15.07.2014 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq namunaviy shartnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar issiqlik ta’minoti tashkilotlari — issiqlik energiyasini yetkazib beruvchilar bilan ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasi iste’molchilari, shuningdek issiqlik ta’minoti jarayoniga jalb qilingan manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, ular o‘rtasida shartnomalar tuzish va issiqlik sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya — issiqlik ta’minotining to‘xtatilishiga yoxud hajmining pasayishiga va issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatishga olib kelgan issiqlik ta’minoti tizimlarining buzilishi yoki ishdan chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan ichki va tashqi joylaridagi muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalar (shu jumladan issiqlik punktlari), shu jumladan isitish va issiq suv ta’minotining kvartira ichidagi tik quvurlari, shuningdek isitish va (yoki) issiq suv ta’minoti xizmatlarini bajaruvchi tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tik quvurlar (markazlashtirilgan isitish va yoki issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lmaganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira ichidagi asbob-uskuna — ko‘p kvartirali uyning turar joy yoki noturar joy xonasidagi va ko‘p kvartirali uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlari tarkibiga kirmaydigan ulardan foydalanilgan holda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari, mexanik, sanitariya-texnik uskuna va boshqa asbob-uskuna (tarmoqlar, jo‘mraklar va issiq suv uchun mo‘ljallangan aralashtirgichlar, radiatorlar va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv ta’minoti — ko‘p kvartirali uylarda Iste’molchilarni tarmoqni turar joy va noturar joy xonasiga ulash bo‘yicha zarur hajmlarda beriladigan zarur sifatga ega bo‘lgan issiq suv bilan kecha-kunduz ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik tarmog‘i va foydalanish javobgarligining balans mansublilik chegarasi (keyingi o‘rinlarda balans mansublilik chegarasi deb ataladi) — issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi bilan belgilanadigan issiqlik tarmoqlaridan foydalanilganligi uchun javobgarlik (majburiyat) belgisi bo‘yicha issiqlik tarmoqlarining ajralish liniyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy xonasi — belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, fuqarolarning doimiy yashashiga, shuningdek ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxonalar, manevrlashtirilgan turar joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va maxsus mo‘ljallangan boshqa uylar) sifatida belgilangan tartibda foydalanish uchun mo‘ljallangan xona;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suvni individual hisobga olish asboblari (keyingi o‘rinlarda individual hisobga olish asbobi deb ataladi) — issiq suvning (uning harorati 50-75o S doirasida bo‘lishi kerak) real hajmini yoki uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha Iste’molchi issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun Yetkazib beruvchi bilan o‘zaro hisob-kitob qiladigan texnika xavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, o‘zaro almashtirish, qurilmalar indikatorlariga erkin yaqinlashish bo‘yicha texnik shartlar talablarini qondiradigan suvning turli miqdor oqimlarini o‘lchash uchun zarur va yetarli gradatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega bo‘lgan quvur kesimi orqali o‘tadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobining sifat (miqdor) hisobini amalga oshiruvchi o‘lchov vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridan foydalangan holda Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan uy ichidagi tizimlarga xizmat ko‘rsatish va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa bog‘lash yo‘llari — ko‘p kvartirali uylarda Yetkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta bo‘yicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va saqlanadigan Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Iste’molchi) o‘rtasidagi aloqa bog‘lash yo‘llari, shuningdek aloqa bog‘lash va Ijro etuvchilarni (Iste’molchilarni) xabardor qilish uchun ko‘p kvartirali uylardagi Iste’molchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa aloqa bog‘lash shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasini iste’mol qilishning normativ hajmi — ko‘p kvartirali uylarda individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini aniqlashda foydalaniladigan Iste’molchi tomonidan issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi (keyingi o‘rinlarda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi deb ataladi) issiqlik beruvchi va teskari quvurlar orqali o‘tadigan, berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi, Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun Yetkazib beruvchi bilan uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish — ulangan tarmoq orqali isitiladigan turar joy xonasida havo haroratining me’yorini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitiladigan maydon — turar joy xonalarining umumiy maydoni. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar bilan) yoki issiqlik ta’minotining uy ichki tizimlariga ulangan xonalarga birlashtirilgan holda qayta rejalashtirilgan (isitiladigan yuzalar bilan) peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon hajmiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali uzib qo‘yish — Ijro etuvchi va Iste’molchi bilan belgilangan tartibda oldindan kelishilgan va xabardor qilingan holda rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash jadvali bo‘yicha issiqlik tarmoqlarini Yetkazib beruvchi tomonidan ta’mirlash va profilaktika ishlarini bajarish uchun isitishlar oralig‘i davrida Iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi — issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi — ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha yoki boshqa qonuniy asosda xonaga mulk egasi huquqidan foydalanuvchi, issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional boshqaruvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi asosida ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash hujjatlari — issiqlik ta’minoti tizimlariga ulash loyihasining texnik shartlariga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob davri — issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi) aniqlanishi kerak bo‘lgan vaqt davri. Hisob-kitob davri kalendar oyga teng etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti tizimi — texnologik jihatdan issiqlik tarmoqlariga ulangan issiqlik energiyasi manbalari va issiqlik iste’moli tizimlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarning mulkdorlari — ko‘p kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti — turar joy va noturar joy xonalar mulkdorlarining isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini issiq suv (issiqlik manbai) bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik punkti (elevator bog‘lamasi) — quyidagilar uchun mo‘ljallangan bog‘lama:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlikdan iste’mol (isitish, issiq suv ta’minoti) turlariga qarab issiqlik manbaini taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni iste’mol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor qayta ulashlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal isitish tizimiga ulanish uchun issiqlik bilan ta’minlash tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi hamda mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir, ular Iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Yetkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarga, shu jumladan issiqlik punktiga (elevator bog‘lamasiga) texnik xizmat ko‘rsatish Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va shu kabilar) bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha, to‘lov asosida Yetkazib beruvchi yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Iste’molchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy yoki noturar xonaning mulkdori shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun);
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar xonaning mulkdori uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Issiqlik ta’minoti shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balans mansublilik chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq to‘lash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki to‘liq hajmda yetkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni hal etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro etuvchi tomonidan isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimni foydalanish uchun texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash sharti bilan Yetkazib beruvchi Iste’molchiga sifatiga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ko‘p kvartirali uyda xonalar mulkdorlarining umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tayyorligini ta’minlash Ijro etuvchiga yoki ko‘p kvartirali uyda xonalarning mulkdorlariga (ushbu uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining texnik holati va ulardan foydalanishga, asbob-uskunalarga, asboblarga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etilishini nazorat qilish kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iste’mol xossalari va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak, ya’ni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish bo‘yicha — belgilangan tartibga ko‘ra xonalarni isitish bo‘yicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolyatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20o S, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18o S bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv ta’minoti bo‘yicha — issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75o S bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning epidemiya xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning qulay organoleptik xossalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8oS yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turar joy xonalarini isitish tizimi issiqlik ta’minoti sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi hamda ulardan turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy xonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish asboblariga qo‘shimcha seksiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek qayta jihozlash bo‘yicha talablarga rioya etmasdan isitish uchun radiatorlarning kamgaygini olib tashlash va isitish hamda sanitariya-texnik asboblar joyini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi (ko‘p kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e’lonlar taxtasiga yoki ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e’lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari orqali).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan ishlarni bajarish maqsadida issiqlik tarmoqlaridagi yoxud issiqlik energiyasi manbalaridagi yoki isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarida avariyali va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha Yetkazib beruvchi, boshqaruvchi tashkilot tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan zarur chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan Issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, kelishmasdan va Iste’molchini ogohlantirmasdan, biroq uni 2 sutkada darhol xabardor qilgan holda issiqlik ta’minotini to‘xtatish yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va kommunal xizmatlar, shu jumladan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiluvchi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu Qoidalar doirasida iste’mol xossalari parametrlarini, xizmatlar ko‘rsatish rejimini aniqlashtirishga hamda aholi punktining iqlim sharoitlarini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sifatning kafolatli darajasini belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modul, lokal, bug‘ qozonxonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy bug‘ qozonxonasi qurish mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun tezkor boshqarish va xizmat ko‘rsatish huquqi bilan Yetkazib beruvchiga (yoki boshqaruvchi tashkilotda texnik va moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tashkilotga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ko‘p kvartirali uylarni Yetkazib beruvchining issiqlik tarmoqlariga ulash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish oqibatida yangi ko‘p kvartirali uylarni issiqlik ta’minotining mavjud tizimiga birlashtirish yoki mavjud ko‘p kvartirali uylarning shartnomaviy miqdorlariga nisbatan issiqlik yuklamasini ko‘paytirish uchun ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish (rekonstruksiya qilish) boshlangungacha texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, birlashtiriladigan issiqlik tarmoqlarining balans mansubligidan qat’i nazar, Yetkazib beruvchidan texnik shartlar olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar to‘lov undirilmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnik shartlar Yetkazib beruvchi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minotining yangi tizimlari birlashtirilganda — buyurtmachining (quruvchining) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchining, ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yoki ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimlari rekonstruksiya qilinganda yoki kengaytirilganda — ularning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalashtiruvchining arizasi bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada loyihalashtirilayotgan obyektni, uni loyihalashtirish va qurish muddatini, joylashgan joyini (kartografiya materiali), issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha loyiha yechimi va talablariga asoslangan issiqlik iste’moli turlari (isitish, issiq suv ta’minoti) bo‘yicha issiqlik yuklamalarini tavsiflovchi ma’lumotlar qisqacha ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yetkazib beruvchi ushbu Qoidalarning 21-bandida ko‘rsatilgan ariza olingandan keyin ikki hafta muddatda yangidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga dastlabki texnik shartlarni beradi, ular uchun ularni turli maydonlarda joylashtirish variantlarining texnik-iqtisodiy qiyoslashlari yoki qurilishni (rekonstruksiya qilishni) asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bajariladi. Tashqi issiqlik ta’minoti sxemalari o‘zgartirilishini talab etuvchi ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha mo‘ljallangan loyiha yechimlarini kelishish qurilish uchun maydonni tanlashda Yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik shartlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiqlik ta’minoti manbai va ishonchliligi darajasi, asosiy va zaxira kiritishlardan keyin issiqlik tarmoqlariga yoki elektr stansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulash nuqtasi, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa iste’molchilarning yuklamalari hisobga olingan holda asosiy va zaxira kiritishlarni birlashtirish nuqtalarida issiqlik manbai va gidravlik rejim parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) isitishga, ventilyatsiyaga, issiq suv ta’minotiga va texnologik ehtiyojlarga arizada ko‘rsatilgan tegishli miqdorlarga bo‘lgan holda umumiy maksimal soatli issiqlik yuklamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hisobga olishga va hisobga olishning uydagi umumiy asbobini o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvurlar hamda kanallar va kameralar (bo‘shliqlar), tamba va tartibga soluvchi armatura o‘rnatishga, quvurlarni izolyatsiyalashga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarining asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) isitish-ventilyatsiya va texnologik yuklamalarni birlashtirishning issiqlik sxemasi va issiq suv ta’minoti yuklamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) loyihalashtirish va ishlarni bajarish qancha davom etishining amaldagi normalari hisobga olingan holda belgilangan texnik shartlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ulashni nazorat qilish va Iste’molchilarning issiqlik yuklamasini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Yetkazib beruvchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan texnik shartlar ariza beruvchilarning, shuningdek issiqlik ta’minotining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ushbu vazifa yuklangan loyiha tashkilotlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin, amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Texnik shartlar belgilangan tartibda har gal 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchining issiqlik tarmoqlariga yangi yoki qo‘shimcha issiqlik yuklamalarini birlashtirishga yangi texnik shartlarni buyurtmachi (quruvchi) yoki boshqaruvchi tashkilot, Iste’molchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat yoki xususiy uy-joy fondining maqsadlari va vazifalari o‘zgarganda berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin ushbu turar joy fondini boshqarish huquqi berilgan uy-joy mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarning 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda yangi texnik shartlarni olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik shartlarga muvofiq litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish ishlari boshlangunga qadar Yetkazib beruvchi bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqishda texnik shartlar va normativ hujjatlar talablaridan chekinish aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga kelishish rad etilganligi asoslangan holda xat yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi (quruvchi), boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti rad etishga sabab bo‘lgan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Iste’molchilarning qo‘shimcha yuklamalari bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimining ishlab turgan inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish Yetkazib beruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanishga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ko‘p kvartirali uyning yangidan birlashtiriladigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlik ta’minoti tizimi belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, qurilish sohasidagi texnik shartlarga, normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari hamda texnika xavfsizligi normalariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachi (quruvchi, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari) pudrat tashkilotidan issiqlik ta’minoti tizimini ushbu Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo‘yicha qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin buyurtmachi (quruvchi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari) “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga talablarga javob beradigan loyiha, texnik va foydalanish hujjatlarini belgilangan tartibda, shuningdek ulardan vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadida ko‘zdan kechirish uchun o‘z issiqlik ta’minoti tizimlarini taqdim etishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarida montaj qilishda kamchiliklar, berilgan texnik shartlardan yoki Yetkazib beruvchi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlaridan chekinish aniqlanganda, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tayyorlangan xodimlar bo‘lmagan, ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinmagan, ular texnika xavfsizligi va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmagan hollarda ularni foydalanishga qo‘yish sanab o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini foydalanishga qo‘yish uchun berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyning maxsus tayyorlangan xodimlarga ega bo‘lmagan issiqlik ta’minoti tizimidan faqat issiqlik ta’minotining ushbu tizimlari shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruvchi tashkilotga berilgan taqdirda foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yetkazib beruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalaridan va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lganda va Iste’molchilar bilan belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin Iste’molchiga issiqlik energiyasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va foydalanishga ruxsat berilishi uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi javob beradi. Foydalanish jarayonida Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan, biroq bir oyda kamida bir marta belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Issiqlik ta’minotining ishlab turgan tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shuningdek ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi, bunday tizimlar, ishlarni bajarishga xarajatlar summasini to‘lash uchun Iste’molchiga talab qo‘yilgan holda, Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining xodimlari tomonidan darhol uzib qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik ta’minoti tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish (yuridik va jismoniy shaxslar) aniqlanganda yoki shikastlanish yoxud issiqlik tizimidan suv oqib ketishi natijasida issiq suv isrof qilinganda Yetkazib beruvchining vakili tomonidan ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, ulardan biri ulanishning egasiga yoki Iste’molchiga topshiriladi. Iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnoma Ijro etuvchining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili bilan birgalikda Yetkazib beruvchining vakili tomonidan imzolanadi. Ushbu holatda dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi va u Iste’molchining javobgarligi choralarini aniqlash va quyidagi tartibda hisoblab chiqilgan foydalanilgan issiq suv hajmi uchun to‘lashga ko‘chirma berilgan holda Yetkazib beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zboshimchalik bilan ulanganda isrof qilingan yoki suv oqishi yoxud shikastlanish sababli yo‘qotiladigan suvning miqdori (m3) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G =7,76 x 10-3 x d2 x √N x n, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,76 — suv sarfini o‘lchash doimiy koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurning diametri yoki undan suv oqib chiqadigan teshikning ekvivalent diametri, mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — o‘zboshimchalik bilan ulangan yoki quvurdagi teshikdan oqib tushadigan issiq suv bosimi, suv stolbasi metri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n — quvurdan suv oqqan muddat, soat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yo‘qolgan issiqlik energiyasi miqdori (Gkal) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q = G X (tissiq s.-tsovuq s.) x 10-3, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G — o‘zboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yo‘qotiladigan suv miqdori, m3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tissiq s. — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurdagi yoki shikastlanishda oqadigan issiq suv harorati, 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tsovuq s. — issiqlik manbaidagi sovuq suv harorati, 0S.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy binosi noturar joy binoga aylantirilganda Iste’molchi yetti kun muddatda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzishi, hisobga olish asbobini o‘rnatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Issiq suv ta’minotiga zaruriyat bo‘lmaganda Iste’molchi Yetkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi va uzib qo‘yishni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Issiq suv ta’minoti tiklanganda ham Iste’molchi bu haqda Yetkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Uydagi umumiy va individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasining umumiy va individual (bir xonadagi) hajmini (sarfini) aniqlaydigan va issiq suvning real hajmini miqdoriy hisobga oladigan, shuningdek uning sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydigan umumiy va individual hisobga olish asboblari bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobidan uni balansida saqlovchining (kimning balansida ekanligiga qarab Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining) mablag‘lari hisobiga foydalaniladi va qiyoslovdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘rnatilgandan keyin uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi Ijro etuvchi va Yetkazib beruvchining vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibdagi komissiya tomonidan ishga tushiriladi hamda Yetkazib beruvchi tomonidan tamg‘alanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ijro etuvchilar Ijro etuvchi va Yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida issiqlik energiyasini hisobga olishning umumiy asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan issiqlik energiyasi uchun Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ijro etuvchi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi saqlanishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual pasportiga, qiyoslovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga va tekshirish tamg‘alariga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq o‘rnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi tomonidan tamg‘alangan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiyoslashdan o‘tkazish muddatida qiyoslovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosimning o‘zgaruvchan darajasi elektron sarflarni o‘lchagichlar (difmanometrlar) uchun — 1 yilda 1-martani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ultratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni o‘lchagichlar uchun — 2 yilda 1-martani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblari uchun qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 4 yilda 1-martani;
(42-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 8 yilda 1-martani tashkil etadi.
(42-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hisobga olish asboblari o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilmaganda Yetkazib beruvchi tomonidan issiq suvni hisoblash, qiyoslovni o‘tkazish vaqtigacha hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binolarida — soz holatdagi hisobga olish asbobining oxirgi qayd etilgan ko‘rsatkichlari vaqtidan boshlab qiyoslov o‘tkazilgungacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joy xonalar bo‘yicha — hisobga olish asbobi qiyoslov o‘tkazilgunga qadar hisoblab chiqilgan yuklama bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shkalasining o‘lchov birligi Xalqaro birliklar tizimi (SI) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan quyidagi fizik miqdorlarda ifodalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasi sarfi — Gkal.da;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv hajmi — kub metrlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik manbai harorati — Selsiy bo‘yicha darajalarda (0S);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosferadagi bosim — kgs/sm2 (atm)da ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilganda) uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shikastlanganligi holati aniqlanganda yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda Yetkazib beruvchini darhol xabardor qiladi. Yetkazib beruvchi, o‘z navbatida, bunday buzilish holati aniqlanganda, belgilangan tartibda, Ijro etuvchini, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlarini darhol xabardor qiladi. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ta’mirlash o‘tkazilishi yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish davrida 30 sutkagacha issiqlik energiyasi hisob-kitobi asboblari ishlamay qolishidan oldingi issiqlik ta’minotining oxirgi 30 sutkasi uchun uning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha (isitish davridagi yoki isitish davridan boshqa davrda issiqlik bilan ta’minlash rejimlari hisobga olingan holda), 30 sutkadan ortig‘i uchun — shartnoma yuklamasi miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi yoki ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) qarori asosida ta’mirlash yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazgunga qadar issiqlik energiyasi iste’molini to‘xtatishga haqlidir, bunda Yetkazib beruvchi tik quvur armaturasini tamg‘alaydi, bu haqda qo‘shma dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirilmagan hollarda ushbu Qoidalarning 45-bandida qayd etilgan tartibga muvofiq issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchilar (Iste’molchilar) tomonidan Yetkazib beruvchi o‘z vaqtida ogohlantirilmaganda — shartnomaviy yuklama miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi Ijro etuvchini (Iste’molchilarni) o‘z vaqtida ogohlantirmaganda — issiqlik ta’minotining oldingi 30 sutkada aniqlangan o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha (issiqlik ta’minoti rejimlari hisobga olingan holda isitish davrida yoki isitish mavsumidan boshqa davrda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Issiqlik energiyasi berishning hisobini yuritish Yetkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi yoki ko‘p qavatli uy mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasida amalga oshiriladi va ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlarini ko‘rish Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Iste’molchilarning hisobga olish asboblarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) Yetkazib beruvchi tomonidan Iste’molchilarning (subiste’molchilarning) mablag‘lari hisobiga bajariladi. Bunda Yetkazib beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni iste’molchilarga bajarish uchun narxni tartibga solish organlari bilan kelishilgan alohida tariflarni belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchining (subiste’molchining) xohishiga ko‘ra va uning hisobiga individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish “O‘zstandart” agentligi organlarida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlar tomonidan ham bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yetkazib beruvchi Iste’molchiga “O‘zstandart” agentligi tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan individual hisobga olish asboblari turlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun Iste’molchi Yetkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgandan keyin Yetkazib beruvchi uch kun muddatda Iste’molchi bilan individual hisobga olish asboblarini sotib olish va o‘rnatishga shartnoma tuzadi. Shartnomada Iste’molchi tomonidan shartnoma summasining 100 foizini oldindan to‘lash to‘g‘risidagi shart nazarda tutiladi. Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarni issiq suvni hisobga olish asboblari bilan jihozlash Yetkazib beruvchi hisobidan uy-joy mulkdoridan individual hisobga olish asbob qiymatini keyingi 12 oy mobaynida to‘lash shartnomasi asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yetkazib beruvchi yoki “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilot Iste’molchi tomonidan issiq suvni individual hisobga olish asbobi o‘rnatilgan joyga borish imkoni berilishi sharti bilan, to‘lov amalga oshirilgandan keyin 30 kalendar kun mobaynida Iste’molchiga individual hisobga olish asbobini o‘rnatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi tomonidan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatiga rioya qilinmagan taqdirda Iste’molchi qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentni to‘lashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan o‘tkazish yoki almashtirish uchun yechib olish bo‘yicha xizmatlar yangidan o‘rnatiladigan individual hisobga olish asbobining raqami yoki o‘rnatish va yechib olish paytidagi hisobga olish ko‘rsatkichlari bilan birgalikda hisobga olishning yechib olinadigan individual hisobga olish asbobi raqami ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuzilgan holda, Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish yoki uni yechib olish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tuzish, shuningdek Yetkazib beruvchi tomonidan ularni tamg‘alash bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Individual hisobga olish asbobini va ulardagi tamg‘alarning saqlanishi va butligi uchun javobgarlik Iste’molchiga, hisobga olish umumiy asboblarining saqlanishi va tamg‘alarining butligi uchun javobgarlik — balansda saqlovchiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Individual hisobga olish asboblarining shikastlanganligi, ulardagi tamg‘alarning uzilishi yoki uning butunligi buzilgan taqdirda, shuningdek tekshirish muddati tamom bo‘lganda Iste’molchi bu haqda darhol Yetkazib beruvchini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holat bo‘yicha taraflar tomonidan tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik individual hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek rejali tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. 56-bandda qayd etilgan tartibga muvofiq bir sutka mobaynida individual hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida ogohlantirilmagan hollarda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob issiq suvni hisobga olishning soz holatdagi asbobi ko‘rsatkichlari oxirgi marta qayd etilgan paytdan boshlab tekshirish o‘tkazilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Yetkazib beruvchi Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimini yil choragida bir marta tekshirishi, Iste’molchilar tomonidan individual hisobga olish asbobi yozib olingan ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini o‘z ma’lumotlari bilan tekshirishi va ular tomonidan issiq suvning iste’mol qilingan hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishi, shuningdek zarur hollarda yoki Iste’molchining talabiga ko‘ra uy ichidagi issiqlik ta’minoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi shart.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Iste’molchilar (oldindan kelishuv bo‘yicha yozma yoki og‘zaki shaklda) Yetkazib beruvchining vakillari, ularda xizmat guvohnomalari bo‘lgan taqdirda, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asbobi, isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga, kvartira ichidagi asbob-uskunaga ularni ko‘zdan kechirish uchun boshqaruvchi tashkilot vakilining majburiy ishtirokida to‘siqsiz ko‘zdan kechirishlarini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Individual hisobga olish asbobini tekshirish, hisobga olish asbobini yechib olish, tekshirish joyigacha olib borish va u yerdan keltirish, hisobga olishning tekshirilgan asbobini o‘rnatish ishlarini, shuningdek tekshirish bo‘yicha metrologiya xizmatlariga haq to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Individual hisobga olish asbobidan foydalanishning belgilangan cheklangan muddati tamom bo‘lgunga qadar Yetkazib beruvchi oldindan (kamida 10 kalendar kundan oldin) Iste’molchiga shartnomada qayd etilgan individual hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tamom bo‘lganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda buyurtmanomani, hisobga olishning individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun Yetkazib beruvchining vakillari tomonidan chiqarib olingan kun va vaqtni yozma yoki og‘zaki shaklda (telefon orqali) kelishadi, keyinchalik yechib olish sanasi, individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari va tekshirishni o‘tkazish va hisobga olishning tekshirilgan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlari ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi uzrli sabab bilan (xizmat safari, davolanish, dam olish) hozir bo‘lmagan taqdirda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun yechib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatma olingan kundan boshlab hozir bo‘lmagan davrga uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yetkazib beruvchining individual hisobga olish asbobini qiyoslovdan o‘tkazish va ta’mirlash, uni yechib olingan kundan boshlab, qayta o‘rnatish va tamg‘alash 15 ish kunidan ortiqni tashkil etmasligi lozim.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Individual hisobga olish asboblarini tekshirish yoki ta’mirlash davrida, issiq suv ta’minoti uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob oldingi uch oylik individual hisobga olish asboblarining o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichlari yozib olingan paytdan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ko‘p kvartirali uyning pastki qismi Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda Iste’molchi) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasi hisoblanadi. Issiqlik punkti binoning tashqarisida joylashgan taqdirda issiqlik tarmoqlari tomonidan elevator bog‘lamasining kirish qopqoqlari gardishlari ajratish chegarasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining zarur texnik holati va ulardan foydalanish Ijro etuvchi (Iste’molchi — bunday uy bevosita boshqarilganda) tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Xonadon ichidagi asbob-uskunaning zarur texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish Iste’molchi tomonidan ta’minlanadi. Bunda uy-joy mulkdoriga tegishli bo‘lgan xonadondagi suv olinadigan tik quvurdan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tarmoqlanishi, xonadon mulkdorining foydalanish bo‘yicha javobgarlik joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yetkazib beruvchiga tegishli bo‘lgan issiqlik tarmoqlarida Iste’molchiga tegishli bo‘lgan qurilmalar va asbob-uskunalar bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Isitish davri tamom bo‘lgandan keyin Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda — Iste’molchilar) Yetkazib beruvchining vakili hozirligida isitishning uy ichidagi tizimini gidravlik presslashi va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan to‘ldirgan holda yuvishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnomalar tuziladi. Tizimlarni yuvish uchun vodoprovod suvidan yoki texnik suvdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvishning qancha muddat davom etishi, yuviladigan tik quvurning diametri, tarmoqdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ijro etuvchining (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda — Iste’molchilarning) va yuvishni amalga oshiruvchi tashkilotning vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyning ichidagi isitish tizimini yuvish to‘g‘risidagi dalolatnoma Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Yuvish bo‘yicha xarajatlar Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) hisobiga amalga oshiriladi va umumiy mulkni saqlash hamda ta’mirlashga majburiy badallarni shakllantirishda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Yetkazib beruvchining issiqlik tarmoqlarini rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlarni bajarishda issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, belgilangan tartibda uzib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yetkazib beruvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Yetkazib beruvchi kamida 2 sutka oldin Iste’molchini yozma ravishda ogohlantirgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, quyidagi hollarda issiqlik energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovni issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjati bo‘yicha amalga oshirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchining vakillarini hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirish va ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun hisobga olishning umumiy va individual hisobga olish asboblariga sababsiz qo‘ymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlar bajarilganda yoki yangi Iste’molchilar ulanganda Yetkazib beruvchi ko‘p kvartirali uydagi mavjud xonalarning issiqlik ta’minotini uzib qo‘yish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarni ogohlantirish issiqlik energiyasini berishdagi tanaffusni kelishish uchun 7 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda Ijro etuvchi (Iste’molchilar) issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasalar, Yetkazib beruvchi ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Avariyalarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish uchun Yetkazib beruvchi Iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish huquqiga ega, biroq uzib qo‘yish sabablari to‘g‘risida darhol bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Yetkazib beruvchi Iste’molchilar oldida issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar, issiqlik berish parametrlarining pasayishi va issiqlik energiyasini yetkazib bermaslikka sabab bo‘luvchi quyidagi holatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchining asbob-uskunasi ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan tabiiy ofatlar, shuningdek yong‘in va tashqi havoning harorati 30S dan past va ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun qabul qilingan hisob-kitobdagi harorat 48 soatdan ko‘p davom etadigan uzoq muddatli sovuq tushishi, birlamchi suv sifatining yomonlashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining xodimlari va Iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti rejimi o‘zgarishiga sabab bo‘lgan buzilishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha sutka mobaynida Ijro etuvchi yoki Iste’molchilar tomonidan shartnomaviy issiqlik yuklamalari oshirilishiga yoki issiqlik manbai parametrlarining pasayishiga olib kelgan uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yilishi tufayli issiqlik energiyasi to‘liq berilmasligi uchun Iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Yetkazib beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmda, issiqlik energiyasining ulangan tarmoq orqali uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga va tomonlar bilan kelishilgan rejimiga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasini standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq sifat bilan yetkazib berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchiga ko‘p kvartirali uydagi turar joy va noturar joy xonalarining hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari bo‘yicha ma’lumotlarni berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi ajralishi chegarasida issiqlik manbai (issiq suv) parametrlarini saqlashga va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorat bo‘yicha kamida 500S va 750Sdan yuqori bo‘lmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlash nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim bo‘yicha 0,03 MPa (0,3 kgs/sm2) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/sm2)gachadan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan isitish davrida turar joy xonalarida havo haroratini ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik beruvchi quvurda havo harorati bo‘yicha issiqlik manbai parametrlarining (+/-) 3 %dan ortiq, suv bosimi bo‘yicha: issiqlik beruvchi quvurda -(+/-) 5 %, issiqlik qaytadigan quvurda -(+/-) 20 KPAdan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti bo‘yicha amaldagi va yangi me’yoriy hujjatlar joriy etilishi to‘g‘risida aloqa kanallari orqali Ijro etuvchini va Iste’molchini xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tariflardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vo muddati doirasida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilarning qarzlarini undirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Iste’molchilar (Ijro etuvchi) tomonidan issiqlik ta’minoti yo‘qligi yoki issiqlik manbai parametrlarining shartnomaviy parametrlarga nisbatan pasayishi to‘g‘risida belgilangan tartibda ariza berilgandan keyin Yetkazib beruvchi 18 soat mobaynida ariza beruvchining vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomani tuzish uchun o‘z vakili hozir bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek Yetkazib beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini qoplashga yoki yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini kelgusi davrdagi o‘zaro hisob-kitoblarda hisobga olishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi hajmi Iste’molchi va Ijro etuvchining vakillari ishtirokida Yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Yetkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun to‘liq hajmda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi, agar issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati pasayishi yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari buzilishi oqibatida yuz berganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlay olsa, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ijro etuvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ijro etuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning texnik va sanitariya holatini ko‘zdan kechirish va zarur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun Iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan vaqtda ularning kvartirasiga kirishni, avariyalarni bartaraf etish uchun esa — istalgan vaqtda kirishni talab etish, shuningdek Iste’molchining aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni to‘liq qoplashni undan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning holatini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati (saqlanishi)ni nazorat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ijro etuvchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasini tegishli hajmlarda va zarur sifatda berish uchun issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlarini zarur tarzda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulardan foydalangan holda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslarni jalb etgan holda xizmat ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalarni bartaraf etish, shuningdek Iste’molchining buyurtmanomalarini o‘z vaqtida bajarish, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari (arizalari, taklifi, shikoyatlari) hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari va (yoki) issiqlik tarmoqlari va asbob-uskunalari ishida nosozliklar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning mo‘ljallanayotgan to‘xtatib turilishi davri yoki cheklanishining sabablari to‘g‘risida Iste’molchini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchining talabiga ko‘ra issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligining sabablarini aniqlash uchun o‘z vakilini yuborish (tegishli dalolatnoma tuzilgan holda), shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki sifatsiz ko‘rsatilganligi sababli Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qayd etuvchi dalolatnomani yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uydagi xonaning ichkarisida rejali ishlar o‘tkazilishidan oldin uch kundan kechikmay ushbu xonaga kirish vaqtini Iste’molchi bilan kelishish yoki Iste’molchining xonasi ichkarisida ishlarni bajarish to‘g‘risida unga yozma bildirishnoma yuborish. Yozma bildirishnomada ishlarning bajarilishi uchun mas’ul xodim (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), bajariladigan ishlarning turi, sanasi, vaqti va muddatlari ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish va issiqlik suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari qayta jihozlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish tizimidan tarmoq suvining oqishi va chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchining vakili bilan birgalikda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi bilan birlashtirish shtutserlarini tamg‘alash, tamg‘alarning, shu jumladan zavod tamg‘alarining saqlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni isitish tadbiriga tayyorlash, shu jumladan germetizatsiya hamda deraza va eshik yoriqlarini (shu jumladan shaxtalar va tuynuklarni) oyna bilan berkitish va isitish yo‘li bilan ko‘p kvartirali uyning umumiy xonalarini (kvartiralar oralig‘idagi maydonchalarni) isitish, kirish yo‘laklarida isitish asboblari, radiator aks ettiruvchilari o‘rnatish, tomlarni yopish materiallarini to‘plash ishlarini bajarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish davri boshlanishidan bir oy oldin Yetkazib beruvchiga uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarining isitish davriga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan Yetkazib beruvchining tezkor ko‘rsatmalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi bilan ta’mirlashlarning hajmi, muddati va jadvallarini kelishgan holda rejali-oldini oluvchi ta’mirlashni va quvurlarni, tik quvur va tartibga soluvchi armaturani sinashni o‘z vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik va issiq suv berilishidan va to‘xtatilishidan 7 kun oldin Iste’molchini ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchining buyurtmanomalari bo‘yicha uning vakolatli vakillarining isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga to‘siqsiz kirishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazuvchining balansidagi issiqlik tarmoqlarini, asbob-uskunalar va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun o‘z hududiga Yetkazib beruvchini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud bo‘lganda har oyda oyning oxirgi haftasida Yetkazib beruvchining vakili bilan birgalikda ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish, uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini hisobga olish daftariga yozish, issiqlik energiyasi hajmini Iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash, Iste’molchining talabiga ko‘ra murojaat qilingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida unga ko‘rsatib o‘tilgan daftarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan va issiqlik tarmoqlarining yer osti trassasi o‘tadigan uy atrofidagi hududda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlar tiklanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar uyilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik tarmoqlaridan kamida 5 metr masofada daraxtlar o‘tqazilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyali ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishiga to‘sqinlik qiluvchi yer qazish ishlari bajarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik tarmoqlari o‘tadigan xonalarda odamlar doimiy ravishda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, navbatchi xodimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ijro etuvchi, shuningdek ko‘p kvartirali uylarning barcha yo‘laklarida yoki ko‘p kvartirali uylar yaqinida joylashgan e’lonlar taxtalariga quyidagilarni joylashtirishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispetcherlik, avariya yoki avariya-dispetcherlik xizmatlarining rasmiy nomi, manzili, ish rejimi, telefonlari raqamlari, Yetkazib beruvchi rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti xizmatlariga, issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha alohida tariflarning miqdorlari, ular asosida tariflar qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tariflar o‘zgargan taqdirda — o‘zgargan tariflarning miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov tartibi va shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan toraytiruvchi qurilmalarning hisob-kitoblari asosida Ijro etuvchi ularni tayyorlashga va Yetkazib beruvchining vakili hozirligida issiqlik punktiga o‘rnatishga majbur. O‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalar Yetkazib beruvchining vakili tomonidan Ijro etuvchi bilan birgalikda tamg‘alanadi va saqlash uchun Ijro etuvchiga topshiriladi. Ushbu holat bo‘yicha tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ijro etuvchi issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga rioya qilish yuzasidan Yetkazib beruvchi tomonidan, o‘z shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi sharti bilan, qonun hujjatlariga, ushbu Qoidalarga, issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish sifati uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ijro etuvchi Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ma’naviy zarar, shuningdek issiqlik punktining toraytiruvchi qurilmalaridagi va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblaridagi tamg‘alar buzilganligi uchun to‘liq hajmda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ijro etuvchi, agar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini yoki ushbu Qoidalar va issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari Iste’molchi tomonidan buzilganligini isbot qilsa, bunday buzilish uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Iste’molchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan, uning mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uzluksiz ko‘rsatilishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarga va issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq, ushbu xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etilgan holda, issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida, issiqlik ta’minoti shartnomasida yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (shaxsan yoki o‘z vakili orqali), shuningdek Yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti xizmatlarining hajmi va sifati, uni ko‘rsatish shartlari, issiqlik ta’minoti uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash tartibi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanomalar yuborilgan paytdan boshlab issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligi va aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani 18 soat mobaynida olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblarining yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklari aniqlanganda bu to‘g‘rida Ijro etuvchi (Yetkazib beruvchi)ga darhol xabar berish, shu jumladan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tuzilgan shartnomada qayd etilgan telefon, elektron pochta orqali xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning nosozliklari (avariyalar) aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlaridagi avariyalar, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida tegishli ravishda Ijro etuvchiga yoki Yetkazib beruvchiga darhol xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minotining foydalanilgan xizmatlari uchun to‘lovni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasidan foydalanishda texnika xavfsizligi choralariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini yig‘ish uchun ko‘p kvartirali uyning har bir yo‘lagida yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida o‘rnatilgan metall qutiga solish yo‘li bilan individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini Ijro etuvchiga (Yetkazib beruvchiga) taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblaridan nazorat ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun Yetkazib beruvchining vakilini, xizmat guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, oldindan kelishilgan vaqtda qo‘yishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuz bergan o‘zgarishlar (egasi, odamlar soni, maydon o‘zgarishi, turar joy fondidan noturar joy fondiga va noturar joy fondidan turar joy fondiga aylantirish) paytidan (kunidan) boshlab 10 ish kunidan kechikmay issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish shartnomasi shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida Yetkazib beruvchini o‘z vaqtida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Iste’molchi isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Iste’molchi uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini chetlab o‘tib ularga ulanish, tegishli o‘zgarishlarni belgilangan tartibda kiritmasdan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy xonasida o‘rnatilgan isitish asboblarining isitish yuzasini xonaning texnik pasportida ko‘rsatilgan parametrlardan ortiq o‘zboshimchalik bilan ko‘paytirish, shuningdek qo‘shimcha tartibga soluvchi va tik quvur armaturasiga o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p qavatli uyning isitish va issiq suv ta’minoti tizimidan alohida turar va noturar joylarning isitish asboblarini demontaj qilish orqali isitish tizimidan uzib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblaridagi tamg‘alarni o‘zboshimchalik bilan buzish, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini qismlarga ajratish va ularning ko‘rsatkichlarini buzishga yoki shikastlashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv ta’minoti) boshqa maqsadda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti shartnomasida va ushbu Qoidalarda belgilangan issiqlik energiyasidan foydalanish tartibini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Issiqlik ta’minotidan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida Iste’molchilarning Yetkazib beruvchi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi mavjud bo‘lganda — issiqlik ta’minoti to‘g‘risidagi shartnoma asosida Ijro etuvchi tomonidan Yetkazib beruvchi bilan va, tegishli ravishda, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida Iste’molchilarning Ijro etuvchi bilan hisob-kitob qilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isitishga — 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun;
(90-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) issiq suv ta’minotiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblari bo‘lmagan taqdirda — bir odamga bir oyda (so‘m/kishi/oy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ular mavjud bo‘lganda, issiq suvning bir kub metri uchun (so‘m/kub.m) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Yetkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxs — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) o‘rtasida issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgan taqdirda Iste’molchi Ijro etuvchiga, Ijro etuvchi esa Yetkazib beruvchiga issiqlik energiyasi uchun to‘lovni jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Uylarda, yotoqxonalarda, idoraviy turar joy fondi xonadonlarida yashovchi iste’molchilar issiqlik energiyasi uchun to‘lovni ushbu idoraning foydalanish organiga jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydilar. Bunda tasarrufida va balansida turar joy fondi bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar ularning idoraviy turar joy fondida yashovchi jismoniy shaxslarga issiqlik ta’minotining ko‘rsatilgan xizmatlari uchun yuridik shaxslar uchun tariflar bo‘yicha shartnoma tuzadilar va to‘lovni Yetkazib beruvchiga to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Issiq suvni individual hisobga olish asbobiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi (issiq suv) qiymatiga haq to‘lash issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar bo‘lmagan turar joy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisob-kitoblar bir xonali va ikki xonali turar joy binosidagi bir kishiga; uch xonali turar joy binosidagi ikki kishiga; to‘rt xonali turar joy binosidagi uch kishiga; besh xonali turar joy binosidagi to‘rt kishiga hisobidan, issiq suv ta’minoti xizmatlariga belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llangan holda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan markaziy isitish xizmatlari uchun hisoblash 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(94-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisoblash yil mobaynida har oyda belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(94-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy mulkdorlari yoki turar joyni ijaraga oluvchilar, istiqomat qilishidan va/yoki ro‘yxatda turishidan qat’i nazar, markaziy isitish uchun to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Issiqlik energiyasi ta’minoti xizmatlariga tariflar o‘zgarganda, sanadan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti shartnomasi kuchida qoladi va Iste’molchi foydalanilgan issiqlik ta’minoti xizmatlariga ular joriy etilgan kundan boshlab yangi tariflar bo‘yicha haq to‘lashga majbur. Yetkazib beruvchi tarif o‘zgarishidan o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida tegishli xabarni e’lon qilish yo‘li bilan tariflar o‘zgarishi to‘g‘risida Iste’molchilarni xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Iste’molchi — jismoniy shaxs ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans bilan to‘langan to‘lovlarga (to‘lov kunidan boshlab ikki oydan oshmaydigan davrga) qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
(95-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-apreldagi 212-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans to‘langanda Yetkazib beruvchi isitish va issiq suv ta’minotiga to‘lov paytida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha to‘lov hisoblanadi (avans to‘lovlar muddatiga, biroq ikki oydan ortiqqa emas).
(95-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-apreldagi 212-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Hisobot davri uchun issiq suvni hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda Yetkazib beruvchi hisob-kitob oyida amalda bo‘lgan tarif bo‘yicha ushbu va keyingi hisob-kitob davrlari uchun to‘lovni keyingi ko‘rsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etish paytigacha issiq suvning o‘rtacha oylik sarfi bo‘yicha hisoblashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi ko‘rsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etilganda Yetkazib beruvchi hisobga olish asbobining oldingi ko‘rsatkichidan boshlanadigan davr uchun hisobga olish asbobining amaldagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’mol qilingan issiq suv miqdorining qayta hisob-kitobini amalga oshirishi shart. Bunda qayta hisob-kitob qilish hisob-kitob qilinadigan davrning hisob-kitob oyida amalda bo‘lgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Iste’molchi — noturar joy mulkdori tomonidan issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish sanasi to‘g‘risidagi hujjat o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatdan, hokimning qaroridan kelib chiqib, hisoblashni ulashning hujjatlar bilan tasdiqlangan sanasi bo‘yicha amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni to‘lash Iste’molchilar tomonidan har oyda quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — ko‘p kvartirali uydagi noturar joy xonalarining mulkdorlari — ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida oldindan haq to‘lash va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘liq hisob-kitob qilish — isitish davridagi kalendar oy tamom bo‘lgandan keyin yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha 30 kun mobaynida;
(98-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — isitish davridagi tamom bo‘lgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechikmay.
(98-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun belgilangan muddatda to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya to‘lanadi, biroq muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar — yuridik shaxslar tomonidan 0,4 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar — aholi tomonidan 0,1 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxs — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan, agar kommunal xizmatlarning Iste’molchisi nomidan Yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa — 0,1 foiz miqdorida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar to‘lovlarni uch oydan ortiq to‘lamagan taqdirda ularga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Iste’molchi iste’mol qilingan issiqlik ta’minoti xizmati uchun ikki hafta o‘tgach to‘lov to‘lanmaganda Yetkazib beruvchi qarzdorlik va 7 kundan keyin uzib qo‘yish to‘g‘risida yozma xabar beradi, xabarnoma muddati tamom bo‘lgach Yetkazib beruvchi issiq suv berishni uzib qo‘yishga haqlidir. Issiq suv berish Iste’molchi tomonidan qarzlar to‘langandan va Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlangan kalkulyatsiyaga muvofiq abonentni manbadan uzib qo‘yish va unga ulash ishlari uchun qo‘shimcha hisob to‘langandan keyin tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. To‘lanishi lozim bo‘lgan summani noto‘g‘ri yozilganligi aniqlangan kundan boshlab, Iste’molchi Yetkazib beruvchiga e’tirozni yozma shaklda besh kundan kechikmay taqdim etadi. E’tiroz bildirilishi Iste’molchining issiqlik ta’minoti xizmati uchun to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E’tiroz Yetkazib beruvchi tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi va uning asoslanganligi aniqlanganda ortiqcha summa keyingi issiqlik energiyasi uchun to‘lovga hisoblanadi. E’tirozni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Iste’molchi 5 kundan kechikmay xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Iste’molchi Yetkazib beruvchining qaroridan rozi bo‘lmaganda, bu uni issiqlik ta’minoti xizmati uchun to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Yetkazib beruvchi da’vo qilingan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida da’vo arizasi beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda to‘lov hujjatlarini yozish va to‘lashda Iste’molchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar Yetkazib beruvchi tomonidan ular aniqlanishiga qarab hisobga olinadi. Hisobga olish asbobini tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan amaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha issiq suv sarfini hisobga olishdagi xatolar aniqlanganda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Issiqlik ta’minoti xizmatlari (isitish va issiq suv ta’minoti) uchun Iste’molchi tomonidan to‘lov uning tanlashiga ko‘ra cheklashsiz, shu jumladan umumiy issiqlik ta’minotining ko‘rsatilgan xizmatlari uchun Yetkazib beruvchining hisob-kitob raqamiga mablag‘lar yo‘naltirilgan holda, plastik kartochkadan foydalanib, shuningdek elektron to‘lovlar tizimi orqali to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. O‘tgan oydagi issiqlik energiyasi uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lashga, belgilangan muddatini buzmagan holda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Uy-joy mulkdori o‘zgarganda oldingi mulkdor bu haqda Yetkazib beruvchiga chiqib ketishidan 7 kun oldin ma’lum qilishga majbur, chiqib ketgandan keyin tamg‘alar va hisobga olish asbobining saqlanishi uchun javobgarlik yangi mulkdorga yuklanadi. Oldingi mulkdor xona yangi mulkdorga berilgunga qadar issiqlik ta’minotining iste’mol qilingan xizmatlari uchun qarzlarni to‘liq to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladi va aniq vaqt rejimida idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuboriladi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Yangi mulkdor ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun muddatda shartnoma tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan Yetkazib beruvchiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yangi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, ko‘chmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda Yetkazib beruvchi ma’lumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilishini ta’minlashi shart.
(108-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Noturar joy yangi mulkdorga berilganda Iste’molchi bu haqda Yetkazib beruvchiga 7 kun muddatda xabar beradi, yangi egasi esa noturar joy xonasidan foydalanish boshlangunga qadar issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish yuzasidan yangi shartnoma tuzadi, noturar joy xonadan foydalanishni qayta ixtisoslashtirish yuz bergan taqdirda esa yangi mulkdor ham yangi texnik shartlarni olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar va ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda issiqlik ta’minoti tizimlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Vaqtincha yashovchilar (ijaraga oluvchilar) yashaganda to‘lov amalda yashagan shaxslar soni uchun to‘liq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy xonasi hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan taqdirda Iste’molchi o‘zi egallab turgan xonadonda yashovchi (shu jumladan vaqtincha yashovchi) fuqarolar soni ko‘payganligi yoki kamayganligi to‘g‘risida) yuz bergan o‘zgarishlar kunidan boshlab 5 ish kunidan kechikmay Yetkazib beruvchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda Yetkazib beruvchining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakillari va xonaning mulkdori o‘rtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan ko‘p qavatli uylarda iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov miqdorini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Ko‘p kvartirali uyda hisobga olishning umumiy asbobi mavjud bo‘lmagan taqdirda hisob-kitob davrida foydalanilgan ko‘p kvartirali uylarni isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlariga berilgan issiqlik energiyasi uchun Iste’molchilarning Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobi isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun jami hisoblab chiqishdan kelib chiqqan holda har oyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Ko‘p kvartirali uylarning turar joy xonalarida isitish xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pov = S x Tov, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pov — isitish xizmatlari uchun to‘lov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tov — isitish xizmatlariga tasdiqlangan tarif (so‘m/kv.m/oy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — isitiladigan maydon (kv.m).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Ko‘p kvartirali uylarning noturar joy binolarida isitish xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pnoturar joy xona mi = qnoturar joy mi x TGkal, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pnoturar joy mi — noturar joy xonada markaziy isitish uchun to‘lov (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGkal — qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/Gkal)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qnoturar joy mi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq noturar joy xonasini isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Ko‘p kvartirali uylarning turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiq suvni hisobga olishning individual asbobi mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pist = Gamaldaist x Tist1, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gamaldaist –individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist1 — issiq suv ta’minoti xizmatlariga tasdiqlangan tarif (so‘m/kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pist = n x Tist2 x Kkishi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n — kvartirada yashovchi kishilar soni (kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist2 — issiq suv ta’minoti xizmatlariga tarif (so‘m/kishi/bir oyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkishi — issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda qo‘llanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Ko‘p kvartirali uylarning noturar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov miqdori hisobga olishning individual asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pist = Gamaldaist x Tist, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gamaldaist–individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist –issiq suv ta’minoti xizmatlariga tasdiqlangan tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/kub.m).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Ko‘p kvartirali uylarning issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan noturar joy xonalariga issiq suv berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joy xonalarda 30 sutkagacha ta’mirlash ishlari yoki hisobga olishning yakka tartibini tekshirish o‘tkazilgan taqdirda issiq suv uchun hisob-kitob asbob to‘xtatilgan paytdan oldingi oxirgi 30 sutka uchun uning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha, 30 sutkadan ortiq bo‘lganda — hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi miqdoridan va issiq suv yetkazib berilgan soatlar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylarda iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov miqdorini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Ko‘p qavatli uyda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud bo‘lgan taqdirda foydalanilgan hisob-kitob davrida ko‘p qavatli uylarning isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun berilgan issiqlik energiyasi uchun Ijro etuvchining Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobi issiqlik energiyasi uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik energiyasini turar joy va noturar joylar o‘rtasida taqsimlash quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P = Qamalda uylar (turar joy bino) x TGkal1 + Qamaldauylar (noturar joy bino) x TGkal2, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P — hisob-kitob davrida ko‘p qavatli uyda foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldauylar (noturar joy xona) — ko‘p kvartirali uyning noturar joy xonalarida sarflangan (Qhaqiqatdauylar (noturar joy)) issiqlik energiyasi hajmi (Gkal) chiqarib tashlangan holda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun ko‘p qavatli uyning turar joy xonalarida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldauylar (noturar joy ) — Yetkazib beruvchining ma’lumotlari (Gkal) va noturar joylarda issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari (kub.m) bo‘yicha, ularni issiq suvning issiqlik saqlashiga ko‘paytirish yo‘li bilan Gkal.ga aylantirilgan (Gkal/kub.m) bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun ko‘p qavatli uyda noturar joylarga sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGkal1 –issiqlik energiyasining amaldagi tarifi, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (so‘m/Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGkal2 –issiqlik energiyasining amaldagi tarifi, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/Gkal).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Ko‘p kvartirali uydagi i-turar joy xona (kvartirada) markaziy isitish xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash (so‘m) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pturar joy xona mii = (q turar joy mi x TGkal) x Si, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pturar joy xona mii — turar joy xonada markaziy isitish uchun to‘lov (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGkal –qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (so‘m/Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Si — ko‘p kvartirali uyda i-turar joy xonaning (kvartiraning) isitiladigan maydoni (m2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qturar joy mi — isitiladigan maydonning 1 kvadrat metrni isitish uchun issiqlik energiyasining amaldagi solishtirma salmog‘i (Gkal/m2), u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qmi = (Qamaldami(uy) — Qamaldami(noturar joy)) / SD(turar joylarining isitiladigan maydoni), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldami (uy) — uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadigan ko‘p kvartirali uyni markaziy isitish ehtiyojlariga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldami (noturar joy) — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari bo‘yicha aniqlanadigan ko‘p kvartirali uyda noturar joy xonalarni markaziy isitishga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasining jami hajmi (Gkal). Ko‘p kvartirali uydagi noturar joy xonalar bo‘yicha hisoblab chiqilgan yuklamalar Yetkazib beruvchilar tomonidan Ijro etuvchilarga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SD (turar joy xonalarning isitiladigan maydoni) — ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarining jami isitiladigan maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Ko‘p kvartirali uydagi 1-noturar joyning markaziy isitish xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash (so‘m) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pi noturar joy mi = qi noturar joy mi x TGkal, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pi noturar joy mi — 1-noturar joy xonani markaziy isitish uchun to‘lov (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGkal –qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasi tarifi, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qi noturar joy mi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq 1-noturar joyni isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan 1-turar joy xonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisoblangan to‘lov quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pi turar joy xona ist = (qturar joy issiq suv ta’minoti x Tist x Kaholi) x №kishi i, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pi turar joy xona ist — turar joy xonasida issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist — qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan aholi uchun issiq suv ta’minoti xizmati tarifi (so‘m/kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkishi — issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda qo‘llanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i kishi — ko‘p kvartirali uydagi i-turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi kishilar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qturar joy issiqlik ta’minoti (it) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan turar joy xonalarida hisobot davrida 1 kishi hisobiga issiq suv sarfi (kub.m/kishi), u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldaist (uy) — ko‘p kvartirali uyda hisobot davrida sarflangan issiq suv hajmi, u uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldaturar joy it (IHOP bilan) — ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarida issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamaldanoturar joy it (IHOP bilan) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadigan ko‘p kvartirali uydagi noturar joyda issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi, (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy (kishi) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi odamlarning jami soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan i-turar joy xonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pist i = qamalda ist x Tist, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamaldaist i — individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist — aholi uchun issiq suv ta’minoti xizmatiga tasdiqlangan tarif (so‘m/kub.m).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan i noturar joyda issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piist = qamaldaiist x Tist, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamaldai ist — individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tist –issiq suv ta’minoti xizmatiga tasdiqlangan tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/kub.m) .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Belgilangan davomiylikdan oshuvchi tanaffuslar bilan yetkazib berishda issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov miqdorini o‘zgartirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Zarur sifatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq bo‘lgan tanaffuslar bilan issiqlik energiyasi yetkazib berishda Iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun to‘lov miqdori ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘iga xavfni bartaraf etish, mol-mulkka zarar yetkazishning oldini olish yoki yengib bo‘lmaydigan kuch oqibati bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘lov miqdorini qayta hisob-kitob qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslarda yoki belgilangan davomiylikdan ortiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilganda, shuningdek oldini olish ishlarini bajarishda umumiy yoki individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasi uchun to‘lov yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi miqdoriga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining hajmi issiqlik energiyasi iste’moli me’yoridan, iste’molchilarning sonidan yoki turar joy xonalarining isitiladigan maydonidan, shuningdek issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi vaqtidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi va zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi holatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmagan, shuningdek zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilgan taqdirda Iste’molchi Yetkazib beruvchini va Ijro etuvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi xabar Iste’molchi tomonidan yozma shaklda yoki og‘zaki (shu jumladan telefon orqali) berilishi mumkin va Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bunda Iste’molchi o‘z familiyasi, ismi va otasining ismini, aniq yashash manzilini, shuningdek yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi turini (isitish, issiq suv ta’minoti) yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligini ma’lum qilishi shart. Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) Iste’molchiga buyurtmanomani olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi va otasining ismini), buyurtmanomani ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini va uni qabul qilish vaqtini xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining sabablari ma’lum bo‘lsa, Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) bu haqda darhol (Iste’molchiga) xabar berishi va buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida tegishli yozuvni qayd etishi shart. Ushbu belgi issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi holati Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan e’tirof etilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi sabablari Yetkazib beruvchiga (Ijro etuvchiga) ma’lum bo‘lmasa, Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni aniqlashning va issiqlik energiyasi sifatini tekshirishning aniq vaqti va sanasini Iste’molchi bilan kelishishi shart. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Agar Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) issiqlik energiyasi sifatiga yoki issiqlik ta’minoti ko‘rsatilishiga nisbatan yagona qarorga kelmasalar, u holda ular tomonidan issiqlik energiyasi sifatini baholashning yangi vaqti va sanasi belgilanadi, unga mahalliy davlat hokimiyati organi, standartlashtirish organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari vakillari hamda Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik energiyasining sifatini takroran baholash natijalari bo‘yicha issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bilan birgalikda dalolatnomani mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari imzolashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada sifat parametrlari buzilishi, issiqlik energiyasini yetkazib berish to‘xtatilishi boshlanishining yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining vaqti va sanasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchi yoki uchinchi shaxslar tomonidan Iste’molchining yoki u bilan birga yashaydigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari umumiy mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) va Iste’molchi (yoki uning vakili) dalolatnoma tuzadilar va uni imzolaydilar. Dalolatnomada bunday zarar yetkazilganligi holati qayd etiladi. Mazkur dalolatnoma Iste’molchi murojaat qilgan paytdan boshlab 12 soatdan kechikmay Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan tuzilishi va tegishli ravishda uning vakolatli vakili tomonidan imzolanishi kerak. Dalolatnomani Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda u fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakillari tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki Iste’molchiga (yoki u bilan birga yashaydigan shaxslarning) hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari umumiy mol-mulkiga zarar yetkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma 2 nusxada tuziladi, ulardan biri Iste’molchiga (yoki uning vakiliga) beriladi, ikkinchi nusxasi — tegishli ravishda Yetkazib beruvchida (Ijro etuvchida) qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berish davri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiqlik energiyasi yetkazib berish yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolangan paytdan (kundan) boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hisobga olish asbobida qayd etilgan zarur sifatga ega bo‘lgan issiqlik energiyasini yetkazib berish tiklangan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Amalga oshirilgan qayta hisob-kitob qilish keyingi hisob-kitob davrining iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar olib borishi yo‘li bilan hal etilmagan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Talabning turi

Xizmatlar ko‘rsatishda tanaffuslarning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi va ularning sifatida yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar

Zarur sifatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq tanaffuslar bilan xizmatlar ko‘rsatishda xizmatlar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishining shartlari va tartibi

I. Issiq suv ta’minoti

1. Issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq yil mobaynida yoki faqat isitish mavsumida xizmatlar ko‘rsatilganda kecha-kunduz, uzluksiz issiq suv bilan ta’minlash.

Issiq suv berishda tanaffusning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi:

boshi berk magistralda avariya yuz berganda — uzluksiz 24 soat;
issiq suv ta’minotining muhandislik — markazlashtirilgan texnikaviy ta’minlash tarmoqlarida har yilgi ta’mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun — 15 sutka.

Issiq suv berishda tanaffusning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi oshishining har bir soati uchun Yetkazib beruvchi tomonidan issiq suv ta’minoti uchun qo‘shimcha to‘lov hisoblanmaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida issiq suv ta’minotining markaziy tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablariga muvofiq suv olish nuqtasida issiq suv haroratining 50-75°Sga muvofiq bo‘lishini ta’minlash.

Suv olish nuqtasida issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishi (elevator bog‘lamasi):

tungi vaqtda (soat 0:00 dan soat 05:00 gacha) — 5°Sdan ortiq emas;

kunduzgi vaqtda (soat 05:00 dan soat 00:00 gacha) — 3°Sdan ortiq emas**.

Issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlaridan har bir 3°S orqaga qaytish uchun ko‘rsatib o‘tilgan chekinish yuz bergan hisob-kitob davri uchun issiq suv ta’minoti xizmati uchun to‘lov miqdori ushbu Qoidalarga muvofiq bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan to‘lov miqdorining 0,1 foiziga, yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlardan chekinishning har bir soati uchun ushbu Qoidalarning IX-XI bo‘limlari hisobga olingan holda hisob-kitob davri mobaynida jamlangan holda pasayadi. Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo‘lgan issiq suv berilishining har bir soati uchun hisob-kitob davri davomida jami iste’mol qilingan suv uchun to‘lov ichimlik suv ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.

3. Xo‘jalik-ichish ehtiyojlari uchun beriladigan issiq suv sifati O’z DSt 950:2011 “Ichimlik suv”ga muvofiq bo‘lishi kerak.

Issiq suv tarkibi va xossalarining O’z DSt 950:2011 “Ichimlik suv” talablaridan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Issiq suvning tarkibi va xossalari ushbu Qoidalarga muvofiq hisob-kitob davri uchun belgilangan xizmat uchun to‘lov miqdori zarur sifatga ega bo‘lmagan issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan to‘lov miqdoriga pasaytiriladi (hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar).

4. Suv olish nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim (elevator bog‘lamasi) 0,03 MPa (0,3 kgs/kv. sm) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/kv. sm)gacha*.

Issiq suv ta’minoti tizimida bosimdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bosimdan chetga chiqish yuz bergan hisob-kitob davri mobaynida jami issiq suv berilishining har bir soati uchun:
belgilanganidan 25 foizdan ortiq bo‘lmagan farqlanadigan bosimda ko‘rsatib o‘tilgan hisob-kitob davri uchun kommunal xizmatga to‘lov miqdori ushbu Qoidalarning IX—XI bo‘limlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan to‘lov miqdorining 0,1 foiziga kamayadi;

belgilanganidan 25 foizdan ortiq farqlanadigan bosimda ushbu Qoidalarning IX bo‘limiga muvofiq, hisob-kitob davri uchun belgilangan issiq suv ta’minoti xizmatiga to‘lov miqdori zarur sifatga ega bo‘lmagan issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan to‘lov miqdoriga kamayadi (hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar).

II. Isitish **

5. Isitish davri mobaynida kecha-kunduz uzluksiz isitish***

Isitishda yo‘l qo‘yiladigan tanaffusning davomiyligi:

1 oy mobaynida 24 soatdan ortiq emas (jamlangan holda).

Ko‘rsatib o‘tilgan oshish yuz bergan hisob-kitob davri uchun jamlab hisoblab chiqilgan isitishning yo‘l qo‘yiladigan tanaffusi davom etishi oshishining har bir soati uchun bunday hisob-kitob davri uchun xizmatga to‘lov miqdori ushbu Qoidalarning IX—XI bo‘limlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan to‘lov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi.

6.Isitish davrida turar joy xonalari havosining normativ harorati kamida 20°S bo‘lishini belgilangan tartibda ta’minlash, xonalarda issiqlikni saqlash tadbirlari (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish).

Sutkaning tungi vaqtida (soat 22:00 dan soat 06:00 gacha) normativ haroratning yo‘l qo‘yiladigan pasayishi — 3°Cdan ortiq emas;

kunduzi (soat 05:00 dan soat 0:00 gacha) turar joy xonasida havo haroratining pasayishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan chetga chiqish yo‘l qo‘yilgan hisob-kitob davri mobaynida turar joy xonasida jamlangan holda havo haroratidan chetga chiqilgan har bir soat uchun bunday hisob-kitob davri uchun kommunal xizmatga to‘lov miqdori ushbu Qoidalarning IX-XI bo‘limlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan haroratdan chetga chiqishning har bir darajasi uchun to‘lov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Issiq suv ta’minoti tizimlarida bosimni o‘lchashni suv olish nuqtasida (elevator bog‘lamasi) ertalabki maksimum (soat 7.00 dan soat 9.00gacha) yoki kechki maksimum (soat 19.00 dan soat 22.00gacha) soatlarida amalga oshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida (elevator bog‘lamasi) 3 minutdan ortiq bo‘lmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ko‘rsatib o‘tilgan talablar tashqi havoning harorati xonalarni issiq saqlash tadbirlari bajarilishi sharti bilan isitish tizimini loyihalashtirishda qabul qilingan hisoblab chiqilgan haroratdan past bo‘lmaganda qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Ushbu ilovaning 5-bandi qo‘llangan taqdirda 6-band isitishdagi tanaffus boshlangan paytdan e’tiboran qo‘llanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***** Turar joy xonalarida havo haroratini o‘lchash 1 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda xonada (bir necha xonalar mavjud bo‘lganda — maydoniga ko‘ra eng katta bo‘lgan turar joy xonada), tashqi devorning ichki yuzasidan va isitadigan elementdan 0,5 m uzoqlikdagi yuzalar markazida va xonaning markazida (xona diagonal chiziqlarining kesishish nuqtasida) amalga oshiriladi. Bunda o‘lchov asboblari tegishli standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish markazlashtirilgan tizimlaridan foydalanish sohasida suv quvurlari — kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda ISKX tashkiloti deb ataladi) bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya — markazlashgan kommunal suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish tizimlari, alohida inshootlar, uskunalar, qurilmalarning shikastlanishi yoki ishdan chiqishi natijasida suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborishning to‘xtashiga yoxud ular hajmining kamayishiga, shuningdek ichimlik suv sifatining pasayishiga olib kelgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv iste’moli va oqova suvni chiqarish balansi — barcha suv ta’minoti manbalaridan amalda olingan suv hajmi bilan oqova suvlarni chiqarish hajmlari o‘rtasidagi nisbat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy oqova suvlar — inson hayot faoliyati (taom tayyorlash, hojat, kir yuvish va hokazo) jarayonida yuzaga keladigan barcha oqova suv turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv iste’moli — iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan o‘zining shaxsiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek ishlab chiqarishda texnologik ehtiyojlarni qondirish maqsadida ichimlik suvdan foydalanish holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti — ichimlik va texnologik suvni olish, tayyorlash, uzatish va iste’molchi(subiste’molchi)ga yetkazishni ta’minlaydigan texnologik jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvni chiqarish — iste’molchi(subiste’molchi)lardan oqova suvlarni qabul qilib olish, keyinchalik uni kanalizatsiya tozalash inshootlariga uzatishni ta’minlaydigan texnologik jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv va kanalizatsiya tarmog‘i — ichimlik suvlarni to‘plash, ular bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan quvurlar, kollektorlar, kanallar va inshootlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol qilinadigan ichimlik suv hisobini olib borish bog‘lanmasi (suv o‘lchash bog‘lanmasi) — iste’mol qilinadigan (olinadigan) ichimlik suv va chiqarib yuboriladigan (qabul qilinadigan) oqova suv hajmini o‘lchashni ta’minlaydigan asbob va qurilmalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish uchun javobgarlik chegarasi — tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadigan suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlari (suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari hamda ulardagi inshootlar) elementlarini suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish yuzasidan majburiyatlar (javobgarlik) belgilariga ko‘ra chegaralash chizig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — iste’molchi yoki subiste’molchi bo‘lish niyatidagi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa vositalari — ISKX tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasidagi aloqa vositalari ISKX tashkiloti tomonidan shakllantirilib, qo‘llab turiladi, ular jumlasiga telefon, faks, elektron pochta, internet sayt (ISKX tashkilotining veb-sayti, kommunal sohaning ixtisoslashtirilgan saytlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari), shuningdek iste’molchini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab turuvchi, uning uchun qulay va imkoniyati darajasidagi aloqa va o‘zaro munosabatlarning boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya nazorat qudug‘i — iste’molchining oqova suvlarini hisobga olish va ulardan namunalar olishga mo‘ljallangan quduq yoki iste’molchining kanalizatsiya tizimidagi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadigan joydan oldingi oxirgi quduq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-ekologik normativ — iste’molchilar va subiste’molchilar uchun suv oqizishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlarini tartibga soladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv iste’moli limiti — ISKX tashkiloti tomonidan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq iste’molchiga har sutkada beriladigan suv hajmining cheklangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal tozalash inshootlari — iste’molchi (subiste’molchi)ning oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishdan (qabul qilishdan) oldin ularni tozalash uchun mo‘ljallangan inshootlar va qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilmagan oqova suvni oqizish — kanalizatsiya tizimida avariya holatini yuzaga keltiradigan yoki keltirishi mumkin bo‘lgan, zarar yetkazadigan, ushbu tizimning normal ishlab turishini buzadigan va atrof muhitni ifloslantirishga olib keladigan oqizilishi taqiqlangan oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quvuri-kanalizatsiya xo‘jaligi (ISKX) tashkiloti — kommunal suv ta’minoti tizimidan suv bilan ta’minlashni va (yoki) kommunal kanalizatsiya tizimiga oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiruvchi hamda ushbu tizimlardan foydalanuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi — ISKX tashkiloti bilan suv olish va (yoki) oqova suvlarni oqizib yuborish xizmatlari olish yuzasidan belgilangan tartibda shartnoma tuzgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shuningdek, xo‘jalik yurituvida va (yoki) operativ boshqaruvida uy-joy fondi hamda muhandislik infratuzilmasi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar va davlat (idoraviy) uy-joy fondida joylashgan jismoniy shaxslarga kommunal xizmatlar ko‘rsatishga vakolati bo‘lgan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya tarmog‘iga oqiziladigan oqova suvning cheklangan hajmi (YQCHH) — nazorat punktida suv sifati me’yorlarini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqt, rejimda, ma’lum bir joydan, maksimal oqizilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvidagi modda massasi. Suvdan foydalanish joylarida moddalar konsentratsiyasining ruxsat etilgan darajasi, suv obyektining assimilyatsiyalashuvi imkoniyatlari hamda iste’molchilar tomonidan tashlanayotgan moddalarning maqbul taqsimlanishi kabi holatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv — belgilangan sanitariya normalari va normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan, iste’molchi (subiste’molchi)larning ichimlik suvga va kommunal-maishiy ehtiyojlari talablariga javob beradigan, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek ichimlik suvni ishlatish zarur bo‘lgan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan suv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv o‘tkazish imkoniyati — ichimlik suv (kanalizatsiya) ulanmasining muayyan vaqt ichida belgilangan rejimda suvning (oqova suvning) hisobli miqdorini o‘tkazish (oqizish) imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish oqova suvlari — barcha guruhdagi iste’molchilarining biror-bir mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishi, ishlab chiqarish faoliyatini yuritishi jarayonida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish oqova suvlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun ISXK tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq beriladigan ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha — markazlashtirilgan kommunal ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun beriladigan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish asboblarini ro‘yxatdan o‘tkazish — ushbu asbob o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi ikki tomonlama tasdiqlangan dalolatnoma asosida suv o‘lchash bo‘g‘iniga nazorat plombalarini o‘rnatish;
(2-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti yoki kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning texnik shartlarsiz yoxud texnik shartlarni bajarmasdan yoki ularni buzgan holda ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanib olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zboshimchalik bilan foydalanish — suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan suv berish (olish) va oqova suvlarni qabul qilish (oqizish) yuzasidan tuzilgan shartnomasiz foydalanish, shuningdek iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan shartnoma shartlarini buzgan holda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlar tarkibi — ifloslantiruvchi moddalar va ularning konsentratsiyasini o‘z ichiga oluvchi oqova suvlar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlarni me’yordan ortiqcha oqizish — suvni chiqarib yuborishning hajm va tarkib bo‘yicha me’yorlari bilan belgilangan OYQCHM (oqizishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori)dan ortiqcha oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning limitdan ortiqcha iste’moli — iste’molchi (subiste’molchi)ning maishiy va kommunal-xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan limitdan tashqari foydalangan suv ta’minotiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan iste’molchi — texnologik va ishlab chiqarish jarayonida ichimlik suvdan foydalanishni talab etadigan iste’molchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish asbobi yoki suv hisoblagich — yuborilgan ichimlik suvni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, me’yoriy metrologik tavsifga ega bo‘lgan, o‘lchovi muayyan vaqt mobaynida o‘zgarmas deb qabul qilingan (belgilangan nuqson chegaralari doirasida) fizik o‘lcham birligini hosil qiladigan va saqlaydigan, tijorat hisobi uchun foydalanishga ruxsat etilgan texnik vosita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subiste’molchi — iste’molchi bilan suv tarmog‘idan foydalanishga va oqova suvlarni chiqarib tashlashga shartnomasi mavjud bo‘lgan, suv ta’minoti tashkilotining roziligi bilan iste’molchining ichimlik suv-kanalizatsiya tarmoqlariga bevosita ulanib olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik suv — ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etishni talab qiladigan, ichish uchun mo‘ljallanmagan suv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chadan suv olish qurilmasi — ichimlik suvni bevosita suv quvuri tarmog‘idan ajratib oladigan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanish moslamasi yoki inshooti — iste’molchi tomonidan ichimlik suvni oladigan va (yoki) oqova suvni chiqaradigan markaziy kommunal suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish moslamasi va inshooti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimi — iste’molchilarga ichimlik suvni chiqarish, yig‘ish, tayyorlash, tashish va uzatish uchun mo‘ljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimi — cho‘kindilarni yig‘ish, tozalash, qayta ishlash hamda iste’molchilarning oqova suvlarini chiqarish uchun mo‘ljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha ISKX tashkilotlari hamda iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlarda suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv sifati ISKX tashkilotlarining kimyo-bakteriologiya va kimyo-texnologiya laboratoriyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) bilan hamkorlikda nazorat qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suv iste’molchi (subiste’molchi)larning iste’mol va kommunal-maishiy ehtiyojlari, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek ichimlik suvdan foydalanish talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ISKX tashkilotlari tomonidan ichimlik suv bilan ta’minlashning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lgan holatlarda, ixtisoslashgan iste’molchilar uchun markaziy kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suvdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimlari iste’molchilardan maishiy oqova suvlarni qabul qilib olish, chiqarib yuborish va tozalash uchun mo‘ljallangan. Kanalizatsiya tizimiga oqizilayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarini iste’molchilar tomonidan tashlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibida, shuningdek ISKX tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mavjud kommunal drenajlar tizimida shahar, aholi punkti va sanoat maydonchalari hududidagi drenaj suvlar va yer usti oqova (shu jumladan yomg‘ir) suvlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv ta’minoti va tashlash tizimlaridan foydalanish va tezkor-texnik boshqarish uchun ISKX tashkilotlari texnik, foydalanish va ijro hujjatlarining, shuningdek xatlov va pasportlashtirish materiallarining doimiy ravishda, komplekt holda saqlanishini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. ISKX tashkiloti ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ining iste’molchiga tegishli hududga kirgan qismiga (ko‘p qavatli uylarning kirish qismiga) qadar javobgar bo‘ladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ining ko‘p kvartirali uylarga kirgan qismidan to iste’molchiga tegishli hududga qadar javobgar bo‘ladi va unga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar o‘ziga tegishli hududdagi ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘i uchun javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmog‘ining iste’molchiga tegishli hududga kirgan qismiga (ko‘p qavatli uylarning kirish qismiga) qadar javobgar bo‘ladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi ko‘p kvartirali uyda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmog‘i uchun javobgar bo‘ladi va unga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar o‘ziga tegishli hududdagi oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmog‘i uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ko‘p kvartirali uylarning yuqori qavatlariga ichimlik suvini yetkazib beruvchi va ulardan oqova suvni olib chiqishda foydalanuvchi nasoslar ekspluatatsiyasiga ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi javobgar bo‘ladi va xizmatlar ko‘rsatadi.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uydagi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan qabul qilinmagan va u tomonidan xizmat ko‘rsatish belgilanmagan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv chiqarish tarmoqlariga (quvurlari va tizimlari) ushbu boshqaruv organi javobgar hisoblanmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichimlik suvdan oqilona foydalanish maqsadini ko‘zlagan holda, iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun suvdan foydalanish limitlari belgilanadi, jismoniy va yuridik shaxslarga ikkilamchi xizmat turlarini ko‘rsatuvchi budjet, issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal suv ta’minoti tizimidan ichimlik suv iste’moli uchun limitlar ISKXning tegishli tashkilotlari tomonidan yiliga bir marta belgilanadi, ularning maxsus buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ISKX tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarini — belgilangan suv iste’moli limitlarining sanoat korxonalari tomonidan buzilish holatlari to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqo‘m organlarini — o‘tkir oshqozon-ichak va boshqa infeksiyalar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish, o‘z vaqtida profilaktika choralari ko‘rish maqsadida ichimlik suv va kanalizatsiya magistral tarmoqlaridagi avariya holatlari to‘g‘risida;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarini — sanoat korxonalari tomonidan oqizilayotgan oqova suvlarning ifloslanish darajasi va miqdoriga bo‘lgan talablarga rioya etilmayotgani to‘g‘risida xabardor qilib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ISKX tashkilotlarining iste’molchilari guruhlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ISKX tashkiloti iste’molchilari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I guruhga — xususiy uy-joylarda va ko‘p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) II guruhga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ta’minoti tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy egalari shirkatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) III guruhga I va II guruhga kirmagan boshqa tashkilotlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ichimlik suv ta’minoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iste’molchilarga (subiste’molchilarga) suv berish va ulardan oqova suvlarni qabul qilish faqat ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma ushbu Qoidalarga muvofiq tuzilgan bo‘lishi, tomonlarning barcha huquq, vazifa va majburiyatlarini aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iste’molchi bilan suv ta’minoti xizmatlari yuzasidan shartnoma tuzishda, markaziy kommunal oqova suv tarmog‘iga ulanish holatlari mavjud bo‘lsa, majburiy ravishda, oqova suv(kanalizatsiya) xizmatlari uchun ham shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. I guruh iste’molchisi shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy egasi pasportining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanish uchun yangi qurilgan turar joyning loyiha (texnik) hujjati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish asboblari bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan suv hajmini aniqlash uchun zarur bo‘lgan yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha istiqomat qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchining yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan mustaqil ravishda so‘rab olinadi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. II va III guruh iste’molchisi (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tashqari) shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi va subiste’molchining bevosita suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan (ulanuvchi) obyektlari ko‘rsatilgan buyurtmanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanish uchun zarur bo‘lgan loyiha (texnik) hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti va kanalizatsiya sxemalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti va oqova suv balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan, iste’mol qilinadigan va tashlanadigan oqova suvlarning miqdori, sifati tarkibini me’yoriy asoslovchi hisob hujjati, shuningdek kommunal-ekologik normativlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati shartnoma tuzish uchun ISXK tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi va subiste’molchining markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova tizimlariga bevosita ulangan (ulanadigan) obyektlari ko‘rsatilgan buyurtmanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori, kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Obyekt egasi avtonom suv ta’minoti (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi)ga va (yoki) markaziy kommunal oqova tizimidan boshqa oqova tashlash manbalariga ega bo‘lgan holatlarda, ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzish uchun maxsus tabiiy suv obyektlaridan maxsus suv olish yoki iste’mol qilish uchun ruxsatnomani qo‘shimcha ravishda taqdim etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suv ta’minotining xususiy avtonom manbai (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi va h.k.) mavjud bo‘lganda kommunal kanalizatsiya tizimiga oqovalarni oqizish hajmi o‘rnatilgan nasosning ishlab chiqarish quvvati yoki o‘rnatilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisoblash asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchiga qarashli bo‘lgan avtonom suv ta’minoti manbaining ichki tizimi markaziy suv ta’minoti tizimi bilan tutashmagan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oqova suvlardagi ifloslanish miqdori va konsentratsiyasining shartnomada belgilangan me’yorlardan ortishi, yangi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, inshoot va moslamalarning ishga tushirilishi yoki qayta ta’mirlanishi, yangi subiste’molchilarning qo‘shilishi, suv o‘lchash bo‘g‘imi yechimi va tarxlarining, suvni hisobga olish asbobining o‘zgartirilishi kabilar faqat ISKX tashkiloti ruxsati bilan, ilgari yoki yangi tuzilgan shartnomaga qo‘shimchalar kiritish, zarur hollarda, yangi texnik shartlar olish yo‘li bilangina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shartnomada uning predmeti, ya’ni ichimlik suv bilan ta’minlash va (yoki) oqova suvlarni chiqarish (oqizish) ko‘rsatilib, quyidagi alohida sharoitlar ham nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvni olish tartibi, shu jumladan o‘t o‘chirish va oqova suvlarni chiqarish holatlarida (II va III guruh iste’molchilari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv sifatiga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi ichimlik suv bilan ta’minlanmagan yoki to‘liq ta’minlanmagan holatlarda qayta hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarishni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar hisobi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov tartibi, muddatlari, tariflari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha javobgarlik chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan voyaga yetgan jismoniy shaxslarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha solidar javobgarligi;
(22-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlardan birining arizasiga ko‘ra kelishuvga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kommunal suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari tizimiga obyektlarni ulash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yangi, rekonstruksiya qilinayotgan, qayta ixtisoslashtirilayotgan yoki kengaytirilayotgan obyektlarni (keyingi o‘rinlarda ulanuvchi obyektlar deb ataladi) markaziy suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulash hamda suv muhofazasiga oid tadbirlarni bajarish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkiloti tomonidan ikki kun mobaynida beriladigan texnik shartlarga ega bo‘lishi kerak, ular asosida ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchilar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik talablarni berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan holatlarda (tizimlarning juda bandligi, muhandislik kommunikatsiyalarining obyekt joylashgan hududda yo‘qligi, joyning noqulay relyefi va boshqa sabablarga ko‘ra), ISKX tashkiloti 3 kun mobaynida iste’molchiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish imkoniyati yo‘qligi haqida, asoslangan, masala yechimiga oid muqobil variantlarni taklif etgan holda, yozma ravishda raddiya taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‘lgan iste’molchi, ISKX tashkiloti ruxsati bilan va u texnik imkoniyatlarni mavjud deb topgan holatlarda, o‘z tasarrufidagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga, inshoot va qurilmalarga subiste’molchilarning ulanishiga ruxsat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy binolarining yerto‘la qismidan tranzit sifatida o‘tadigan magistral tarmoqlar ISKX tashkiloti tasarrufida bo‘ladi, uning tomonidan texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnik shartlarni olish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma topshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy qurilish bo‘limlari tomonidan berilgan, obyektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanayotgan obyektning suvdan foydalanish turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari aks ettirilgan (jumladan, o‘t o‘chirishda ham) suvdan foydalanish va oqova suvni chiqarish balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya tizimiga oqizishga mo‘ljallangan oqova suvlar tarkibi haqidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imoratning balandligi, qavatlari va qanday maqsadlarda foydalanilishi haqidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. ISKX tashkiloti, buyurtmanoma va unga tegishli ilovalar topshirilgandan so‘ng, 2 ish kuni mobaynida texnik shartlarni iste’molchiga bepul taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sanoat korxonalarining texnik ehtiyojlari uchun (ishlayotgan yoki loyihalashtirilayotgan) boshqa suv manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb topilgan holatlarda, iste’molchi, o‘z kuch va mablag‘lari hisobiga, lokal (mahalliy) ishlab chiqarish suv tarmog‘ini qurishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik shartlarda ularning amal qilish muddati, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimiga ulanish joyi, ulanish inshooti va uskunalariga nisbatan qo‘yiladigan maxsus texnik talablar, manzil ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) suv ta’minoti bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanish joyidagi kafolatlangan erkin bosim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan miqdordagi ichimlik suvni qabul qilish hajmi va suvdan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvni o‘lchash vositalari va hisoblash joyi (uzeli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqadigan maxsus talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oqova suvlarni chiqarish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tashlash normativlari (oqova suvlarni chiqarish tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlardan namuna olish va hisobini yuritish uskunalariga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning oldini olishga va yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar darajasini nazorat qilishga oid talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqadigan maxsus talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Biriktirilayotgan obyektlarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish loyihalari berilgan texnik shartlar talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalash jarayonida yuzaga kelgan texnik talablardan chekinish zaruriyati ISKX tashkiloti bilan qo‘shimcha ravishda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. ISKX tashkilotidan olingan ulanishga texnik shartlar asosida loyihalashtirish tashkiloti II yoki III guruh iste’molchilari buyurtmasi bo‘yicha normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq ulanish loyihasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish II va III guruh iste’molchi (buyurtmachi)lari hamda suv ta’minoti va oqova suvni oqizish loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha loyihalar kelishilishi va ular bo‘yicha, belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarining xulosasi olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqilgan loyihani loyiha tashkiloti yoki II va III guruh iste’molchi(buyurtmachi)si ikki nusxada ISKX tashkilotiga kelishish uchun topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Markaziy kommunal suv ta’minoti tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi va unda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi ko‘rsatilgan, 1:500 masshtabdan kam bo‘lmagan bosh rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv o‘lchash uzellari joylashtirilgan xonaning ichimlik suv tizimlari va qurilmalari bilan 1:50 — 1:100 masshtabda aks ettirilgan rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv quvurini kiritish va suv o‘lchash uzellari hamda quduq va kameralarining 1:10 — 1:20 masshtabdagi ish chizmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik-maishiy, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish-texnik ehtiyojlar uchun maksimal kunlik va soatlik suv sarfi balansi ko‘rsatilgan hisob-tushuntirish xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Markaziy kommunal suv tashlash tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi, u quyidagilarni qamrab olgan bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi ko‘rsatilgan, 1:500 masshtabdan kam bo‘lmagan bosh rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlar diametri, yer yuzasi belgilari ko‘rsatilgan, mavjud yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan quvurlar, loyihalashtirilayotgan kanalizatsiya liniyalarining yon tomondan ko‘rinish kesmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti inshootlari (diametri bilan ko‘rsatilgan holda) bilan kesishish nuqtalari va belgilari. Ko‘ndalang kesmalar vertikal bo‘yicha 1:100 masshtabda va gorizontal bo‘yicha 1:100dan 1:1000gacha bo‘lgan masshtabda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat ishlab chiqarish korxonalari oqovalarini tozalashning loyihalashtirilayotgan lokal tozalash va boshqa kanalizatsiya inshootlarining ish chizmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlarning miqdori, tarkibi va ifloslanish darajasi, quvurlarning mo‘ljallangan diametri va ularning nishabi, shuningdek oqova suvlarning to‘lishi va oqish tezligi ko‘rsatilgan hisob-tushuntirish xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. ISKX tashkiloti ulanish uchun kelishuvga taqdim etilgan loyihani, belgilangan tartibda ikki hafta muddatda ko‘rib chiqishi shart. Bunda ISKX tashkiloti taqdim etilgan loyihaning ilgari berilgan texnik shart talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq ekanligini tekshirib chiqishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Loyihalashtirish jarayonida loyihaviy yechimlarga kiritilgan barcha o‘zgarishlar, ulanishga berilgan texnik shartlardan chetga chiqishlar ISKX tashkiloti bilan qo‘shimcha ravishda kelishilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tugagach buyurtmachi (obyektni loyihalashtirish va qurishni boshlash uchun) loyiha muddatini cho‘zdirishi yoki yangi texnik shartlarni olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ulanish uchun tasdiqlangan loyihaning bir nusxasi ISKX tashkilotiga topshiriladi. Mazkur nusxadan markaziy suv tarmog‘i va kanalizatsiya tizimlariga ulanish bilan bog‘liq qurilish ishlari borishini texnik nazorat qilishda, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanuvchi qurilma va inshootlarni foydalanishga topshirish va qabul qilishda foydalaniladi. II yoki III guruh iste’molchilarining kuch va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ulanish va uni rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha ishlar texnik nazoratda bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kommunal suv tarmog‘i va oqova suv tarmog‘iga ulash uchun qurilma va inshootlar foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti)dan ISKX tashkiloti vakili tomonidan, ularning berilgan texnik shartlarga muvofiqligini tekshirib qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt ishga tushirilgungacha kommunal suv ta’minoti va oqova suv tarmog‘iga ulanish uchun, iste’molchi qurilma va inshootlar ijro hujjatlarining bir nusxasini ISKX tashkilotiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Barcha ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) tomonidan majburiy tarzda ISKX tashkilotiga topshirish uchun quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslar, poydevorlar, tirgaklar qurish, tuproqni zichlash, izolyatsiyalash va boshqa yashirin ishlar bo‘yicha dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr-kimyo himoyasi bo‘yicha hujjatlar to‘plami (zarurat bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ular uchun majburiy sertifikatlashtirish nazarda tutilgan bo‘lsa, suv ta’minotida (suv chiqarib yuborishda) foydalaniladigan quvurlar, uskunalar, konstruksiyalarga sertifikat va pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar beton ishlatilgan bo‘lsa, beton kubiklarining pishiqligini sinash qaydnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlar va inshootlarning sanitariya ishlovi dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunikatsiyalar va inshootlarning pishiqligi hamda germetikligi to‘g‘risida gidravlik sinash dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilish samaradorligi to‘g‘risida dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan ijro chizmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlarni korroziyadan himoyalash bo‘yicha ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar (zarur holatlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash tashkiloti, buyurtmachi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan loyihadan chekinishlar qaydnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tashkilotining topshirilayotgan obyektga kafolat pasportlari, unda yashirin nuqsonlar uchun qurilish tashkilotining javobgarligi muddati ham ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarni qayd etish daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv o‘lchash uzelining tayyorligi haqidagi dalolatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini, inshootlar va qurilmalarni vazirliklar va idoralar tashkilotlardan ISKX tashkilotlariga o‘tkazish iste’molchi (buyurtmachi) yoki ularga egalik qiluvchi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qurib bitkazilgan suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarni qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Suv ta’minoti tizimiga ulanish uchun suv quvurlari qurilmalari va inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilgan holda, ISKX tashkiloti va Sanepidqo‘m hududiy organlari vakillari ishtirokida, suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan tahlillar natijalariga erishgunga qadar yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi) zarur (ko‘p kvartirali uylardan tashqari). Talablar bajarilmagan taqdirda iste’molchi suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan hisoblanadi hamda ISKX tashkiloti abonent iste’mol qilgan suv miqdorini aniqlash uchun mazkur Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan formulani qo‘llash huquqiga ega.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ichimlik suv tarmog‘ining yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi), ISKX tashkilotining vakili ishtirokida, pudratchi yoki qurilish tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi. Xarajatlar qurilish qiymatida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Suvni hisobga olish asbobi mavjud bo‘lgan taqdirda xarajat suv o‘lchagich bo‘yicha aniqlanadi, aks holda yuvish uchun sarflangan suv miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M — 0,60-0,62 ga teng bo‘lgan zulfin orqali suv sarfi koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — suyuqlik oqib o‘tadigan quvur yoki teshik kesimi maydoni (ichki diametr bo‘yicha), m2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g — 9,8 m/sekund2ga teng bo‘lgan erkin tushish tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — kommunal suv tarmog‘iga ulanish yoki suv olish nuqtasidagi suvning metr hisobidagi bosimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t — sekund hisobidagi vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvishning qancha davom etishi, yuvish ustuni diametri, tarmoqdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti va yuvishni amalga oshirayotgan tashkilot vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ulanish uchun ichimlik suv tarmog‘i qurilmalari va inshootlarini yuvish to‘g‘risidagi dalolatnoma ISKX tashkiloti, iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti), pudrat tashkiloti va Sanepidqo‘m vakillari tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ushbu dalolatnomada yuvishga sarflangan va o‘lchash vositalari bilan aniqlanadigan ichimlik suv miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Suv o‘lchash vositalari bo‘lmagan holatlarda esa ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Iste’molchi (mulkdor)ning ichimlik suv tarmog‘i va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish), ulash bo‘yicha ishlari ISKX tashkilotlari tomonidan alohida shartnoma asosida amalga oshirilishi va bu xizmatlar uchun haq iste’molchi yoki pudratchi tomonidan to‘lanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat kanalizatsiya qudug‘i mavjud bo‘lmagan taqdirda buyurtmachi (yakka tartibda uy-joy quruvchi) uni ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda qurishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fuqarolarga shaxsiy mulk huquqi bo‘yicha tegishli bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘i va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish va ulash ISKX tashkiloti tomonidan, mulkdorlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qurilgan ulanmalar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi va qurilish tashkiloti vakillari ishtirokida, tomonlar o‘rtasida shartnoma tuzilgach, foydalanishga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Suvni berish hamda oqova suvlarni qabul qilishga ruxsat beruvchi dalolatnoma tuzilib, ISKX tashkilotidan ulanma foydalanishga topshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olingach, barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgandan keyin, shuningdek iste’molchi ISKX tashkilotiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish uchun tegishli ariza berganini hisobga olgan holda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) ISKX tashkilotiga o‘tkazilayotgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlarining ishlash holatida turishi uchun ular topshirilgan kundan boshlab kafolat pasportida ko‘rsatilgan muddat davomida (obyekt topshirilgan kundan boshlab kamida bir yil davomida) javobgar hisoblanadi va bu muddat mobaynida ISKX tashkiloti ko‘rsatmasiga binoan, barcha aniqlangan texnik nosozliklarni o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan bartaraf etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Faoliyat ko‘rsatayotgan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (shu jumladan, suv olish kolonkalari va o‘t o‘chirish gidrantlari, uyning kiritma va chiquvlariga ham) o‘zboshimchalik bilan ulanib olish, shuningdek, ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan) o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti tomonidan bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va bir nusxasi o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan subyektga topshiriladi. Ushbu dalolatnoma o‘zboshimchalik bilan ulanganning javobgarlik darajasini va ISKX tashkilotiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun asos bo‘ladi hamda ISKX tashkiloti ushbu Qoidalarning 94-bandiga muvofiq suv sarfi va oqova suvlarni chiqarganlik uchun to‘lov summalarini to‘lash uchun ulanma egasiga to‘lov hujjati yozib beradi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi. Bosh tortish ikki nafar guvoh yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda iste’molchi dalolatnomada uning mazmuni bo‘yicha tushuntirish va e’tirozlarni, shuningdek, imzolashdan bosh tortish sabablarini bayon etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zboshimchalik bilan foydalanilgan suv sarfini qayta hisob-kitob qilish iste’molchini iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan tarmoqdan uziladi va bu haqda belgilangan tartibda ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(49-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimidan ilgari uzib qo‘yilgan (o‘zboshimchalik bilan ulanish, qarzdorlik mavjud bo‘lganda yoki shartnoma shartlari bajarilmaganda) shaxslarni qayta ulashda I guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, II va III guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali 3 kundan kechiktirmay tarmoqqa qayta ulanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xona turar joydan noturar joy toifasiga o‘tkazilganda iste’molchi suvni berish va oqova suvlarni qabul qilishga yetti kun muddatda shartnoma tuzishi, hisoblash asbobini o‘rnatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Iste’molchini II yoki III guruhga o‘tkazish uning asosiy ish faoliyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Suv ta’minotiga va (yoki) oqova suvni chiqarishga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan taqdirda iste’molchi ISKX tashkilotini yozma shaklda xabardor qilib qo‘yishi va uzib qo‘yilganlikni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish qaytadan tiklanganda ham iste’molchi ISKX tashkilotini bu haqda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, iste’molchini tarmoqdan uzish yoki qayta ulash ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ko‘cha va hovlilardagi umumiy foydalaniladigan suv olish kolonkalaridan foydalanish, balans bo‘yicha mansubligidan kelib chiqqan holda ISKX tashkiloti yoki iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. ISKX tashkiloti texnik imkoniyat va zaruriy hisob-kitoblar bilan birga buyurtmanoma mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ruxsat berilgan joylarda qurilayotgan obyektlar, xo‘jaliklar va obodonlashtirish obyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulashni vaqtinchalik sxema bo‘yicha, suvni hisoblagichlar mavjud bo‘lgan holatlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. ISKX tashkilotiga yoki iste’molchiga tegishli bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘i va qurilmalariga vaqtinchalik ulanish ISKX tashkiloti ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Binolardan tashqaridagi ichimlik suv quvurlari yer ostiga yotqizilishi kerak. Quvurlarni ochiq holda o‘tkazishga faqat yozgi ichimlik suv quvurlariga ruxsat etiladi. Bunda ko‘chadagi irrigatsiya lotoklariga va yo‘l chetidagi ariqlarga quvurlarni yotqizishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vaqtinchalik suv tarmog‘ini o‘rnatish va ulardan foydalanish manfaatdor tashkilotlarning o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Foydalanayotgan tashkilot suv tarmog‘ini shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida uzib qo‘yilmaganligi uchun moddiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yetkazib berilgan suvni o‘lchash uchun hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulangan yoki yangidan ulanayotgan iste’molchilar (subiste’molchilar)ga xizmat ko‘rsatish ISKX tashkiloti tomonidan, majburiy tartibda, sarflangan va chiqarib yuborilgan oqova suvni hisoblash uchun zarur suvni hisobga olish asboblari o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi. Yangi iste’molchilarni ISKX tashkiloti tomonidan suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatmasdan kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulash qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Iste’molchilarning II yoki III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish ushbu maqsadlar uchun maxsus loyihalashtirilgan suv o‘lchash uzeli xonalarida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv o‘lchash uzeli sun’iy (tabiiy) yorug‘likka ega bo‘lishi va ventilyatsiya qurilmasi (yetarli darajadagi asosda — tabiiy ventilyatsiya) bilan jihozlangan, qish vaqtida havo harorati 4 0S darajadan past bo‘lmagan, shuningdek uzel ichida himoyalangan elektr rozetkasi bo‘lishi kerak. Suv o‘lchash uzelining o‘lchami rejada ikki kishining bir vaqtning o‘zida erkin, tiqilinchsiz ishlashini ta’minlashi, shuningdek, suv o‘lchash uzelini suv bosgan taqdirda ularning ishdan chiqishi, buzilishining oldini olish uchun moddiy qiymatga ega buyumlar saqlanayotgan joydan mustahkam izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak. Suv o‘lchash uzeli xonasi yer osti va yomg‘ir suvlari tushishidan himoyalaydigan tashqi gidroizolyatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv o‘lchash uzeli zaruriy tarzda detallashtirilishi, shu jumladan, suvni hisobga olish asbobi (suv o‘lchagich yoki diafragmali manometr) o‘rnatish va montaj qilishning batafsil sxemasi loyiha bilan rasmiylashtirilgan va ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv o‘lchash uzeli mustaqil zulfinli qurilmaga ega bo‘lishi, uning kalitlari tashkilot buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul shaxsda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzel joylashgan xonada tranzit kanalizatsiya liniyalari, ustunlar va chiqargichlar o‘rnatish, boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Suv o‘lchash uzeli xonasini ozoda saqlash zarur. Iste’molchi bilan ISKX tashkiloti o‘rtasida tuziladigan suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada xona, uzel uskunalari saqlanishi, suv hisoblagichdagi plomba hamda stvolli zulfin (yong‘inga qarshi)ning butligi va kirish eshigi kalitlarining saqlash joyiga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Faqat suv o‘lchash uzeli xonasi va uskunalari to‘liq soz holatga keltirilgandan va barcha qurilish-montaj ishlari tugallangandan so‘ng suvni hisobga olish asbobini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Uzatilgan suvning hisobini yuritish uchun davlat sinovidan va ro‘yxatidan o‘tkazilgan suv hisoblagichlar ishlatilishi lozim va ular tegishli tartibda berilgan metrologik attestatsiya va sinovlardan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Suv hisoblagichlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu turdagi ishlarni olib borish uchun “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tegishli organlar tomonidan tekshirilgan va plombalangan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish asbobi pasportida tekshirish sertifikati, metrologik attestatsiyadan o‘tgazilganlik to‘g‘risidagi qaydlar bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sovuq suvni hisobga olishning maqbul usullari va o‘lchash vositalarini tanlash, suvni hisobga olish asboblarini nazoratdan o‘tkazish ishlari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Suv o‘lchagichdan foydalanishning belgilangan chegarali tekshirishlararo muddati tugaganda yoki uning haqiqiy holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishning imkoniyati bo‘lmaganda ISKX tashkiloti yoki ushbu asbobni ta’mirlash va tekshirish ishlari uchun ruxsatnomasi bor, akkreditatsiyadan o‘tgan tegishli organlar xulosasiga ko‘ra uni almashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobini tekshirishlar oralig‘i:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning hisoblash asbobi uchun — 8 yilni;
(62-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning hisoblash asbobi uchun — 4 yilni tashkil qiladi.
(62-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosimning o‘zgaruvchan farqi sarflarini aniqlovchi elektron hisoblagichlar (difmanometrlar), ultratovushli, elektr magnitli, uyurmali va boshqa turdagi hisoblagichlar uchun tekshirishlar oralig‘i — 1 yildan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Suv o‘lchash uzeli ISKX tashkiloti tomonidan plombalanishi lozim. Plombalanmagan hisoblash asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobiga o‘rnatilgan plombani yechish iste’molchining murojaatiga asosan ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. II va III guruh iste’molchilarida o‘rnatiladigan suv hisoblagich shartli o‘tkazmasi (kalibri)ning diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi, obyektning maksimal va minimal suv iste’moli tekshiriladi hamda ISKX tashkiloti bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblarining ishlashi nazorat qilinganda, o‘lchovlarning texnik tavsifnomasida yo‘l qo‘yiladigan minimal chegaradan kam miqdorda suv iste’mol qilingan taqdirda ISKX tashkiloti suv o‘lchash uzelini amalda sarflanayotgan suv hajmiga mos, kichikroq diametrdagi asbobga (berilgan kundan keyingi 30 kalendar kun ichida) qayta jihozlashga ko‘rsatma beradi. Bu ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda suvdan foydalanish va oqova suvlarni chiqarish uchun to‘lovlar ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobining yo‘l qo‘yiladigan minimal chegarasidan kam miqdordagi o‘lchovlarda ishlashini aniqlash II va III guruh iste’molchilarida ilgarigi olti oy mobaynida suv iste’mol qilinishining monitoring hisobiga ko‘ra, fasllarga ko‘ra notekis taqsimlanishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini xarid qilish, o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi (subiste’molchi)ning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ISKX tashkiloti iste’molchilarga mazkur xizmatlarni bajarish uchun narxni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar belgilashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga qiyoslash muddati tugagan suvni hisobga olish asboblarini yangisiga almashtirish ISKX tashkilotining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi (subiste’molchi)ning xohishiga ko‘ra individual suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish ishlari “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlar tomonidan, iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish, almashtirish, yechish ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(65-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. ISKX tashkiloti “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan ro‘yxatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat etilgan suvni hisobga olish asboblarining turlari haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish uchun iste’molchi ISKX tashkilotiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgach, ISKX tashkiloti uch kun muddatda iste’molchi bilan suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish yuzasidan shartnoma tuzadi va unda shartnomada ko‘rsatilgan summaning 100 foizi miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan qonunchilikka muvofiq nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarning uyini suvni hisobga olish asboblari bilan ta’minlash ISKX tashkiloti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, bu mablag‘ keyinchalik uy egasi tomonidan shartnomaga asosan, belgilangan tartibda 12 oy muddatda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti, iste’molchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov summasi to‘liq to‘langach, 30 kalendar kuni mobaynida suvni hisobga olish asbobini o‘rnatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, iste’molchi ISKX tashkiloti vakili o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatgach, unga belgilangan tartibda suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilgan joyga borish sharoitini yaratib berishi, suvni hisobga olish asbobi o‘rnatiladigan yerni hozirlashi, nazorat vinteli va zulfinlarning ishlashini ta’minlashi, ish olib borishga xalaqit beruvchi omillarni bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermagan holatlarda va bu sabablar ISKX tashkilotiga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lsa, ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unga asosan suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddati uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlariga amal qilmagan taqdirda, iste’molchi suvni hisobga olish asbobi yo‘qligi sababli to‘lashi lozim bo‘lgan ortiqcha koeffitsiyentli to‘lovlardan ozod etiladi. Shuningdek, ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlariga amal qilmagani uchun, kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1% miqdorida penya to‘laydi, lekin uning miqdori shartnoma summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining ishlamayotganligi aniqlansa yoki uning ish tartibiga ruxsatsiz aralashilgan yoki plombalari uzilgan bo‘lsa, ushbu holatga aniqlik kiritilgan holda dalolatnoma tuziladi hamda ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga (subiste’molchiga) suvni hisobga olish asbobini 30 kun mobaynida navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazishga ko‘rsatma beradi. Muddat ko‘rsatma taqdim etilgan sanadan boshlab hisobga olinadi.
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ko‘rsatma 30 kun muddatda bajarilmagan taqdirda I guruh iste’molchilari to‘lovlarni ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandiga ko‘ra, II va III guruh iste’molchilari esa 87-bandning “b” kichik bandiga ko‘ra amalga oshiradilar va bu holat suvni hisobga olish asbobidagi kamchiliklar bartaraf etilmagungacha yoki yangi suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilmagungacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Suvni hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tugashidan kamida 30 kalendar kun avval ISKX tashkiloti iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan tartibda (pochta orqali, shaxsan, elektron pochta vositasida, ijtimoiy tarmoqlar yordamida va hokazo) ogohlantirish xati jo‘natadi. Unda suvni hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganligi qayd etiladi, iste’molchi uchrashishi kerak bo‘lgan shaxs, manzil, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi ogohlantirish xatini olgan kundan boshlab uch kun muddatda ISKX tashkiloti vakili bilan yozma, og‘zaki yoki telefon orqali bog‘lanib, ushbu korxona vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobini tekshirishga olib ketish, ikki tomonlama dalolatnoma tuzish sanasi, vaqtini kelishib oladi. Bunda dalolatnoma tuzilgan sana, suvni hisobga olish asbobini tekshirish va qayta o‘rnatish uchun ketadigan vaqt, uning ko‘rsatkichlari qayd etilishi lozim.
(69-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh iste’molchisi uzrli sababga ko‘ra (xizmat safarida, kasalxonada bo‘lish) o‘z vaqtida suvni hisobga olish asbobini nazoratdan o‘tkaza olmagan hollarda (tegishli hujjatlar taqdim etilganda) ogohlantirish xati berilgan kundan keyingi muddat uzrli sabab ko‘rsatilgan muddatga uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda ISKX tashkiloti iste’molchiga ogohlantirish xati bermaganda, barcha guruh iste’molchilari tomonidan qiyoslovdan o‘tkazish muddati tugagan hisobga olish pribori orqali iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun qaytadan hisob-kitob qilish qat’iyan man etiladi.
(69-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti iste’molchiga ogohlantirish xati yuborgandan so‘ng belgilangan muddatda davriy qiyoslovdan o‘tkazilmagan hisoblash asbobining ko‘rsatkichlari inobatga olinmaydi va hisob-kitob I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(69-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobining o‘z vaqtida nazoratdan o‘tkazilishi uchun iste’molchiga oldindan xabar berish, uni yechish, o‘rnatish, ko‘rsatkichlarini nazorat qilish yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
(70-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobini tekshirish (ta’mirlash) muddati uning yechilgan vaqtidan boshlab plombalanib, qayta qo‘yilgungacha 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovuq suvni hisobga olish asbobini tekshirish yoki ta’mirlash muddati davomida barcha guruh iste’molchilari asbob yechilganidan keyingi 30 kalendar kun mobaynida to‘lovlarni oldingi uch oydagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha sutkalik hisobidan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Barcha guruh iste’molchilarining suvni hisobga olish asboblarini ta’mirlash, davlat nazoratidan o‘tkazish yoki almashtirish ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unda yechilgan va yangidan o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobining tartib raqami, yechib olish va o‘rnatish vaqtidagi ko‘rsatkichlari qayd qilinadi.
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilgani yoki yechilgani haqidagi ikki tomonlama dalolatnomalarning tuzilishi va ularning plombalanishi bepul bajariladi.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asboblarining saqlanishi, butligi va plombalarning buzilmaganligi yuzasidan javobgarlik iste’molchiga yuklanadi. Bunda yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning sovuq suv hisoblagichlarini xonadon (kvartira)larning tashqarisida (zinapoyalar, yerto‘lalar va boshqa qismida) o‘rnatilgan holatlarda, javobgarlik ISKX tashkilotiga yuklanadi.
(71-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash) xizmatlari uchun to‘lovlar ISKX tashkiloti tomonidan, belgilangan narxni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar asosida amalga oshiriladi. Ular montaj (almashtirilganda — eskisini demontaj) qilishda, ta’mirlash, o‘rnatish (yechish) joyigacha, u yerdan qaytishgacha bo‘lgan transport xarajatlarini, tekshirish zarurati tug‘ilganda, standart organlari xizmati va asbobni o‘rnatish xizmatlari uchun to‘lovni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Iste’molchi suvni hisobga olish asbobidagi plombaga shikast yetgani, uzilgani yoki butun emasligi kabi holatlarni aniqlaganda, 2 sutka mobaynida ISKX tashkilotini bu haqda ogohlantirishi lozim.
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu fakt bo‘yicha ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, undagi kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilinadi va asbob rejadan tashqari qayta nazoratdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobi ishdan chiqqanligi to‘g‘risida ogohlatirilmagan holatlarda I guruh iste’molchilari sarflangan sovuq suv uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari esa ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha, suvni hisobga olish asbobi tekshirilganligi to‘g‘risida tuzilgan so‘nggi dalolatnoma sanasidan boshlab asbob ishidagi nosozliklar bartaraf etilgan yoki yangisi o‘rnatilgan sanagacha bo‘lgan muddat hisobidan to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish elektron asboblari ishida elektr energiyasi o‘chirilishi yoki vaqt ko‘rsatkichlari to‘xtatilishi bilan bog‘liq tanaffuslar borligi aniqlansa va bu holatlar elektr ta’minoti idoralaridan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa, ushbu davr uchun to‘lovlar o‘rnatilgan asbobning yuqori (maksimal) ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki suv o‘tkazish qurilmasining o‘tkazish imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha amalga oshiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Iste’molchining aybi bilan suvni hisobga olish asbobidagi plomba uzilgani aniqlanganda va bu haqda ikki tomonlama dalolatnoma tuzilib, tasdiqlangan bo‘lsa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik xizmatlar)ga navbatdan tashqari tekshirishga yuboriladi. Tekshirish davomida suvni hisobga olish asbobining nosozligi aniqlansa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik xizmatlar)ga ta’mirlash uchun jo‘natiladi. Ta’mirdan so‘ng asbob talablarga javob bermasa va ta’mir uchun yaroqsiz deb topilsa yangisi o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. ISKX tashkiloti bilan bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblarda inobatga olinmaydigan (bir guruhdagi iste’molchi va subiste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borish uchun o‘rnatilgan) suvni hisobga olish asboblari iste’molchi yoki subiste’molchi tomonidan ishlatiladi va nazorat qilib turiladi. Bu asboblar ko‘rsatkichlari ISKX tashkiloti bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchilar bilan hisob-kitob qilishga asos bo‘ladigan suvni hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari har uch oyda 1-marta olinib, tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirish orqali (2 nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi iste’molchiga topshiriladi) iste’molchilarning ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
(76-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd qilish, shartnoma shartlariga muvofiq sarflangan suv haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilash huquqi iste’molchining o‘ziga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti ma’lumotlarini taqdim etish shartnomada ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. ISKX tashkiloti iste’molchi tomonidan taqdim etilayotgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlarni, suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri olinayotganligini muntazam ravishda nazorat qilib turishi lozim. Agar iste’molchi taqdim etgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlar bilan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘lsa, suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. ISKX tashkiloti vakili suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd etish vaqtida iste’molchi hududidagi va unga tegishli barcha suvni hisobga olish asboblari, zulfin, gidrant va boshqa suv uzatish qurilmalaridagi plombalarning borligi va butligini tekshirishi shart.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Suvni hisobga olish asbobidagi plombalarning uzilish holatlari qayd qilinganda ular “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlarga navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazish uchun jo‘natiladi. Tekshirish natijalariga ko‘ra suvni hisobga olish asbobi ishlatishga yaroqsiz deb topilsa, u ta’mirlash uchun jo‘natilib, “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotda qayta tekshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi nosoz deb topilgan iste’molchi ekspert tekshiruvi xarajatlarini to‘laydi hamda suvni hisobga olish asbobi yechilganidan to o‘rnatilgan davrdagi sarflangan ichimlik suv uchun — I guruh iste’molchilari ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari esa — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Iste’molchilar (avvaldan og‘zaki yoki yozma ravishda kelishilgan holda) ISKX tashkiloti vakilining, u xizmat guvohnomasini taqdim etgach, belgilangan tartibda o‘z hududi yoki tasarrufidagi suvni hisobga olish asboblari, uzellari, ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, qurilma va inshootlari oldiga to‘siqsiz borishini ta’minlashi shart.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. ISKX tashkiloti vakili ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlarida, suvni hisobga olish asboblarini yechish yoki yangilash ishlarini olib borish uchun naryadga va xizmat guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda iste’molchi yoki uning vakili, foydalanuvchi tashkilot suv o‘lchash uzellari, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarida tekshirish yoki boshqa ishlarning amalga oshirilishiga ruxsat bermasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Iste’molchi tomonidan sarflangan suv hajmi ushbu Qoidalarga muvofiq o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Mulk egasi o‘zgarganda yangi mulkdor suvni hisobga olish asbobini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Suvni hisobga olish asbobi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holatlarda II yoki III guruh iste’molchilari yozma ogohlantirilib, suvni hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari o‘zaro hisob-kitoblar uchun qabul qilinmaydi. Hisob-kitob ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchining aybisiz nosoz bo‘lgan taqdirda sarflangan suv miqdori oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ko‘p qo‘llanilishi mumkin emas. Agar suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatilgan muddat mobaynida o‘rnatilmasa, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchi aybi bilan ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda ISKX tashkiloti xabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, so‘nggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan to yangi suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilish sanasigacha, I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Barcha guruh iste’molchilari asossiz ravishda ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirishini ta’minlamaganlarida, suv sarfi avvalgi uch oy uchun o‘rtacha sarf bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Agar suvni hisobga olish asbobining keyingi (navbatdagi) ko‘rsatkichi yozib olinishi vaqtiga kelib iste’molchi(lar) takroran ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirishiga yo‘l qo‘ymasalar, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
861. Yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan ISKX tashkilotiga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti tomonidan kamida 30 kalendar kun avval yozma ravishda ogohlantirgandan so‘ng masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun suvni hisobga olish asboblari bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.
(861-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son — Mazkur bandning birinchi xatboshisi 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, ikkinchi xatboshisi 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Suvni hisobga olish asbobi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan ichimlik suv miqdori sutkasiga quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I guruh iste’molchilari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chadagi umumiy foydalanadigan ichimlik suvi kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga — 50 litr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan ichimlik suv tarmog‘iga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga — 200 litr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan ichimlik suv tarmog‘iga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga — 350 litr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv sepish va sug‘orish maydonining har 1 metr kvadrati uchun 15 litr (suv sepish va sug‘orish davri 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovuz (basseyn), mikroiqlim yoki favvora mavjud bo‘lgan hollarda ichimlik suv iste’moli hajmi asosiy ichimlik suv tarmog‘i ulanmasining suv o‘tkazish quvvatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) II va III guruh iste’molchilari uchun hisoblash asosiy ichimlik suv tarmog‘i ulanmasining suv o‘tkazish quvvati bo‘yicha quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M — 0,60 — 0,62 ga teng bo‘lgan zulfin orqali suv sarfi koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — suyuqlik oqib o‘tadigan quvur yoki teshik kesimi maydoni (ichki diametr bo‘yicha), m2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g — 9,8 m/sekund2 ga teng bo‘lgan erkin tushish tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — kommunal suv tarmog‘iga ulanish yoki suv olish nuqtasidagi suvning metr hisobidagi bosimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t — oyning kalendar kunlari, 24 soat (suv berish jadvalini hisobga olgan holda) mobaynidagi sekundlardagi vaqt.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Texnik foydalanish shartnomasi bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarda foydalanish va ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilotlar aybi bilan ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylarida suv oqib chiqib ketishi aniqlangan taqdirda yo‘qolgan suv miqdori mazkur Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va aybdor tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. I guruh iste’molchilari uchun qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida, turar joyga (yer uchastkasiga) egalik huquqi boshlangan vaqtdan boshlab 1 oy muddatda o‘rnatish majburiy bo‘lganda, suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblash suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi bo‘lmagan yoki u 1 oy muddatda o‘rnatilmagan holatlarda suv ta’minoti (oqova suvni chiqarish) uchun to‘lovlar mazkur Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq ichimlik suv tarmog‘ining o‘tkazish quvvatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Suv o‘lchash asboblari bilan ta’minlanmagan II va III guruh iste’molchilari tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, ISKX tashkiloti noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun iste’molchilar tomonidan sarflangan suv miqdorini qayta hisoblab chiqishga haqlidir.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Iste’molchilarning kommunal kanalizatsiya tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti mavjud turar joy va noturar joy xonalaridan chiqadigan oqova suv miqdori iste’molchilari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan belgilangan koeffitsiyentga ko‘ra, (barcha guruh iste’molchilari uchun 2 koeffitsiyentdan oshmagan holda), mahalliy sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
(91-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Oqizilayotgan oqova suvlar miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoridan kam bo‘lsa, iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda unga, oqizilayotgan oqova suvlar hajmini asoslagan holda, zaruriy hisob-kitoblarni taqdim etishga haqli.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ichimlik suv ta’minoti tizimiga ulanmagan, shuningdek boshqa suv quvurlaridan (manbalardan) o‘z ehtiyojlari uchun qo‘shimcha suv ishlatadigan iste’molchilar ISKX tashkilotiga texnik ko‘rsatmalar bilan birga mavjud suv olish qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
(93-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ma’lumotlar iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda ISKX tashkiloti ular tomonidan kommunal kanalizatsiya tizimiga ulanishning o‘tkazish quvvati bo‘yicha qabul qilinayotgan oqova suvlar miqdorini quyidagi formula bo‘yicha aniqlashga haqlidir:
(93-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q = F * h * v * t, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q — qabul qilinayotgan oqova suvlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — chiqish kesmasi maydoni(ichki diametr bo‘yicha), m2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h — oqova suv chiqish (yo‘li)ning to‘ldirilishi 1ga teng etib qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v — oqova suvning oqish tezligi — 1,5 m/sek;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t — oqova suvning chiqarilish vaqti, sutkasiga 24 soat etib qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olinganlik aniqlangan taqdirda, sarflangan suv va qabul qilingan oqova suvlar miqdori mazkur Qoidalarning 87-bandiga muvofiq, ulanishning suv uzatish quvvati bo‘yicha quyidagi kundan boshlab hisob-kitob qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zboshimchalik bilan ulanish aniqlangunga qadar oxirgi tekshirish dalolatnomasi tuzilgan kundan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar o‘zboshimchalik bilan ulanish ISKX tashkilotiga tegishli tarmoq va qurilmalarga nisbatan bo‘lgan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan ulanish kunidan boshlab u aniqlangunga qadar, biroq da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan holda hisoblanadi. Agar o‘zboshimchalik bilan ulanish sanasini hujjat bilan tasdiqlashning imkoni bo‘lmasa, u holda o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalanish davri da’vo davri muddatiga teng bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Obyektlar suv bilan vaqtinchalik jadval bo‘yicha ta’minlangan, suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilmagan holatlarda, jismoniy shaxslarning vaqtinchalik suv ta’minoti uchun sarflangan suv miqdori suv iste’molining amaldagi normalariga muvofiq hisoblanadi va tuzilgan shartnomada qayd etiladi, yuridik shaxslar uchun — suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u bo‘lmagan taqdirda — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ichimlik suvdan dov-daraxtlarni sug‘orish uchun foydalanilishiga quyidagi istisno holatlarda yo‘l qo‘yiladi: irrigatsiya suvi bo‘lmaganda, ISKX tashkiloti quvvati mavjud bo‘lganda va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha, faqat tungi vaqtda (soat 00–00 dan soat 05–00 gacha) yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dov-daraxtlar rasmiy ruxsatsiz yoki ko‘rsatilgan vaqtdan boshqa vaqtda sug‘orilgan holatlarda, bir oyda foydalanilgan suv uchun to‘lov — I guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Ko‘p kvartirali turar joylarning yuqori qavatlaridagi xonadonlar doimiy ichimlik suv bilan ta’minlanmagan va suvni hisobga olish asboblari o‘rnatilmagan holatlarda, bu xonadon egalarining suv sarfi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan ko‘chadagi suv manbalaridan suv olish normalari bo‘yicha, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ISKX tashkiloti vakillari ishtirokida suv bo‘lmagan kunlar uchun tuzilgan dalolatnoma asosida hisoblanadi.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. ISKX tashkilotining iste’molchilar bilan, shuningdek iste’molchilarning subiste’molchilar bilan yetkazib berilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblari tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun qonunchilikka muvofiq belgilangan tariflar bo‘yicha, hisob-kitob davri uchun suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmagan holatlarda suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh iste’molchilari bilan — mazkur Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, I guruh iste’molchilari uchun belgilangan tariflarga qonunchilikda belgilangan orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash yo‘li bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III guruh iste’molchilari bilan — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandida belgilangan tartibda, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflarni qo‘llash yo‘li bilan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik ta’minoti, ISKX tashkilotlari, idoralar turar joy fondi va yotoqxonalar (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bundan istisno), diniy tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy egalari shirkatlari (o‘z ehtiyojlari uchun) ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, qo‘shimcha qiymat solig‘ini qo‘llagan holda amalga oshiradilar.
(98-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va idora turar joy fondi (turar joylar, yotoqxonalar)da istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni ushbu idoralarning foydalanuvchi organlari orqali, o‘zlari mansub bo‘lgan guruh tariflariga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Fuqarolar yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan xonadonlarda, suvni hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda, ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar qonunchilikda ko‘rsatilgan iste’mol normalariga ko‘ra, belgilangan tariflarning orttiriluvchi koeffitsiyentini qo‘llash yo‘li bilan: bir va ikki xonali uylarda — bir kishi hisobidan; uch xonali uylarda — ikki kishi hisobidan; to‘rt xonali uylarda — uch kishi hisobidan; besh xonali uylarda — to‘rt kishi hisobidan va undan ortiq xonali uylarda shu tartibda amalga oshiriladi.
(99-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining o‘rtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgungacha (yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingungacha)amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgan yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingan taqdirda ISKX tashkiloti ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv hajmini o‘rtacha sutkalik sarf hisobida, suvni hisobga olish asbobining avvalgi qayd qilingan ko‘rsatkichi davridan boshlab qayta hisob-kitob qilishi lozim. Bunda to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinayotgan oydagi tariflar asosida hisoblab chiqiladi.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Iste’molchi ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish sanasi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan holatlarda ISKX tashkiloti tomonidan hokim qarori, kadastr hujjatlari va shu kabilar asosida, hujjat bilan tasdiqlangan ulanish sanasi bo‘yicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Yuridik shaxslardan, limitdan ortiqcha suv iste’mol qilingan holatlarda, ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash yo‘li bilan haq undiriladi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Agar iste’molchi va unga ulangan subiste’molchi turli guruh iste’molchilariga mansub bo‘lsa, ISKX tashkiloti bilan shartnomani iste’molchi ham, subiste’molchi ham tuzadi va suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish har ikkalasi uchun ham majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi (subiste’molchi)ga berilgan ichimlik suv hajmi uchun to‘lovlar ISKX korxonasiga, ularning suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha va ular mansub bo‘lgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzgan iste’molchi o‘zi mansub guruhdagi subiste’molchilarga ulangan bo‘lsa, subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv va chiqarilgan oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar asosiy iste’molchi bilan, u mansub bo‘lgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z navbatida, iste’molchi, o‘zi ishlatgan suv uchun ISKX tashkilotiga amaldagi tariflar asosida to‘lovlarni amalga oshirishda subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlarini ham inobatga olgan holda hisob-kitob qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini saqlash maqsadida, foydalanish sarf-xarajatlari uchun subiste’molchidan, u bilan alohida tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchi oladigan umumiy suv hajmining subiste’molchiga tegishli qismiga proporsional ravishda kompensatsiya olishi mumkin. Bunda subiste’molchi iste’molchidan o‘ziga yuklanayotgan kompensatsiya to‘lovlarining kelib chiqish usul va manbalari to‘g‘risida ma’lumot talab qilish va ularga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Iste’molchining ichimlik suv tarmog‘idan suv olib, kanalizatsiya tarmoqlariga oqova suv chiqaruvchi subiste’molchilar ushbu holat yuzasidan iste’molchi bilan shartnoma tuzadilar. Asosiy iste’molchi bilan ISKX tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma ilovasida iste’molchining tarmoqlariga ulangan barcha subiste’molchilar, ularning nomlanishi, qaysi idoraga tegishli ekanligi, ular sarf qiladigan va oqizadigan suv hajmiga doir ma’lumotlar, suvni hisobga olish asboblarining bor-yo‘qligi kabi ma’lumotlar qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy iste’molchi to‘laydigan summani subiste’molchilar o‘rtasida taqsimlash asosiy iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subiste’molchilar o‘zlari joylashgan hududdagi budjetdan moliyaviy ta’minlanuvchi iste’molchi-tashkilotlar bilan ishlatilgan suv va chiqarilgan oqova suv xizmatlari uchun o‘zaro to‘lovlarni amalga oshirishda ISKX tashkiloti bilan yetkazib berilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv uchun shartnoma tuzishni o‘zlari mansub bo‘lgan iste’molchilar guruhi uchun belgilangan tariflar asosida, suvni hisobga olish asboblaridagi ko‘rsatkichlar farqini inobatga olish yo‘li bilan amalga oshiradilar. Agar subiste’molchi budjet tashkiloti bo‘lsa, bu holda ham to‘lovlarning ushbu tartibi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi bilan subiste’molchi o‘rtasida to‘lov masalalarida paydo bo‘ladigan nizolar ISKX tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Iste’molchiga yetkazilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning II guruhi (budjet tashkilotlardan tashqari) va III guruhi bilan — avans to‘lovlari tartibida, belgilangan muddatda to‘liq hisob-kitob qilish sharti bilan yoki ISKX tashkiloti tomonidan hisob varaqasi (schyot-faktura)lar taqdim etish orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning I guruhi bilan — ISKX tashkiloti tomonidan ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar uchun to‘lov talabnomalari yoki hisobvaraqalarini taqdim etish yoxud, iste’molchilarning o‘zlari (o‘z-o‘ziga xizmat orqali), oyma-oy hisob to‘lovlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan;
(105-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chadagi suv manbalaridan foydalanuvchi fuqarolar bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan muddatlar asosida ISKX tashkiloti tomonidan to‘lov talabnomalarini taqdim etish orqali. Fuqarolar mahalliy manbadan suv iste’mol qilayotgan bo‘lsalar va bu suv tegishli organlar tomonidan ichishga yaroqli deb hisoblangan bo‘lsa, ular ko‘chada suv manbalaridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan ozod qilinishi mumkin;
(105-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning II guruhi bilan — suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari orqali o‘zaro hisob-kitob qilishga o‘tkazilgan budjet tashkilotlari tomonidan, ISKX tashkiloti taqdim etadigan schyot-fakturalar bo‘yicha har oyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflar o‘zgarganda, sanasidan qat’i nazar, ushbu xizmatlar yuzasidan iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma o‘z kuchini saqlab qoladi va iste’molchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, yangi tariflar asosida, ular kiritilgan sanadan e’tiboran to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar iste’molchining tanlovi bo‘yicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul o‘tkazish (to‘lov hujjati yoki to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha) orqali pul mablag‘lari bilan, shuningdek plastik kartochkalardan pochta yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. ISKX tashkiloti vakillari iste’molchilardan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni bank yoki billing tizimi orqali mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. I guruh iste’molchilari avans tariqasida kommunal xizmatlar uchun 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lovlarni avvaldan amalga oshirib qo‘ygan bo‘lsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflarning o‘zgarishi tufayli to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladilar.
(108-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha guruh iste’molchilari ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda oxirgi uch oyning o‘rtacha sarfi bo‘yicha hamda hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda oylik iste’mol normasi bo‘yicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4 foiz, jismoniy shaxslar esa 0,1 foiz penya to‘laydilar. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda, I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.
(108-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Barcha guruh iste’molchilari keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lovlarini amalga oshirmasalar, ISKX tashkiloti iste’molchilarni yozma ravishda xabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni o‘tgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarni ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati tarmoqlaridan uzib qo‘yish yo‘li bilan undirish choralarini ko‘radi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1091. II va III guruh iste’molchilarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi imzolangan taqdirda, qarzni undirish iste’molchining bankdagi hisobvarag‘iga to‘lov talabnomasini qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(1091-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Hisob-kitoblarning noto‘g‘ri qilinganligi (tariflarning noto‘g‘ri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) to‘g‘risida yoziladigan e’tiroznoma to‘lov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda ISXK tashkilotiga taqdim etilishi kerak. E’tiroznoma iste’molchini to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan summani to‘liq va belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. E’tiroznoma ISKX tashkiloti tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ular asosli deb topilsa, to‘langan ortiqcha summa keyingi to‘lov hujjati hisobiga o‘tkaziladi. Iste’molchi e’tiroznoma ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotdan, aloqa vositalari orqali, e’tiroz ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan muddat tugagandan keyin 3 kun muddatda xabardor qilinishi lozim. Ko‘rsatilgan muddat ichida iste’molchi xabardor qilinmasa, masala iste’molchi foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Iste’molchining o‘z-o‘ziga xizmat qilish tartibida to‘lov hujjatlarini yozish va to‘ldirishda yo‘l qo‘ygan xatolari ISKX tashkiloti tomonidan aniqlangan vaqtida hisobga olinadi. Suv sarfi hisobini yuritishda xato aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti qayta hisob-kitobni oxirgi hisob-kitob davri uchun yoki suv hisoblagich ko‘rsatkichlarining oldingi tekshiruv kunidan boshlab, biroq da’vo davri muddati doirasida amalga oshirishi kerak.
(112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. I guruh iste’molchisining ISKX tashkiloti qaroriga rozi bo‘lmasligi uni qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi. Qo‘shimcha to‘lov hujjati 10 kun muddatda to‘lanmagan taqdirda ISKX tashkiloti taqdim etilgan summani majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda to‘lovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. I guruh iste’molchisi, o‘zi yashayotgan xonadonda turuvchilar soni ko‘payishi (shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga hamda Qoidalarning 87-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay ISKX tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda iste’molchi, ISKX tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan — uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Obyekt egasi o‘zgarganda iste’molchi chiqib ketishidan 7 kun avval mavjud qarzlarini uzib, bu haqda ISKX tashkiloti bilan dalolatnoma imzolashi shart. Iste’molchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi, plombalarning butligi va qoplanmagan debitor qarzdorlik uchun javobgarlik obyektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.
(115-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali turar joy va yakka tartibdagi uy-joy mulkdorlari o‘zgargan taqdirda, I guruh iste’molchilari bu haqda ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda yozma ravishda xabardor qilishi va sarflangan suv va (yoki) oqizilgan oqova suvlar uchun to‘liq hisob-kitob qilishi shart, yangi mulkdor esa mulkdor o‘zgargan kundan boshlab 30 kun muddatda yangi shartnoma tuzishi shart.
(115-bandning ikkinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III guruh iste’molchilari obyektni yangi egasiga topshirganda bu xususda ISKX tashkilotini 30 kun muddatda ogohlantiradi, yangi mulkdor esa obyektdan foydalanishni boshlashdan oldin ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish yuzasidan yangi shartnoma imzolaydi. Agar obyekt profili o‘zgaradigan bo‘lsa, yangi mulkdor yangi texnik shartlarni olishi kerak.
(115-bandning uchinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar va yuqorida ta’kidlangan shartnomaning yo‘qligi kommunal suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatidan foydalanish o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotganiga asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan ISKX tashkilotiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, ko‘chmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda ISKX tashkiloti ma’lumot olingandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan ichimlik suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish xizmatlaridan foydalanishga shartnoma tuzilishini ta’minlashi shart.
(115-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Yong‘inni o‘chirish uchun sarflangan suv xarajatlari yong‘inlarning oldini olish tashkiloti tomonidan ISKX tashkilotiga taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida iste’molchilar(sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlari) tomonidan, belgilangan muddatlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va shaxsiy uy-joy fondidagi yong‘inlarni o‘chirishga hamda taktik o‘quv mashg‘ulotlariga, o‘t o‘chirish gidrantlari va ichki yong‘inning oldini olish kranlarini tekshirishga sarflangan suv uchun pul to‘lanmaydi. Ushbu maqsadlar uchun sarflangan suv miqdori yuzasidan yong‘in xavfsizligi organlari va ISKX tashkilotlari vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ichimlik suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarishni to‘xtatish hamda markazlashtirilgan tizim bo‘lmagan holatlarda suv ta’minotini amalga oshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Agar iste’molchi bilan tuzilgan shartnomada suv bilan ta’minlashning o‘zgacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, suv berish va oqova suvlarni qabul qilish uzluksiz amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 118 va 128-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar (sanoat korxonalari)ga suv berishdagi cheklashlar, shuningdek suv berishni boshqarib turish shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 128-bandida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Texnik imkoniyatga ega bo‘lmagan holatlarda suv ta’minoti joylardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan soat jadvali asosida amalga oshiriladi. Aholini markazlashtirilgan kommunal suv tarmog‘idan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari lokal suv ta’minoti(alohida turgan quduqlar, kam ishlab chiqarish quvvatiga ega suv tozalash qurilmalari, transport yordamida keltiriladigan ichimlik suv ta’minoti kabilar) manbalaridan foydalangan holda, yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan darajaga yetkazib ta’minlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvni lokal suv ta’minoti tizimlaridan maxsus avtotransport bilan yetkazib berish tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini,punktlarini belgilash (tasdiqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir punktga maxsus avtotransport yordamida ichimlik suvni yetkazib beruvchi mas’ul tashkilotni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish organlari bilan kelishgan holda lokal suv ta’minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan ichimlik suv uchun narxlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. ISKX tashkilotining majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. ISKX tashkiloti quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish yuzasidan shartnoma shartlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar (PDS) talabi va ichimlik suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq oqova suvlarni tozalash ishlarini tashkil qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqdagi ichimlik suv sifati monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari hamda qurilmalarining holatini va ulardan foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda iste’molchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilardagi suvning behuda oqib ketishi va oqilona foydalanilmayotganlik holatlarini aniqlash, suv berish va undan foydalanishni qat’iy nazorat qilish va hisobga olish, sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan korxonalarda suv berish bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya qilinayotganini muntazam ravishda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning texnologik sarflari va yo‘qotilishining yig‘ma jadvalini ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv iste’moli belgilangan me’yor (limit)lardan ortib ketgan holatlarda ISKX tashkilotlariga belgilangan tariflarga nisbatan orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal oqova suv tizimiga oqizilayotgan oqovalarning sifati monitoringini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarga suvni hisobga olish individual asboblarini o‘rnatish, belgilangan tartib va muddatlarda ularni nazoratdan o‘tkazib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
(119-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(119-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining xizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaxslar haqida ichki ishlar organlari xodimlariga xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlariga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda iste’molchiga penya to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlari tugallangach, shikast yetkazilgan obodonlashtirish obyektlari va boshqa inshootlarni qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatlarini bartaraf etish, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridagi avariyali uchastkalarni tiklash yuzasidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning shartnoma shartlariga rioya etishmagani masalasi bo‘yicha sud organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv va kanalizatsiya tizimida ro‘y bergan buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, xizmat ko‘rsatishdagi to‘xtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmat sifatlarining o‘zgarishi sabablari haqida iste’molchilarga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan rejali to‘xtatish va uzilishlar haqida iste’molchilar uzilishlar boshlangungacha 10 ish kunidan kechikmay ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvni iste’mol qilishga doir amaldagi va yangi joriy qilingan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan iste’molchilarni aloqa vositalari orqali xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar haqida ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yoki boshqa aloqa vositalari yordamida iste’molchilarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga bepul taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(119-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi 950-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborish.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 131-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. ISKX tashkiloti quyidagilar yuzasidan javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarni me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarga hamda o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarga me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik asoslari va shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq sifatli ichimlik suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga ulanish uchun o‘z vaqtida, qonuniy asoslangan texnik shartlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish individual asboblarini o‘z vaqtida davlat nazoratidan o‘tkazish, belgilangan muddatlarda iste’molchilardagi suvni hisobga olish asboblarining yechib olinishi, o‘rnatilishi, ko‘rsatkichlari nazorat qilinishi va tekshiruv o‘tkazilishi haqida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari va o‘ziga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan ta’minlashda quyidagi sabablarga ko‘ra uzilishlar bo‘lganligi uchun javob bermaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarning 129-bandida sanab o‘tilgan sabablarga ko‘ra suv berish to‘liq yoki qisman to‘xtaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchining aybiga ko‘ra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti, agar suv ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yengib bo‘lmaydigan kuch yoki suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari iste’molchi tomonidan buzilganligi tufayli sodir bo‘lganini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlasa, u sifat buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Tozalash inshootlari, nasos stansiyalari quvvatining yoki kommunal suv quvurlarining suv o‘tkazish quvvatining yetarli emasligi tufayli suv ta’minotida muntazam ravishda uzilishlar bo‘lgan taqdirda ISKX tashkiloti, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, iste’molchilarni ularga suv berilishi rejalari haqida xabardor qilib, alohida tumanlarga suv berilishi yuzasidan javob beradi. Shu bilan birga, ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan normal ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etishga doir barcha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek I guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda — suvni berish soatlariga mutanosib ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Iste’molchilarning majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Iste’molchilar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining hududida va tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalarining zarur darajada qo‘riqlanishini ta’minlash, ularning buzilishi, suv bosishi va muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, quduqlarning qopqog‘ini muz va qordan tozalash, ISKX tashkiloti o‘rnatilgan plombalarning saqlanishini nazorat qilish, yer usti suv oqimlarining quduqlar yonidan oqizib yuborilishini ta’minlash, yong‘in gidrantlariga kirib borish yo‘laklarini tirband qilmaslik, yong‘in gidrantlari ko‘rsatkichlarining ishga yaroqliligini kuzatib borish va mavjud bo‘lgan yong‘in gidrantlarini va yong‘in kranlarini plombalash uchun taqdim qilish;
(123-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli predmet va materiallarning uyum bo‘lib saqlanishiga, shuningdek iste’molchining hududida yoki tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalari ustida hamda ichimlik suv va kanalizatsiya tashqi joylashuvda bo‘lgan (ko‘chada va kvartal ichida) yerlarda biror-bir inshootlarni qurishga yo‘l qo‘ymaslik. Amaldagi tarmoqlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarda avariya sodir bo‘lgan taqdirda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik qoidani buzganning zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardagi o‘zlari aniqlashgan nosozliklar yoki shikastlanishlar haqida ISKX tashkilotiga zudlik bilan xabar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish asboblarida yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklar aniqlanganda aloqa vositalari orqali ISXK tashkilotiga xabar berish;
(123-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asfaltlash bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilganda ichimlik suv-kanalizatsiya quduqlari, kameralarning saqlanishi va ularning oldiga erkin kirilishini ta’minlash maqsadida ta’mirlash-qurilish tashkilotlari ISKX tashkilotidan olingan lyuk xo‘jaligining yangi yo‘l o‘tuvchi qismigacha ko‘tarilishni tasdiqlaydigan ma’lumotnomani majburiy tarzda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma doirasidagi majburiyatlarini bajarish, joriy oyning 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qayd qilib borish, joriy oyning so‘nggi sanasigacha ISKX tashkilotiga ko‘rsatkich — ma’lumotlarni aloqa vositalari yordamida taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv sarfi va oqova suvlar oqizilishining shartnomada belgilangan hajmlardan oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subiste’molchilardagi suv sarfini nazorat qilish va barcha turdagi suvni yo‘qotishlar bo‘yicha choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchiga qarashli va u xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardan texnik jihatdan samarali foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish oqova suvlaridagi ifloslanish konsentratsiyasini normativdagi me’yorlargacha yetkazgan holda oldindan tozalanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya tarmog‘iga oqiziladigan oqova suvlar sifati bo‘yicha monitoring o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi hududida joylashgan suv o‘lchash uzeli, kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida olib boriladigan barcha turdagi ishlarni bajarishga begona shaxslarni kiritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti vakilining ishtirokisiz quduqlar (kameralar) qopqog‘ini ochishga ruxsat bermaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal drenaj tizimi mavjud bo‘lgan holatlarda iste’molchi hududida joylashgan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga yomg‘ir va erigan qor suvlarining ruxsat etilmagan holda oqizilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Mazkur huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda ISXK tashkiloti vakili, belgilangan tartibda, iste’molchiga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash uchun asos bo‘ladigan dalolatnomani tuzadi;
(123-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining xizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi inshootlarini shikastlagan korxona va tashkilotlar bu haqda zudlik bilan ISKX tashkilotini xabardor qilishi, ISKX tashkilotining texnik nazorati ostida shikastlanishlarni o‘z kuchlari bilan bartaraf etishi, mazkur shikastlanishlar oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplashi va buzilishlar oqibatida yo‘qotilgan suv qiymatini ISKX tashkilotiga to‘lashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi kommunal kanalizatsiya tizimiga jala suvlari ruxsat etilmagan holda oqizilgan taqdirda iste’molchiga nisbatan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizganligi uchun amaldagi tariflarga nisbatan qo‘shimcha uch barobarlik koeffitsiyent tatbiq etiladi. Hisob-kitob tashkilotning maydoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibiga muvofiq kadastr va meteorologik ma’lumotlarga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. II va III guruh iste’molchisi quyidagilar yuzasidan javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya tarmog‘ida avariya bo‘lgan taqdirda yerto‘la xonalarini suv bosishidan saqlaydigan barcha o‘chiruvchi qurilmalarning butligi, saqlanganligi, ishga yaroqliligi va normal texnik holatdaligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchiga qarashli sanitariya asboblari, kanalizatsiya tarmoqlari, inshoot va qurilmalarda tambaning yo‘qligi, reviziyalarning zich yopilmasligi, nosoz texnik holati tufayli iste’molchining kanalizatsiya tarmoqlarida yoki ISKX tashkilotida, ichimlik suv va kanalizatsiyaning tashqi tarmoqlarida avariya (tiqilib qolish, suv bosish) sodir bo‘lishi sababli yerto‘la xonalarini suv bosishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan suvni hisobga olish asbobi, aylanma liniya zulfini, yong‘in zulfinlari, gidrantlar va uning hududida yoki tasarrufida bo‘lgan hamda ISKX tashkiloti tomonidan plombalangan boshqa ichimlik suv qurilmalaridagi plombalarning butligi va saqlanishi uchun;
(124-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotiga ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va qurilmalarining shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni hisobga olish asbobi va stvol zulfinidagi plombaning saqlanmaganligi va but emasligi aniqlangan taqdirda, so‘nggi dalolatnoma tuzilgan sanadan e’tiboran to‘lovlar ushbu Qoidalar 87-moddasining “b” bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plombalangan yong‘in zulfinlari va gidrantlaridagi plombalarni uzishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti bilan kelishilgandan so‘ng suv ta’minotining yong‘inga qarshi tizimi faoliyati tekshirilganda va yong‘in nasoslari sinovdan o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotini xabardor qilmagan holda yong‘in o‘chirilganda va yong‘in xavfsizligi organlari tomonidan yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimining sinovlari o‘tkazilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvi ta’minotining yong‘inga qarshi tizimidan foydalanish to‘xtatilganda iste’molchi 24 soat mobaynida ISKX tashkilotiga plomba uzilgani to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun ISKX tashkiloti vakilini chaqirishi shart.
(124-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Suv quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan, sovuq suvni hisobga olish asboblarining buzilishiga ataylab yo‘l qo‘ygan, shuningdek ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashgan iste’molchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. I guruh iste’molchisi quyidagilar yuzasidan javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-texnika uskunalarining doimiy soz holatda saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-texnika uskunalaridan suv oqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun har oyda to‘lovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni hisobga olish asboblari va ulardagi plombaning o‘zboshimchalik bilan yechilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. ISKX tashkilotlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. ISKX tashkiloti, iste’molchini 7 kun avval yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda suvni uzatish va oqova suvlarni qabul qilishni to‘liq va qisman to‘xtatishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchiga tegishli va uning tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilma va inshootlarning texnik holati qoniqarsiz bo‘lganda va ISKX tashkiloti vakillari tomonidan aniqlangan texnik foydalanishdagi xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha ISKX tashkiloti talablari iste’molchi tomonidan bajarilmaganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti mansabdor shaxsi iste’molchining suvni hisobga olish uzeli, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilmalari va inshootlarini nazorat qilish hamda suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd etish, plombalarni o‘rnatish maqsadida ko‘zdan kechirish, belgilangan limitdan ko‘p sarf qilinganda suv berishni muvofiqlashtirish va ISKX tashkiloti naryadlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun kelganda iste’molchi tomonidan asossiz ravishda kiritilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalarida rejali-ogohlantirish tarzida ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish ishlari o‘tkazilganda, shuningdek yangi abonentlarni ulash ishlari amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi tasarrufida bo‘lgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari yoki tarmoqlariga subabonentlarning o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun belgilangan muddatlarda haq to‘lanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchining tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga, qurilmalariga ISKX tashkilotidan ulanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan subabonentlarning tegishli tartibda ulanishi rad etilganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda va u oqizilayotgan oqova suvlar miqdori va tarkibi bo‘yicha shartlarga rioya qilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. ISKX tashkiloti quyidagi holatlarda oldindan xabar qilmasdan suv uzatishni to‘liq yoki qisman to‘xtatishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotining elektr ta’minoti to‘xtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar ro‘y berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘in chiqqan joylarga suv uzatishni ko‘paytirishga zarurat tug‘ilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Sodir bo‘lishi sabablaridan qat’i nazar, aholi yashash punktlariga yoki ularning alohida hududlariga suv uzatilishi to‘liq to‘xtatilgan taqdirda, ISKX tashkiloti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida aholini vaqtinchalik suv bilan ta’minlash masalasini suv uzatish qaytadan tiklangungacha hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Iste’molchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotidan, uning bilan tuzilgan shartnoma asosida, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlarining uzluksiz amalga oshirilishini, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga, mulkiga xavf tug‘dirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotidan suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, ularni belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratdan o‘tkazishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish talablarini bajarmaganligi uchun ISKX tashkilotidan qonunchilikda va shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan miqdorda jarima (penya)lar to‘lashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotini shartnomani bekor qilish to‘g‘risida, uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotnomani shaxsan yoki o‘z vakili orqali bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISKX tashkilotidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, to‘lovlar tarifi va tartiblarining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida ISKX tashkilotidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqo‘m organlari tomonidan tasdiqlangan amaldagi standartlarga javob beradigan sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanmaganlik (sifatsiz ichimlik suv mavjudligi aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqt) uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.
(130-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan barcha nizolari va kelishmovchiliklari qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 30-son, 368-modda; 2017-y., 9-son, 131-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son, 23.11.2018-y., 09/18/950/2216-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)