Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 05.10.2005 yildagi PF-3665-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI TEKShIRIShNI YaNADA QISQARTIRISh VA UNING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo‘yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va to‘liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani to‘lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qo‘yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o‘rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish borasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur Farmon bilan muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3665-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

Qo‘chkorov J.A.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari

Parpiyev B.R.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Kengash raisi o‘rinbosari

Abdukadirov R.V.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

Kasimov R.S.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

Samadov S.I.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili

Kurmanov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi

Shadmanov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi

Abdullayev I.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Ikramov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

Xodjayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

Saidova G.K.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot �aziri

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri

Nazarmuxamedov D.A.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

Gulyamov R.X.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

Saidaliyev S.S.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, bosh Davlat sanitariya vrachi

Ikramov A.I.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

Jo‘rayev E.N.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Kengash kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 303-modda; 2008-y., 20-21-son, 170-modda; 2010-y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2012-y., 8-9-son, 76-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 27-son, 606-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)