Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan majburiy tartibda shartnomalar tuzilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, shuningdek ularning tegishli ruxsatnomalar olmasdan oʻtkazilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin;
vazirliklar va idoralarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish davomida xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilinadigan boʻlinmalari xatti-harakatlari muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda — ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini aholining keng qatlamlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish tadbirlari oʻtkazilishini;
ikki oy muddatda — har bir ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti boʻyicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar, ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari tarkibi va ularning ish tartibi tasdiqlanishini;
uch oy muddatda — ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlarini pasportlashtirish, yondosh hududlarning aniq chegaralarini belgilash tugallanishini, mavjud binolar, inshootlar va imoratlar, muhandislik-texnik, kommunikatsiya, yongʻinga qarshi, evakuatsiya inshootlari, kirish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, texnik asbob-uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan maxsus vositalarning hisoblab chiqilgan zaxirasi va nomenklaturasining texnik holati tahlili oʻtkazilishini;
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining ishonchliligini va qurilish konstruksiyalarining barqarorligini, ularning kommunikatsiya, yongʻinga qarshi, evakuatsiya va boshqa muhandislik-texnik vositalar hamda ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tizimlari bilan jihozlanganligini aniqlash maqsadida ular texnik holatining muntazam monitoringi amalga oshirilishini, aniqlangan kamchiliklarning obyektlar maʼmuriyati tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlari va texnik xizmatlar rahbarlari bilan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda qonunchilikka, qurilish, yongʻinga qarshi, ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va talablariga rioya etish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish masalalari boʻyicha instruktaj oʻtkazilishini tashkil etsin;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-iyul,
205-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibini belgilaydi hamda ular ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlarining, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha oʻzaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi yigʻilishlar, namoyishlar, koʻcha yurishlari va namoyishlarini, shuningdek toʻy, oilaviy, yubiley, vafot etganlar xotirasiga bagʻishlangan oilaviy aza marosimlari va tadbirlarni oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati — tasarrufida, foydalanishida, ixtiyorida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti joylashgan davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy, maʼrifiy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻriktanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini oʻtkazish maqsadida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti — ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus moʻljallangan yoki moslashtirilgan, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlangan, alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatlariga kiritilgan ochiq joy uchastkalari, binolar, inshootlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar oʻtkazishga qulay boʻlgan keng maydonlar (madaniyat-maʼrifat muassasalari, sport majmualari, tarixiy obidalar, dalalar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar va boshqalar);
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs;
ommaviy tadbir dasturi — ommaviy tadbirni oʻtkazish maqsadlari, obyekti, sanasi va aniq vaqtini, har bir bosqichini oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxslarni koʻrsatgan holda uning asosiy bosqichlarining vaqt boʻyicha jadvalini (bosqichmabosqich rejasini), foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr taʼminoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat koʻrsatish, ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududning yigʻishtirilishi)ni belgilab beruvchi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishuv boʻyicha ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma — ommaviy tadbirni oʻtkazish huquqini beradigan, vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va ommaviy tadbir tashkilotchisiga beriladigan qaror;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlar — chegaralari mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan belgilanadigan joy uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari);
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbir ishtirokchilari — ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan ommaviy tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar.
4. Ommaviy tadbirlar birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatiga kiritilgan obyektlarda oʻtkazilishi mumkin.
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlari tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim ommaviy tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlariga kiritilmagan joylarda oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkaziladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmogʻida ommaviy tadbirning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda maxsus elektron axborot tizimi orqali beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, amal qilishini toʻxtatish yoxud ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishga kiritish, shuningdek, ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish vakolatli organ huzurida tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — komissiyalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, ommaviy tadbirlarning turiga koʻra boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillari hamda ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati (kelishuv asosida) kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari vakillari kiradi.
Komissiyaning tarkibi va uning ish reglamenti vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya yigʻilishlari zarurat boʻlganda oʻtkaziladi.
Komissiyaga vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari raislik qiladi.
52. Komissiya:
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqadi;
ruxsatnoma berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishga kiritadi;
ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
bevosita joyiga chiqqan holda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni oʻtkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshiradi, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qiladi, zarur xulosalar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini kelishilgan holda jalb qiladi.
53. Oʻz vazifalarini bajarishda komissiya bevosita joyiga borgan holda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni oʻtkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshirish, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilish, zarur xulosalar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish huquqiga ega.
(51, 52 va 53-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirilmagan holda taʼminlaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara toʻlovi va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida saylovoldi tashviqotini olib boruvchi subyekt tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda oʻtkaziladi. Bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Navroʻz”, “Mustaqillik” va “Yangi yil” umumxalq bayramlarini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida oʻtkaziladi.
10. Ruxsatnomalar, odatda, ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasida koʻrsatilgan muayyan tadbirni bir marotaba oʻtkazish uchun beriladi.
Bir qator ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur boʻyicha aynan bitta ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar) ommaviy tadbir ishtirokchisining arizasiga koʻra vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarning umumiy sonini koʻrsatgan holda, bir yilgacha amal qilish muddati bilan, bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun yagona ruxsatnoma berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlari:
alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat xavfsizligini taʼminlash zaruriyatini inobatga olgan holda, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining asoslantirilgan soʻroviga asosan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur miqdordagi kuch va vositalari ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari oʻzlariga biriktirilgan alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda, jamoat tartibini saqlashni tashkil etish maqsadida manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining birgalikda qabul qilgan qarorida belgilangan tartibda hamkorlikdagi rejalar (namunaviy) ishlab chiqish hamda obyektlarda tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, videokuzatuv, zamonaviy muhandis-texnik himoya vositalari, yongin va texnik xavfsizligi hamda atrofni yoritish tizimlaridan kelib chiqqan holda har bir obyektning xavfsizligini taʼminlash pasportini ishlab chiqadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisidagi pulli xizmat koʻrsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi (alohida toifadagi ommaviy tadbirlar hamda davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) bundan mustasno);
(151-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tashkilotchisi ruxsatnoma olgandan keyin ommaviy tadbir boshlanishidan oʻn ish kuni oldin tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari va/yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Ushbu shartnomada Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar (chora-tadbirlar) ham nazarda tutiladi;
(151-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari xizmatlari qiymati mazkur organlar hududiy moliya-iqtisod boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladigan va hisoblab chiqiladigan xarajatlar smetalari asosida aniqlanadi;
(151-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
bir kishi-soat qiymati shartnoma qiymatini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Bir kishi-soat qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizini tashkil qiladi;
shartnomaning umumiy qiymati bir kishi-soat qiymatining kamida 50 foizini tadbirlarga jalb etiladigan xodimlar soniga va ommaviy tadbirni oʻtkazish soatlari miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar tegishligicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boʻlinmalarining yoki hududiy ichki ishlar organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
(151-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalarining jalb etilgan shaxsiy tarkib soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
(151-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarining hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boʻlinmalarining jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan shaxsiy tarkibi sonidan kelib chiqqan holda, oʻzaro hisob-kitob qilinadi;
(151-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha hududiy ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalaridan ajratilgan shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda oʻzaro hisob-kitob qilinadi.
(151-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
V. Ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
38. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda komissiya tomonidan yangi yuzaga kelgan holatlarni hisobga olgan holda, obyektning ruxsat berilgan ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorligini va ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini oʻrganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh tarkibiga ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining toifasi, xususiyatlarini, uning xarakterini va ishtirokchilarning sonini hisobga olgan holda vakolatli organ, hududiy ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boʻlinmalari, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati, boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek, ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasi va ichki ishlar organining vakillari kiritiladi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlganda, komissiya tomonidan ommaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazish davrida muhandis-texnik kommunikatsiyalar xavfsiz ishlashini, energiya taʼminoti va yongin xavfsizligini, yoʻl harakati xavfsizligini, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini taʼminlash guruhlari tashkil etilishi mumkin.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tadbirning xususiyati, ob-havo sharoitlari, xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar yuzaga kelishi prognozi hamda ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarga bogʻliq holda, ishchi guruh uning oʻtkazilishidan oldin ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tekshiradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv yakunlari boʻyicha ommaviy tadbirning oʻtkazilish imkoniyati yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorligini, uni oʻtkazish sanasi va vaqtini, ishtirokchilarining sonini, prognoz qilingan ob-havo sharoitlarini, xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar yuzaga kelishi ehtimolini, borish yoʻllari va transport vositalari turish joylarining mavjudligi hamda joylashuvini, tibbiy xizmat koʻrsatish va ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududni yigʻishtirish bilan bogʻliq xarajatlarni, ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni hisobga olgan holda tuziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ommaviy tadbirni oʻtkazishdan oldin bartaraf etish mumkin boʻlmagan fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini murakkablashtiruvchi holatlar, shu jumladan, prognoz qilingan xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar roʻy berishi ehtimoli yuqoriligi aniqlanganda ishchi guruh ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilishini, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi taklifni vakolatli organ rahbariga kiritadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
41. Vakolatli organ rahbari ommaviy tadbir oʻtkazilishidan oʻttiz olti soat oldin ishchi guruh takliflarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
42. Vakolatli organning rahbari tomonidan ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtini kechroq muddatga koʻchirish, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoki ommaviy tadbirni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya va ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbir boshlanishidan kamida yigirma toʻrt soat oldin tomoshabinlarning va boshqa ishtirokchilarning qabul qilingan qaror, ommaviy tadbirni oʻtkazishning yangi sanasi va vaqti, chiptalar qiymatini qaytarib berish shartlari toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida koʻrinarli joylarda ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilganligi, uning tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtirilishi kerak.
43. Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda, vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishga doir muayyan rejalarni ishlab chiquvchi jalb qilingan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qoʻmitalar tashkil etilishi mumkin, ushbu rejalar jamiyatga qarshi hodisalar profilaktikasini, yongʻin va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlikni, tibbiy taʼminotni taʼminlaydi, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish joylarini toʻldirish va ishtirokchilarni evakuatsiya qilish tartibini, favqulodda holatlar yuzaga kelganda turli xizmatlarning vazifalarini koʻzda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ommaviy tadbir tashkilotchisi komissiyani, ommaviy tadbirni oʻtkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlari yuklangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasini va hududiy ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilib, ommaviy tadbir ishtirokchilariga xabar berish va ularga chiptalar qiymatini qaytarish choralarini koʻrib, ommaviy tadbirni oʻtkazmaslik huquqiga ega.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IX. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar, ular ishtirokchilarining, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlarining ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari va davlat boshqa organlarining ularga rioya qilish boʻyicha majburiyatlari va huquqlari
(IX-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda uning ishtirokchilari fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga qoʻyiladigan talablarga rioya qilishga, ommaviy tadbir tashkilotchisining va fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni bajaruvchi ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
59. Ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida ommaviy tadbir ishtirokchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositalari va piyodalarning harakatlanishiga toʻsqinlik qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda joylashgan tashkilotlarning uzluksiz ishlashiga xalaqit berish;
jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazishning belgilangan tartibini buzuvchi yoki bunday xatti-harakatlarni sodir qilishga undovchi harakatlarni bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari vakillari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida organ xodimlariga, shuningdek jamoat tartibini qoʻriqlashda koʻmak beruvchi jamoatchilik vakillariga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish;
(59-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroviy va xizmat qurolini, ularning oʻq-dorilarini, pirotexnika buyumlarini, foydalanilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar roʻyxatiga kiritilgan oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni olib yurish (sportchilar tomonidan sport tadbirlari dasturlarida koʻzda tutilgan sport quroli va anjomlaridan foydalanishlari bundan mustasno);
qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalarning imitatorlari va mulyajlarini olib yurish (teatr va teatr tomoshalarida ulardan foydalanish bundan mustasno);
(59-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
ommaviy tadbirga hayvonlar bilan kelish (ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ulardan foydalanish bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining emblemalari, ramzlari, bayroqlari va vimpellaridan, shuningdek mazmuni jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qilish, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qoʻzgʻatish, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadidagi emblemalar, ramzlar, bayroqlar, vimpellar, plakatlar, transparantlar va boshqa vositalardan foydalanish;
(59-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mast holatda yoki giyohvand vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni isteʼmol qilish oqibatida insonning intellektual-iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi holatda boʻlish.
60. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli mahsulotlarni sotish ommaviy tadbir oʻtkazilishidan kamida ikki soat oldin va ushbu tadbirni oʻtkazish vaqtida toʻxtatiladi (oldindan rejalashtirilgan tantana va marosim tadbirlari uchun belgilangan tartibda alkogolli ichimliklarni sotish holatlari bundan mustasno).
61. Ommaviy tadbir tashkilotchisining majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi holatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish sharoitlarini mavjudligini hisobga olish;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtini tanlashda tomoshabinlar va ommaviy tadbir boshqa ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlari imkoniyatini, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlar transport vositalarining oʻtish yoʻllarining mavjudligini hisobga olish;
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda — ommaviy tadbirda qatnashayotgan davlat organlari rahbarlarini, hurmatli mehmonlarni kutib olish va kuzatish joylarida sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
(61-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda — ushbu obyektning sigʻdiruvchanligini hisobga olgan holda, ommaviy tadbir ishtirokchilarining sonini va ommaviy tadbir oʻtkazish vaqtida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, ularning vakillarini joylashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi xodimlari uchun tomoshabinlar joylarining turli uchastkalaridagi joylarning kerakli miqdorini ajratish;
(61-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)
chiptalar (taklifnomalar)ning orqa tomonida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar va buyumlar roʻyxati mavjudligini taʼminlash va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida metallning detektor nazorati toʻgʻrisida xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda — ommaviy tadbirga fuqarolarning reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 360-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2024-y., 09/24/360/0456-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazishda, zarur holda, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining vakillarini tashish uchun transport vositalarini ajratish choralarini koʻrish;
(61-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
belgilangan holatlarda ommaviy tadbirning foto-, audio-, video- va kino tasvirga tushirish va yozib olish taqiqlanganligi toʻgʻrisida ommaviy tadbir ishtirokchilarini oldindan xabardor qilish;
oʻtkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy boʻlishi yoki ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha farmoyish berish funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxsning oʻtkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy boʻlishini taʼminlash;
ommaviy tadbirni oʻtkazish shartlari va tartibiga rioya etilishini, binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa mol-mulk, yashil oʻsimliklarning saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
(61-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda — ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan sharoitlarda oʻzini tutish qoidalari, xavfsizlik texnikasi choralariga rioya qilish boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaslik toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
(61-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining qonuniy talablarini bajarish, fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashda ularga yordam berish;
(61-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga darhol xabar qilish;
(61-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
oʻtkaziladigan ommaviy tadbir toʻxtatilgan taqdirda bu haqdagi axborotni uning ishtirokchilariga yetkazish;
ommaviy tadbir tashkilotchisining farqlash belgisiga ega boʻlish (qoʻl bogʻlagichi, beyjik va sh.k.);
ommaviy tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni aniqlashtirish uchun komissiyaning taklifiga koʻra kelish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzish, shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2024-yil 14-maydan kuchga kiradi)
62. Ommaviy tadbir tashkilotchisining huquqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan ichki ishlar organi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boʻlinmasidan kuch va texnik vositalar ajratilishini talab qilish.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
ommaviy tadbir ishtirokchilaridan ushbu Qoidalarga rioya etishlarini talab qilish;
ommaviy tadbir ishtirokchilari jamoat tartibini va ushbu Qoidalarni buzayotgan boʻlsa, ulardan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan ketishlarini talab qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻdira olishini hisobga olgan holda ommaviy tadbir ishtirokchilarining ushbu obyektga kiritilishini toʻxtatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlaridan ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq kuch va texnik vositalar ajratilishini talab qilish.
(62-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
63. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning majburiyatlari:
ommaviy tadbir dasturida belgilangan chiqishlar (harakatlar) tartibiga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash manfaatlariga xavf soluvchi holatlar yuzaga kelganda ommaviy tadbirning tashkilotchisi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari vakillarining talabi boʻyicha shu zahoti chiqishlar (harakatlar)ni toʻxtatish;
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik.
64. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning huquqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillaridan shaxsiy xavfsizlikning taʼminlanishini, shuningdek tomoshabinlarning xulq-atvori bilan bogʻliq boʻlgan normal chiqish (harakatlar)ga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning bartaraf etilishini talab qilish;
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatidan chiqishga tayyorgarlik koʻrish uchun sharoitlar yaratilishini talab qilish.
65. Ommaviy tadbir tomoshabinlarining majburiyatlari:
jamoat tartibiga va umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga rioya qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tashrif buyurish tartibiga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlarda vahima koʻtarmaslik, fuqarolarni evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining evakuatsiyaga doir qonuniy talablarini bajarish;
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tashkilotchilari, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining ushbu Qoidalar talablariga, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir qonuniy talablarini bajarish.
(65-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
66. Ommaviy tadbir tomoshabinlarining huquqlari:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti hududiga va tribunalariga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar boʻyicha kirishlari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining umumiy sigʻimi doirasida ularda koʻrsatilgan joylarni egallash;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida joylashgan saqlash kameralari, garderoblar, bufetlar, qahvaxonalar, maʼlumotlar byurosi, telefonlar, kioskalar va shu kabilardan belgilangan tartibda foydalanish.
67. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining majburiyatlari:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida mavjud boʻlgan barcha muhandislik va xabar berish tizimlari, qoʻriqlash va fizik muhofaza qilish, elektron-vizual kuzatish muhandis-texnik vositalarining uzluksiz ishlashini, xavfsizlikni taʼminlash tizimlarini boshqarishning statsionar (koʻchma) punktlarining tayyorligini, tomoshabinlar joylari (tribunalar), ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yoʻllarining tayyorligini, oʻt oʻchirish vositalarining mavjudligi va sozligini, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidagi xodimlarning favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yoʻriqnomalarini bilishlarini taʼminlash;
ommaviy tadbir tashkilotchisiga tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari uchun moʻljallangan joylarning soni toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimiga muvofiq chiptalar (taklifnomalar)ning sotilishi (berilishi)ni taʼminlash;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligini, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarning zarur darajada yoritilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining koʻrinarli joylarida xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi belgilari, evakuatsiya qilish koʻrsatkichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yoʻriqnomalarini, yongʻin xavfsizligi qoidalarini joylashtirish;
(67-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir oʻtkazilishidan bir sutka oldin sotilgan chiptalar (berilgan taklifnomalar)ning soni, tomoshabinlar va ommaviy tadbirdagi boshqa ishtirokchilarning taxminiy soni toʻgʻrisidagi axborotni ichki ishlar organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boʻlinmalariga taqdim etish;
(67-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
avariyaviy (avtonom) elektr taʼminoti manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), ularni qoʻllash yoʻriqnomalarining mavjudligini taʼminlash va ulardan foydalanilishi uchun masʼul shaxsni tayinlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbir boshlangunga qadar ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining mahalliy radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) orqali ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning oʻzlarini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari favqulodda vaziyatlar roʻy berganda evakuatsiya qilish tartibi, yoʻllari va yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishini tashkil etish;
(67-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kirishda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tomoshabinlarni va boshqa ishtirokchilarni chiptalar (taklifnomalar) boʻyicha joylashtirishda kiritish rejimini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ommaviy tadbir ishtirokchilarining transport vositalari uchun toʻxtash joylari tashkil qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tashkilotchisi bilan birgalikda — ommaviy tadbirga fuqarolarning reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 360-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2024-y., 09/24/360/0456-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarni evakuatsiya qilishni samarali tashkil etish maqsadida vahima koʻtarilishini va evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlar amalga oshirilishining (oʻtish joylarida, eshiklar oldida, zinalarda va boshqa joylarda fuqarolarning toʻplanib qolishi) oldini olishga qaratilgan matn ishlab chiqilishini hamda favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi orqali uzatib borilishini taʼminlash;
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining qonuniy talablarini bajarish.
(67-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
68. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining huquqlari:
ommaviy tadbir tashkilotchisidan ommaviy tadbir dasturining oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilaridan ushbu Qoidalar talablari, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizligi xizmati vakillariga darhol xabar berish.
(68-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining majburiyatlari:
(69-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirning hajmi, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash uchun kuch va texnik vositalarni jalb qilish, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazish davrida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini, yoʻl va yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan hamkorlikni amalga oshirish;
(69-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
chiptalarni sotish vaqtida kassalar oldida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash;
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatidan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimidan kelib chiqib chiptalarni sotish (taklifnomalarni tarqatish) limitiga rioya etilishini talab qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga alkogolli ichimlikdan mast boʻlgan holatda yoki insonning intellektual iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi narkotik vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni isteʼmol qilish holatida boʻlgan shaxslarning ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga oʻtishiga, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda spirtli ichimliklarni ichish (isteʼmol qilish)ga yoʻl qoʻymaslikda yordam berish;
ommaviy tadbir tashkilotchisidan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan va boshqa shaxslardan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda alkogolli mahsulot sotishning toʻxtatilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar hamda boshqa ishtirokchilarning ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kirish-chiqish xavfsizligini, shuningdek, obyektga borish va kirish joylarida transport vositalarining harakatini cheklaydigan fizik toʻsiqlar oʻrnatilishini taʼminlash;
(69-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimidan kelib chiqib, ommaviy tadbir ishtirokchilarining ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kiritilishini toʻxtatish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga tomoshabinlarning tashkiliy ravishda oʻtishini va tribunalarda, oʻtirish uchun ajratilgan boshqa joylarda ularning joylashtirilishiga koʻmaklashish;
tribunalar (sektorlar, joylar)da va unga tutash boʻlgan hududda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash, tomoshabinlar tomonidan belgilangan xulq-odob qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida muhandis-texnik, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlari, evakuatsiya qilish yoʻllari tayyorligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
(69-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
jamoat tartibini, ushbu Qoidalar talablarini, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzayotgan ommaviy tadbir ishtirokchilaridan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan chiqib ketishlarini talab qilish, shuningdek ularni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish;
ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda oʻzini tutish qoidalari boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tugashi bilan, zarurat boʻlganda — uni oʻtkazish vaqtida yongʻinlar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki yuzaga kelishi xavfi boʻlganda oʻzaro, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining boʻlinmalari, ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati bilan birgalikda ommaviy tadbir ishtirokchilarini tribunalar (sektorlar, joylar)dan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlardan ishtirokchilarni evakuatsiya qilish jarayonini tashkil qilish va boshqarish.
(69-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda obyektning koʻrsatilgan joylarida zaxira kuchlari va vositalarining jangovar shay holatini taʼminlash;
terrorchilarni qoʻlga olish, zararsizlantirish va yoʻq qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy boʻlinmalari va ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin.
(69-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining huquqlari:
(70-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga borish joylarida fizik toʻsiqni va ruxsatnoma bilan oʻtkazish rejimini amalga oshirish, muhandis-texnik vositalardan foydalangan holda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarni oʻrab olish chegaralarini yaratish, ommaviy tadbir ishtirokchilarining fotosuratga olinishini, audio- va videoyozuvini amalga oshirish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan ruxsatnomalar boʻyicha oʻtkazish rejimini amalga oshirish, tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarni tribunalar (sektorlar, joylarda) chiptalar (taklifnomalar) boʻyicha joylashtirish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash boʻlgan hududlarda transport vositalarining tekshiruvini, ommaviy tadbir ishtirokchilarining shaxsiy tekshiruvini va ulardagi buyumlarning tekshiruvini, shu jumladan texnik va maxsus vositalar yordamida amalga oshirish. Ommaviy tadbir ishtirokchisi transport vositasining tekshiruvidan, shaxsiy tekshiruvdan yoki undagi buyumlar tekshirilishidan bosh tortgan taqdirda ommaviy tadbir ishtirokchisi (transport vositasi) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga qoʻyilmaydi;
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yoʻllarining boʻshatilishini talab qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari bilan koʻrgazmali targʻibot oʻtkazish, mahalliy retranslyatsiya tarmogʻi va boshqa vositalaridan foydalanib ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida oʻzini tutish qoidalariga rioya etish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarining oʻtkazilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
zaxira kuchlarini shakllantirish;
(70-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi maxsus rejalarga muvofiq zarur choralar koʻrish;
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(70-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(701-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(702-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
703. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va unga tutash hududda qoʻporuvchilik-terrorchilik harakati xavfi yoki bunday harakatni sodir etish xavfi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi tezkor axborotni yigʻish va tahlil qilish, shuningdek, tezkor tusdagi tegishli axborotni huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan almashish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida jinoiy maqsadlari boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish;
terrorchilarni qoʻlga olish, zararsizlantirish va yoʻq qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(703-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
704. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining huquqlari hisoblanadi:
ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va unga tutash hududda yuzaga kelgan tezkor holat toʻgʻrisidagi axborotni olish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida jinoiy maqsadlari boʻlgan shaxslarni qoʻlga olish, zararsizlantirish va yoʻq qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(704-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
705. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalarining vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarni, shu jumladan yongʻinni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlar omillarini oʻz vaqtida aniqlash, ularning profilaktikasini va yuzaga kelishining barvaqt oldi olinishini taʼminlash;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (FVDT) kuchlari va vositalarini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yongʻinlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etish va qutqaruv ishlariga jalb qilish;
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida obyektda radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik) himoyani, yongʻinlarning oldini olish va qutqaruv (shu jumladan suvda qutqaruv) ishlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining yongin xavfsizligi talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida ommaviy tadbir ishtirokchilarini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
(705-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(705-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
706. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalarining huquqlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yongʻinlarning oldini olish maqsadida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida belgilangan tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
(706-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida ommaviy tadbir obyektlari qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari va shaxsiy tarkibini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, ommaviy tadbirni oʻtkazish dasturida ishtirok etadigan artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarga yuz berish ehtimoli yuqori boʻlgan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish boʻyicha koʻrsatmalar berishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar toʻgʻrisida vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlar va axborotlarni soʻrab olish;
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda vazirlik faoliyatiga oid hujjatlar talablari buzilishi holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish hamda zarur hollarda kamchiliklar aniqlangan obyektlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini taqiqlash;
(706-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(706-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
707. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar prokuratura organlarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va unga tutash hududda yuzaga kelgan tezkor holat toʻgʻrisida ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan tezkor axborot almashish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish davrida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilganligini nazorat qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish davrida yuzaga kelgan kutilmagan holatlarning (yongʻinlar, avariyalar va boshqalar) kelib chiqish omillari va sabablarini oʻrganish hamda oʻrganish natijalari boʻyicha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(707-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
708. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar prokuratura organlarining huquqlari hisoblanadi:
ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlardan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va unga tutash boʻlgan hududda yuzaga kelgan tezkor holat toʻgʻrisida axborot olish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish davrida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan tuzilgan hujjatlarning qonuniyligini oʻrganish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish davrida kutilmagan holatlarning (yongʻinlar, avariyalar va boshqalar) yuzaga kelish omillari va sabablarini tekshirish, shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan tergov tadbirlarini oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(708-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
709. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi organlarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbir ishtirokchilariga, jamoat tartibini himoya qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlash tadbirlariga jalb qilingan xodimlar va harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun doimiy tayyor holatni saqlash;
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy va birinchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, jabrlanganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatishda ishtirok etish (avariya-qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda).
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(709-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7010. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi organlarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti hududida tez tibbiy yordam brigadalarining navbatchiligini, jabrlanganlarning eng yaqin joydagi davolash muassasalariga shoshilinch yetkazilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga vaqtincha joylashtirish va davolashni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(7010-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7011. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
zaruratga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari soʻroviga asosan oʻz xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini taʼminlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7011-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7012. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflariga muvofiq ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatini tasdiqlash;
ayrim ommaviy tadbirlarni alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlariga kiritilmagan joylarda oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish;
ushbu Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarini (joylarini), ularni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(7012-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7013. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda joylashgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
zaruratga koʻra tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) soʻroviga asosan oʻz xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini taʼminlash;
saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar oʻtkazish haqida xabarnomani olgan kunning oʻzida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmasiga (ommaviy tadbir birinchi toifadagi obyektda oʻtkazilganda) yoki hududiy ichki ishlar organiga (ommaviy tadbir ikkinchi toifadagi obyektda oʻtkazilganda) bildirishnoma yuborish.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
7014. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatlariga kiritish boʻyicha takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektlariga tutash hududlarning chegaralarini belgilash.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(7013 va 7014-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
X. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya qilishning nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
72. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilish nazoratini amalga oshirishda komissiya oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining rejali tekshiruvlarini oʻtkazish;
(72-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining buzilishi faktlari mavjud boʻlganda ushbu tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining rejadan tashqari tekshiruvlarini oʻtkazish;
(72-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan tekshiruvlarni oʻtkazishda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha kerakli axborotni soʻrash va olish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlari buzilishlarining aniq faktlarini koʻrsatgan holda, tekshiruv natijalari asosida dalolatnomalar tuzish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berish, bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatlarni belgilash, koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
ommaviy tadbirni oʻtkazish ruxsatnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish, ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilishi, uning tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi takliflarni vakolatli organ rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilmaganligi ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash manfaatlariga tahdid qiluvchi favqulodda vaziyatlar yoki boshqa holatlarning kelib chiqish xavfini tugʻdirsa — ommaviy tadbir darhol toʻxtatilishini talab qilish huquqlariga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
(72-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
73. Bir yilda kamida bir marta komissiya tomonidan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb qilgan holda qurilish konstruksiyalaridan foydalanishning ishonchliligi va barqarorligini, ularning yongʻinga qarshi va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya qilish vositalari, ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tizimlari bilan jihozlanish tizimlariga qoʻyiladigan Yagona normativ-huquqiy talablarga, shuningdek ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining texnik tekshiruvi oʻtkaziladi. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, u aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish uchun ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 1-son, 6-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2012-y., 11-son, 79-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 398-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son; 29.06.2024-y., 09/24/360/0456-son; 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)