Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003 05.02.1993 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL YO‘LLARI QURISh VA FOYDALANISh (“O‘ZAVTOYO‘L”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son “Aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish (“O‘zavtoyo‘l”) davlat aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida joylashgan yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining ularning negizida avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish bo‘yicha respublika va viloyatlarning davlat-aksionerlik birlashmalarini tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlarni aksiyalashtirish prinsipi asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradilar, o‘zlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan o‘z muassislari oldida javob berdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtoyo‘l” konsernining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchisi hisoblangan holda o‘z faoliyatini birlashmaning uning ishtirokchilarining umumiy majlisida tasdiqlanadigan ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmalarning raislari viloyat hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra muassislar yig‘ilishida saylanadilar va “O‘zavtoyo‘l” konserni Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish bo‘yicha hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi, 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova qarorning rus tilidagi matnida berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksionerlik konsernining 2-ilovaga* muvofiq davlat-aksionerlik birlashmalari, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni o‘z ichiga olgan tuzilmasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova qarorning rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki “O‘zavtoyo‘l” konserni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika avtomobil yo‘llarini boshqarish uchun davlat tomonidan maxsus vakolat berilgan tashkilot hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, o‘z faoliyatida qonun hujjatlariga va konsern ustaviga amal qiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat topshiriqlari asosida respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib, shuningdek, shartnoma va bitimlar asosida mustaqil ravishda pudrat faoliyatining istiqbolini belgilaydi va uni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yo‘l jamg‘armasini tashkil etadi, undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” konserni 2 oy muddat ichida 3-ilovaga* muvofiq hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarini ta’sis etish va korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova qarorning rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilayotganda korxonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqilsin. Tarmoqning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi timsolida davlat, “O‘zavtoyo‘l” konserni, korxonalar va tashkilotlar jamoalari, respublika yuridik shaxslari va xorijiy yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi quyidagilarni amaliyotga joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy-aksionerlik birlashmalariga davlatga tegishli aksiyalarning hissalariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq yo‘l ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) Davlat yo‘l jamg‘armasining mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd qilingan qonunning ushbu moddasini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksionerlik konserni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va Hukumatga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasini tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yo‘l jamg‘armasi mustaqil davlat moliyaviy kredit muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘armaning pul mablag‘lari respublikaning davlat budjeti va boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-apreldagi 180-son qarori, 1992-yil 31-oktabrdagi 504-son qarori bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va saqlashga majburiy ajratmalarning me’yorlari tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zavtoyo‘l” konserni zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq unga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat organlari, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlar va korxonalar bajarishlari majburiy bo‘lgan me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar mehnat jamoalarining roziligi bilan ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa resurslarni konsern Ustavida belgilangan tartibda va shartlarda markazlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish, belgilangan tartibda uskunalar, materiallar, mexanizmlar va xalq iste’mol mollarini eksport va import qilish a’mollarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtoyo‘l” konsernining xodimlari 55 kishidan ortiq bo‘lmagan apparati tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Konsern va uning hududiy tashkilotlarining ishchi apparatlari yo‘l jamg‘armasi mablag‘lar hisobidan ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova qarorning rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtoyo‘l” konserni raisining uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin. Konsern Boshqaruvining raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern raisi maqomida maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zavtoyo‘l” konsernining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Pushkin ko‘chasi, 68-a uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 9-sentabrdagi 281-son va 1989-yil 19-dekabrdagi 432-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining majmui yig‘ilishida ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-son