tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va rieltor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Rieltorlik tashkiloti va rieltorning majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining talabiga binoan malaka sertifikatini koʻrsatishi;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini faqat rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish chogʻida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maxfiy axborotni oshkor etmasligi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(15-modda birinchi qismining oltinchixatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga koʻchmas mulk obyektiga, unga boʻlgan huquqlarga taalluqli ishonchli va toʻliq axborotni, shuningdek koʻchmas mulk obyektining mulkdori (huquq egasi) haqidagi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining yozma murojaatlariga yozma shaklda javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomalari boʻyicha arxiv materiallarini shakllantirishi va ularni qonunchilikda nazarda tutilgan muddat mobaynida saqlashi shart;
(15-modda birinchi qismining oʻn birinchixatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi.
(15-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va rieltorning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti yoki rieltordan malaka sertifikati koʻrsatilishini talab qilish;
(16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti yoki rieltordan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi bajarilishining borishi haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlari rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti yoki rieltorning aybi bilan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasining bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir tuzilishi moʻljallanayotgan bitimning xususiyati hamda huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida rieltorlik tashkiloti yoki rieltordan yozma shaklda axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning birlashmalariga, shuningdek sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti yoki rieltorning rieltorlik xizmatlari haqini tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti, unga boʻlgan huquqlar haqidagi, oʻzi va boshqa huquq egalari toʻgʻrisidagi ishonchli hamda toʻliq maʼlumotlar va hujjatlarni rieltorlik tashkilotiga yoki rieltorga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Rieltorlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Rieltorlik tashkilotiga va rieltorga axborot taqdim etish shartlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltordan buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasining koʻchirma nusxasi ilova qilingan holda yozma soʻrov olingan taqdirda davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu Qonunning 18-moddasida koʻrsatilgan axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Rieltorlik tashkilotiga va rieltorga taqdim etiladigan axborot
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotiga quyidagi organlar va tashkilotlar tomonidan axborot taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan — yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi ochiq foydalanish mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha soliqlarni toʻlash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti manzili boʻyicha fuqarolar qayd etilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur koʻchmas mulk obyektining xatlanmaganligi toʻgʻrisida;
(18-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha umumiy mol-mulkni saqlash uchun majburiy badallarni toʻlash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;
(18-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan — fuqarolarning ayrim toifalariga mansub shaxsning (voyaga yetmaganlar va belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boshqa shaxslar, nogironligi boʻlgan shaxslar, pensionerlar va boshqalarning) muomala layoqatini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar hajmida;
(18-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxslar tomonidan nikohning tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida yoxud ularning tugʻilganligi yoki oʻlimi toʻgʻrisida dalolatnoma yozuvining mavjudligi yoxud mavjud emasligi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotiga va rieltorga qonunchilikka muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham axborot taqdim etilishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Mansabdor shaxsning axborot taqdim etishni rad etganligi ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxsining ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq soʻralayotgan axborotni rieltorlik tashkilotiga va rieltorga taqdim etishni rad etganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga bevosita shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasiga taalluqli majburiy talablar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan buyurtmachi bilan yozma shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan rieltorlik xizmatlariga toʻlanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti yoki rieltor hamda buyurtmachining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganligi uchun javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda mablagʻlarni qaytarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorning malaka sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(20-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotida yoki rieltorda oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasiga qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(20-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltor rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi bajarilganligini tasdiqlovchi rieltorlik tashkilotining rahbari yoki rieltor va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma (hujjat) tuzadi. Bunda rieltorlik tashkiloti yoki rieltor koʻrsatilgan rieltorlik xizmatlariga bevosita taalluqli boʻlgan barcha hujjatlarni buyurtmachiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Bir nechta buyurtmachiga rieltorlik xizmatlari koʻrsatish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltor ayni bir koʻchmas mulk obyekti va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishga haqli. Bunda rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartlari barcha buyurtmachilar uchun bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltor barcha buyurtmachilarga koʻchmas mulk obyekti va uchinchi shaxslarning unga boʻlgan huquqlari haqidagi maʼlumotlarni maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltor va buyurtmachi bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roziligisiz rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasini tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasini bajarish davomida yoki natijasida uchinchi shaxslarga mulkiy va (yoki) maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, rieltorlik tashkiloti yoki rieltor va buyurtmachi qonunchilikda belgilangan tartibda ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi hamda maʼnaviy ziyon uchun kompensatsiya toʻlaydi.
(23-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 47-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlari buzilgan shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlarning manfaatlarini koʻzlab harakat qiluvchi qonuniy vakillari sudga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining aʼzosi boʻlgan rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida boshqa rieltorlarning birlashmalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish huquqiga ega.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(26-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 214-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 23-dekabrdagi 246 (5161)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-269-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda; 2011-y., 51-son, 542-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)