Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003 29.08.1994 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI KONTRAKTATSIYA ShARTNOMALARINI TUZISh VA BAJARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-avgustdagi 438-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarishda, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, korxonalar (tayyorlov, cavdo, qayta ishlovchi va boshqalar)* bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, fermer xoʻjaliklari** oʻrtasida paydo boʻladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Keyingi oʻrinlarda “tayyorlovchi” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Keyingi oʻrinlarda “xoʻjalik” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktatsiya shartnomalar boʻyicha xoʻjaliklar qishloq xoʻjaligi mahsulotini shartnomada, nazarda tutilgan miqdorda, sifatda, assortimentda va muddatlarda yetishtirish majburiyatini, tayyorlovchi esa uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan yoki kelishilgan narxlar boʻyicha toʻlab hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, avans berish va mahsulotni transportda tashishda xoʻjalikka yordam koʻrsatish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar kontraktatsiya shartnomalari tuzishda erkindirlar, ushbu shartnomalarni tuzishda majbur qilish taqiqlanadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari) hamda ularning shartlari qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq ixtiyoriy asosda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzishda xoʻjalik, tayyorlovchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonlar boʻlishadi. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasini tuzish va bajarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi xoʻjaliklar tomonidan ushbu shartnomalar boʻyicha sotiladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyoning barcha turlarini xarid qilishga, ularda mahsulot sotishga davlat buyurtmasi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, taalluqlidir hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga muvofiq albatta yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktatsiya shartnomasi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani tuzish va bajarishda tomonlarning har biri boshqa tomonning xoʻjalik hisobi manfaatlariga rioya qilishi, oʻz majburiyatlarini eng tejamli tarzda bajarishi, majburiyatning zarur darajada bajarilmasligi munosabati bilan paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish yoki kamaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrishi, bu chora-tadbirlar toʻgʻrisida ikkinchi tomonni oʻz vaqtida xabardor qilishi hamda majburiyatlarni bajarishda unga koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma, agar tomonlar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlagan taqdirda bajarilgan hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilik hujjatlari, shartnoma va mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan mulkiy jazolarni qoʻllaydilar. Jazolar oʻzaro hisobga oʻtkazishlarsiz qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchilar va xoʻjaliklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Jumladan, majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan shaxslarga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va doirada mulkiy javobgarlik yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayyorlovchilar quyidagilarni taʼminlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar tomonidan taqdim etilgan barcha mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda xarid qilishlarni va uzluksiz qabul qilib olishni taʼminlashni tashkil etish. Taqdim etilgan mahsulot deganda tayyorlovchining qabul punktiga topshirish-qabul qilib olish uchun keltirilgan mahsulotni, mahsulot bevosita joyning oʻzida — xoʻjalikning topshirish-qabul qilib olish punktiga qabul qilinganda esa bu yerga keltirilgan mahsulotni tushunish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash sanoati va savdo korxonalarining xoʻjaliklar bilan toʻgʻridan toʻgʻriva uzoq muddatli aloqalarini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita xoʻjaliklarda qabul qilib olishni hamda oʻzining ixtisoslashtirilgan transporti, umumiy foydalaniladigan transport yoki xoʻjalik ijaraga olgan transport bilan kelishilgan grafik boʻyicha tashishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan mahsulotning sifatini toʻgʻri aniqlash, mahsulot uchun hisob- kitoblarni toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, transportda tashish, saqlash va dastlabki qayta ishlashda uning nobud boʻlishini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar bilan shartnomalar boʻyicha idish, oʻrash materiallari va normativ-texnik hujjatlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot qishloq xoʻjaligi mahsulotlari har bir turini yetishtirishning oʻziga xosligiga muvofiq muddatlarda sotilganda keyinchalik hisobga oʻtkazilgan holda, xoʻjaliklarga don qiymatining kamida 40 foizidan, shuningdek, boshqa mahsulotlarning shartnomada nazarda tutilgan qiymatining kamida 25 foizidan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida avans toʻlash, eksperiment tariqasida ishlovchi xoʻjaliklarga esa — uyushmalar tomonidan erkin sotiladigan paxtaning 40 foizi hisobidan avans toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjaliklar quyidagilarni taʼminlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlovchiga shartnomada nazarda tutilgan mahsulotlar turlari boʻyicha hajmlarda va assortimentda, tegishli sifat va muddatlarda sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlovchining bevosita xoʻjalikdagi topshirish-qabul qilib olish punktiga oʻz vaqtida tayyorlab qoʻyish yoki uni kelishilgan grafik boʻyicha tayyorlovchining qabul qilish punktlariga olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinadigan hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va mahsulot topshirishga qoʻyiladigan boshqa talablarga (oʻrash-joylash, idish, markirovka, chorva mollarini birkalash va boshqalar) rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xom ashyo zonasini va tayyorlovchilar bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish uchun xoʻjaliklar roʻyxatini aniqlash, mahalliy qishloq xoʻjaligi organlari tomonidan, xoʻjaliklar va tayyorlovchining istaklari hisobga olingan holda navbatdagi yil boshlanishidan ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarishda tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalariga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini xarid qilish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shartnomalarni tuzish bevosita xoʻjaliklarda amalga oshiriladi, tayyorlovchi xoʻjalikka vakolatli vakilini yuborishga majburdir, shartnomalar tomonlarning kelishuviga koʻra 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi kontraktatsiya shartnomasi loyihalarini xoʻjaliklarga, agar ular turli viloyatlarda boʻlsalar hamda shartnoma tuzishga rozi boʻlsalar, pochta orqali yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik tayyorlovchining vakili xoʻjalikka kelgan kundan boshlab yoki shartnoma loyihasi pochta orqali olingandan keyin 7 kun mobaynida shartnomani imzolashga va uni tayyorlovchiga qaytarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnoma shartlari boʻyicha xoʻjalikda eʼtirozlar paydo boʻlsa, xoʻjalik xuddi oʻsha muddatda kelishmovchiliklar bayonini tuzadi va imzo chekilgan shartnomani kelishmovchiliklar bayonining ikki nusxasi bilan birgalikda tayyorlovchiga yuboradi. Kontraktatsiya shartnomasida u kelishmovchiliklar bilan imzolanganligi koʻrsatiladi, bu haqda Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga albatta maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach 5 kun mobaynida uni koʻrib chiqishga (zarur hollarda ikkinchi tomon va Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi vakili bilan birgalikda), qabul qilingan barcha takliflarni shartnomaga kiritishga, nizoli masalalarni esa xuddi oʻsha muddatda koʻrib chiqish uchun nizo tegishli boʻlgan xoʻjalik sudiga berishga majburdir.
(8-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach 5 kun mobaynida tartibga solinmagan qolgan kelishmovchiliklarni xoʻjalik sudining hal etishiga bermasa, xoʻjalikning takliflari qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma uch nusxada tuziladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar imzo chekkan shartnomani xoʻjalik roʻyxatga olish uchun 3 kun mobaynida Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan belgilangan hajmlarda nazarda tutilmagan va davlat buyurtmasiga kirmagan mahsulotlarga tuzilgan shartnomalar ham Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasida albatta roʻyxatga olinishi kerak.
(8-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tayyorlovchi shartnomaga standartlarni, texnikaviy shartlarni, mahsulotlarning ayrim turlarini xarid qilish tartibini, xarid qilinadigan mahsulotni qabul qilish va uning sifatini baholashni tartibga soluvchi qoidalar (yoʻriqnomalar) ni, mahsulotlar uchun hisob-kitoblarni hamda, agar ular ilgari xoʻjalikka taqdim etilmagan boʻlsa, boshqa normativ hujjatlarni mahsulot tayyorlash boshlanishidan kamida bir oy oldin ilova qilishga, xoʻjalikni tamom boʻlgan yilda bu hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tanishtirishga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash masalalari boʻyicha qonunchilikka va normativ hujjatlarga bundan keyin kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xoʻjalikni tezlikda xabardor qilishga va xoʻjalikning iltimosiga koʻra xodimlarga koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar va maslahat berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomani bajarishni bir tomonlama rad etishga va uning shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan istisnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif olgan tomon taklif olingandan keyin 5 kundan kechikmay javob berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tomon 5 kun mobaynida javob bermasa, taklif qabul qilingan deb hisoblanadi. Tomonlar shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida bir qarorga kelmasalar, tomonlar oʻrtasidagi nizo hal etish uchun belgilangan tartibda xoʻjalik sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (mahsulotlar turlari boʻyicha), sifati, narxi, shartnomaning umumiy summasi, yetkazib berish tartibi va shartlari, mahsulotni topshirish-qabul qilish punktlari va davrlari (muddatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi tomonidan bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilib olib oʻzining yoki jalb etilgan transport bilan tashib ketiladigan mahsulot miqdori, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish hajmlariga muvofiq kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha sotilishi kerak boʻlgan mahsulotning xoʻjalikda qayta ishlangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishga, markirovku qilishga, oʻrash-joylashga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchining mahsulotni oʻz vaqtida qabul qilish va belgilangan narxlar boʻyicha toʻlashga doir majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar tartibi, xoʻjalik va tayyorlovchining toʻlov, pochta va yuklash rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etishda va tayyorlovchining qabul punktiga transportda tashishda xoʻjaliklarga yordam koʻrsatish boʻyicha tayyorlovchining majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning, shuningdek, tomonlar shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa shartlarni nazarda tutishni zarur deb tan olgan boshqa shartlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning oʻzaro mulkiy javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahsulot turlari, assortimenti, miqdori va sifati, shartnomani bajarish muddatlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayyorlovchi xoʻjalik tomonidan shartnomaga nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha topshirilgan mahsulotning hammasini (nostandart meva-sabzavotlar va boshqa tez ayniydigan mahsulotlardan tashqari) unda belgilangan shartlarda qabul qilib olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi yoki qayta ishlangan holda foydalanishga yaroqli nostandart meva-sabzavotni va boshqa tez ayniydigan mahsulotlarni hamda shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha topshirilgan tez ayniydigan standart mahsulotni tayyorlovchi tomonlar kelishgan shartlar va narxlar boʻyicha qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik tayyorlovchini shartnomada nazarda tutilgan assortimentda sotishga moʻljallanayotgan mahsulotning miqdori va uni topshirish muddatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida (mavsumiy mahsulotlar boʻyicha esa tayyorlov boshlangungacha 15 kundan kechikmay) maʼlum qilishi hamda mahsulotni topshirishning kalendar (sutkalik) grafigini kelishishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalikdan xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining assortimenti va miqdorini tomonlar shartnomada belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xoʻjalik tomonidan tayyorlovchiga yuklab joʻnatiladigan (yetkazib beriladigan) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi kerak, mahsulot tayyorlovchi tomonidan bevosita xoʻjalikda qabul qilib olinganda esa qabul qilish-topshirish hujjati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik tomonidan tayyorlovchiga shartnoma boʻyicha sotiladigan mahsulotning sifatini aniqlash standartlarga, texnik shartlarga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahsulotlarni sotish muddatlari ekinlarning yetilish vaqtini, yetishtirish vaqtlarini, qayta ishlashni va ularni saqlashni hisobga olgan holda, chorvachilik mahsulotlari boʻyicha esa — xoʻjaliklarga belgilangan tartibda yetkazilgan xaridlarning yil choragi hajmlarini hisobga olgan holda shartnomalarda nazarda tutiladi. Xoʻjalikda qayta ishlangan mahsulot tayyorlovchi tomonidan tasdiqlangan ekvivalentlar (koeffitsiyentlar) boʻyicha xarid hajmlari bajarilishi hisobiga oʻtkazilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tayyorlov punktlarga joʻnatishda mahsulotni transport vositalariga yuklash va qaytariladigan idishni tushirib olish xoʻjalikning kuchlari, mablagʻlari va uning hisobidan amalga oshiriladi, mahsulotni tushirib olish va mahsulotni topshirish punktida xoʻjalikka joʻnatish uchun idishni yuklash esa tayyorlovchining kuchlari, mablagʻlari va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tomonlardan biri boshqa tomonga yuklatilgan yuklash yoki tushirish ishlarini bajarsa, boshqa tomon ikkinchi tomonga bajarilgan ishlarning qiymatini yuklash-tushirish ishlari tariflari boʻyicha, ular boʻlmaganda esa tomonlarning kelishuvi boʻyicha qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilib olingan mahsulotni tayyorlovchining eng yaqin punktiga yoki korxonasiga yetkazib berishda unga yordam koʻrsatish maqsadida imkoniyat boʻlganda xoʻjalik transportidan tomonlar kelishgan shartlarda kontraktatsiya shartnomasida ana shunday yoʻl bilan tashib ketiladigan mahsulotning miqdori koʻrsatilgan holda foydalanilishi mumkin. Bunday hollarda yetkazib berish haqini toʻlash tayyorlovchi tomonidan mahsulotning haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahsulotni tayyorlovchiga topshirish yoki uni bevosita xoʻjalikda qabul qilib olish tomonlar oʻrtasida kelishilgan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan grafik boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bajarish jarayonida grafikni va mahsulotni yetkazib berish punktini oʻzgartirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik bir kecha-kunduzda tayyorlovchini mahsulotni yuklash vaqti toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xoʻjalik tayyorlovchi bilan kelishuv boʻyicha mahsulotni kontraktatsiya shartnomasiga koʻra navbatdagi topshirish davrida topshirilishi kerak boʻlgan mahsulot miqdori hisobiga oʻtkazgan holda mahsulotni muddatidan oldin topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xoʻjalik tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan kun deb mahsulotni xoʻjalikda qabul qilish-topshirish hujjati tuzilgan sana yoki tayyorlovchining qabul qilish-topshirish punktida qabul qilish-topshirish hujjati tuzilgan sana hisoblanadi, mahsulot oluvchiga yuklab joʻnatilganda esa — mahsulot transport organiga topshirilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchining mahsulot haqini toʻlash boʻyicha majburiyatlari bajarilgan kun deb hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayyorlovchi va xoʻjalik tovar-transport nakladnoyida transportning kelish vaqtini va mahsulotni yuklash (tushirish) tamom boʻlgan vaqtni qayd etishlari shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilish muddatlari tomonlar uchun majburiy boʻlgan qoidalar yoki yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatini baholash va miqdorini aniqlashda tomonlar oʻrtasida, ularning idoraviy boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuzaga keladigan nizoli masalalar Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan hal qilinadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganda tayyorlovchi bu haqda xoʻjalikka yozma shaklda xabar berishi kerak (tovar-transport nakladnoyiga belgi qoʻyish, telegraf orqali va shu kabilar). Agarda tayyorlovchi mahsulotni qabul qilishni rad etganligini yozma ifodalashdan bosh tortsa, xoʻjalik Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspektori yoki tumandagi yuqori turgan boshqa tashkilot vakili ishtirokida rad etganlikni tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi unga kontraktatsiya shartnomasi va kelishilgan topshirish-qabul qilish jadvaliga muvofiq taqdim etilgan tez buziladigan mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda xoʻjalik bu mahsulotni, uni qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mavjud boʻlsa, mahsulot topshirish hajmlarining bajarilishiga kiritib, davlat, kooperativ va boshqa tashkilotlarga hamda dehqon bozorida sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayyorlov tashkilotlari mazkur Nizomda, shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganlik uchun mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xoʻjaliklarda saqlanayotgan mahsulotlar (kartoshka, sabzavot, poliz, meva-rezavor, uzum) ga haq kontraktatsiya shartnomasida belgilangan shartlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xoʻjalik tomonidan shartnomada belgilangan davrlar (muddatlar) da topshirilmagan mahsulot miqdori tomonlar kelishgan boshqa muddatlarda topshirilishi va u haqiqiy topshirish davrida hisobga olinishi kerak, bundan mahsulotlarning yetishtirilishi mavsumiy tusda boʻlgan hamda ularning topshirilmagan miqdorining oʻrnini toʻldirish mumkin boʻlmagan turlari istisnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar standartlar, texnik shartlar yoki tuzilgan shartnomalarda mahsulotning idish (tara) da yoki oʻram (upakovka) da yetkazib berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, tayyorlovchi zarur idish (tara), mix va oʻrash materiallari bilan xoʻjalikni tomonlar kontraktatsiya shartnomasida belgilagan miqdorda va muddatlarda taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklarni meva-sabzavot mahsulotlarini joylash uchun idish, mix va oʻrash materiallari bilan taʼminlash yillik ehtiyojning kamida 80 foizi miqdorida (shartnomada belgilangan hajmlarni hisobga olib) har bir yilning birinchi yarim yilligida, ammo tayyorlov mavsumi boshlanishidan kamida bir oy oldin, qolgan mahsulotlar uchun esa ularni yuklab joʻnatishdan bir oy oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklarning tayyorlovchilardan va tayyorlovchilarning xoʻjaliklardan oladigan idishlari (tara) uchun haq tomonlar kelishuviga koʻra toʻlanadi va ulardan belgilangan maqsaddagina foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim mahsulot turlariga moʻljallangan idish (tara) va oʻrash (joylash) materiallarini sotish va ulardan foydalanish xususiyatlari, shuningdek, ularni qaytarish tartibi hamda muddatlari tegishli mahsulot turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalarda, qoidalarda yoki tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Narxlar va hisob-kitoblar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahsulotni tashish, joʻnatish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlar tayyorlovchi zimmasida boʻladi. Mahsulot xoʻjalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlovchi xoʻjalikka mahsulotni tashish xarajatlarini (haqiqiy vazni (idishni ham qoʻshib) boʻyicha) qoplaydi. Mahsulotni tashish xarajatlari mahsulotni xoʻjalikdagi joʻnatish joyi (saralash punkti, brigada, boʻlinma, chorvachilik fermasi, yaylov, markaziy ombor, xoʻjalikning markaziy qoʻrgʻoni va shu kabilar)dan shartnomada nazarda tutilgan qabul punktigacha boʻlgan masofa uchun qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish va tushirish xarajatlari amaldagi norma va tariflarga yoki tomonlar kelishuviga koʻra mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan transport turi uchun erkin narxlarda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyoni xoʻjaliklar, jamoa xoʻjaligi aʼzolari va boshqa fuqarolardan qabul qilib olish, shuningdek, bu mahsulotni tayyorlov punktlariga yetkazib berish xarajatlarini tomonlar kelishuviga koʻra qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni temir yoʻl, havo va suv transporti yoki aralash aloqa vositalarida yetkazib berish xarajatlarini qoplash yuklarni shu transport turlarida tashishning amaldagi tariflari boʻyicha (yigʻimlar va boshqa xarajatlarni ham qoʻshib) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlovchining qoʻshimcha talablariga rioya qilib joʻnatishga aloqador xarajatlar tayyorlovchi hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xoʻjaliklar va tayyorlovchilar oʻrtasida hisob-kitoblar tayyorlovchi tomonidan xoʻjalik topshirgan mahsulot qiymatini uning shartnomada koʻrsatilgan hisob-kitob, maxsus hisob-kitob yoki maxsus ssuda schyotiga toʻlov topshiriqlari bilan hisoblab oʻtkazish, cheklar bilan toʻlash orqali amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar mahsulot qabul qilib olingandan soʻng uch kalendar kundan kechiktirmay, tayyorlovchi va unga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasi aholi yashaydigan har xil joylarda joylashgan boʻlsa, shuningdek, aloqa shart-sharoitlarini hisobga olib mahsulot qabul qilib olingandan keyin besh kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mulkiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz boʻyin tovlagan xoʻjalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima miqdori oʻtgan davr (oy, chorak, yil) da mahsulotning shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilib olish rad etilgan hap bir hol uchun tayyorlovchi xoʻjalikka belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi, tez buziluvchi mahsulot boʻyicha esa — uning toʻliq qiymatini toʻlaydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xoʻjalik koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish-topshirish joyiga yetkazib keltirilgan mahsulotni qabul qilish asossiz rad etilganda tayyorlovchi xoʻjalikka uni yetkazib kelish xarajatlarini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik mahsulotni oʻz joyida topshirish-qabul qilishga tayyorlab qoʻymagan va bu haqda tayyorlovchini ogohlantirmagan, tayyorlovchi esa qabul qilish joyiga transport yuborgan boʻlsa, xoʻjalik tayyorlovchiga transport va transportning bekor turib qolishi boʻyicha barcha xarajatlarni qoplaydi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan mahsulot sifati, miqdorini notoʻgʻri aniqlash, qabul qilingan qishloq xoʻjalik mahsulotiga notoʻgʻri haq toʻlash hollari aniqlansa, tayyorlovchi xoʻjalikka toʻlanmagan summani va toʻlanmagan summaning 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Bu jarima agar xoʻjalik jun va moʻynani topshirish-qabul qilish natijalari boʻyicha keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan xoʻjalikning dastlabki bahosida yuklab joʻnatsa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvilmaydigan boʻyoq bilan qoʻyilgan belgili (“tavro” jun) yoki chet narsalar (ip, arqon, gazlama qiyqimlari) aralashlari bilan ifloslangan jun yuklab joʻnatganligi uchun xoʻjalik bunday jun qiymatining 5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada kelishilgandan pastroq sifatli mahsulotni sotganlik uchun xoʻjalik javobgar boʻladi, past sifatli mahsulotni topshirish xoʻjaliklarga ruxsat etilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun haq toʻlashdan asossiz bosh tortilganda (xoʻjalikka tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qoʻshib, oʻz vaqtida hisoblab oʻtkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa toʻlov topshirigʻi akseptini asossiz toʻliq yoki qisman rad etganda) tayyorlovchi xoʻjalikka toʻlanmagan summani, oʻzi toʻlashdan bosh tortgan summaning 15 foizi miqdoridagi jarimani toʻlaydi. Tayyorlovchi jarimadan tashqari xoʻjalikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, lekin belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning koʻpi bilan 50 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) mahsulot uchun xoʻjalikka haq toʻlashdan tayyorlovchi olti oy muddat mobaynida asossiz boʻyin tovlaganligi aniqlansa, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tegishli materiallarni “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq bankrot toʻgʻrisida xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish uchun prokuratura organlariga yuboradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorlovchi yoki xoʻjalik tomonidan mahsulot uchun hisob-kitoblarda (ayni bir mahsulotga takror haq toʻlanganda, mahsulot narxi notoʻgʻri qoʻllanganda, tovarsiz toʻlov talabnomasiga haq toʻlanganda va shu kabilarda) ortiqcha olingan pul summalari qaytarilmagan holda aybdor tomon bu summani qaytaradi va boshqa tomonga bu pul mablagʻlaridan foydalanilgan barcha davr uchun yiliga 25 foiz daromad toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirishdan bosh tortganlik yoki notoʻgʻri rasmiylashtirganlik uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjatiga eng kam oylik ish haqining 1/3 miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xoʻjalikni standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradigan idish va oʻrash materiallari bilan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar va qoidalarda yoki shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda taʼminlamaganligi uchun tayyorlovchi xoʻjalikka yetkazib berilmagan idish, mix va oʻrash materiallarining yetkazib berish vaqtida amalda boʻlgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydi. Tayyorlovchining xoʻjalikni idish bilan taʼminlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan boʻlsa, tayyorlovchi koʻrsatilgan jarimadan tashqari xoʻjalikka koʻrgan zararining jarima bilan qoplanmagan qismini ham toʻlaydi. Sifatning pasayganligi va mahsulotning buzilganligini Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi xoʻjalikka yetkazib bergan idishni yillik kontraktatsiya shartnomasi amalda boʻlish muddati tugagandan soʻng qaytarmaganlik uchun xoʻjalik tayyorlovchiga qaytarilmagan idish qiymatining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idish oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda tayyorlovchi — xoʻjaliklar idish qiymatining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydilar.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xoʻjalikka tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadvalga muvofiq mahsulotga kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiqcha (asosiy va qoʻshimcha vaqt normalaridan ortiqcha bekor turish) bekor turib qolganligi uchun xoʻjalik tayyorlovchi oldida amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi mahsulotni yetkazib kelgan transportni tortish, mahsulot sifatini aniqlash, topshirish-qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni tushirish va qabul qilish uchun belgilangan vaqt normasidan ortiqcha bekor turib qolganligi uchun xoʻjalik oldida xuddi shunday javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xoʻjalik shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan, agar ular tabiiy ofatlar va boshqa noqulay sharoitlar tufayli yoki tayyorlovchi aybi bilan sodir boʻlgan boʻlsa, tegishli asoslashlar va Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi xulosasi boʻlgan taqdirda, ozod etiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jarimani toʻlash tomonlarni shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kontraktatsiya shartnomasini tuzish muddatini oʻtkazib yuborganlik yoki asossiz boʻyin tovlaganlik uchun tomonlar muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shartnomada ikkala tomonning kelishuviga koʻra majburiyatlarni bajarmaganlik yoki tegishlicha bajarmaganlik uchun amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqacha jazo choralari nazarda tutilishi mumkin.