Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2016 09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2262
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2262
Кучга кириш санаси
19.09.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2262]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, yagona ijtimoiy toʻlovni, shuningdek fuqarolarning sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy toʻlovni va fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovning Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish toʻlovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov yuridik shaxslar tomonidan bola tugʻilishi munosabati bilan, dafnga nafaqalar toʻlanishi (keyingi oʻrinlarda — nafaqalar deb yuritiladi), uy-joy-kommunal xizmatlari boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga toʻlanadigan kompensatsiya pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiyalar deb yuritiladi), ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar (keyingi oʻrinlarda — pensiyalar deb yuritiladi), 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalariga qoʻshimcha dam olish kunlariga haq toʻlash, bolalar sogʻlomlashtirish lagyerlari va sanatoriy-profilaktoriylarning tutib turilishiga biror-bir chegirishlarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash uchun mablagʻlar toʻlovchilar tomonidan tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvaragʻining quyidagi shartli hisobvaraqlar raqamlariga (keyingi oʻrinlarda ShHR deb yuritiladi) oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600 — fermer xoʻjaliklari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
700 — mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
777 — mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻzda tutilmagan boshqa toʻlovchilar uchun.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Pensiya jamgʻarmasiga — 20205 balans hisobvaraqlarining 601, 701 va 881 ShHRga, keyinchalik tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining Yagona gʻaznachilik raqamiga (keyingi oʻrinlarda YaGʻR) toʻliq miqdorda oʻtkaziladi.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining 20205 balans hisobvaraqlarining 602, 702 va 779 ShHRga oʻtkaziladi.
(6-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishidagi tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 602, 702 va 779 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan toʻlov topshiriqnomasi asosida tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkaziladi hamda quyidagi tartibda foydalaniladi:
(6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasining tegishli budjet hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkazilgan jami mablagʻlarning 70 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining toʻlov hujjatlari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelib tushgan mablagʻlarni qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflaydi.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga — 20205 balans hisobvaraqlarining 603, 703 va 780 ShHRga oʻtkaziladi.
(6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 603, 703 va 780 ShHRga kelib tushgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishidagi mablagʻlardan quyidagi tartibda foydalanadilar:
(6-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdoridan 30 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 20205 balans hisobvaragʻiga, mablagʻlarning keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun oʻtkaziladi;
(6-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdoridan 70 foizini kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining 20205 balans hisobvaraqlariga hududiy kasaba uyushmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlariga muvofiq oʻtkaziladi.
(6-bandning “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yoʻllanmalar uchun qisman undiriladigan qiymat xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablagʻlar keyinchalik mazkur kichik bandda belgilangan tartibga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat koʻrsatuvchi banklardan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHR koʻchirmalarini barcha ilovalari bilan birga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xizmat koʻrsatuvchi banklar yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHRdan koʻchirmalarning elektron fayllarini kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ham yuboradilar, kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalari oʻz navbatida, banklar tomonidan taqdim etilgan koʻchirmalar asosida kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga tarmoqlarga doir toʻlovchilar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovning bir qismi koʻrinishida ajratilgan mablagʻlarni ajratib koʻrsatgan holda toʻlovchilar bilan hisob-kitoblarini mustaqil ravishda yuritadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda — Qonun deb yuritiladi) 12-moddasi “b” — “j” bandlari, 14 va 15-moddalariga muvofiq tayinlangan pensiya toʻlovlarini qoplash Qonunning 66-moddasining ikki va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar uchun xarajatlarni qoplash 2016-yilning 1-yanvarigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplovchi toʻlovlarni kirim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar Pensiya jamgʻarmasining xarajatlarini qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini har yili hisobot yilining 15-yanvariga qadar oʻtkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplash, Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda, hisobot yilining 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar hisob-kitobni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot yilining 1-fevralidan kechiktirmasdan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda aniqlangan Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini qoplanishi lozim boʻlgan summa hisob-kitobning 041 qatorida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplash mazkur bandda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda, Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiyalar toʻlovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ishsiz maqomiga ega shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarning qoplanishiga doir hisoblangan summalar boʻyicha maʼlumot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotning koʻchirma nusxasi ushbu muddatlarda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar toʻlovi har oyda, keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalligi oqibatida yuz bergan nogironlik boʻyicha pensiyalarni tayinlay turib, pensiyalarni toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi har bir oyning 5-sanasiga qadar bu kabi pensiyalarni oluvchilar roʻyxatini, pensionyerlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiyalar miqdori, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan korxonalar, tashkilotlarning nomlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari (STIR), yuridik manzillari va bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan ushbu tashkilotlardan toʻlangan pensiya summalarini undirib olish uchun yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash hisob-kitoblari tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga oʻsib boruvchi yakun boʻyicha, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuridik shaxslar tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar toʻlovi har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan, har oyda ish beruvchining aybi bilan yuz bergan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik boʻyicha Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun xarajatlarni qoplovchi mablagʻlarni tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvaragʻining 887 ShHRga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 887 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 foizi 20205 balans hisobvaraqlarining 692 ShHRga, keyinchalik tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga toʻliq miqdorda oʻtkazilishi bilan ajratiladi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 839 ShHRga Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik boʻyicha pensiya toʻlovlariga xarajatlarni toʻlash uchun taqdim etilgan regress talablari (daʼvolari) boʻyicha ish beruvchilar tomonidan qoplanadigan mablagʻlardan Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish, moddiy ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat koʻrsatuvchi banklardan 20205 balans hisob raqamining 887 ShHR boʻyicha bank koʻchirmasini barcha ilovalari bilan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yuridik shaxslar tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxsning talabnoma boʻyicha ishlaydigan pensionyerlarga pensiya, nafaqalar, kompensatsiyalar, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolasi bor ota-onalarga qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlovlarini moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yuridik shaxslar xarajatlarini toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish uchun oylik talabnomalarni mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — talabnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar boʻyicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma oʻrnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek yuridik shaxsning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha Komissiya raisi (vakili) tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taqdim etilgan talabnomalarda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha maʼlum davr uchun buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha hisoblab yozilgan summalardan ortiq boʻlgan xarajatlar summalarini koʻrsatishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari talabnomalarning toʻgʻri tuzilganligini tekshirishga majburdirlar va talabnomalar summasini ularga ilova qilingan reyestrlar bilan taqqoslaydi, zarur boʻlganda yuridik shaxslardan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan birlamchi hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan yuridik shaxslar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida mazkur Nizomning 4b-ilovasidagi shakl boʻyicha Yuridik shaxslarni roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan yuridik shaxslarning har biri boʻyicha talabnomalar va boshqa tegishli hujjatlar (hisobot, solishtirma dalolatnoma va boshqalar) uchun alohida yigʻmajild ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Talabnoma mazkur Nizomning 196-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori xodimi (keyingi oʻrinlarda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 4v-ilovasidagi shakl boʻyicha Yuridik shaxslarning talabnomalarini roʻyxatga olish kitobiga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxatga olish kitobi deb yuritiladi) qayd etiladi va roʻyxatga olish shtamp izi bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarning toʻgʻriligini, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini oʻrganish maqsadida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida Talabnomalar, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini tekshirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori bosh inspektori hamda pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi rahbari — komissiya aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi topshirigʻiga asosan Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy eʼtibor qaratilgan holda, talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek masʼul shaxslarning imzolari va yuridik shaxs muhrlarining mavjudligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma maʼlumotlarining Roʻyxatga olish kitobiga qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va reyestrning muvofiqligi, toʻlovlar amalga oshirish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotda koʻrsatilgan summalarning taqdim etilgan talabnomalarda koʻrsatilgan summalar bilan, shuningdek solishtirma dalolatnomalarning moliyalashtirilgan mablagʻlar bilan muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar, shuningdek boshqa parametrlar boʻyicha boshqa hujjatlardagi maʼlumotlarning Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga toʻgʻri kiritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning 12-sanasidan kechiktirmay koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Komissiya har bir talabnoma boʻyicha xulosa qabul qiladi va mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini oʻrganish boʻyicha komissiya dalolatnomasi rasmiylashtiradi (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻida alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar quyidagi hollarda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar belgilangan shaklda tuzilmagan va rasmiylashtirilmaganda, shuningdek ularda masʼul shaxslarning imzolari yoki yuridik shaxsning muhri boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi 888 ShHR hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma rasmiylashtirilgandan soʻng unga oʻzgartirishlar va tuzatishlar kiritilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovut mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs birlamchi hujjatlar topshirilishidan bosh tortgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot va solishtirma dalolatnomalar maʼlumotlari bilan talabnomalar maʼlumotlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kerakli hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Komissiya tomonidan ijobiy xulosa qabul qilingan talabnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektoriga ijro va toʻlovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Har oyda talabnomani qabul qilishning soʻnggi kuniga qadar qabul qilingan va Komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha yuridik shaxslarning jamlanma talabnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Jamlanma talabnomalar Komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan hisobotlar, solishtirma dalolatnomalar va Roʻyxatga olish kitobidagi yozuvlarni solishtirish orqali koʻrib chiqiladi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻgʻriligi tasdiqlangandan soʻng Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1910. Jamlanma talabnoma Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi va talabnomalardagi maʼlumotlarning asosliligi toʻgʻrisida Komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamlanma talabnoma bilan birga Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasiga Roʻyxatga olish kitobi ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1911. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan jamlanma talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmasida tuzilgan Jamlanma talabnomalarning asosliligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi — Maxsus komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — Maxsus komissiya raisi oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi va mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshliqlari — Maxsus komissiya aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1912. Jamlanma talabnomalar Maxsus komissiya tomonidan Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan hisobotlar, dalolatnomalar va Roʻyxatga olish kitobiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilgan holda tekshirib chiqiladi, zarur hollarda esa yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma yoki birlamchi hujjatlar talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1913. Jamlanma talabnoma Roʻyxatga olish kitobi bilan solishtirilgandan soʻng, Roʻyxatga olish kitobining hisobot oyidagi soʻnggi yozuvi talabnomalar taqdim etgan yuridik shaxslarning soni, talabnomaning umumiy summasi, Maxsus komissiya aʼzolarining imzolari haqidagi yozuvlar kiritilgan holda yopiladi va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Yozuv yopilgandan soʻng Roʻyxatga olish kitobi yozuvlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1914. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan va Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilgan jamlanma talabnomalar umumlashtiriladi hamda Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarma muhri bilan tasdiqlangan holda mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimidagi umumlashtirilgan talabnomalar har oyning 15-sanasiga qadar talabnomalardagi maʼlumotlarning asosliligi toʻgʻrisida Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1915. Yuridik shaxslarga moliyalashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmasining belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjatlariga asosan Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek mablagʻlar qoldigʻi, kirim va chiqimining hisobi yuritiladi.
(191 — 1915-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan yuridik shaxslar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarning toʻlanishi uchun kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish uchun yuridik shaxslar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 888 ShHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan yuridik shaxslarning, jumladan, davlat budjetidan dotatsiya oluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablagʻlarga, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) belgilangan yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tartibi tatbiq etilmaydi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlar ularning budjet mablagʻlari boʻyicha tegishli depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi kodlari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu kodlarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.
(21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy toʻlov oyining 15-kunigacha — oʻtgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 % miqdoridagi summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy toʻlov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari mablagʻlarni ikki bank ish kuni davomida Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki bank ish kuni davomida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari faqat Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari mazkur Nizomning 4d-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan toʻlov hujjatlarini roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Bank ish kuni yakuni boʻyicha masʼul xodim tomonidan toʻlov hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tegishli boʻlinmasining shtamp izi bosilgan hisobvaraqlarning koʻchirmasi alohida yigʻmajildga tikiladi. Toʻlov hujjatining nusxalari tegishli yuridik shaxsning yigʻmajildiga tikiladi.
(211 — 215-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxslardan buyurtmanomalarni olishlari bilan mablagʻlarni belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Bunda budjet tashkilotlari gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan boʻlsa, budjet tashkilotiga tegishli mablagʻlar tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlari ham) Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha hisoblab yozilgan xarajatlar boʻyicha mablagʻlarni toʻlaydilar, banklar esa belgilangan muddatlarda beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun olingan mablagʻlar qatʼiy nazoratda boʻlishi va faqatgina buyurtmanomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni ataylab buzib koʻrsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar, kompensatsiyalar va nafaqalarni ish haqini toʻlash kunida oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashni amalga oshirish huquqiga egalar. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan summalarning qoplanishi Pensiya jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaragʻidan xarajatlar ularning toʻlab berilgan asosiy hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini va bir martalik bola tugʻilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallarining toʻlanishi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi hisobi, hisobotlar va ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik shaxslar yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari bilan yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxslar (kredit tashkilotlardan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni qoplashni belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan hisoblab yozilgan yagona ijtimoiy toʻlov summalari xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning ish haqidan ushlangan sugʻurta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻida 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli mablagʻ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar boʻyicha mablagʻlar summasi toʻlovi pul mablagʻlarini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni qoplash belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga asosan ushbu maqsad uchun koʻzda tutilgan tegishli hisobvaraqlarda hisobini yuritadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida yagona ijtimoiy toʻlov hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nafaqalar, pensiyalar, kompensatsiyalar, xodimlar ish haqi tarzidagi daromadlaridan ushlab qolinadigan majburiy sugʻurta badallar toʻlovlarining aks ettirilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yuridik shaxslar har chorakda moliyaviy buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddatlarida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga mablagʻlarning Pensiya jamgʻarmasi hisobidan sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻsib boruvchi yakun asosida, mazkur Nizomning 5-ilovasidagi shakl boʻyicha taqdim etishlari va bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 6-ilovasidagi shakl boʻyicha solishtirma dalolatnomasini tuzgan holda hisob-kitoblarni solishtirishni amalga oshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisobot va solishtirma dalolatnomalar hisobot davrida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilgan talabnomalar va moliyalashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgan axborotlar bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish oʻtkazilgandan soʻng, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi masʼul xodimi tomonidan imzolangan va shtamp bosilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng har bir yuridik shaxsning alohida yigʻmajildiga tikiladi.
(281-282-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari belgilangan tartibda oʻzlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga oylik yigʻma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan oʻtgan oyda yuridik shaxslarni moliyalashtirish amalga oshirilganligi va hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga mablagʻlar qoldigʻi toʻgʻrisida hisobot tuziladi. Belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobot Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan oylik hisobotlar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimida umumlashtiriladi. Jamlanma hisobot Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
(291-292-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlarning turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisida tezkor hisobot — har oyda keyingi hisobot oyning 10-sanasiga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobot — yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan soʻng 15 kun ichida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari va tijorat banklarining filiallari har oy Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlari boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bank filialida va Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimida solishtirma dalolatnomasi bir nusxadan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari oʻz navbatida Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalariga, hududlardagi davlat soliq boshqarmalariga va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalariga kelgusi kundan kech qolmagan holda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy davlat soliq boshqarmalari, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari va Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari har oy Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlari boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy davlat soliq boshqarmasida, Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmasida va Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasida solishtirma dalolatnomasining bir nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, Davlat soliq qoʻmitasiga hamda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga kelgusi kundan kechiktirilmasdan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar oʻsib boruvchi yakun bilan solishtirma dalolatnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomalar bir nusxadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov, sugʻurta badallari va boshqa toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari filiallari tushumlarni oʻz vaqtida Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilishi boʻyicha javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tijorat banklari tomonidan tushumlarni oʻz vaqtida Pensiya jamgʻarmasi tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilishi boʻyicha nazorat Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan tushumlarni oʻz vaqtida tegishli tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilmagan holatlar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yagona ijtimoiy toʻlovdan bir qismi koʻrinishidagi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga ajratmalar boʻyicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yagona ijtimoiy toʻlovdan bir qismi koʻrinishidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ajratmalar boʻyicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablagʻlar va davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari toʻgʻrisida yigʻma hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va davlat ijtimoiy sugʻurtasiga sugʻurta badallari xarajatlariga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga amalga oshirilgan yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallar hamda Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalar hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovlar va sugʻurta badallari boʻyicha xarajatlarni hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya, nafaqa va kompensatsiyalar toʻlovi xarajatlari, shuningdek yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

STIR

0‎

2‎

‎‎-varaq

‎‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti
‎toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq
‎tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha
‎ HISOB-KITOB*

Koʻrsatkichlar‎‎‎

Satr kodi‎‎

Oʻlchov birligi‎‎

Yillik summa‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlari boʻyicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi‎‎

010‎‎

soʻm‎‎

‎‎

Oʻtkazilishi lozim boʻlgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6)‎‎

020‎‎

soʻm‎‎

‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlar soni‎‎

021‎‎

birlik‎‎

‎‎

Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni‎‎

022‎‎

birlik‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi‎‎

023‎‎

soʻm‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan‎‎

030

soʻm‎‎

‎‎

Lozim:‎‎

040‎‎

soʻm‎‎

‎‎

qoʻshimcha toʻlanishi**‎‎

041‎‎

soʻm‎‎

‎‎

kamaytirilishi‎‎

042‎‎

soʻm‎‎

‎‎

‎‎‎‎Rahbar

___________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Bosh buxgalter

___________________‎‎‎‎

(imzo)‎‎

‎‎M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎* Hisobot yilida bir marotaba, 20___ yilning 1-fevraliga qadar taqdim etiladi. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ijobiy farq mavjud boʻlganda toʻldiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha
‎HISOB-KITOB

Koʻrsatkichlar‎

Satr kodi‎

Oʻsib boruvchi yakun bilan‎

Pensiyalarni toʻlovi boʻyicha xarajatlarning qoplanishi boʻyicha hisoblab yozilgan summa‎

010‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi‎

020‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ‎

030‎
Lozim:‎ 040‎
Qoʻshimcha toʻlanishi ‎ 041‎
Kamaytirilishi‎ 042‎

Oʻtgan hisobotga asosan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi‎

050‎

‎Rahbar‎

‎__________________

(imzo)

Bosh buxgalter ‎ __________________‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎STIR

0‎

2 ‎‎-varaq

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb
‎kasalliklari boʻyicha tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash
‎uchun toʻlangan mablagʻ boʻyicha
‎HISOB-KITOB

Koʻrsatkichlar‎‎‎

Satr
‎kodi‎‎

Oʻsib boruvchi yakun bilan‎‎

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan nogironlik pensiyalarini toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi‎‎

010‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan

020‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi‎‎

030‎‎

‎‎

Rahbar‎‎

_____________________‎‎‎

(imzo)‎‎

Bosh buxgalter‎‎

_____________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎M.Oʻ.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Tashkilot shtampi‎‎‎
________‎‎____________________budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
‎‎

‎______________________________boʻyicha

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining shtampi yoki belgisi

(tashkilotning toʻliq nomi)

Olindi

‎‎Bank rekvizitlari ____________________________________

‎‎____________________

‎‎(bank nomi, MFO, hisobvaraq raqami)

‎‎(buyurtmanomani qabul qilgan xodimning imzosi)

‎‎STIR ____________________________
‎‎Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni, shu jumladan, ayollar:

‎‎__________________
‎__________________

‎20_____ yil ________________ uchun xarajatlarni toʻlashga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga mablagʻlarni olishga
‎TALABNOMA*

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Pensiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalarni oluvchilar soni‎

Mehnatga layoqatsizlikning haqiqatdagi kunlari soni‎

Haqiqatdagi xarajatlar (soʻmda)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

1.‎‏ Ishlovchi pensionyerlarga pensiya‎

shu jumladan:‎

a) 100% oluvchilarga‎

b) 50% oluvchilarga‎

2.‎ Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar‎
3.‎ Dafn etish marosimi uchun nafaqalar‎
4.‎

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalariga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlanishi‎

5.

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga (bundan budjet tashkilotlari mustasno) kompensatsiya pul toʻlovlarining toʻlanishi‎

Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:‎

a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini‎

b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini‎

JAMI:‎

‎‎Tashkilotning rahbari ____________‎‎____

(imzo)

‎‎Bosh buxgalter

‎‎________________ M.Oʻ.

(imzo)

‎‎Ijtimoiy sugʻurtalash boʻyicha komissiya raisi (vakolatli vakili)

‎‎‎‎________________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar muddatda Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4a-ilovasidagi shakl boʻyicha reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Tashkilot shtampi
‎‎_________________________ budjetdan tashqari
‎‎Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
‎‎__________________________________________dan
‎‎(tashkilotning toʻliq nomi)
‎‎STIR ___________________

‎20__ yil ___________da budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ olish uchun tashkilotning xodimlari
‎REESTRI‎‎

T/r‎

F.I.Sh.‎

Jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaragʻining tartib raqami*

Hujjat nomi**

Hujjat raqami va seriyasi‎

Hujjat berilgan sana‎

Kim tomonidan berilgan‎

Imtiyoz turi‎

Toʻlov foizi‎

Toʻlov miqdori (soʻmda)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

Ishlaydigan pensionyerlarning pensiyasi‎

1.‎
2.‎
JAMI:‎

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar‎

1.‎
2.‎
JAMI:‎
Dafn marosimi nafaqalari‎
1.‎
2.‎
JAMI:‎

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov‎

1.‎
2.‎
JAMI:‎

Uy-joy va kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)‎

1.‎
2.‎
JAMI:‎
HAMMASI‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

‎‎Tashkilot rahbari ‎‎___________________‎

‎‎(imzo)

‎‎M.Oʻ
‎‎Bosh hisobchi ‎‎___________________

‎‎(imzo)

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya raisi (vakolatli vakil)‎‎‎

‎___________________‎‎

‎‎(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami koʻrsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** hujjat nomi (pensiya topshiriqnomasi (shakl-25), kasallik varaqasi, FHDY maʼlumotnomasi, 16-yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun tashkilotning buyrugʻi, oylik kompensatsiya oluvchilarga imtiyoz beruvchi guvohnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-varaq‎

№‎

Yuridik shaxsning
‎ STIR raqami‎

Yuridik shaxsning
‎ toʻliq nomi‎

Manzili‎

Xizmat koʻrsatuvchi
‎bank MFOsi‎

Bank ‎nomi

Bankdagi
‎hisob raqami‎

Shaxsiy gʻazna
‎hisobvaraqasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-varaq ‎

XXTUT‎

KTUT‎

Telefon
‎raqami‎

Yuridik shaxs
‎rahbarining F.I.O.‎

Yuridik shaxs bosh
‎hisobchisi F.I.O ‎

Roʻyxatga
‎ olingan ‎ sana‎

Izoh‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4v-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning talabnomalarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Qabul
‎qilingan
‎sana

Yuridik
‎shaxsning ‎
‎STIRi‎

Yuridik shaxsning
‎toʻliq nomi‎

Yuridik shaxsning
‎roʻyxat raqami‎

Talabnoma
‎miqdori
‎‎(summasi)‎

Izoh‎

‎1

2‎

3‎

4‎

‎5

6‎

7‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4g-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining _____________ tuman (shahar) boʻlimi (hududiy boshqarmasi) talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish boʻyicha komissiya (Maxsus komissiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMASI

‎‎‎‎“____”_______________ 20___ yil

‎‎‎‎Quyida imzo chekuvchilar tomonidan tashkilotlar taqdim etgan talabnoma (hisobot, solishtirma dalolatnoma)larning haqqoniyligi oʻrganib chiqildi va tekshiruvlar natijasiga koʻra quyidagicha xulosa qilindi:‎‎
T/r‎ ‎‎Talabnoma qabul qilingan sana Yuridik shaxsning STIRi

‎‎Talabnoma taqdim etgan yuridik shaxs nomi

Yuridik shaxsning roʻyxat raqami Talabnoma miqdori (summasi) Xulosa
‎(Moliyalashtirish uchun ijroga berilsin, qayta rasmiylashtirilish va aniqlik kiritish uchun yuridik shaxsga qaytarilsin va boshqalar)
1‎ 2‎‎ 3

4

5 6 7
‎‎Shundan
‎‎100% pensiya toʻloviga ‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)‎
‎‎50% pensiya toʻloviga ‎ ‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎EKIH 45% kompensatsiya toʻloviga ‎ ‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎EKIH 25% kompensatsiya toʻloviga ‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎bola tugʻilishi munosabati bilan nafaqa toʻloviga‎ ‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎dafn marosimi uchun nafaqa toʻloviga ‎
‎16 yoshgacha nogiron bolalarning ota-onalariga‎
‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlovlarga ‎‎— _________ (soni) _______________ (summasi)
‎‎Komissiya (Maxsus komissiya) raisi‎

‎‎________________

M.Oʻ.‎ ‎‎Komissiya (Maxsus komissiya) raisi oʻrinbosari‎

‎‎________________

‎‎Komissiya (Maxsus komissiya) aʼzolari:
‎‎________________
‎‎________________
‎‎________________
(4g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4d-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining _____________ tuman (shahar) boʻlimi tomonidan
‎toʻlov hujjatlarini roʻyxatga olish
‎KITOBI
‎‎

№‎

Sana
‎(kun/oy/yil)

Toʻlov
‎hujjati
‎raqami

Moliyalashtirilgan
‎mablagʻ (summasi)

Yuridik shaxs
‎STIRi‎

Moliyalashtirilgan
‎yuridik ‎‎shaxs nomi

Yuridik shaxsning
‎roʻyxat raqami‎

Toʻlov
‎maqsadi‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

(4b — 4d-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Tashkilot shtampi

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining shtampi yoki belgisi‎‎

______________________ budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga‎‎

‎‎

_________________________________ boʻyicha‎

‎‎Olindi _______________

‎‎(tashkilotning toʻliq nomi)

BXUT boʻyicha KTUT boʻyicha XXTUT boʻyicha MHOBT boʻyicha DBIBT boʻyicha MShCh boʻyicha STIR _________

‎‎
‎20___ yilning ____________ oyida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida
‎HISOBOT

T/r‎

Moddalar nomi‎

Oluvchilar soni (birligi)‎

Hisobot choragi uchun (ming soʻm)‎

Ortib boruvchi yakun boʻyicha (ming soʻm)‎

1.‎ Ishlovchilarning roʻyxatdagi oʻrt�cha soni (birligi)‎
1.1.‎ shu jumladan, ayollar‎
2.‎ Ishlaydigan pensionyerlarga pensiyalar, jami‎
Shu jumladan:‎
2.1.‎ a) 100% miqdorida oluvchilar‎
2.2.‎ b) 50% miqdorida oluvchilar‎
3.‎ Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar‎
4.‎ Dafn marosimi nafaqalari‎
5.‎

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov‎

6.

Uy-joy va kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)‎

Shu jumladan:‎

a) eng kam ish haqining 45% miqdorida oluvchilar‎

b) eng kam ish haqining 25% miqdorida oluvchilar‎

7.‎ Jami xarajatlar‎
8.‎ Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar olingan:‎
qoʻshimcha toʻlovga‎
kamaytirishga‎

‎Tashkilot rahbari
‎‎
‎_______________________

(imzo)‎‎

‎M.Oʻ.‎
‎‎Bosh hisobchi ‎‎_______________________

(imzo)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________________ boʻyicha‎

(tashkilotning toʻliq nomi)

Bank rekvizitlari h/v _______________________________________‎‎
MFO‎ _______________________________________‎‎
STIR‎ _______________________________________‎‎

‎‎Oʻzaro hisob-kitoblarni
‎SOLIShTIRISh DALOLATNOMASI

‎‎20___ yil “___” ___________

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar, _________________________ budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi vakillari

‎‎___________________________________________________________________

‎‎(F.I.Sh., lavozimi)

‎‎va _______________________________________________________ vakillari

‎‎(tashkilotning toʻliq nomi)

‎‎mazkur dalolatnomani 20____ yil __________________ holati boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish amalga oshirilganligi toʻgʻrisida tuzdik.
‎‎Buning natijasida quyidagilar aniqlandi:

Yozuvlar mazmuni‎‏

_______________ budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining hisob yozuvlari asosida

___________ hisob yozuvlari boʻyicha (tashkilotning nomi)

debet‎

kredit‎

debet‎

kredit‎

‎‎
‎_____________________________ foydasiga 20___ yil _____________ga Saldo _____________ soʻm ____ tiyinni tashkil qiladi.
______________________________ vakil‎ ‎‎_____________________ vakil

‎‎(budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining nomi)

‎‎(tashkilot nomi)

M.Oʻ.‎ M.Oʻ.‎
‎‎
‎Lavozimi __________________
‎‎
‎Lavozimi _________________
___________________________ ‎‎__________________________

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎______________ ‎‎______________

(imzo)

(imzo)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 383-modda; 2013-y., 1-son, 11-modda, 51-son, 681-modda; 2015-y., 21-son, 280-modda)