O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA(O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IQTISODIYOT REAL SEKTORI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YANADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 18 NOYABRDAGI PF-4053-SON FARMONI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-son Farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-dekabr,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 283-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
a) 2-ilovaning (Investitsiya fondlari to‘g‘risida) 13-bandi birinchi xatboshidagi “50” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning (Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risida) 11-bandidagi “50” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
b) 1-ilovada (Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risida):
1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom:
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirishda;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi beshinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
13-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birja savdolari (faqat tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi)”;
27-bandda “83-moddasining to‘qqizinchi qismiga” so‘zlari “134-moddasining sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 522-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)