O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
QARORI
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-fevralda 834-16-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 16 va 90-moddalariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., № 2, 36-modda), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 24-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar byulleteni, 1999-y., 12-son) 1, 2 va 3-sonli ilovalarga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-yanvar,
01-02/15-11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 46-modda)