Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 02.05.2001 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KO‘MIR TARMOG‘INI TEXNIKA BILAN QAYTA JIHOZLASHNING BIRINCHI BOSQICHINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi energetikasidagi generatsiyalovchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq ko‘mir tarmog‘ini texnika bilan qayta jihozlashning ko‘mir qazib chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan birinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasining texnologiyalarni ishlab chiqish, asbob-uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish, shefmontaj hamda 2003-yilga borib ko‘mir qazib chiqarishni 3,2 mln tonnagacha ko‘paytirishni kafolatlovchi (42 mln Germaniya markasi miqdoridagi) loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilishini nazorat qilish yuzasidan Germaniyaning “Krupp Ferdertexnik GMBX” firmasi bilan kontrakt tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘mir tarmog‘ini texnika bilan qayta jihozlashning birinchi bosqichi bo‘yicha loyihani mablag‘ bilan ta’minlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 35,7 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasiga qayta moliyalashtiriladigan xorijiy bankning “Germes” (Germaniya) jamiyati sug‘urta qoplamasi ostidagi krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 6,3 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasiga qayta moliyalashtiriladigan xorijiy bank krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlardagi kapital ishlarni amalga oshirishga qilinadigan 1991-yilgi narxlardagi 3,94 mln so‘m miqdoridagi xarajatlar — “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasining o‘z mablag‘lari va yetishmagan qismi, 2002-yildan boshlab, “O‘zsanoatqurilishbank” krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy bank kreditlarini to‘lash — “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasining o‘z mablag‘lari hisobiga ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2000-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi va Germaniyaning “Krupp Ferdertexnik GMBX” firmasi o‘rtasida mazkur firma tomonidan “Kon texnikasi asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 1509800 AQSH dollariga teng miqdordagi aksiyalari paketi sotib olinishi yuzasidan shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi — ushbu kontrakt doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, texnik hujjatlar, ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy banklar — loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditorlar va eksport-kredit agentliklari — O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad soliqlari to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri xorijiy bankka va O‘zbekiston Respublikasining mablag‘ bilan ta’minlovchi banklariga ushbu loyiha uchun jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatnomalar berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy banklarga beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatnomalari yuzasidan kredit bitimlariga ilovalarda belgilangan shakl bo‘yicha, belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirish uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat boji undirmasdan, ko‘p martalik kelish vizalari rasmiylashtirilishini, ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Yu. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son