Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PF-1227-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-yanvar,
PF-4164-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PF-4164-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni ilovasining oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni 2-ilovasining oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh kotibi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 1-modda)