Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 30-oktabrdagi 1083-I-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 4-dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining, Respublika yoʻl jamgʻarmasining, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasining, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2010-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3—6-ilovalar berilmaydi.
2. 2010-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablagʻlarining 2010-yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. 2010-yil uchun:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga* muvofiq;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
* 11-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;
respublikada ishlab chiqariladigan va roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
* 12-1 va 12-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
* 13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
* 14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga* muvofiq;
* 15-1 va 15-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 16-ilovaga* muvofiq;
* 16-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 17 va 18-ilovalarga* muvofiq;
* 17 va 18-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
* 19-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yagona yer soligʻi stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
* 20-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq;
* 21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga* muvofiq;
* 22 va 23-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
24-ilovada* belgilangan soliqqa tortish obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 1,5 foiz miqdorda va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
* 24-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida 25-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;
* 25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sugʻurta badallari stavkasi 4 foiz miqdorida tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab:
oʻsimlik yogʻi va alkogol mahsulotlar boʻyicha aksiz soligʻi toʻla hajmda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
jismoniy shaxslarning mulk soligʻini hisoblab chiqarishda mulkka egalik huquqi bilan jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan soliqqa tortiladigan mulkning inventarizatsiya qiymati 1,1 miqdoridagi koeffitsiyentni hisobga olgan holda qaytadan hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6. Belgilab qoʻyilsinki:
yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat olib boruvchi norezidentlar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish chogʻida muhr eskizlarini keyinchalik tasdiqlash uchun taqdim etadilar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlarini ochadilar.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarori 9-bandining amal qilish muddati 2015-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qarori 6-bandi ikkinchi xatboshisining amal qilishi 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab soliq konsultantlari tashkilotlari — kichik korxonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilsin.
14. Mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkaziladi.
15. 2010-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
* 26-ilova berilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
* 27-ilova berilmaydi.
respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 28-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amalda ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish sohasi rivojlantirilishini ragʻbatlantirish yoʻli bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining xarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy budjetlarning dotatsiyaga muhtojligini kamaytirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni davom ettirsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek, hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar oʻrtasida vujudga keladigan kassa boʻyicha tafovutlarni oʻzaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
17. 2010-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 29-ilova berilmaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2010-yildan boshlab bir nafar oʻquvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy meʼyorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etsin hamda budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishning yangi tartibiga oʻtkaziladigan har bir budjet tashkilotiga moliyalashtirish meʼyorlari yetkazilishini taʼminlasin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 1-yanvardan boshlab Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining markazlashtirilgan buxgalteriyalarini tugatish va ularning negizida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega boʻlgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish shuʼbalarini;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega boʻlgan moliya-buxgalteriya xizmatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari)ni xatlovdan oʻtkazsin va amaldagi talab-ehtiyojga hamda tarbiyalanuvchilarning tegishli kontingenti mavjudligiga qarab, ularning faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin;
xatlov natijalariga koʻra 2010-yilning 1-martiga qadar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari) tarmogʻini maqbullashtirish hamda mazkur muassasalarning rahbar va pedagog xodimlarini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
22. 2010-yilning 1-sentabridan boshlab, tegishli sarf-xarajatlarni budjet mablagʻlari va qisman — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ota-onalarning har oy toʻlaydigan mablagʻi hisobidan moliyalashtirilgan holda olimpiya zaxiralari kollejlarining oʻquvchilari uchun bepul (imtiyozli) ovqatlanish joriy qilinsin. Bunda har bir olimpiya zaxiralari kollejida oʻquvchilar umumiy kontingentining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari pul toʻlashdan ozod qilinishlari nazarda tutilsin.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi 2010-yilning 1-apreliga qadar olimpiya zaxiralari kollejlarida bepul (imtiyozli) ovqatlanish sarf-xarajatlarini qisman qoplashga ota-onalar tomonidan pul toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, shuningdek ovqatlanish normalari va oʻquvchilarni bepul (imtiyozli) ovqat bilan taʼminlash nazarda tutilgan olimpiya zaxiralari kollejlari roʻyxatini tuzib, belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab, belgilangan tartibda:
fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini;
bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqalarni Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirishni taʼminlasin.
24. 2010-yilga shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar toʻlash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar toʻlash tegishli budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2010-yildan boshlab bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlarning gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazilishi tartibini joriy etish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;
vazirliklar va idoralarning barcha budjetdan tashqari jamgʻarmalari, shu jumladan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlariga nisbatdan Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi tartibi joriy etilsin;
bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va soliqqa doir boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy hamda moliyaviy sanksiyalar ajratmalarining Davlat budjetiga kelib tushadigan ulushini proporsional oshirgan holda, ularning 20 foizgacha kamaytirilishini hisobga olib, ajratmalar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
26. 2009-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet kamomadi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz boʻlgani holda, Davlat budjeti daromadlari 10 421,4 mlrd. soʻm, xarajatlari — 10 658,9 mlrd. soʻm miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 4296,5 mlrd. soʻm (shu jumladan Davlat budjetidan dotatsiya — 230,0 mlrd. soʻm, shuningdek, 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra respublika budjeti qoldiqlari hisobiga aylanma kassa naqd pulining toʻldirilishi — 140 mlrd. soʻm) va xarajatlar — 4063,9 mlrd. soʻm miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining daromadlari 522,0 mlrd. soʻm va xarajatlari — 522,0 mlrd. soʻm miqdorida.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining Gʻaznachiligi budjet tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2010-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2009-yilgi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2009-yilgi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan kamomad doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
28. 2010-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2010-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
30. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-dekabr,
PQ-1245-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga
30-ILOVA
30-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qarorining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 442-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga
31-ILOVA
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarorida:
a) 3-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
“hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida hosil boʻlgan budjet mablagʻlari tejami (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari)”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni va davlatning boshqa mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlar”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshiga “shuningdek kreditorlik qarzlarni toʻlashga” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-iyuldagi PQ-404-son qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi hamda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti uchun leksiyalar oʻqiganlik, maqolalar, axborot-tahliliy materiallar tayyorlaganlik uchun ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar, Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi hamda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutining shtatdagi xodimlari tomonidan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslar daromadlari soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransporti parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 14-dekabrdagi PQ-531-son qarorining 3-bandidagi “2010” raqamlari “2014” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandi “k-1” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Vatanimizda ishlab chiqarilgan” soʻzlaridan keyin “va import qilingan” soʻzlari qoʻshilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “2010” raqamlari “2015” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) “Budjet tashkilotlari xarajatlarini (toʻlashni) moliyalashtirish tartibida”:
11-bandning birinchi xatboshiga “(ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
birinchi xatboshidagi “taqdirda” soʻzidan keyin “tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarning oʻrni toʻldirilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlar oʻrnini toʻldirishga va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tushgan barcha mablagʻlarning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda) 1-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “shuningdek” soʻzi “toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi mintaqaviy boʻlimlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish yuridik shaxslar tomonidan, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi beradigan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadi.
Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi berganlik uchun:
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
viloyat markazlarida — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
boshqa aholi punktlarida — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim mablagʻlari “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga tushadi va ulardan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda foydalaniladi.
Faoliyatni litsenziyasiz va gastrol-konsert guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qoʻllanadi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “2010” raqamlari “2011” raqamlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Yangi import avtomobillarni chakana savdoda sotish”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 119-bandida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Yangi import avtomobillarni sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “mablagʻlari” soʻzidan keyin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “mablagʻlari” soʻzidan keyin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari” soʻzlari qoʻshilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “budjetdan ajratmalar” soʻzlaridan oldin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari va” soʻzlari qoʻshilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla qoʻshilsin:
“Litsenziya faqat ijrochilarga — jismoniy shaxslarga va ijodiy jamoalarga — yuridik shaxslarga beriladi”;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshidagi birinchi jumla chiqarib tashlansin;
v) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
g) 31-bandning ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
24. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi isteʼmolchilari va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining birinchi xatboshidagi “oʻz mablagʻlari yetishmagan taqdirda, yetishmagan mablagʻlarni mahalliy budjetlardan olish yoʻli bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshiga “taʼmirlash” soʻzidan keyin “shuningdek kreditorlik qarzlarni toʻlash” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari
| Tibbiyot muassasalari guruhlari | Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari: | Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari | ||||
| moddiy ragʻbatlantirishga | moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, muassasani modernizatsiya qilish va taʼmirlash, shuningdek kreditorlik qarzlarni toʻlashga | |||||
| I guruh muassasalar | Tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlarining 5 foizigacha | homiy va donor tashkilotlardan, shuningdek pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan tushayotgan mablagʻlar | budjet mablagʻlarini tejash hisobiga hisobot choragining oxirgi ish kunida hosil boʻlgan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari) | vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlar | 25% | 75% |
| II guruh muassasalar | 35% | 65% | ||||
| III guruh muassasalar | 40% | 60% | ||||
| IV guruh muassasalar | 50% | 50% | ||||
Izoh. Tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlganda ushbu mablagʻlar xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin”.
26. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklari shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari
| Faoliyat turlari | Sigʻimi (yoʻlovchi oʻrni va yuk koʻtarish quvvati, tonna) | Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga davlat boji summasi (AQSH dollarida) | |
| 1) yoʻlovchilarni shaharda tashish |
avtobuslar |
14 oʻringacha | 50,0 |
| 14 oʻrindan ortiq | 100,0 | ||
| mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 300,0 | |
| yengil avtomobillar | 4 oʻringacha | 75,0 | |
| 4 oʻrindan ortiq | 125,0 | ||
| 2) yoʻlovchilarni shahar atrofida tashish |
avtobuslar |
19 oʻringacha | 75,0 |
| 19 oʻrindan ortiq | 150,0 | ||
| mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 300,0 | |
| yengil avtomobillar |
4 oʻringacha | 75,0 | |
| 4 oʻrindan ortiq | 125,0 | ||
| 3) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish | avtobuslar |
21 oʻringacha | 225,0 |
| 21 oʻrindan ortiq | 600,0 | ||
| mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 700,0 | |
| yengil avtomobillar | 1 ta transport vositasi uchun | 200,0 | |
| 4) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish | avtobuslar | 12 oʻrindan ortiq | 1000,0 |
| mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 800,0 | |
| yengil avtomobillar | 1 ta transport vositasi uchun | 250,0 | |
| 5) yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida tashish | 3,5 tonnagacha | 50,0 | |
| 3,5 tonnadan 10 tonnagacha | 100,0 | ||
| 10 tonnadan 16 tonnagacha | 150,0 | ||
| 16 tonnadan ortiq | 200,0 | ||
| 6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 3,5 tonnagacha | 75,0 | |
| 3,5 tonnadan 10 tonnagacha | 150,0 | ||
| 10 tonnadan 16 tonnagacha | 200,0 | ||
| 16 tonnadan ortiq | 250,0 | ||
|
7) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish |
1 ta transport vositasi uchun | 300,0 | |
Izoh. Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 14-15-son, 103-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 38-son, 442-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)