O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1672-son qarori va “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-aprel,
PQ-1745-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-apreldagi PQ-1745-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarorida:
a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining boshqaruv
xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnat haqi
xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnat haqi
TARIF KOEFFITSIYENTLARI
| Mehnat haqi razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari | |
| 1 | 1,209 | |
| 2 | 1,378 | |
| 3 | 1,612 | |
| 4 | 1,902 | |
| 5 | 2,264 | |
| 6 | 2,581 | |
| 7 | 2,891 | |
| 8 | 3,220 | |
| 9 | 3,540 | ”; |
b) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi
TARIF KOEFFITSIYENTLARI
|
Mehnat haqi razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari | |
| 1 | 1,000 | |
| 2 | 1,100 | |
| 3 | 1,226 | |
| 4 | 1,369 | |
| 5 | 1,526 | |
| 6 | 1,679 | ”; |
v) 3-ilovada:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdori tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentini tarif setkasining boshlang‘ich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdoriga ko‘paytirilishi bilan belgilanadi”;
III bo‘limning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
III. Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining
ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha tarif setkasining boshlang‘ich
(birinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi”;
ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha tarif setkasining boshlang‘ich
(birinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha korxonada qo‘llaniladigan tarif setkasining boshlang‘ich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdorlari korxona tomonidan korxona moliyaviy imkoniyati va mehnat haqi fondining (mukofotlarni hisobga olmaganda) korxona xarajatlaridagi mavjud ulushidan kelib chiqib, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida mehnat organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi tarif setkasining boshlang‘ich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan past bo‘lishi mumkin emas”;
10 — 12-bandlardagi “boshlang‘ich (nulinchi) razryadi” so‘zlari “Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha tarif setkasining boshlang‘ich (birinchi) razryadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandda “tarif setkasi boshlang‘ich (nulinchi) razryadi tarif stavkasining 50%igacha miqdorda” so‘zlari “issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi bo‘yicha tarif setkasining boshlang‘ich (birinchi) razryadi tarif stavkasining 20%igacha miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “to‘rt yil deb belgilansin (2007 — 2011-yillar)” so‘zlari “olti yil deb belgilansin (2007 — 2013-yillar)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorining:
a) 9-1-ilovasi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
2 - 1. |
Ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari, nashriyotlar, poligrafiya tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari |
5 |
”; |
b) 11-ilovaning 1-bandi:
quyidagi mazmundagi beshinchi satr bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
|
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari |
5,0 |
3,0 |
2,0 |
” |
beshinchi satr oltinchi satr deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 189-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)