Iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning tarkibiy o‘zgartirilishi va bankrot bo‘lishi jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomasiga ko‘ra tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalar o‘z balansidagi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
turar joylar, yotoqxonalar, bolalar bog‘chalari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlarini — o‘zlari joylashgan joy bo‘yicha shaharlar va tumanlar hokimliklari balansiga;
umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (elektr tarmog‘i xo‘jaligi, suv ta’minoti obyektlari, transport kommunikatsiyalari va hokazolar) — funksional mansubliligiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalarining korxonalari balansiga joriy holati bo‘yicha belgilangan tartibda beradilar.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq balansdan balansga berilayotgan umumiy foydalaniladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qiymati beruvchi tomon uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda va qabul qiluvchi tomon uchun daromad (foyda) solig‘ini hisoblash chog‘ida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi shaharlar va tumanlar hokimliklari, iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari balansiga berilayotgan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, shuningdek ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalar bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni puxta xatlovdan o‘tkazsinlar hamda ularni keyinchalik xususiylashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tarkibiy o‘zgartirish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlaydigan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek, ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqi berilsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarni konservatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqishning cheklangan muddatlari ko‘pi bilan ikki hafta etib belgilansin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hay’atining qaroriga ko‘ra tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning (mulkiy kompleksni va biznesni baholash ham shu jumlaga kiradi), shuningdek iqtisodiy sudning qarori bilan ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini xalqaro metodikaga muvofiq mol-mulkning real bozor, investitsiya va tugatish qiymatini hisobga oluvchi baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash kimoshdi savdolarida va oshkora taklif asosida mol-mulkni sotishda belgilangan tartibda boshlang‘ich baho sifatida qo‘llanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi 2003-yil mobaynida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy nobarqaror korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarzini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy sud qaroriga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash, boshlang‘ich (dastlabki) narxini aniqlash tartibini tartibga soladi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomga muvofiq, kelgusida tarkibiy o‘zgartirish va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish rejalariga muvofiq sotiladigan mol-mulk baholanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Baholovchi tashkilot va uning xizmatlari iste’molchisi (buyurtmachi) o‘rtasida qonunchilikka muvofiq tuzilgan shartnoma baholashni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomga muvofiq, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxona baholash xizmatlarini amalga oshirishga buyurtmachi hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Baholashni o‘tkazish uchun xizmatlar qiymatining qolgan qismini to‘lash baholangan obyekt sotilgan va korxona hisobiga pul mablag‘lari tushgandan keyin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
5. Korxonani xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra baholanadigan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
korxona balansida bo‘lgan, shu jumladan, texnik holatidan qat’i nazar, boshqa korxona va tashkilotlarga foydalanish uchun (ijaraga) berilgan ham ishlab turgan (shu jumladan vaqtinchalik mukammal ta’mirlashda va zamonaviylashtirishda bo‘lgan), ham konservatsiyada turgan asosiy vositalar;
Xatlovdan o‘tkazishda korxona mol-mulki balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha baholanadi. Mol-mulkning balans (qoldiq) qiymatini baholash Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning qarori bo‘yicha, — kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra baholash tashkiloti jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun baholovchi tashkilotni jalb etish majburiydir.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Baholashni o‘tkazishda, atamalar, tushunchalar va metodikalardan foydalanishda, shuningdek baholash bo‘yicha hisobot tuzishda baholovchi tashkilot qonunchilik talablariga rioya etishi va mavjud baholash standartlariga amal qilishi shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini baholashda baholovchi tashkilot tomonidan qiymatning quyidagi turlari aniqlanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Korxonaning bozor qiymatini baholash baholovchi tashkilot tomonidan korxonaning (mol-mulkning) balans (qoldiq) qiymatini, baholash sanasida mazkur mol-mulkka bo‘lgan aniq talabni, uning joylashgan joyini, uning tarkibida maxsus mol-mulkning, bozorda xaridorgirligi cheklangan mol-mulkning mavjudligini, shuningdek fizik va/yoki ma’naviy eskirgan mol-mulkni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxona mol-mulkining bozor qiymatini baholash — kreditorlar majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonaga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
10. Korxonalar mol-mulkining tugatish qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatiga asoslanadi, bunda mol-mulkni majbur etuvchi holatlar mavjudligi tufayli qisqa muddatlarda sotish zarurligi faktori yuzasidan diskont qilish, shuningdek mazkur mol-mulkni saqlash va qo‘riqlash bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxona mol-mulkining tugatish qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
11. Mol-mulkning foydalaniladigan qilish qiymatini baholash baholash sanasida ma’naviy (funksional) eskirganligi yoki texnik holatiga ko‘ra belgilangan maqsadda foydalanilishi mumkin bo‘lmagan, faqat unda sotish uchun materiallar majmui mavjudligi tufayli qiziqish tug‘diradigan obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
12. Investitsiya qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatini baholashga asoslanadi va ikki qismga — badal to‘loviga hamda sotib olinayotgan mol-mulkdan foydalangan holda biznes tashkil etish uchun zarur bo‘lgan investitsiya majburiyatlariga bo‘linadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxona mol-mulkining investitsiya qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda korxona (yoki uning bir qismi) mol-mulk kompleksi yoki biznes sifatida sotilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Mol-mulkni investitsiya qiymati bo‘yicha sotishda savdolarning majburiy shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
badal to‘lovini to‘lash summasi va muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin ayni bir vaqtda);
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya majburiyatlarini bajarish, shu jumladan to‘lovga qobiliyatsiz korxonaning qolgan kreditorlik qarzini to‘lash summasi va to‘lash muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin bir yil mobaynida).
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Badal to‘lovlari va investitsiya majburiyatlari miqdorlari nisbati savdolar shartlarida belgilab qo‘yiladi va kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qarori bilan tasdiqlanadi, mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa — vakolatli organ qarori bilan tasdiqlanadi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini sotish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarning davlatga qisman yoki to‘liq tegishli bo‘lgan mol-mulki savdolarini o‘tkazish shakli O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxona mol-mulkini sotish hollarida (tugatish ishlaridan tashqari) savdolar tashkilotchisiga (ixtisoslashtirilgan tashkilotga) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
muassislar (qatnashchilar)ning vakolatli organi yoki mulkdorning belgilangan tartibdagi qarori protokoli;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilot tomonidan baholangan mol-mulkni sotishning dastlabki narxini belgilash to‘g‘risidagi hujjat.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korxona mol-mulkini sotishda tugatish ishlarini o‘tkazish davomida sud boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisiga belgilangan shakl bo‘yicha quyidagi hujjatlar paketi bilan birga buyurtmanoma beradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-avgustdagi 204-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 263-modda)
sotilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari uchun kadastr hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvga qo‘yilayotgan mol-mulk ro‘yxati, unda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan har bir obyektning dastlabki narxi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va manfaatdor shaxslarni sotiladigan obyektlar hamda savdolar shartlari bilan tanishtirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi takroriy savdolarda kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra qonunda belgilangan tartibda pasaytirilishi mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisining roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud boshqaruvchisi qonunda belgilangan tartibda takroriy savdolar o‘tkazmasdan, korxonani mulkiy kompleks sifatida ommaviy oferta shartlarida sotishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Mulkni sotish birinchi badalning shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida to‘lanishini nazarda tutadigan olti-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda birinchi badal miqdori mulkning kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi savdolar o‘tkazilgandan keyin kelgusida korxonaning mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud boshqaruvchisi tomonidan tasarruf etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilida turgan korxonalar mol-mulki qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotilishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish sud boshqaruvchisi tomonidan, kreditorlar (qo‘mitasi) majlisi bilan kelishuv bo‘yicha va sotib oluvchi tomonidan unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli kafolatnomasi taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Iqtisodiy sud mol-mulkni uning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish to‘g‘risida xabardor qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
24. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida dastlabki badal to‘lanishini nazarda tutadi. Bunda dastlabki badal miqdori mol-mulk qiymatining kamida 15 foizini tashkil qilishi kerak.
25. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi kerak. Mol-mulk qiymatiga ko‘ra uni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha teng bo‘lganda — uch oydan olti oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan ming baravarigacha teng bo‘lganda — olti oydan to‘qqiz oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan yuqori bo‘lganda — to‘qqiz oydan bir yilgacha.
(25-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotiladigan mol-mulk qiymatini to‘lash oldi-sotdi shartnomasiga ilova qilinadigan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Sotuvchida shartnomada belgilangan summani muddatidan oldin to‘liq hajmda to‘lash huquqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Bankrot korxonaning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotilgan mol-mulkini sotib oluvchi tomonidan sotib olish muddati oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq tugatish ishlari muddatidan oshgan taqdirda sud boshqaruvchisi tugatish ishlarini tugallashni va bankrot korxonani reyestrdan chiqarishni tugatish ishlarini tashkil etish, o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy to‘langandan va bankrot korxonaning “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 150-moddasida belgilangan majburiyatlari birinchi navbatda bajarilgandan keyin amalga oshiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Sotuv summasi navbatda turgan barcha kreditorlarning talablarini to‘liq qondirish uchun yetishmagan taqdirda ikkinchi va keyingi navbatdagi qarzlarini uzish jadvali “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 150-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga muvofiq tuziladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
28. Bankrot korxonaning ikkinchi va undan keyingi navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish sotib oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga muvofiq bevosita ularning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Dastlabki badal to‘langandan keyin mol-mulk sotib oluvchiga beriladi. Tugatuvchi boshqaruvchi tomonidan mol-mulkni berish va uni sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olish tomonlar imzolaydigan topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Sotib oluvchida mulk egasi huquqi mol-mulk qiymati to‘liq to‘langandan keyin tuzilgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaga muvofiq, zarur hollarda amaldagi qonunchilikka muvofiq boshlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mol-mulkning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab tugatuvchi boshqaruvchining kreditorlar bilan o‘zaro munosabatlari, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollarda alohida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda kelgusidagi xarajatlar (shu jumladan tugatuvchi boshqaruvchining haqi) miqdori, ularni to‘lash tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi, keyinchalik u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishdan olingan mablag‘lar tugatish hisob raqamiga tushganda tugatuvchi boshqaruvchi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan navbat bo‘yicha kreditorlar talablarini qondiradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Mol-mulkning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi sotib oluvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda mol-mulk belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda sotib oluvchi ushbu shartnomaning bekor qilinishi oqibatida ko‘rilgan zararlarni qonunchilikka muvofiq to‘lashi shart.
qaytarilgan mol-mulk tugatuvchi boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda qaytadan savdolarga qo‘yiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Savdolar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari va savdolarni yuritish qoidalari, tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha zakalatlar miqdorlari, tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek savdolar qatnashchilarining javobgarlik shartlari hamda belgilangan qoidalar va majburiyatlarning qatnashchilar tomonidan buzilganligi uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) miqdorlari savdolarning tashkilotchilari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,30-31-son,235-modda)