Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 21.08.2003 yildagi 361-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-son Farmoniga muvofiq hamda umumiy foydalaniladigan yoʻllar samarali saqlanishi, taʼmirlanishi, rekonstruksiya qilinishi va qurilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-noyabrdagi PQ-511-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Kompaniya kengashi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi kompaniya Kengashi taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari kompaniya Kengashining taqdimnomasi asosida, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-qurilish hududiy tashkilotlari rahbarlari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga koʻra “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov Vazirlar Mahkamasining Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Kompaniya kengashi tarkibi yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari asosiy fondlari va oʻzgartirilayotgan “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlarining ustav fondlari mahalliy ahamiyatga (viloyat ahamiyatiga) ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining ularga beriladigan asosiy fondlari, shuningdek oʻzgartirilayotgan hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmasligi yoki boshqacha begonalashtirilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustavi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan korxonalarni xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar yoʻl xoʻjaligi tizimi korxonalari va tashkilotlari oʻzgartirilishi munosabati bilan tekin oladigan mol-mulk, asosiy va aylanma vositalar boʻyicha daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 427-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasini boshqarish kengashi tarkibi 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*7-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 427-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonuniy va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasini boshqarish kengashiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yoʻl jamgʻarmasining noqonuniy sarflangan va maqsadli foydalanilmagan mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaga undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishini tekshirib chiqsin, xarajatlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi va samaradorligiga, shuningdek asbob-uskunalar va tovar-moddiy boyliklar sotib olishga tuzilgan kontraktlarga, shu jumladan import kontraktlarga alohida eʼtiborni qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi yoʻl xoʻjaligi tizimida tanlov savdolari (tenderlar) tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin hamda tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar bajarilishining monitoringini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi unga Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar toʻplanishini taʼminlash funksiyalari yuklanganligini hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda xodimlarning belgilangan soni doirasida markaziy apparatda xodimlar soni 4 kishidan iborat boʻlgan tegishli boʻlim, viloyat boshqarmalarida 3 kishidan ortiq boʻlmagan sektor tashkil etsin, shuningdek tuman va shahar soliq inspeksiyalari tuzilmasiga zarur oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-oktabrga qadar Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar tushishini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalarini bajaruvchi kadrlarning oʻqishini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1—4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-noyabr PQ-511-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 427-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 427-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 427-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 21-avgustdagi
361-son qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 26-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1996-yil 21 maydagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 16-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 39-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 3-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 6-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-apreldagi 140-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 18-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 193-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 24-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 63-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-oktabrdagi 380-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 64-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qaroriga 26-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 132-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 17-son, 197-modda; 20-son, 236-modda; 52-son, 523-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; 32-33-son, 252-modda; 34-36-son, 264-modda; 52-son, 386-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 30-son, 294-modda; 42-son, 418-modda; 43-44-son, 427-modda; 46-47-son, 455-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda)