O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrug‘i
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASINING APELLATSIYA KENGAShIGA APELLATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPShIRISh HAMDA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1889-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
23-son
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Davlat patent idorasining” degan so‘zlar “Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
nomidagi “Davlat patent idorasi” degan so‘zlar “Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
muqaddima va 27-banddagi “Davlat patent idorasining” degan so‘zlar “Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-band “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)”;
4-banddagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (2002-yil 1-noyabr, ro‘yxat raqami 1184)” degan so‘zlar “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
18 va 38-bandlardagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 420-modda)