Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2016 16.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2133
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 16.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2133
Кучга кириш санаси
26.08.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“QIShLOQ QURILISh INVEST” IXTISOSLAShTIRILGAN INJINIRING KOMPANIYASI VA “QIShLOQ QURILISh INVEST” INJINIRING KOMPANIYASI BILAN TUZILGAN ShARTNOMALAR BOʻYIChA FOYDALANIShGA TAYYoR HOLDA TOPShIRISh ShARTLARI BILAN YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh DOIRASIDA ULAR TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR HAJMLARI BOʻYIChA PUDRAT TAShKILOTLARI TOMONIDAN IMTIYoZLARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 16-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2133]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-16, 33 va 01-02/8-25-sonli “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2792, 26.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarida uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 358-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 38-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-28-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmita raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-28, 54, 01-02/8-13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 32-33-son, 358-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil., 5-son, 38-modda) muvofiq “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi 2014-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlardan hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1463-son, 2005-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) muvofiq boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar hisoblab chiqarilmaydi va mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi yuqorida qayd qilingan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ”Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil., 5-son, 38-modda) asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari 2014-yil 1-yanvargacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning barcha turlarini davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinadi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari faqat “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pudrat tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan bojxona imtiyozlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari boʻyicha qoʻllaniladi. Bojxona imtiyozlari pudrat tashkiloti “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishni tasdiqlovchi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi tomonidan beriladigan maʼlumotnomaga muvofiq taqdim etiladi. Maʼlumotnoma tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizom “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” bosh direktori K. XOShIMBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 18-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎Taqdim etiladi ____________________________________________________

‎‎(bojxona rasmiylashtiruvi joyi boʻyicha hududiy bojxona organi)


‎‎MAʼLUMOTNOMA

Berildi‎

‎Yuridik shaxsning toʻliq nomi‎

‎‎‎____________________________________________
‎____________________________________________

‎Yuridik manzili‎
‎‎
‎____________________________________________
‎____________________________________________

‎STIR‎

‎‎‎____________________________________________

‎Ushbu pudrat tashkiloti “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan 20___ yil “___” ________ _______-son tuzilgan shartnomasi boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ishlar hajmlarini amalga oshirishini tasdiqlaydi.

‎Rahbar‎
‎‎____________________/_______________________/
M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 281-modda)