07.08.2008 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYRIM FANLAR CHUQUR O‘RGANILADIGAN DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan quyidagi turlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalari ixtisoslashtirilgan sinflarining, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda gimnaziyalar, litseylar, litsey-internatlar, maktablar, maktab-internatlar, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan sinflarning moddiy-texnika bazasini va ta’lim faoliyati samaradorligini, tegishli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligini kompleks xatlovdan o‘tkazsinlar va uning yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini to‘xtatish yoki ularda faqat zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina, sonini ancha qisqartirgan holda, ularning negizida tegishli ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazaning quvvatini hisobga olib ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish kvotasini belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda bolalar ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘qiganligi uchun belgilangan to‘lovdan tushadigan tushumlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik (beg‘araz) mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ishini takomillashtirish uchun budjetdan tashqari manbalar va homiylik (beg‘araz) yordami hisobiga qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun, shuningdek ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga tatbiq etilmaydi).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda) va qarorga 2-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 1998-yil 8-maydagi 196-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi o‘rinlarda “ixtisoslashtirilgan sinf” deb ataladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlar (keyingi o‘rinlarda “ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonini umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’limning chuqurlashtirilgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional dastur ta’limlarini ongli tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan o‘qitishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi o‘qitishga o‘tgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ma’lumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, oliy ta’lim muassasalariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o‘qitishning qancha davom etishi va muddatlari o‘quv rejalari, dasturlar, kalendar o‘quv jadvali, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va umumta’lim muassasasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ta’lim jarayoni ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 5 — 11-sinflarning maxsus o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni 1-sinfdan boshlab o‘qishga qabul qiladigan umumta’lim muassasalarida fanlarni chuqur o‘rganish 5-sinfdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quv-tarbiya jarayoni 7 — 11-sinflar doirasida maxsus o‘quv rejalari va dasturlar bo‘yicha tashkil etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 5 — 11-sinflarda o‘quv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni o‘rganilishini va ularning amaliy yo‘naltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek o‘quvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan o‘zlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini ta’minlaydi. Bunda o‘quvchilarning individual xususiyatlari va iste’dodi namoyon bo‘lishi va rivojlanishi dinamikasi o‘rganiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ta’limning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar hisobga olingan holda kasb-hunar ta’limi dasturlarini, bilimlarning alohida sohalarini ongli ravishda tanlash va o‘zlashtirishga tayyor bo‘lgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ta’lim jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan yo‘nalishga ega bo‘ladi, o‘quv-tarbiya jarayonining har xil turlariga an’anaviy va noan’anaviy yondashish birga qo‘shib olib boriladigan o‘qitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar soni 30 kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur o‘rganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Keyingi sinflarga o‘tkazish va o‘qitish bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda o‘quvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy o‘quv rejasi asosida maxsus o‘quv rejasini ishlab chiqish va uni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik kalendar o‘quv jadvali va mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim va tarbiyaning qonunchilikka zid bo‘lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo‘llash;
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning qo‘shimcha manbalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o‘tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sifati hamda o‘quv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturlari to‘liq hajmda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning moslashishi va o‘zlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita rahbarlik qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — ta’lim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun - ta’lim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Direktor ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi tegishli organlari ko‘rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchining reyting va akademik o‘zlashtirishida tizimli pasayish yuz berganda, ushbu o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida taqdimnomani tegishli Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga kiritadi;
(40-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogika, metodika va kuzatuv kengashlari tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari bepul umumiy o‘rta ma’lumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga va ichki tartib-qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. O‘quvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin hamda ushbu muassasaning barcha huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Pedagog kadrlarni ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud bo‘lgan taqdirda oliy pedagogik ma’lumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari pedagog kadrlarining huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Pedagog xodimlarga o‘quv yuklamasi hajmi (pedagogik ish hajmi) o‘quv rejasi bo‘yicha soatlar sonidan, shuningdek kadrlar bilan ta’minlanganlik bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. O‘quv yili boshida belgilangan o‘quv yuklamasi hajmi o‘quv yili mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas, o‘quv rejalari bo‘yicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o‘qish, dam olish va ovqatlanish qonunchilikka muvofiq tibbiyot xodimlarining qat’iy nazorati ostida tashkil etiladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida har bir o‘quv yili boshida ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari dispanser ko‘rigidan (to‘liq tibbiy ko‘rikdan) o‘tkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy ko‘rsatkichlari aniqlangan taqdirda o‘quvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga ko‘ra yashash joyidagi umumta’lim muassasasiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatlari o‘quvchilari ushbu ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari huzurida yashash joylari bilan ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatlarining ota-onalar va ota-onalarning o‘rnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni qishloq joylarda o‘quvchilar butun kontingentining 5 foizidan va shahar joylarda 10 foizidan ortmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qo‘shimcha budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish budjetdan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari xodimlarining shtatdagi soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish muassisning qarori bo‘yicha yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli ta’limni boshqarish organi o‘quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv bo‘yicha o‘quvchilarning boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda, 37-son, 379-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 18.10.2019-y., 09/19/880/3934-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)