Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2009 02.05.2008 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUQUQIY EKSPERTIZA VA XALQARO ShARTNOMALAR BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari hamda huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 82-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar, strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyatini ta’minlaydi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalari ish rejalarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar bankini shakllantirish va monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunchilik hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarining tizimli hisob-kitobini yuritadi, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Hukumat qarorlarini talqin qilish va qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar qarorlari loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar materiallarini tayyorlashda va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamini nashr etishga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bosh vazirning ko‘rib chiqishi uchun Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejasi loyihalarini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejasining bajarilishi monitoringi olib borilishini, ko‘rsatib o‘tilgan rejalarning amalga oshirilishining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatini muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun loyihalarini muhokama etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalar belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga ko‘ra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalar majlislarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi savdo xavfsizligini ta’minlash maqsadida strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontaktlar) loyihalari belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini va xulosalar tayyorlanishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlash va kelishishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlash va imzolash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni bajarish masalalari bo‘yicha axborotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontaktlar) bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning holati to‘g‘risida turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni bajarish masalalari bo‘yicha tahliliy va ma’lumotnoma materiallarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli materiallar va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqarma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilishi uchun tayyorlanadigan va kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, shuningdek strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning bajarilishi va monitoringini olib borish ta’minlanishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boshqarma tarkibiga huquqiy ekspertiza bo‘limi hamda xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshlig‘i, huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudirining ikki nafar o‘rinbosari, tegishli masalalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektordan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshqarma ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqarma ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudirining o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshqarma boshlig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi savdo xavfsizligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar banki shakllantirilishini va monitoring olib borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular bo‘yicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasb darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek ularni rag‘batlantirish yoki jazolash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bo‘lim mudiri o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va bo‘limdagi ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar, strategik muhim investitsiya shartnomalari va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan o‘tkazishda bevosita qatnashadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab turilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshlig‘iga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga jazolar berish to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga takliflar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘limning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bo‘lim mudirining o‘rinbosari o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishi va tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab turilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida bo‘lim mudiriga, Boshqarma boshlig‘iga shuningdek, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va bo‘lim mudiriga, Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Boshqarmaning bosh mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) topshiriqlarini bajaradi, materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar, investitsiya shartnomalari va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini va boshqa materiallarni o‘rganadi, ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar) amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlari)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga), shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birikitirilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi o‘ziga biriktirilgan masalalar yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) topshiriqlarini bajaradi, materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga), tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar) amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutassadilik qilinadigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inspektorlar Boshqarmada va bo‘limlarda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘ma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 19-son, 156-modda)