07.07.2006 yildagi PQ-404-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning dolzarb muammolarini ishlab chiqishda, davlatimizning ichki va tashqi siyosati to‘g‘risidagi xolisona axborotni keng jamoatchilikka, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga yetkazishda, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutiga yordam ko‘rsatish, shuningdek, fuqarolarning, eng avvalo yoshlarning siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirishda ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi (MSJ) Muassislar kengashining MSJ tuzilmasiga 1-ilovaga* muvofiq mamlakat hududlarida uning filiallarini tuzishni, shuningdek, Jamg‘arma kadrlari tarkibini 20 nafarga ko‘paytirish hamda MSJ xodimlarining umumiy sonini 35 nafarga yetkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutiga respublika oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchilari, olimlari, ekspertlarini ularning asosiy ish joyidagi oylik maoshi to‘liq saqlangani holda o‘rindoshlik shartlarida o‘z faoliyatiga pullik asosda jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti uchun leksiyalar o‘qiganlik, maqolalar, axborot-tahliliy materiallar tayyorlaganlik uchun ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslar, Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining shtatdagi xodimlari tomonidan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslar daromadlari solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. Qosimov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Samarqand, Buxoro, Qoraqalpog‘iston davlat universitetlari va Farg‘ona politexnika institutida Mintaqaviy siyosat jamg‘armasining tayanch punktlari (filiallari)ni joylashtirish va obod qilishni, ularga bepul ijara sharti bilan zarur xonalar ajratishni, ularni kompyuter va tashkiliy texnika, idora mebeli, aloqa bilan jihozlashni, shuningdek, ajratilgan xonalar mazkur bandda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari mablag‘lari hisobidan saqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch punktlariga axborot-tahlil, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, ustav hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etishda, Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi, uning joylardagi bo‘linmalarida ishlash uchun mamlakat oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchilari, tadqiqot muassasalarining ekspertlari va olimlari orasidan yuqori malakali kadrlar tanlashda yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari MSJ va FJO‘I hamda ularning tayanch punktlari (filiallari)ga o‘z ustav vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari materiallaridan bir nusxa jo‘natilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat raqobat qo‘mitasining statistik axborotnomalari jo‘natilishi majburiy bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Sharq” kompaniyasi (O. Yunusov), O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) Jamg‘armaning kutubxona fondini to‘ldirish uchun uni bosma nashrlar (ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy adabiyotlar)ning bepul nusxalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-404-son