1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi dafn etish va dafn ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.08 Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning oʻlimidan keyin uning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini (bundan buyon matnda vafot etgan shaxsning xohish-irodasi deb yuritiladi) inobatga olgan holda vafot etgan shaxsni dafn etish kafolatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish uchun nafaqa berish hamda moddiy va boshqa yordam koʻrsatish kafolatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish joylarini tanlash va saqlashda ekologik normalarning, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalarining hamda boshqa normalar va qoidalarning bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Dafn etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) uning xohish-irodasini inobatga olgan holda sanitariya normalari va qoidalariga hamda boshqa normalar va qoidalarga zid boʻlmagan urf-odatlar va anʼanalarga muvofiq koʻmishga doir marosim harakatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yerga (qabrga yoki sagʻanaga) koʻmish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(3-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Dafn etish joylari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylari qabrlar, sagʻanalar, shuningdek dafn etishni amalga oshirishga moʻljallangan boshqa binolar va inshootlarni barpo etish uchun ekologik normalarga, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda boshqa normalar va qoidalarga muvofiq ajratib berilgan yer uchastkalaridir. Dafn etish joylari moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylari tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish ekologik ekspertizaning xulosasi va sanitariya-gigiyenik xulosa boʻlgan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda diniy tashkilotlarning takliflari inobatga olingan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15—17-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylari buzib tashlanishi mumkin emas va doimiy ravishda suv ostida qolish, koʻchkilar hamda boshqa tabiiy ofatlar tahdid etgan taqdirda belgilangan tartibda faqat tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining qaroriga binoan koʻchirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari dafn etish joylari joylashgan hududlardan foydalanishga ular koʻchirilgan paytdan eʼtiboran yigirma yil oʻtgach ruxsat beriladi. Bunday holda ushbu hududlardan faqat manzarali dov-daraxt koʻchatlari oʻtqazish uchun foydalanilishi mumkin. Bu hududlarda binolar va inshootlarni qurish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarida marosim va ibodat inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda barpo etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 59, 71—73-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(4-moddaning yettinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 27—33-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi ogʻzaki (guvohlar hozirligida) yoki yozma shaklda ifodalangan, patologik-anatomik yorib koʻrishga roziligi yoki rozi emasligi haqidagi, u yoxud bu joyga, u yoki bu urf-odatlar va anʼanalar boʻyicha, ilgari vafot etgan u yoki bu shaxslarning yoniga dafn etilishiga roziligi yoxud rozi emasligi toʻgʻrisidagi, oʻz xohish-irodasini bajarishni u yoxud bu shaxsga ishonib topshirish haqidagi istagidir.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlishga doir harakatlar, agar xohish-irodani bajarish mumkin boʻlmaydigan holatlar yuzaga kelmagan boʻlsa yoki qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning xohish-irodasiga toʻla muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
(5-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi mavjud boʻlmagan taqdirda vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarga ijozat berish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning V bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajaruvchilar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasida koʻrsatilgan shaxslar uning xohish-irodasini bajaruvchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasida bajaruvchilar koʻrsatilmagan yoki ular vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajarishni rad etgan taqdirda, mazkur xohish-iroda uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoxud qonuniy vakili tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dafn etishni amalga oshirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajarish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida har bir insonga uning oʻlimidan keyin jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) vafot etgan shaxsning xohish-irodasini inobatga olgan holda ushbu Qonunga muvofiq dafn etish va dafn etish uchun joyni tekin berish kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) ilgari vafot etgan shaxslar yoniga dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish dafn etish uchun boʻsh joy yoki ilgari vafot etgan yaqin qarindoshining qabri mavjud boʻlgan taqdirda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs boshqa aholi punktida yoki xorijiy davlat hududida vafot etgan taqdirda vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish dafn etishni amalga oshirish va dafn etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻlim haqidagi guvohnomani (maʼlumotnomani), vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) olib ketish uchun ruxsatnomani, yoʻl hujjatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtishga doir hujjatlarni olishga koʻmaklashish qismida kafolatlanadi. Mazkur koʻmakni mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek oʻz faoliyati turiga koʻra shunday hollarda zarur xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa yuridik shaxslar koʻrsatishi shart.
(7-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 27-bobi (“Oʻlimni qayd etish”), Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va “Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqida”gi nizom (roʻyxat raqami 2269, 27.09.2011-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini olib kelishni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dafn etishni amalga oshirishdagi kafolatlar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsga quyidagilar kafolatlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan shaxsni dafn etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻlim sababi aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol berish. Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) oʻlim sababini aniqlash uchun oʻlikxonaga joylashtirish asoslari vujudga kelgan hollarda, uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakilining, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsning talabiga koʻra berish bir sutkadan ortiq muddatga kechiktirilishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs oʻlim haqida xabardor qilingan, ammo dafn etishni ular tomonidan amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi obyektiv holatlar mavjud boʻlsa, vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) oʻlim sababi aniqlangan paytdan eʼtiboran ikki sutkagacha oʻlikxonada turishiga imkoniyat berish. Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs qidirilgan taqdirda bu muddat uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Dafn etish uchun nafaqa hamda moddiy va boshqa yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.08 Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsga dafn etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan nafaqa berish kafolatlanadi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlik bola tugʻilgan yoki bola hayotining birinchi haftasi ichida vafot etgan (perinatal oʻlim) taqdirda, dafn etish uchun nafaqani toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga asosan, qolgan barcha hollarda esa shaxsning oʻlimi haqidagi guvohnomaga asosan, murojaat etilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 31-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 27-fevraldagi 56-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarida tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, perinatal oʻlim va oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2089, 23.03.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa, tashkilotning xodimi yoki xodimning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzosi vafot etgan taqdirda dafn etish uchun nafaqani toʻlash mazkur xarajatlarning oʻrni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplangan holda korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga korxona, muassasa va tashkilot tomonidan qonunchilikka muvofiq moddiy va boshqa yordam koʻrsatilishi mumkin.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Vafot etgan shaxsni uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs boʻlmaganda dafn etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs boʻlmaganda yoki ularning dafn etishni amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, vafot etganning shaxsini ichki ishlar organlari aniqlaganidan keyin uni dafn etishni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ichki ishlar organlari tomonidan shaxsi aniqlanmagan vafot etganni dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 205-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 42-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Vafot etgan harbiy xizmatchilarni, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan fuqarolarni, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini dafn etish
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatni (harbiy yigʻinlarni), ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatni oʻtayotganda vafot etgan yoki tinchlik davrida mayib boʻlish (yaralanish, shikastlanish, kontuziya boʻlish), kasallanish natijasida vafot etgan harbiy xizmatchilarni, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan fuqarolarni, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini, shuningdek xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetganligiga, sogʻligʻining holatiga koʻra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatdan boʻshatilgan vafot etgan fuqarolarni dafn etish vafot etgan shaxs harbiy xizmatni (harbiy yigʻinlarni), ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatni oʻtagan vazirliklar va idoralarning mablagʻlari hisobidan, ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur shaxslarning dafn etilishini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davrida xizmatni oʻtash vaqtida va jangovar harakatlar olib borilayotgan davrda vafot etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini dafn etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni dafn etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni dafn etish ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni ularning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillari yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslar boʻlmaganda yoki dafn etishni ular tomonidan amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda yoxud ular dafn etishni amalga oshirishni rad etganda dafn etish, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan vafot etgan shaxslarni dafn etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 170-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dafn etish joyini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash joyning gidrogeologik tavsiflari, relyefi xususiyatlari, tuprogʻi tarkibi, atrof tabiiy muhitga tushadigan ekologik yukning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori chegarasi hisobga olingan holda shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarini barpo etish qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda u dafn etish joyining nomuayyan uzoq muddat mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 493—496-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasining oʻlchami muayyan aholi punktida yashovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 55-bandi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish uchun beriladigan joyning oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 45-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarini lozim boʻlgan holatda saqlash va obodonlashtirish majburiyati mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan alohida xarajatlar moddasi boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan ham foydalanish mumkin boʻlib, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarini obodonlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida hashar yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylari oʻralgan boʻlishi, qoʻriqlanishi, suv, elektr, zarur binolar va ashyo-anjomlar, shuningdek kirib boriladigan yoʻl bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarida mol va boshqa uy jonivorlarini boqish, mevali koʻchatlar ekish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tastiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish joylarida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish ekologik normalarga, sanitariya normalari va qoidalariga, shuningdek dafn etish joylarini saqlashning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Toshkent shahar hokimining 2016-yil 10-oktabrdagi 921-sonli “Dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2018-yil 3-maydagi 708-son “Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik normalar, sanitariya normalari va qoidalari, shuningdek dafn etish joylarini saqlash qoidalari buzilgan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari dafn etish joyida ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatib turishi yoki tugatishi hamda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va dafn etish joyining inson sogʻligʻi hamda atrof tabiiy muhitga nomaqbul taʼsiriga barham berish, zarur hollarda esa yangi dafn etish joyini barpo qilish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjudligi haqida ishonchli maʼlumotlar boʻlmagan qabrlar eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabrlar borligi ehtimoli boʻlgan hududlarda har qanday ishlarni amalga oshirishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organlari bu hududni tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar aniqlangan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari qabrlarni belgilab qoʻyishi va roʻyxatga olishi, zarur hollarda esa dafn etilganlarning saqlanib qolgan tana qismlari qayta koʻmilishini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarning eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlarni qidirishi hamda ochishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlari boʻlgan eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlarni qidirish hamda ochish arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(16-moddaning beshinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dafn ishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Dafn ishini tashkil etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn ishini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish boʻyicha xizmatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etadigan maxsus xizmatlar tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmatlarning faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Dafn ishini moliyalashtirish manbalari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn ishini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
(18-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(18-moddaning uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish va dafn ishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(19-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(20-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(21-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 28-dekabrdagi 249 (5164)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-276-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 508-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)