Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 28-avgustdagi F-1832-son Farmoyishiga muvofiq tuzilgan maxsus guruh tomonidan “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Gaz ta’minoti tizimida bozor munosabatlari juda sekinlik bilan joriy etilmoqda, qat’iy to‘lov intizomi mavjud emas. Tabiiy gazning isrof bo‘lishiga va o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘yilmoqda, gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanib olishning ko‘pdan ko‘phollari mavjud.
Hisob-kitob-to‘lov intizomiga rioya etilmasligi, sotilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishi ustidan nazoratning sustligi oqibatida debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash ishlari qoloqlik bilan olib borilmoqda.
“O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan nazorat o‘rnatilmaganligi tufayli “Boshkommungaz” korxonasining hududiy bo‘linmalari huzurida o‘zboshimchalik bilan ortiqcha bo‘g‘in — “O‘ztexgaz” shu’ba korxonasi va “Texgaz” hududiy shu’ba boshqarmalari tashkil etilgan, ularga gaz tarmoqlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va qurish funksiyalari berilgan. Bu boshqaruv xodimlari sonining asossiz ko‘payib ketishiga olib keldi.
Tabiiy gaz sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, respublika gaz ta’minoti tizimini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, hisob-kitob-to‘lov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
2. Gaz ta’minoti tizimini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish natijasida boshqaruv xodimlari soni 864 nafarga qisqarishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3—7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
mazkur qarorning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan korxonalarning belgilangan tartibda tugatilishini va qayta tashkil etilishini, shuningdek ularning majburiyatlari va talablari masalalari hal qilinishini bir oy muddatda ta’minlasinlar;
sotilgan tabiiy gaz uchun iste’molchilardan mablag‘lar yig‘ilishini nazorat qilish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan inspeksiyalarni tanlov asosida malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsinlar, shuningdek ularning majburiy yozma ko‘rsatmalari quyi tuzilmalar tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
Tabiiy gaz iste’molchilariga hamda gaz tarmoqlarini rivojlantirish va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yuzasidan foydalanish korxonalariga xizmatlar ko‘rsatuvchi tuzilmalarni bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 2005-yilgacha bo‘lgan davrda gaz hisoblagichlar uchun bir marta foydalaniladigan plombalarni olib kelish, shu erning o‘zida tayyorlash va hamma joyda, birinchi navbatda Toshkent shahrida o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
2004-2005-yillarda hamma joyda tuman (shahar) gaz xo‘jaliklarining bo‘linish chegaralarida, shuningdek shaharlarning turar joy mavzelaridagi gaz tarmoqlarining kirish joylarida gazni hisobga olish priborlari o‘rnatsin, ularni texnik xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha ulgurji iste’molchilar gaz tarmoqlarining kirish joylaridagi gaz hisoblagichlarga tenglashtirsin.
2004-yil 1-yanvargacha gaz quvurlari va iste’molchilarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin, uning natijalari bo‘yicha gazdan noqonuniy foydalanish hollarining oldi olinishini ta’minlasin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda gaz tarmoqlarini tiklash va ta’mirlashning aniq dasturini ishlab chiqsin.
“O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda Hududiy gaz ta’minoti korxonalari balansidagi gaz uzatish tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularning texnik holatini tekshirish va ularni ta’mirlash to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun maxsus korxona ajratsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya” bilan birgalikda 2003-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Tabiiy gazni uzatish va taqsimlashda texnologik isrofgarchiliklarni hisoblab chiqish metodikasini, shuningdek plombani buzganlik va gazni hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik hamda tabiiy gazdan foydalanish sohasidagi boshqa buzilishlar uchun iste’molchilarga va gaz ta’minoti korxonalari xodimlariga nisbatan javobgarlikni belgilash va kuchaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjetini ishlab chiqish va tasdiqlashda ulgurji iste’molchilar va aholi uchun tabiiy gazga tariflardagi farqlarni bosqichma-bosqich, izchil qisqartirib borishni nazarda tutsin.
15. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddatda “Boshkommungaz” korxonasiga Hukumat qarorlariga muvofiq berilgan xorijiy kreditlar va Moliya vazirligining kreditlari yuzasidan uning qarz majburiyatlari bo‘yicha kredit hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda Hukumat kafolatiga tegishli qo‘shimchalar bersin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya” inspeksiyasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qaroriga 4 va 5-ilovalarga muvofiq tabiiy gaz uchun haq to‘lashning imtiyozli shartlari belgilangan tabiiy gaz iste’molchilari ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 110-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 115-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida Nizom” II bo‘limining 1.2-bandida:
“v” kichik bandidagi “viloyat (shahar) bo‘yicha tegishli viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotidan, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda):
1-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi 2002-yil 1-apreldan e’tiboran” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin, “mavjud shartnomalarni bekor qilsin va yangi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi shu’ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “va “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 110-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2002-2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 28-martdagi 99-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda):
a) 1-bandning oltinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) “Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom” nomli 4-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi, uning shu’ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
gazni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarga 2005-yil 1-yanvardan boshlab gaz berishmaydi;
18-banddagi va 20-bandning beshinchi xatboshidagi “Gazta’minot” shu’ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Boshkommungaz korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Boshkommungaz korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” shu’ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-banddagi “Gazta’minot” shu’ba korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “Boshkommungaz” korxonasi bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
41-banddagi “Gazta’minot” shu’ba korxonalari tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
42-bandning birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga “Gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, o‘rnatish va ulardan foydalanish sxemasi” nomli ilovada:
“O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) “Gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, o‘rnatish va ulardan foydalanish sxemasi”ga izohlarda:
1-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Boshkommungaz” korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) “Gazni hisobga olish priborlari bo‘lmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gaz sarfining oylik normalari” nomli 5-ilovaning 4-bandida:
“kalendar yil mobaynida teng miqdorlarda besh oylik isitish mavsumi hisobidan” so‘zlari “besh oylik isitish mavsumi mobaynida har oyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;