Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 29.01.2009 yildagi PQ-1051-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz shaharlari va aholi punktlari qiyofasini tubdan oʻzgartirish, arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurishni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisobiga uy-joy fondining holatini qatʼiyan yaxshilash, uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha pudrat ishlarini yanada kengaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar va tumanlarda uy-joy fondi obyektlarini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rejalashtirish, bezash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurish tashkilotlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, yuridik shaxslar va yagona buyurtmachi xizmatlari bilan shartnoma asosida, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joylarni qayta rejalashtirish, bezash, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va qurish, shu jumladan kelgusida yangi mulkdorlarga, birinchi navbatda yosh oilalarga berish va kimoshdi savdolariga qoʻyish uchun eskirgan va egasiz uy-joylarni tiklash boʻyicha ishlarning butun kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal va joriy taʼmirlashni, shu jumladan tomlarni taʼmirlash, uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirish va koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajada eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda uning xavfsizligini, qurilish qiymati arzonlashtirilishini va qurish siklining davom etish muddatini qisqartirishni taʼminlaydigan yangi ilgʻor texnologiyalarni zamonaviy rejalashtirish yechimlaridan, qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalangan holda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daha ichidagi eskirgan uy-joy muhandislik tarmoqlarini almashtirish va turar joylarga qayta qurish, shu jumladan turar joy fondining uylari oldidagi hududda landshaft loyiha yechimlaridan foydalangan holda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, birinchi navbatda yoshlarni qurilish mutaxassisliklari boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etish asosida turar joy sharoitlarini yaxshilash va uy xoʻjaligini yuritish jarayonlariga faol jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shahar va qishloq tumanida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud foydalanilmayotgan turar joy binolari, shu jumladan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish bazasi investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlariga belgilangan tartibda tekinga yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur inventar, qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari bilan taʼminlashda, shuningdek qurilish kasblarini egallagan va ishga joylashishga muhtoj boʻlgan malakali ishchilar va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlashda yordam bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari 2017-yilning 1-yanvarigacha:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi uy-joy fondini rekonstruksiya qilish, qurish va taʼmirlash uchun, ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlariga birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida yetkazib berish uchun zarur hajmda sement, metall prokati, asbotsement plitalar (shifer) va boshqa qurilish materiallari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda uy-joy fondini, ularning idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, foydalanilmayotgan avariya holatidagi va eskirib ketgan uy-joylarni, koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan xonalarni, shu jumladan yotoqxonalar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlash maqsadida yalpi xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq, ularni mahalliy davlat hokimiyati organlariga berishni nazarda tutgan holda zarur qarorlar qabul qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov yakunlari boʻyicha bir oy muddatda eskirib ketgan, avariya holatidagi va boʻsh turgan uy-joylarni, shuningdek boʻsh turgan yotoqxonalar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni, moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, yashash uchun sanitariya normalariga va foydalanish qoidalariga javob beradigan zamonaviy uy-joylarga (xonadonlarga) qayta rejalashtirishni hisobga olib, Uy-joy fondini kapital rekonstruksiya qilish va taʼmirlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2009-yil 1-iyulgacha respublikaning har bir tumani va shahrida aholining ehtiyojiga va uy-joy fondi obyektlari boʻyicha taʼmirlash-qurilish hajmlariga qarab qurilish materiallarining joriy birja kotirovkalaridan oshmaydigan narxlar boʻyicha aholiga qurilish va pardozlash materiallarini sotish yuzasidan ana shu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning ixtisoslashtirilgan firma doʻkonlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1051-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 38-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2013-y., 47-son, 615-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)