1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.05 Kontraktatsiya (shuningdek, 09.14.17.01ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang);
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini roʻyobga chiqarish, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan shartnomalarning tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimlari shartnomalarning oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi, shuningdek qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan shartnomalarning tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan bajarilishining doimiy monitoringi olib borilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo boʻladigan munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ularni tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), fermer va dehqon xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (keyingi oʻrinlarda xoʻjaliklar deb yuritiladi) hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi, mexanizatsiyalashgan ishlarni bajaruvchi, xoʻjaliklarga servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari deb yuritiladi) oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga (ularda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish mavjudligidan qatʼi nazar), moddiy-texnika resurslari yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha xoʻjalik bunday mahsulotlarni qayta ishlash yoki sotish uchun xarid qiluvchi shaxsga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda berish majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa muayyan narx boʻyicha kelishilgan muddatlarda haq toʻlab ushbu mahsulotlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslari (ehtiyot qismlar, urugʻlik, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilot xoʻjalikka oʻzi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy-texnika resurslarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi, xoʻjalik esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha bajaruvchi tashkilot xoʻjalik buyurtmasiga binoan mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar koʻrsatishni taʼminlash majburiyatini oladi, xoʻjalik esa ushbu ishlar (xizmatlar)ni qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish mavjud boʻlgan taqdirda tayyorlov tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjaliklar bilan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotish, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan barcha turdagi shartnomalar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)lar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida xoʻjaliklar bilan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shartnomalarni tuzish va bajarishda tomonlardan har biri oʻz majburiyatlarini eng yuqori tejam bilan, boshqa tomonlarning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilgan holda bajarishi, majburiyatlarning zarur darajada bajarilmasligi natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi va boshqa tomonni ushbu chora-tadbirlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi, shuningdek unga majburiyatlarni bajarishda koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomalarni tuzishda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish bosqichlari izchilligi sxemasi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnomalar xoʻjaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari tomonidan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan kontraktatsiya shartnomalari hamda moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan shartnomalar tuzish tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi ishtirokida amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shartnomalarni tuzishda tomonlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan alohida namunaviy shakllarga amal qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomalarda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning umumiy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquqlari va oʻzaro majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning toʻlov, pochta va yuklab joʻnatish rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida quyidagilar ham koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning sifatiga qoʻyiladigan talablar bilan birgalikda texnik reglamentlar yoki standartlarning nomi.
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomalarga, shuningdek aniq turdagi shartnomalar uchun yoki ularga nisbatan tomonlardan birining arizasiga koʻra yoxud qonunchilikka muvofiq kelishuvga erishilishi kerak boʻlgan shartnomalar uchun nazarda tutilgan boshqa muhim shartlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shartnomaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) muddatlari, miqdori va assortimentini belgilovchi, ikkala tomonning imzosi bilan tasdiqlangan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan jadval ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining bevosita joylashgan joyidagi tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari agrotexnika chora-tadbirlarini amalga oshirishdan bir oy oldin shartnoma tuzish uchun xoʻjalikka oʻzining vakolatli vakilini yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xoʻjalik shartnoma loyihasi tayyorlov yoki xizmat koʻrsatish tashkiloti vakilidan olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni koʻrib chiqishi va eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda loyihani imzolashi va tayyorlovchiga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalikda shartnoma loyihasi shartlari boʻyicha eʼtirozlar paydo boʻlgan taqdirda xoʻjalik yuqorida koʻrsatilgan muddatlarda kelishmovchiliklar toʻgʻrisida protokol tuzadi va uni tayyorlov yoki xizmat koʻrsatish tashkilotiga joʻnatadi, bu toʻgʻrida tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimini tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini xabardor qiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman fermerlari kengashining fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi kontraktatsiya shartnomalarini, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan shartnomalarni tuzishda va bajarishda paydo boʻlgan bahslarni hal etishda qatnashadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalikning shartnoma xulosasiga ilgari shartnoma loyihasida nazarda tutilganlardan boshqacha shartlarda roziligi mavjud boʻlgan javobi aksept (akseptlash) hisoblanmaydi. Bunday javobga akseptlashni rad etish va ayni bir vaqtda yangi taklif (oferta) sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkiloti kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi protokol olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni (zarurat boʻlganda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi vakili hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi bilan birgalikda) koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha takliflarni shartnoma loyihasiga kiritishi yoxud hal etilmagan kelishmovchiliklarni xuddi shu muddatlarda koʻrib chiqish uchun tegishli iqtisodiy sudga berishi shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi protokol qabul qilinmaganda yoki uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinmaganda xoʻjalik nizoni sudda koʻrib chiqishga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xoʻjaliklar bilan shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuzilgan shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida tayyorlov yoki xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan shartnomalarni koʻrib chiqish tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishda qoʻshimcha hujjatlar yoki toʻlov talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shartnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muhim shartlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan narx boʻyicha tartibga solinishi kerak boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi yuzasidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shartnoma qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi. Shartnomaning barcha nusxalariga roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi tomonidan imzolanadi, imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimlari roʻyxatdan oʻtkazishning toʻgʻriligi uchun javob beradi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Asoslangan holdagi rad etish aniq sabablar koʻrsatilgan holda yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari shartnoma puxtalashtirilgandan keyin 3 kun muddatda uni takroran taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari yuritiladi, ularda quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning tomonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beriladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar (bajarilgan ishlar) turlari va miqdori (hajmlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomani olgan shaxsning imzosi va sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda xoʻjaliklarga roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bu haqda xoʻjalikni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda rad etish hujjati olingan kundan boshlab 2 kun muddatda xabardor qilishi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar shartnoma bilan boʻlgan tartibda rasmiylashtiriladi va ular tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taraflarda hamda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida qoladigan shartnoma nusxalari, shu jumladan unga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar shartnoma majburiyatlarining hammasini bajargan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida tegishli tarzda saqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xoʻjalikning huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan hollarda, tayyorlov tashkilotidan urugʻlik va ekish materiallari bilan oʻz vaqtida taʼminlashni talab qilish. Urugʻlik hamda ekish materiallarining navi, sifati va miqdori tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni topshirishda, uning sifatini aniqlashda qatnashish va tayyorlov tashkilotidan mahsulot uchun tegishli toʻlovni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov tashkilotidan mahsulot yetishtirish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda avans toʻlanishini talab qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotidan amaldagi davlat standartlari va shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotidan mahsulot xoʻjalik hisobidan tashilganda transport xarajatlarini qoplanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish tashkilotidan shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga binoan tegishli sifatdagi, assortimentdagi mahsulotlar yetkazib berishni va xizmatlar koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotidan shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar (ishlar, xizmatlar) unga yomon sifat bilan sotilgan xoʻjalik oʻz xohishiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sifatdagi ana shunday tovar (ishlar, xizmatlar)ga almashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ishlar, xizmatlar)ning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni yoki nuqsonlarni tuzatish uchun sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan qilingan xarajatlari toʻlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik amaldagi qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
(27-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xoʻjalikning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning muayyan turlarini tayyorlovchi tashkilotga shartnomada belgilangan miqdorlarda va assortimentda hamda muddatlarda tegishli sifat bilan yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va mahsulotni topshirishda qoʻyiladigan boshqa talablarga (idishga joylash, qadoqlash, qoramollarni tamgʻalash va boshqalarga) rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshirish uchun oʻz vaqtida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilayotgan moddiy-texnika resurslari va ajratilayotgan bank kreditlaridan maqsadli foydalanish;
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qaroriga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun toʻlovni (hisob-kitoblarni) xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorlov tashkilotining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulotlarning muayyan turlarini belgilangan miqdorlarda va assortimentda, tegishli sifat bilan oʻz vaqtida topshirishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari avans summasida nazarda tutilgan hajmlarda topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq ilgari berilgan avans mablagʻlari qoplanishini xoʻjaliklardan talab qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlov tashkiloti qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tayyorlov tashkilotining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq xoʻjaliklar bilan tomonlar kelishgan hajmlarda oʻz vaqtida shartnomalar tuzish;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarga shartnomada belgilangan davrlarda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik mahsulotlari boʻyicha — shartnomalarda koʻrsatilgan hajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans mablagʻlari toʻlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan mahsulotning vazni va sifatini toʻgʻri aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar tomonidan yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda xarid qilish, ularning uzluksiz qabul qilib olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarni shartnomada nazarda tutilgan hollarda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq saqlash hamda ularning holati toʻgʻrisida xoʻjaliklarga muntazam ravishda xabar qilib turish;
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan mahsulotlar sifatining yomonlashishi oqibatida xoʻjaliklarga yetkazilgan zararni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kelishilgan jadvalga muvofiq qabul qilib olishni va tashishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan mahsulot sifatini amaldagi standartlar talablariga muvofiq aniqlash, shartnomada belgilangan narxlarga muvofiq va muddatlarda mahsulot uchun hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, tashish va qayta ishlashda ular nobud boʻlishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni amaldagi standartlarga muvofiq qayta ishlash, sotishga tayyorlash va ularni sotishga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarni idishlar, oʻrash materiallari va normativ-texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarning ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilib olish, sifatini baholash tartibini tartibga soluvchi qoidalar) bilan shartnomalarga muvofiq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda xoʻjaliklarni urugʻlik va ekish materiallari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlov tashkiloti joylashgan joyda yoki ular koʻrsatgan boshqa joyda qabul qilib olingan taqdirda xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini belgilangan muddatlarda qabul qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlov tashkiloti qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
(30-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun oldindan haq toʻlashni va yakuniy hisob-kitob qilishni talab qilish;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarini va koʻrsatiladigan xizmatlarni asossiz ravishda rad etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni xoʻjaliklardan talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar bilan qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarning buyurtmanomalariga binoan shartnomaga muvofiq muddatlarda, miqdorda va sifatda moddiy-texnika resurslari yetkazib berish hamda xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining shartnomada belgilangan talablarga, shuningdek amaldagi standartlar va normativlarga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida xoʻjalikka yetkazilgan zararni qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Narxlar va hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mahsulotni tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlar tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot xoʻjalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xoʻjalikka mahsulotni tashish xarajatlarini haqiqiy vazni (idishni ham qoʻshib) boʻyicha qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mahsulotni tashish xarajatlari butun masofa uchun qoplanadi. Kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha xarajatlar mahsulot xoʻjalikdan joʻnatilgan joydan boshlab (saralash punkti, brigada, boʻlim, chorvachilik fermasi, yaylov, markaziy ombor, xoʻjalikning markaziy qoʻrgʻoni va hokazolar) shartnomada nazarda tutilgan qabul qilish punktigacha qoplanadi. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomalari boʻyicha xarajatlar mahsulotni qabul qilish punktidan shartnomada nazarda tutilgan yetkazib berish joyigacha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xoʻjaliklarning transportda tashish va tushirish xarajatlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan normalar va tariflar boʻyicha yoxud tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tayyorlov tashkilotining qoʻshimcha talablariga rioya qilgan holda mahsulot joʻnatish bilan bogʻliq shartnomada belgilanmagan xarajatlar tegishli ravishda tayyorlovchi hisobiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tayyorlov tashkiloti tomonidan standart talablariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek konditsiyaga muvofiq boʻlmagan mahsulot qabul qilingan taqdirda qoʻshimcha ravishda sortlarga ajratish tayyorlovchi tomonidan bajariladi, ishlarni bajarish boʻyicha xarajatlar esa qoʻshimcha bitim boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xoʻjaliklar bilan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasidagi oldindan haq toʻlash va yakuniy hisob-kitoblar shartnomada va qonunchilikda belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Shartnomalarni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Shartnomalar shartnoma shartlari va talablariga hamda qonunchilikka rioya qilingan holda zarur darajada bajarilishi kerak.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tomonlar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xoʻjalik tomonidan tayyorlovchi tashkilotga shartnomada nazarda tutilganidan yuqoriroq sifat talablariga mos keladigan mahsulot yetkazib berilsa, u holda taraflarning kelishuviga koʻra bunday mahsulotga yuqori narx boʻyicha haq toʻlanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan hollar bundan mustasno.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shartnomada mahsulotni yetkazib berishning davrlari belgilanishi bilan birgalikda tovarlarni yetkazib berish jadvallari ham (oʻn kunlik, sutkalik va boshqalar) nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada bunday jadval nazarda tutilmagan taqdirda, xoʻjalik tayyorlov tashkilotini mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan assortimentda realizatsiya qilish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda moʻljallanayotgan hajmlar va topshirish muddatlari toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak. Agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmasa, mahsulot topshirilgunga qadar 30 kunlik muddatda (mavsumiy mahsulotlar boʻyicha — 15 kundan kechikmay) topshirishi va mahsulotni kalendar (sutka boʻyicha) topshirish jadvalini tayyorlov tashkiloti bilan kelishishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xoʻjalik tomonidan mahsulot tayyorlov tashkilotiga joʻnatilganda (yetkazib berilganda) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi, mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilib olingan taqdirda — qabul qilish- topshirish hujjatlari ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xoʻjalik tomonidan tayyorlov tashkilotiga shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tayyorlov tashkiloti xoʻjaliklardan shartnomada nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotni faqat qoʻshimcha bitim asosida qabul qilishi mumkin. Xoʻjalik bilan tuziladigan qoʻshimcha bitim yozma shaklda rasmiylashtirilishi va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tayyorlov tashkiloti bilan kelishgan holda xoʻjalik mahsulotni keyingi topshirish davri hisobiga oʻtkazgan holda muddatidan oldin topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Shartnomada nazarda tutilgan hollarda xoʻjalikning oʻzida qayta ishlangan mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan xarid hajmlarining amaldagi ekvivalentlari (koeffitsiyentlari) boʻyicha bajarish hisobiga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mahsulotni tayyorlov punktlariga joʻnatishda mahsulotni transportga yuklash va qaytariladigan idishni boʻshatish xoʻjalikning kuchi va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, qabul qilish punktida mahsulotni, xoʻjalikka joʻnatish uchun idishni tushirish tayyorlov tashkilotlarining kuchlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Agar tomonlardan biri yuklash yoki tushirish boʻyicha boshqa tomonning majburiyatlarini bajarsa, oʻz majburiyatlarini bajarmagan tomon belgilangan tariflar asosida, bunday tariflar mavjud boʻlmagan taqdirda esa — oʻzaro kelishuvga koʻra bajarilgan ishlar qiymatini unga toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Shartnomada yetkazilgan mahsulotni tayyorlov punktiga yoki tayyorlovchi korxonaga yetkazib berish nazarda tutilgan hollarda, yetkazib berilganligi uchun haq mahsulotning haqi toʻlanishi bilan birgalikda tayyorlov tashkiloti tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tomonlar shartnomani bajarish davomida oʻzaro kelishuvga koʻra mahsulotni yetkazib berish jadvali va joyini oʻzgartirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qabul qilish- topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana xoʻjalik tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab joʻnatilgan taqdirda esa — mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob hujjatidagi bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana mahsulotga haq toʻlash boʻyicha tayyorlov tashkilotining majburiyati bajarilgan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tayyorlov tashkilotlari va xoʻjaliklar tovar-transport yuk xatida transport vositasi kelgan va mahsulot tushirib (ortib) boʻlingan vaqtni koʻrsatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Shartnoma majburiyatlarini bajarishda xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati va miqdorini baholash, uning uchun haq oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha tomonlar oʻrtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan sudgacha boʻlgan tartibda yoki iqtisodiy sud tomonidan hal etiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mahsulot qabul qilinishi rad etilganda tayyorlov tashkiloti rad etish holati toʻgʻrisida xoʻjalikni yozma shaklda xabardor qilishi shart (tovar-transport yuk xatiga belgi qoʻyish, telegraf orqali va boshqalar). Agar tayyorlov tashkiloti mahsulotni qabul qilish rad etilishi toʻgʻrisida yozma ariza berishdan bosh tortsa, u holda xoʻjalik tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi vakili ishtirokida rad etish holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tayyorlov tashkiloti shartnomaga va topshirish-qabul qilishning kelishilgan jadvaliga muvofiq tayyorlovchiga taqdim etilgan tez buziladigan mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda, xoʻjalik ushbu mahsulotni oʻz ixtiyoriga koʻra boshqa shaxslarga sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayyorlov tashkilotlari mahsulotni qabul qilish rad etilganligi uchun mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilingan mahsulot (kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari, meva va rezavor mevalar, uzum) xoʻjalik hududida vaqtincha saqlanganligi uchun qoʻshimcha haq shartnoma shartlariga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xoʻjalik tomonidan shartnomada belgilangan davrda (muddatlarda) topshirilmagan mahsulot tomonlar oʻrtasida kelishilgan muddatlarda va shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda topshirish hisobiga oʻtkazish yoʻli bilan topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar tuzilgan shartnomada mahsulot idishda yoki oʻramda yetkazib berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, tayyorlov tashkiloti xoʻjalikni shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda zarur idish, oʻrash materiallari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik tayyorlovchilardan oladigan tovar tushgan koʻp aylanadigan idish va paketlash vositalari egasiga qaytariladi. Boshqa idish va oʻrash materiallari faqat shartnomada nazarda tutilgan hollarda qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning ayrim turlari uchun moʻljallangan idish va oʻrash materiallaridan foydalanish xususiyatlari, shuningdek ularni qaytarish tartibi va muddatlari mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar, qoidalarda yoki tuzilgan shartnomalarda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining amaldagi miqdori xoʻjaliklar bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida mahsulot yetkazib berish yakunlari boʻyicha tuziladigan qiyosiy dalolatnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan va qayta ishlanadigan mahsulot tayyorlov tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mahsulot texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq qayta ishlanishi va saqlanishi kerak hamda faqat xoʻjaliklarning buyurtmasi boʻyicha yuklab joʻnatiladi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan mahsulotni saqlash, qayta ishlash, sotishga tayyorlash va yuklab joʻnatish masalalari shartnomaga muvofiq alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsuloti alohida hisobga olinadi va xoʻjaliklar tomonidan amaldagi tartibga muvofiq oʻz xohishlariga koʻra sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Moddiy-texnika resurslariga xizmat koʻrsatish va yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalarning bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) toʻgʻrisida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab joʻnatilgan taqdirda esa — mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana xoʻjaliklarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Xoʻjaliklarning roziligi bilan moddiy-texnika resurslari muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va xoʻjaliklar tomonidan qabul qilingan moddiy-texnika resurslariga haq toʻlanadi va keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik muddatlar buzilgan va zarur sifatga muvofiq boʻlmagan holda yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarini qabul qilishni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomdagi tovarlar yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib bermasliklar oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday yetkazib berishlar xoʻjalikning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Yerni mexanizatsiya vositasida shudgorlash boʻyicha bajarilgan ishlar va boshqa xizmatlar xoʻjaliklarning bevosita masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada bajarilgan ishlar (xizmatlar) miqdori, ularning sifati, shudgorlar chuqurligi va boshqa agrotexnika koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish, shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni (ishlarni) koʻrsatish xoʻjaliklarning yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar Xoʻjaliklarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritadilar. Ushbu daftarlarda taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq mahsulot yetkazib berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi (ishlar bajarilishi) toʻgʻrisidagi axborot boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanoma mahsulot yetkazib berishning, tegishli xizmatlar koʻrsatishning (ishlarni bajarishning) taxmin qilinayotgan sanasidan kamida besh kun oldin chopar, pochta orqali yoki boshqa tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xodimi xoʻjalikda qoladigan nusxaga sanani koʻrsatgan holda qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud mahsulot yetkazib berish, tegishli xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) sanasini oʻzgartirishga haqlidir, tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bu haqda buyurtmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida bir kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Mulkiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Shartnoma boʻyicha tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalari talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz boʻyin tovlagan xoʻjalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima miqdori oʻtgan davr (oy, chorak, yil)da mahsulotning shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan assortiment, turlar va muddatlarda qabul qilib olish rad etilgan har bir holat uchun tayyorlov tashkiloti xoʻjalikka belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima toʻlaydi, tez buziluvchi mahsulot boʻyicha esa — uning toʻliq qiymatini toʻlaydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xoʻjalik koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun haq toʻlashdan asossiz bosh tortilganda (xoʻjalikka tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qoʻshib, oʻz vaqtida hisoblab oʻtkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa toʻlov topshirigʻi akseptini asossiz toʻliq yoki qisman rad etganda) tayyorlov tashkiloti xoʻjalikka toʻlanmagan summani, oʻzi toʻlashdan bosh tortgan summaning 20 foizi miqdoridagi jarimani toʻlaydi. Tayyorlov tashkiloti jarimadan tashqari xoʻjalikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan summalarning 50 foizidan ortiq boʻlmagan penya toʻlaydi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligining har bir holati uchun bazaviy hisoblash miqdorida jarima toʻlaydi.
(70-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklab joʻnatilgan tovarlarga toʻlov yoki tovar-transport hujjatining nusxasi belgilangan muddatda yuborilmaganligi yoki tovarlar yuklab joʻnatilganligi toʻgʻrisida boshqa axborot taqdim etilmaganligi uchun aybdor tomon har bir holat uchun tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik tomonidan sarflangan transport xarajatlarini toʻlamaganlik uchun tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xoʻjalikka toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Xoʻjalikni texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar va qoidalarda yoki kontraktatsiya shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatlarda idish va oʻrash materiallari bilan taʼminlanmaganligi uchun tayyorlov tashkiloti xoʻjalikka yetkazib berilmagan idish, oʻrash materiallarining yetkazib berish vaqtida amalda boʻlgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydi. Tayyorlovchining xoʻjalikni idish bilan taʼminlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan boʻlsa, tayyorlov tashkiloti xoʻjalikka koʻrilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini ham toʻlaydi. Bunda xoʻjalik sifatsiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadvalga muvofiq kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiqcha bekor turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Tayyorlov yoki xizmat koʻrsatish tashkilot tomonidan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, miqdori notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlar sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladilar hamda ushbu hisoblangan summadan tashqari xoʻjalikka notoʻgʻri hisoblangan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot uchun hisob-kitob qilishda tayyorlovchi tomonidan ortiqcha olingan pul summalari qaytarib berilmagan taqdirda (ayni bir mahsulotning oʻziga takroran haq toʻlanganda, mahsulot narxi notoʻgʻri qoʻllanilganda, tovarsiz toʻlov talabnomasiga haq toʻlanganda va boshqalarda) tayyorlovchi ushbu summani qaytaradi va boshqa tomonga ushbu pul mablagʻlaridan foydalanilgan butun vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ortiqcha olingan summa uchun jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Agar yuklab joʻnatilgan mahsulot (bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar)ning sifati, assortimenti, sorti texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon sifati zarur darajada boʻlmagan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xoʻjalikka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilmagan moddiy-texnika resurslari yoki koʻrsatilishi kerak boʻlgan xizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xoʻjalikka moddiy-texnika resurslari yetkazib berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki xizmatlar koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Yetkazib berish muddati kechiktirilgan, tovarlar yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar koʻrsatilmagan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xoʻjalikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomaning zarur darajada bajarilishidan va yetkazib berish kechiktirilganligi, tovarlar toʻliq yetkazib berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki xizmatlar koʻrsatilmaganligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
761. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, xoʻjalik xizmat koʻrsatish tashkilotiga maqsadli foydalanilmagan moddiy-texnika va kredit resurslari qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik tomonidan, jarimadan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish tashkilotiga davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan maqsadli foydalanilmagan moddiy-texnika resurslarining sotib olingan narxi bilan moddiy-texnika resurslari sotib olingan kundagi birja kotirovkalarining oʻrtacha narxi oʻrtasidagi ijobiy farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun gʻalla va paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan maqsadli foydalanilmagan kredit mablagʻlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlar toʻlanadi.
(761-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnomada shartnoma majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi uchun javobgarlikning amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin va boshqa tabiiy ofatlar natijasida yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) munosabati bilan ularning irodasi va xohishiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha oʻz zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun bir tomon boshqa tomon oldida javob bermaydi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun ularni javobgarlikka tortishda shuningdek xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha shartnoma majburiyatlari xoʻjaliklar tomonidan bajarilmasligi (zarur darajada bajarilmasligi) uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining aybi bilan xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmasligi (zarur darajada bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar ushbu tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Shartnomalar bajarilmasligi va zarur darajada bajarilmasligi uchun mazkur Nizomning 67—76- bandlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
801. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini buzganlik uchun javobgarlik xavfi sugʻurta qilinishi mumkin.
(801-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 190-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Shartnomalar bajarilishi monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlarida har bir xoʻjalik boʻyicha Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning bajarilishini monitoring qilish daftari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda xoʻjaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarini mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha paxta, boshoqli ekinlar doni va sholi boʻyicha xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda xoʻjaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarini mazkur Nizomga 3 — 5-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha paxta, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish uchun xoʻjaliklar bilan moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari xoʻjaliklar tomonidan taqdim etilgan axborotni 5 kun muddatda (15-kunda) viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmalari viloyat boʻyicha shartnomalar bajarilishining borishini 5 kun muddatda (20-kunda) umumlashtiradilar hamda tumanlar, tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari boʻyicha yigʻma axborot tayyorlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma axborot Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Qishloq xoʻjaligi organlari tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari shartnoma majburiyatlari, shuningdek mazkur Nizom talablari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiyaga tuman (shahar)lar hokimlari rahbarlik qiladi. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya tarkibiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Suv isteʼmolchilari uyushmasi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hududiy organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi. Komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
(86-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya nizoni koʻrib chiqishda ishtirok etish paytida vakolatli davlat organlarining maʼlumotlari va axboroti asosida mahsulotning sifati pasaytirilishi yoki buzilishi hollari yuzasidan xulosa, shuningdek yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida yoxud tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xoʻjaliklarni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 326-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Masʼullar
1-bosqich
Shartnomalar tuzishga tayyorgarlik koʻrish
Agrotexnika tadbirlari boshlanishidan bir oy oldin
Tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar
2-bosqich
Shartnomalarni koʻrib chiqish va imzolash
7 kun mobaynida
Qishloq xoʻjaligi korxonalari
3-bosqich
Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun berish
3 kun mobaynida
Tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar
4-bosqich
Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
3 ish kuni mobaynida
Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari
5-bosqich
Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazgandan keyin tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlarga berish
roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 1 kun mobaynida
Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari
6-bosqich
Roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarni xoʻjaliklarga berish
roʻyxatdan oʻtkazil-gandan keyin 2 kun mobaynida
Tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar
7-bosqich
Shartnomalarni saqlash
Barcha shartnoma shartlari bajarilgandan keyin 3 yil mobaynida
Tayyorlov, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning tayyorlov tashkilotlari tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№
Xoʻjalik-lar nomi
Shartnomalar
Amalda topshirilgan mahsulotlar
Toʻlanishi lozim boʻl-gan boʻnak miqdori (ming soʻm)
Amalda toʻlangan boʻnak (ming soʻm)
Oxirgi hisob-kitob uchun hisoblan-gan (ming soʻm)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilishda 7 va 8 ustunlar toʻldirilmaydi”.
(2-ilovaga izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik nomi
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
Azot
yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
jami
shu jumladan hisobot dav-rida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
jami
shu jumladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
1
2
3
4
5
6
7
8 9
Fosfor
Kaliy
Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
jami
shu jumladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumla-dan oxirgi oyda
jami
shu jum-ladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
jami
shu jum-ladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
Tashkilot rahbari:
__________________ (imzo)
Bosh buxgalter:
__________________ (imzo)
Muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida 200__ yil _______ holati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik nomi
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
Avtobenzin
yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (tonnada)
yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (tonnada)
jami
shu jumladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
jami
shu jumladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Dizel yoqilgʻisi
Boshqalar

hisobot davrida
jami
shu jumladan oxirgi oyda
10
11
12
13
14
15
16
17
Tashkilot rahbari:
_______________ (imzo)
Bosh buxgalter:
_______________ (imzo)
Muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar nomi
Yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (ming soʻmda yoki tonnada)
Yetkazib berish boʻyicha bajarilgan shartnomalar (ming soʻm yoki ming tonnada)
jami
shu jumladan hisobot davrida
hisobot davrida jami
shu jumladan oxirgi oyda
1
2
3
4
5
Tashkilot rahbari:
__________________ (imzo)
Bosh buxgalter:
__________________ (imzo)
Muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 29-avgustdagi 438-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 41-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda);
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 12-iyuldagi 297-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 39-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 143-modda; 2005-y., 21-son, 152-modda; 2011-y., 31-son, 326-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2016-y., 18-son, 190-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)