10.01.2000 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 10-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz — gaz qazib chiqaruvchi, gaz, neft qazib chiqaruvchilar tomonidan yoki gaz-neft qazib chiqaruvchi tashkilotlar, gazni qayta ishlovchi tashkilotlar, gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy gaz, neft (yoʻldosh) gazi, shuningdek yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan neftni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan yoqilgʻi gazi;
(2.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi — gazni yetkazib beruvchi gaz mulkdori yoki uning vakolatli shaxsi;
(2.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti tashkiloti — gazni qabul qilishni, taqsimlashni va isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlovchi tashkilot;
(2.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz uzatish tashkiloti — gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi va isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tashkilot;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“isteʼmolchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob oyi — yilning gaz yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida yetkazib berilgan gaz uchun oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan oyi;
(2.1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gaz isteʼmoli broni” — zaxira yoqilgʻi turlaridan eng koʻp darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur boʻlgan gaz isteʼmol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda isteʼmolchi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik oʻrtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. GAZ SOTISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekneftgaz” MXK deb ataladi) tomonidan joriy yilning 1-avgustigacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqsimlashdagi oʻzining gazga boʻlgan ehtiyojlari va texnologik yoʻqotishlar aniqlanadi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. “Oʻzbekneftgaz” MXK taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, resurs va gaz uzatish imkoniyatlarini, shuningdek ichki tarmoq ehtiyojini va gaz eksporti hajmlarini hisobga olgan holda choraklar boʻyicha (qish davri uchun — oylar boʻyicha) taqsimlagan holda kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansini tuzadi hamda gaz isteʼmolining prognoz qilinayotgan kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansi loyihasini tayyorlash uchun joriy yilning 15-sentabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Quyidagilar gaz yetkazib berishda ustunlikka ega boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aholi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qonunchilikda nazarda tutilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar;
(3.4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarzi boʻlmagan hamda joriy (shartnomaviy) toʻlovlar boʻyicha oldindan haq toʻlash shartlari bilan shartnoma tuzgan isteʼmolchilar.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. ISTEʼMOLCHILARGA GAZ YETKAZIB BERISH
Oldingi tahrirga qarang.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan isteʼmolchilarga gaz:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarga — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz hisoblash priborlari boʻyicha;
(4.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — OʻzR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻzR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti tashkilotlariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining boʻlinish chegarasida xoʻjalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari boʻyicha uni keyinchalik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga hamda chakana isteʼmolchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Gaz yetkazib berishning barcha shartlari shartnomalarda nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Respublika mintaqalari boʻyicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari isteʼmolchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(4.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkiloti gaz yetkazib berishga, isteʼmolchi esa oʻrtacha sutkalik meʼyorlar doirasida oy davomida bir maromda, isteʼmolchining sutkalik meʼyoridan voz kechish zarurati boʻlgan hollarda — tomonlar oʻrtasidagi dispetcherlik jadvallari boʻyicha gaz olishga majburdir.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 21-son, 151-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Gaz taʼminoti tashkilotlari gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi.
(4.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy isteʼmolchilarni gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”, gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va gaz taʼminoti tashkiloti hamda isteʼmolchilar ishtirokida korxonalarni yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvallari tuziladi, jadvallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4.11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy isteʼmolchilarning meʼyordagi gaz isteʼmolini taʼminlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilgʻining kamaymaydigan zaxirasiga ega boʻlishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga oʻtishi kerak.
(4.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.13. Gaz taʼminoti tashkiloti taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki toʻliq uzish navbatini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi.
(4.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va isteʼmol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va isteʼmol qilish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(4.14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari shart.
(4.15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. GAZ SARFINI HISOBGA OLISH VA GAZ UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Gazning hisobga olmasdan yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Yetkazib berilayotgan gaz miqdori gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, yetkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa — isteʼmolchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi va ikkala taraf imzolaydigan gazni yetkazib berish — qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Olingan gaz uchun hisob-kitob qilish plombalanmagan gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida ishlashi hisobidan quyidagi holatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazni hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati oʻtganda, bunda tegishli hisob-kitob tekshirish muddati oʻtgan paytdan boshlab qiyoslov oʻtkazilgandan keyin gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgan paytgacha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazni hisobga olish priborining nosozligi, plombasining butligi buzilganligi, gazni hisobga olish pribori oʻzboshimchalik bilan joyidan olinganligi aniqlanganda, shuningdek isteʼmolchida va yetkazib beruvchida gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda yetkazib beruvchi vakilining oxirgi marta kelgan kunidan boshlab amalga oshiriladi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari boʻyicha, ular boʻlmaganda — tasdiqlangan normalar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar boʻlgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga isteʼmolchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qoʻllash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(5.8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar.
(5.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1034-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1034/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.9. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan gaz hajmi hisobga olish pribori koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida isteʼmolchi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni eʼtirozlar bilan imzolash isteʼmolchini uning uchun gaz yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hajmlarda toʻlovni toʻlashdan ozod qilmaydi. Berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashga rozi boʻlmagan taraf bu toʻgʻrida boshqa tarafga hisob-kitob oyi tugagandan keyingi oyning 10-kunigacha dalolatnomada eʼtiroz sababini albatta koʻrsatish yoʻli bilan maʼlum qiladi. Taraflarning roziligiga erishilmagan taqdirda, eʼtirozlar sabablari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(5.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.10. Gaz yetkazib berish shartlari yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
(5.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gaz yetkazib beruvchilarning, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari hamda isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari
(6-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Isteʼmolchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda boʻlgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga koʻra, isteʼmolchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan toʻxtatib qoʻyishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari:
(6.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vaqt mobaynida fors-major holatlari boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarz mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati meʼyoriy talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Gazga hid qoʻshish gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6.4.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchi gaz bilan taʼminlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar toʻgʻrisida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar.
(6.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Gaz taʼminoti tashkiloti, gaz uzatish tashkiloti talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovlar holati toʻgʻrisida tezkor axborot taqdim etadilar.
(6.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish yoki gaz taʼminoti tashkilotlari gaz yetkazib berish shartnomasiga koʻra, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda, isteʼmolchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani belgilangan tartibda qoplaydi.
(6.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(7.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)